Ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi


Download 80.48 Kb.
bet1/4
Sana04.06.2022
Hajmi80.48 Kb.
#732370
  1   2   3   4
Bog'liq
Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari kafedrasi
talaba-varaqasi-373211100126, Ichki mehnat tartiboti qoidalari, 3-test, 10-Mavzu Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachil, Hakamlik sudlarida xo‘jalik nizolarini hal qilishning huquqiy as-hozir.org, uzb FMCBR SOLUTIONS, labaratoriya No 3, 411-20 EEE O\'ngiyev Furqat, portal.guldu.uz-HISOBLASH USULLARI, UZB-Zayavka-konkurs, matem, sevara222222222222222, GES KURS ISHI- BOBUR to`liq, soliq

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI AMALIY MATEMATIKA VA INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

HISOBLASH MATEMATIKASI VA AXBOROT TIZIMLARI KAFEDRASI


5130200 – Amaliy matematika va informatika yo’nalishi
Choriyeva Dilnoza Shomurod qizi
KURS ISHI
MAVZU; “Xususiy Hosilali Defferinsial tenglamalarni sonli yechish usullari. Elliptik tipdagi tenglamaga qo’yilgan aralash masalani sonli yechish usuli”

Ilmiy rahbar:


A.Narmamatov

MUNDARIJA

  1. KIRISH…………………………………………………………3

  2. ASOSIY QISM

1. Xususiy hosilali differensial tenglamalar turlari …........................ …….. 5
2. Xususiy hosilali defferensial tenglamalarni sonli yechish usullari.............7
3.Elliptik tipdagi tenglamalar………………………………………………9
4. Elliptik tipdagi tenglamaga qo’yilgan aralash masalani sonli yechish
usullari……………………………………………………………….……9

  1. XULOSA …………………………………………………..17

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………..18

  3. ILOVA…………..…………………………………………………..19



KIRISH
Ushbu uslubiy ko‘rsatma Hisoblash usullari fanining namunaviy o‘quv dasturidan kelib chiqib, elliptik tipdagi tenglamali chegaraviy masalalarini chekli ayirmalar usuli yordamida sonli yechishning qisqacha nazariy asoslari, hisob algoritmi, namunaviy misollar yechimlari, mustaqil o‘zlashtirishga oid adabiyotlar, dasturiy vosita va undan foydalanishga oid uslubiy tavsiyalar va boshqa keltirilgan. Bular talabalarga shu fanni yanada chuqurroq o‘zlashtirishga yaqindan yordam beradi. Mazkur uslubiy ko‘rsatmadan magistrantlar, yosh ilmiy tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
Kompyuterning qoʻllanilish sohalaridan biri mexanik jarayonlarni va ob’ektlarning matematik modellarini hisoblash usullari va kompyuterlarning dasturiy vositalari yordamida tadqiq etish bo`lib qolmoqda. Hisoblash usullari va kompyuterlarning zamonaviy imkoniyatlari birgalikda mexanik jarayonlar va ob`yektlarning shu paytgacha noma`lum xususiyatlarini ochishga va, shu asnoda, texnologik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu ishning mavzusi ham hisoblash usullari va kompyuterning ilmiy tadqiqot ishlarda qoʻllanilishiga bog`liq boʻlib, ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir. Hozirgi kunda fan-texnika rivojlanib borgan sari matematika va konpyuterning oʻrni ortib bormoqda. Shu jumladan matematikadan fizika, mexanika, biologiya, kimyo va astronomiya hamda iqtisodiy masalalarni yechishda, mexanik jarayonlarni tahlil etishda va boshqa koʻp sohalarda foydalaniladi.
Bu sohalardagi jarayonlarning matematik modeli oddiy yoki xususiy hosilali differensial tenglamalar nomi bilan yuritiladi. Ushbu ishda chetlari har xil mahkamlangan sterjen va plastinkaning tebranishi masalalari yuqori aniqlikdagi chekli ayirmalar usuli bilan sonli yechish. Quyida ana shunga erishish uchun avvalo xususiy hosilali differensial tenglama, chegaraviy masala, ularning umumiy va xususiy yechimlari, ularni analitik usulda topish, qay hollarda matematik
paketlardan va dasturlardan qanday foydalanish mumkinligi haqida soʻz yuritildi.
Xususiy hosilali differensial tenglamalardan iborat boʻlgan bir qator mexanik jarayonlar modellari differensial tenglamalarini taqribiy yechish masalasi qaralib, taqribiy hisob usuli toʻrlar usuli boʻyicha aniq amaliy masalalar yechildi.
Ushbu uslubiy ko‘rsatmani tayyorlash jarayonida rus va ingliz tillaridagi bir qator darslik va o‘quv qo‘llanmalardan hamda Internet tarmog‘idagi katta hajmdagi ma’lumotlardan bevosita foydalanildi. Ushbu adabiyotlar ro‘yxati uslubiy ko‘rsatmaning oxirida keltirildi.
Hozirgi kunda hayotimizda juda ko’p masalalarning matematik modeli, albatta differensial tenglamalar va integrallar orqali ifodalanadi. Bularni sonli yechishda sonli metodlardan foydalanamiz. Ushbu kurs ishida Fredgolm va Volterra integrallarini va integral tenglamalarni taqribiy yechish uchun kvadratur formulalar keltirilgan va tahlil qilingan. Ma’lumki, ba’zi bir ob’yektlarni matematik modellashtirishda jism sirti va hajmini, jism og’irlik markazi va inersiya momentini, biror kuch ta’sirida bajarilgan ish miqdorini aniqlashga to’g’ri keladi. Bu kattaliklarni aniqlash, masalaning berilishiga bog’liq ravishda berilgan analitik funksiyani biror oraliqda aniq integrallashga keltiriladi.
Amaliy va nazariy masalalarning ko’pchiligi biror [a,b] oraliqda uzluksiz bo’lgan funksiyadan olingan aniq integralni hisoblashga keltiriladi. Integrallarni taqribiy yechish uchun yaratilgan kvadratur formulalarni amalda qo’llash uchun MathType tizimidan foydalanganmiz. Bundan tashqari keltirilgan metodlarni misollarda qo’llab Mathcad tizimida yechilgan misollar bilan xatoliklari tahlil qilib borilgan. Hozirgi kunda yuqori tartibli kvadratur formulalar qurish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


Download 80.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling