Kirish
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma‘qullangan) da “Taʼlim - taʼlim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko’nikmalar berishga, shuningdek ularning umumtaʼlim va kasbiy bilim, malaka hamda ko’nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon” deb ta’rif berilgan.
Bu sodda qilib aytadigan bo’lsak “O’qituvchilarning o’quvchilarni chuqur nazariy bilimlar, malakalar va amaliy ko’nikmalar bilan qurollantirish hamda ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayonga ta’lim deyiladi” deb tariflasak maktab ta’limi mazmuni va talabi o’z ifodasini topadi.
Mavzuning dolzarbligi: Baholash nimanidir baholashni anglatadi. O'qish haqida gap ketganda, o'quvchilar ta'lim muassasasi tomonidan baholanadi, ularning o'quv grafigi, ularning tushunish darajasi va taraqqiyoti tahlil qilinadi. Shuningdek, u keyingi o'quv materiallarini rejalashtirishda yordam beradi. Baholash ikki xil bo'lishi mumkin, ya'ni shakllantiruvchi yoki yig'uvchi bo'lishi mumkin.
Reyting tizimi barcha davlat umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarining boshlang’ich sinflarida o’quvchilari bilimlarini baholash va reytingini aniqlashda mazkur Nizomdan foydalanish tavsiya etiladi.
O’quvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy baholash mezoni asosida amalga oshiriladi.
Reyting tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni bajarilishida o’quvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini xolisona baholash, ularning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish va reytingini aniqlashdan iborat.
Reyting tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) o’quvchilarning har bir o’quv fani bo’yicha belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni nazariy va amaliy jihatdan o’zlashtirishlariga erishish;
b) o’quv fanlari bo’yicha o’quvchilarning doimiy ravishda darsga tayyorgarlik bilan kelishini ta’minlash;
v) o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarining shakllanish bosqichlarini muntazam tahlil qilib borish;
g) o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalari shakllanishida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bo’shliqlarning oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |