TA’lim-tarbiyada badiiy adabiyotning ahamiyati


Download 24 Kb.
Sana10.05.2020
Hajmi24 Kb.
#104802
Bog'liq
9.Sharipbayeva
SAVOL 01, 6296 619 Меҳнат таълими , Математика мажбурий М Усманов 2020, мажмуа, tarih 9, Шахс типлари, Қуёш элементлар ва батареялар физикаси ва технологияси - семинар, Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachil, kurs ishiga 2, 9.Sharipbayeva, 2 5390979058005706139, 2 5434038810977502660, My best friend, My best friend

TA’LIM-TARBIYADA BADIIY ADABIYOTNING AHAMIYATI

Sharipboyeva Nazokat

Qoraqalpoq davlat universiteti

O`zbek filologiyasi fakulteti

talabasi

Telefon: +998(93)2089886

Nazokat7756@mail.ru

Annotatsiya: Tezis yosh avlodni tarbiyalash, ularni komil insonlar qilib voyaga yetkazish masalalariga bag’ishlangan. Mualliflar bu bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirib, tarbiya vositalari sifatida adabiyot va san’at asarlarining kuchiga tayanish samaraliligini ta’kidlaydi. Badiiy asarlarning xalqchil va tushunarliligi, inson ichki dunyosiga ta’sir ko’rsata olishini hisobga olgan holda dars mashg’ulotlarida foydalanish yoshlarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyatga egaligini qayd etishgan.



Kalit so’zlar: tarbiya, pedagog, tarbiya vositalari, shaxs rivojlanishi, adabiyot.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.- T.:O’zbekiston NMIU, 2017.

2. Milliy pedagogika mohiyati. Umumta’lim maktablari o’qituvchilari uchun qo’llanma.- T.,2013.

3. Ziyomuxammadov B. Milliy pedagogik texnologiyani ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbig’i va uni yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi o’rni.- T.:Mumtoz so’z, 2010.

4. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi(darslik). T., “Fan va texnologiya”, 2008.

Mamlakatimizning buguni, kelajak taraqqiyoti ko’p jihatdan yoshlarning intellektual salohiyatiga, vatanparvarligiga bog’liq. Agar ularni sog’lom, bilimdon, xalqparvar qilib tarbiyalasak, shubhasiz, ular Vatan ravnaqi uchun hissa qo’sha oladigan, uning yuksalishiga dahldor bo’lgan barkamol va ijtimoiy faol shaxslar bo’lib shakllanishi muqarrar. Albatta, bu borada biz ta’limning ichiga singib ketgan tarbiyaning beqiyos kuchi va mas’uliyatini his qilishimiz, undan oqilona foydalanishimiz joiz. Yoshlar ongiga va turmushiga odob va axloq haqidagi qarashlarni singdirib borish, bo’sh vaqt tushunchasini hayot tarzlaridan chiqarib tashlashga ko’maklashish, ilm-u ziyoning inson hayotidagi ahamiyati nechog’lik ulkan ekanligini uqtira bilish nihoyatda zarur. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Gap yoshlar tarbiyasi haqida borar ekan, bu borada shoshmaslik, yoshlar va ota-onalarning talab-istaklaridan kelib chiqib, har tomonlama puxta o’ylab ish tutish kerak”, - degan fikrlari har bir pedagogning dasturil amali bo’lishi zarur. Chunki, ta’lim va tarbiya doimo bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir.

Mustaqillik davrida komil insonni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi qilib belgilandi. Buni amalga oshirishning metodologik, pedagogik va psixologik asoslari “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da o’zining ilmiy ifodasini topgan. Unda: “O’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojini, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi,”-deb ta’kidlanadi. Bu vazifalarni yechishda ilmiy hamda amaliy asosda tashkil qilingan tarbiya muhim rol o’ynaydi. Pedagoglardan esa ta’lim va tarbiyani uyg’un olib borish; yoshlarni nafaqat bilimli, balki ma’naviy, axloqiy jihatdan yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish bo’yicha ta’sirchan pedagogik choralarni belgilash; yoshlarni diniy-ekstremistik g’oyalar, turli axborot xurujlari ta’siridan himoya qilish yo’llarini izlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish; yoshlarning dunyoqarashi, tafakkuri, mustaqil, ijodiy, mantiqiy, konstruktiv mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirish orqali tanqidiy fikrlashiga erishish; yoshlarda sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarni hamda faol hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish; har bir yoshning shaxsiy rivojlanishiga sharoit yaratib berishi kerakligi nazarda tutiladi.

Tarbiya jarayonini samarali tashkil qilishning muhim komponentlaridan biri tarbiya vositalari hisoblanadi. O’z davrida taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy tarbiya vositalarini bolaning hayoti, uning tashqi olam bilan munosabati, hamkorlikdagi ish va muloqotidan iborat deb ta’kidlagan edi. To’g’ri tanlangan va pedagog tomonidan qo’llanadigan metodlar tizimiga kiritilgan vositalar tarbiyalanuvchiga tarbiyaviy ta’sirni kuchaytirishga xizmat qiladi. Buning oqibatida ular o’quvchi va talabalar tomonidan tarbiyaviy ta’sirning mohiyatini bevosita anglash va ularning kuzatuvchanligi va ta’sirchanligini kuchaytirib, fikrlash, ya’ni tarbiyachi maqsadini tezroq fahmlashga asos bo’ladi. Tarbiya vositalariga o’quv qo’llanmalari, kitoblar, badiiy adabiyot, turli predmetlar- tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun foydalaniladigan buyumlar, kishilarning ibrat namunasi, tajribasi ommaviy axborot vositalari: radio, televideniya, internet, gazeta, jurnallar ham tarbiya vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.



Ayniqsa, adabiyot va san’at asarlarining yoshlarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashdagi badiiy-estetik ta’sir xususiyatidan iloji boricha kengroq foydalanish muhim ahamiyatga ega. Adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, inson ichki dunyosiga ta’sir ko’rsata olishidadir. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyotning ana shu xususiyatini hisobga olish muhim. Shu nuqtai nazardan P.Jafarov o’zining “Milliy o’zlikni anglash va ma’naviyat” asarida quyidagi fikrni keltirib o’tgan: “Tarbiya jarayonida o’zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng foydalanish uning samaradorligini oshirishda muhim omil bo’la oladi. Yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasida Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Usmon Nosir kabi mumtoz so’z ustalari asarlaridan foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda katta ahamiyatga egadir”. Haqiqatan, ularning bizga qoldirgan boy badiiy merosi chuqur falsafiy mazmuni, axloqiy yo’nalishi bilan ajralib turadi. Ma’naviy tarbiyada Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Said Ahmad, O’tkir Hoshimov, Tohir Malik kabi yozuvchilarimiz, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matchon, Rauf Parfi kabi shoirlarimizning asar va she’rlaridan keng foydalanish, badiiy asarlar, ulardagi qahramonlarning fe’l-atvori, axloqi, ma’naviy dunyosi to’g’risida suhbat, munozara o’tkazish katta samara beradi. Ayniqsa,o’zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatlari bo’lgan yaxshilik va samimiylik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, insonparvarlik xislatlarini o’zida mujassamlashtirgan bitiklar ruhiyat va tarbiya kamolotida beqiyos kuchga ega. Shaxs ma’naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda so’z g’oyaviy ta’sir vositasi sifatida namoyon bo’ladi. “Yaxshi so’z- qilichdan ham kuchli” degan gap bor. O’z o’rnida ishlatilgan so’zlar, yorqin va dildan bayon etilgan nutq, ba’mani fikr doimo kishilarning xulq-atvoriga, ma’naviyatiga, tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Pirovard natija har tomonlama kamol topgan, yetuk, barkamol shaxsni shakllantirishga qaratiladi. Tarbiya jarayonining eng asosiy maqsadi har tomonlama va uyg’un kamol topgan, yangicha fikrlaydigan shaxsni shakllantirishdir. Bu qiyin jarayonda badiiy asarlardan keng foydalanish, o’zaro muhokamalar tashkil qilish ikki tomonlama bo’lib, tarbiyachidan uyushtirish va rahbarlikni boshqarish, o’ziga xos notiqlik qobiliyati va muloqot psixologiyasini yaxshi o’zlashtirganlik, tarbiyalanuvchi shaxslardan faollik ko’rsatish talab qilinadi. Demak, tarbiya jarayoni umuminsoniy milliy va har bir shaxsning o’ziga xos qobiliyatlarini rivojlantiruvchi ijtimoiy jarayon bo’lib, unda adabiyot manbalarining ahamiyati yuksakdir.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling