TA’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik kengaymoqda


Download 25.5 Kb.
Sana01.05.2020
Hajmi25.5 Kb.
#102616
Bog'liq
Italiya (3)


TA’LIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK KENGAYMOQDA

Samarqand davlat universiteti hozirda dunyoning boshqa universitetlari qatorida Italiyaning oliy ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Jumladan, Italiyaning Insubria universiteti Gumanitar fanlar, innovatsiya va hududiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Paolo Bernardini 2020-yil 10-fevraldan-21-fevralga qadar Samarqand davlat universitetida “Portugaliya imperiyasining Fors ko’rfazidan Singapurgacha bo’lgan yo’lida” (On the Route of the Portuguese Empire from the Persian Gulf to Singapore) mavzusida fakultativ dars mashg’ulotlarini o’tkazdi. Ma’ruza mashg’ulotlarida Tarix fakulteti tarix yo’nalishi talabalari (20), Jahon tarixi kafedrasi magistrantlari (12) va Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetining talabalari (25) ishtirok etdi. Fakultativ fan Portugaliya imperiyasi tomonidan bosib olingan Fors ko’rfazidan Singapurgacha bo’lgan dengiz yo’lida joylashgan shahar va davlatlarning tarixi va buguni haqida bo’ldi. Bir so’z bilan aytganda mazkur fakultativ fan mashg’uloti bo’lajak tarixchilarimizning bilim va ko’nikmasining boyishiga xizmat qildi.

Tashrif davomida Paolo Bernardini universitetimiz rektori bilan ham uchrashuv o’tkazib, hamkorlikning istibollari haqida suhbatlashdi. Kelgusida hamkorlik aloqalarini yangi qo’shma ta’lim dasturlarini ochish orqali yanada kengaytirishga kelishib olindi.
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling