Ta’lim tizimida masofaviy ta’lim texnologiyalariningning samarasi


Download 15.57 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi15.57 Kb.
#1679103
Bog'liq
MAQOLA Ikromov


Ta’lim tizimida masofaviy ta’lim texnologiyalariningning samarasi
No’monov Islom, Ikromov Xusan Xolmaxamatovich
Andijon mashinasozlik instituti
“XXI asr – axborot texnologiyalari sari” deb bejiz aytilmagan. Bugungi kunga kelib ta’lim sohasida ko’plab yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimidan andoza olgan holda o’z ta’lim tizimimizni rivojlatirib bormoqdamiz. Ayni vaqtga kelib ta’lim sohasida samarali islohotlar amalga oshirildi. Yangi zamonaviy texnologiyalarga asoslanib darslarni o’tkazish yaxshi natijalarni bermoqda. Bunday texnologiyalarga masofaviy ta’limni yani masofadan turib o’qitish tizimining mavjudligini aytish lozim. Masofaviy ta’limda bir vaqtning o’zida bir nechta auditoriyalarga maruza qilish imkoni mavjud. Ma’ruza dars berish jarayonini umumiylashtirishga imkon yaratadi va hech kimga sir emaski, talabalar hozirgi paytda xuddi shu dars uslubiyatiga qiziqib, ko‘pincha unga yuz foiz qatnashadilar. O‘tilayotgan darslarning asosiy qismi va mag‘zi xuddi shu xilda tashkil etiladigan darslarda talabalar ixtiyoriga havola qilinadi. Shuning uchun ham ta’lim berishda bu usulning ijobiy tomonlarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Misol qilib shuni aytishim kerakki men taxsil olayotgan oily dargoh Andijon mashinasozlik institutida bunday ta’lim platformasining (moodle.andmiedu.uz) mavjudligi biz yoshlarga yaratilgan imkonyatlardan biridir.
O`qitishdagi axborot texnologiyalar bu o`qitish faoliyatida qo`llaniladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir. Elektron vositalar tarkibiga apparatli, dasturli va axborotli komponentlar kiradi.Ularni qullash ko`rsatmalari o`qitishdagi axborot texnologiyalarni metodik (uslubiy) tahminotida keltiriladi.
Masofaviy ta`lim bu o`qitishning insonparvar shakli bo`lib, anoanaviy, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi.Bunda texnik vositalar o’quv materialini mustaqil o`zlashtirish, o`qituvchi va o’quvchi orasidagi muloqot uchun hizmat qiladi. SHunga ko`ra masofaviy o`qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari va sirtqi ta`limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o`z navbatida masofaviy ta`lim tizimini tashkil etish to`g`risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta`lim tizimi apparatli, dasturli va uslubiy vositalarning murakkab kompleksi bo`lib,o`z ichiga server va ishchi stansiyalar, shaxsiy kompyuterlar, kommunikatsiya vositalari, umum tizimli va tarmoqli dasturlar ta`minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv tizimlari,o`rgatuvchi dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo`lgan audio va video texnikalarni oladi.
Masofaviy o’qitish tizimida biz fan doktorlari, professor-o’qituvchilardan ta’lim olish imkonyatiga egamiz. Masofaviy talimdan biz bir qancha ijobiy natijalarga erishishimiz mumkin. Biror-bir soha, fan, yo‘nalish, yangilik haqida umumiy ma’lumot berish va tinglovchilarga ushbu yo‘nalish bilan bog‘liq ko‘rsatma/yo‘l-yo‘riqlar berish uchun ma’ruza usuli juda qulay, oson va maqsadga muvofiqdir. Bunda tinglovchilar sohani/yo‘nalishni umumiy holda chuqurroq va tezroq o‘zlashtiradilar. Bu xuddi ovqatlanish muassasasida tayyor va sifatli ovqatlarni ularning qanday tayyorlanganini bilmasdan huzur qilib yeishga o‘xshab ketadi. Chunki ularning qanday tayyorlanganini bilmasdan ham ovqatlarning qaysi biri yaxshi va qaysi biri unchalik emasligini bemalol ayta olasizda. Ularning mazasi haqidagi fikringiz ham tayyorlanish jarayonini bilish bilan aslo bog‘liq emas.
Agarda auditoriyada, o‘quv muassasasida har bir tinglovchini /talabani alohida ma’ruza matni yoki u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv materiali/kitob/ma’ruza matni bilan ta’minlashga imkoniyat bo‘lmasa, ma’ruza tinglovchilarga ommabop, chegaralangan va umumiy holdagi tegishli ma’lumot (yoki bilim) berishning eng yaxshi usulidir, desak hech ham yanglishmagan bo‘lar edik. Agar talaba/o‘quvchi harakatchan, aqlli, bilimli va faol bo‘lsa ta’limning an’naviy va sust ma’ruza usuli orqali ham ancha katta bilim hajmiga ega bo‘lishi mumkin,
Tinglovchilar soni ko‘p bo‘lganda ushbu usulning samarasi yuqori bo‘ladi deb ayta olamiz. Ma’ruza yuzlab o‘quvchi/talabalarga bir vaqtning o‘zida ma’lumot yetkazish, unda mavzu bilan bog‘liq savollarni muhokama qilish, yo‘nalish olish va mavzuning mohiyatiga tushunish uchun real imkoniyat yaratadi.
Bu usul ta’lim berishda unchalik tajribasi ham, bilimi ham, intilishi ham bo‘lmagan o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilishga imkon yaratib, o‘quv muassasasidagi o‘qituvchi kadrlar safini bir qadar to‘ldirishga xizmat qiladi. Chunki ular uchun ma’ruza usulini qo‘llash, o‘zini bilimdon qilib ko‘rsatgan holda dars berishga cheksiz imkoniyatlar yaratadi, bunda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan bevosita muloqotda bo‘lmasdan, minbardan turib ma’ruza o‘qish orqali o‘z pedagogik mahoratini ma’lum darajada namoyish etishga imkoniyat topadi.
Download 15.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling