Talim vazirligi


İqtisodiyotning umumiy tarifi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

İqtisodiyotning umumiy tarifi. Samarqand viloyati  yalpi ichki mahsulot  hajmi bwyicha 
Toshkent shahri, Farg’ona, Toshkent va Andijon viloyatlaridan keyingi  twrtinchi o’rinni 
egallaydi. Respublikaning 6,4 foizi  sanoat, 4,1 qishloq xo’jaligi mahsuloti, 13,4 foiz tovar 
oboroti, 10.2 foiz pullik xizmat kwrsatish xajmini beradi.  
Viloyatda 120 dan ortiq qo’shma korxonalar rwyxatga olingan, ulardan 90 tasi faoliyat 
kwrsatmoqda. Birgina 2008 yilda 8 ta QK ishga tushgan; barcha korxonalarda 8 ming kishi 
ishlaydi. Bunday korxonalar  sanoat, savdo, turizm kabi sohalarda mavjud bo’lib, ular 
eksportning 1/5  qismini taminlaydi.  
Sanoat. Samarqand viloyati sanoati  ko’p tarmoqli xususiyatga ega. Bu erda ayniqsa  oziq-
ovqat, mashinasozlik, engil, kimyo, farfor sanoati yaxshiroq rivojlangan. Mustaqillik yillarida 

 
151
Turkiya bilan qurilgan avtomobilsozlik zavodi viloyat iqtisodiyotini yuksaltirishda katta 
ahamiyatga ega bwldi. Shuningdek, QK lar tamaki, farfor idishlar, engil sanoat mahsulotlarini 
ishlab chiqirishda ham faol ishtirok etmoqda: hammasi bo’lib 130 ta asosiy sanoat korxonalari 
bor, ularda 50 ming ishchi xodim bor.  
 Malumotlariga ko’ra oziq-ovqat sanoati jami sanoat mahsulotining 31,8 foizini  bergan. 
İkkinchi o’rinda engil sanoat-22,6 foiz, uchinchida un-krupa va omuxta em ishlab chiqarish-18.9 
foiz, twrtinchi o’rinda mashinasozlik va metallni qayta ishlash-8,4 foiz. Shuningdek, kimyo 
hamda  qurilish materiallari sanoat tarmoqlarining  mavqei ham  ancha sezirlarli. Viloyatda 
shisha-chinni  idishlar  ishlab chiqarish, engil(xususan ipak gazlama va paxta tozalash) va  oziq-
ovqat  sanoat tarmoqlarining   hududiy mujassamlashuv darajasi yoki ixtisoslashuv indeksi 
yuqori. 
Takidlash lozimki, Samarqand viloyati sanoati yildan-yilga  rivojlanib bormoqda.  
Mustaqillik yillarida  uning hajmi (solishtirma narxda) yaqin 1,5 martaga ko’paygan. Bu erda 
mamlakatimizning boshqa viloyatlarida yo’q yoki juda kam uchraydigan sanoat tarmoqlari 
mavjud. Ular jumlasiga lift, kino apparaturalari, choy qadoqlash, sovutgich mashinalar, 
avtomobil, tamaki fermentatsiya kabi zavodlar kiradi. Ayni vaqtda viloyatning elektr energetika 
hamda qurilish bazasi sustroq, ip gazlama ishlab chiqarish ham endi rivojlanmoqda.  
Bir yilda taxminan 2.2-2.5 mln. m
2
 ipak gazlama, 14-15 ming tonna wsimlik yog’i, 12-13 
ming tonna tamaki mahsulotlari, 62-77 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqariladi. Zamonaviy 
yuk mashinalar va avtobuslar yangi «SamkochAvto» qo’shma korxonasining konveyrlaridan 
chiqmoqda. Yaqin kelajakda bu raqam yanada ko’payadi.  
Asosiy sanoat korxonalari Samarqandning wzida joylashgan. Bu erda lift, avtomobil, 
sovutgich, shisha-chinni idishlar, konserva, vino zavodlari, ipak gazlama, tamaki, choy 
qadoqlash fabrikalari kabi korxonalar mavjud. Kattaqwrg’onda mashinasozlik, yog’, paxta 
tozalash (respublikada eng twng’ich) zavodlari, Jomboyda yirik don mahsulotlari kombinati va 
«Samteks», Bulung’urda vino zavodi bor.  Samarqandning  «Ywldosh» shaharchalarida Xishrov 
GES, superfosfat zavodi joylashgan. Qishloq tumanlari markazlarining  ko’pchiligida paxta 
tozalash zavodi, İngichkada tog’-kon korxonasi ishlab turibdi.  
Sanoatni hududiy tashkil qilish tizimida  eng avvalo Samarqand va Kattaqwrg’on   
tugunlari ajralib turadi. Umuman olganda, Samarqand  viloyat  sanoat mahsulotini yarmidan 
ko’pini beradi, Kattaqwrg’onning bu sohadagi ko’rsatkichi 6,4 foizga barobar. Qishloq tumanlari 
orasida Jonboy, Narpayning  sanoat salohiyati  kattaroq Qolgan tumanlar, ayniqsa Nurobod, 
Qwshrobod, Gwzalkentda  hozircha sanoat ishlab chiqarishi  yaxshi rivojlanmagan.  
Qishloq xo’jaligi. Samarqand viloyati respublikamizning  agroiqtisodiyotida  muhim 
o’ringa ega. U mamlakatning 1/10 qismidan   ko’proq qishloq xo’jaligi mahsulotini  beradi.  
İqtisodiy rayonda, qolgan viloyatlardan farq  qilib bu erda  qishloq xo’jaligi ko’p tarmoqli.  
Masalan, Samarqand viloyatida paxtachilik va g’allachilik bilan bir qatorda  bog’dorchilik, 
uzumchilik, tamaki etishtirish  ancha yaxshi rivojlangan. Uzumchilik bwyicha u Toshkent 
viloyati bilan  birgalikda O’zbekistonda etakchi hisoblanadi. 
Dehqonchilik bilan bir qatorda  chorvachilik ham rivojlanib bormoqda.  Ayniqsa, 
qo’ychilik, qora ko’l qwylarini boqish (asosan Karnabchwlda) katta ahamiyatga ega.  
Jami ekin maydonlari 403 mingga (2008 yil). Shundan  208 ming gektari  g’alla, 94 ming 
gektari paxta, 9,6 tamaki, 17,7 sabzavot va 55,1 ming gektari em-xashak etishtirish bilan  band.  
Bir yilda (ob-havo sharoitiga qarab) taxminan 380-400 ming tonna don, shundan 350-360 tonna 
bug’doy, 170-200 ming tonna paxta, 23-25 ming tonna tamaki va 410-432 ming tonna  turli 
savzovot mahsulotlari olinadi.  Samarqand tevaragida, xususan Toyloq va Samarqand  qishloq 
tumanlarida shahar atrofi qishloq xo’jaligi rivojlangan. 
Viloyat bwyicha yirik shoxli mollar soni  800 ming boshga yaqin, qwy va echkilar 900 
ming bosh atrofida. Bir yilda etishtirilgan qorako’l teri  60 ming donadan ziyod, pilla 1650-1700 
tonnani tashkil etadi.  
İntensiv qishloq xo’jaligi asosan viloyatning markaziy hududlarida yaxshi rivojlangan. 
Umuman qishloq xo’jalik mahsulotlarining  qiymati bwyicha Urgut (11,3 foiz), İshtixon (9,7 

 
152
foiz), Samarqand (49,7 foiz), Kattaqwrg’on (8,5 foiz), Paxtachi tumanlari (7,7 foiz) oldinda 
turadi. Shuningdek, Bulung’ur, Toyloq, Pastdarg’om tumanlarining  mavqelari ham yaxshiroq 
Ayni vaqtda  Gwzalkent, Jonboy, Qwshrobod, Nurobod tumanlarining salohiyati ancha past.  
Samarand viloyatida rekreatsiya  va ayniqsa  turizm rivojlanib bormoqda; turizm tizimini 
rivojlantirish bwyicha maxsus davlat dasturi ham ishlab chiqilgan va u amalga oshirilmoqda. 
2500 yildan  ortiq tarixga ega bo’lgan  qadimiy Samarqand, ilmu-fan, madaniyat, sanat markazi  
wzining betakror  arxitektura yodgorliklari bilan (Registon ansambli, Gwri Amir, Shohi Zinda, 
Bibixonim maqbarasi, Ulug’bek abservatoriyasi, Afrosiyob arxeologik obeti) dunyoga  mashhur. 
Samarqand-Amir Temur yaratgan  Buyuk imperiyaning dorulsaltanati, poytaxti. Uning 
yaqin atrofi ham  turizm obektlari hisoblanadi. Bu borada ayniqsa Chelek tumanidagi  Hazrati 
İmom al Buxoriy  maqbarasi, Dahbeddagi  Maxdumi Azam masjidi, Urgut chinorlari
Samarqand yaqinidagi qadimiy bog’lar katta ahamiyatga ega.  
Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar. Viloyatda temir va avtomobil transporti yaxshi 
rivojlangan, Samarqanddda xalqaro toifadagi aeroport mavjud. Bir yilda barcha transport turlari 
bwyicha 47-50 mln. tonna hajmda turli xalq xo’jalik yuklari tashiladi. Bunda avtomobil 
transportining ulushi ustun turadi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar hajmi 492.0 mln. AQSh dollariga yaqin . Shundan eksport    
162.7, import 329.3  mln. dollar. Tashqi iqtisodiy aloqalarning 74.5 foiz, eksportning 61.8 va 
importning 89.7 foizi Samarqandga to’g’ri keladi.  
Viloyat iqtisodiyotining ichki xususiyatlari. Samarqand                   
viloyati xo’jaligining hududiy tarkibi eng avvalo uning markaziy qismi, bevosita Zarafshon 
daryosiga tutash joylar iqtisodiy rivojlanishi bilan belgilanadi. Ayni chog’da maydoni bwyicha 
eng katta bo’lgan Qwshrabot va Nurobod tumanlarining iqtisodiy wzlashtirilganligi, salohiyati 
ancha past. 
Asosiy muammolar. Samarqand viloyati iqtisodiyotining kelajakda rivojlanishi ko’p 
jihatdan mavjud mineral xom ashyo va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, sanoatning 
zamonaviy ywnalishlarini hamda xalqaro turizmni yuqori darajada shakllantirish bilan bog’liq 
Shu bilan birga qishloq xo’jaligida asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash, qishloq aholi 
manzilgohlarini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan taminlanganlik darajasini yanada 
ko’paytirish katta ahamiyatga ega.  
 
Savol va topshiriqlar. 
1.  Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarini bir iqtisodiy rayon doirasida birlashtirishga 
nimalar asos bwla oladi? 
2.  Buxoro viloyati iqtisodiyotining etakchi tarmoqlari qaysilar va ularning rivojlanish 
omillarini tariflab bering. 
3.  Navoiy viloyatining milliy va mintaqaviy iqtisodiyotida tutgan o’rni nimalarga 
bog’liq? 
4.  Yaylov chorvachiligi va tog’-kon sanoati rivojlangan hududlar qaysilar? 
5.  Samarqand viloyati iqtisodiyoti qwshni viloyatlar xo’jalik ixtisoslashuvidan nimalar 
bilan farq qiladi? 
6.  İqtisodiy rayonning asosiy sug’orish inshootlarini tariflab bering. 
7.  İqtisodiy rayon transporti va tashqi iqtisodiy aloqalar to’g’risida nimalarni bilasiz? 
8.  Xalqaro turizmni Zarafshon iqtisodiy rayonida rivojlanishi uchun qanday imkoniyatlar 
mavjud? 
 

 
153
14-sonli maruza  
MAVZUSİ: JANUBIY IQTISODIY RAYONI 
Guruh 3b-kurs geografiya 
O’qitish vaqti: 2 soat                                                               Talabalar soni:   14 
O’qitish darsining strukturasi  
Maruza, savol-javob, diskussiya 
Maruzaning rejasi: 
1.Rayonning 
iqtisodiy-geografik o’rni, maydoni 
Respublikada iqtisodyotida tutgan mavqeyi. 
2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. 
3. Aholisi va mexnat resurslari. 
4. Xo’jalik tarmoqlarini o’rganish. 
5. İchki rayonlari va yirik shaharlari 
O’quv darsining maqsadi: Rayonning iqtisodiy-geografik o’rni, maydoni Respublikada 
iqtisodyotida tutgan mavqeyiga tarif berish, Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarini aniqlash, 
aholisi va mexnat resurslarini o’rganish, Xo’jalik tarmoqlarini o’rganish va boshqa iqtiisodiy 
rayon xo’jaliklari bilan taqqoslash. 
Pedagogik masalalari
1.  İqtisodiy rayon geografik 
o’rni, Respublikada tutgan 
mavqei, maydoni, chegaralari, 
tabiiy sharoiti va tabiiy 
resurslarini o’rganish. 
2. Aholisi va mehnat resurslarini 
taxlil qilish. 
3. Xo’jaligi, joylashish va 
rivojlanish xususiyatlarini 
aniqlash 
4. İchki rayonlari va yirik 
shaharlariga tarif berish 
O’qitish xarakatining natijasi
 1.1. İqtisodiy rayon geografik o’rni, Respublikada tutgan 
mavqei, maydoni, chegaralari aniqllaydi 
1.2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslarini taxlil qiladi. 
2. Aholisi va mehnat resurslarini taxlil qilib, 
diagrammalar tuzishadi 
3. Xo’jaligi, joylashish va rivojlanish xususiyatlarini 
aniqlashadi 
4. İchki rayonlari va yirik shaharlariga tarif beradi. 
O’qitish uslublari 
Maruza, vizual, tushintirish, suxbatlashish, diskussiya, 
slaydlar 
O’qitish ishini tashkillashtirish 
shakllari 
 Frontal, guruxlarga ajratish 
O’qitish qurollari 
Tarqatma materiallar, iqtisodiy va tabiiy xarita, plakat, 
qalam 
O’qitish sharoitlari 
Maxsus texnika asboblari bilan taminlangan auditoriyalar 
Monitoring va baxolash 
Tezda sorash, testlar   
 
O’quv darsining texnologik  xaritasi                      
İshning mazmuni 
Bosqichlar, 
Ajiratilgan 
vaqt 
O’qituvchi Talaba 
I bosqich. 
O’qitish 
jarayoniga 
kirish 
(10 min) 
1.1. Maruza. Mavzuning rejasi va tuzilishiga qarab 
o’quv jarayonini tashkillashtirish buyicha xarakat 
tartibini aytib o’tadi. 
1.2. Mavzu buyicha asosiy tushunchalarni, mustaqil 
ishlash uchun adabiyotlar tizimini beradi  
Tinglaydi, yozadi 
 
 
 
Aniqlashtiradi, savollar 
beradi. 
 
II bosqich 
2.1. Mavzuning nomin, maqsadi va kutiladigan Javob 
beradi, 

 
154
Asosiy bo’lim 
(60 min) 
 
natijalarini etkazadi. Mavzuning rejasi va 
xususiyatlari bilan tanishtiradi.  
2.2. Tezda surash, savol-javob, aqliy hujum orqali 
bilmlarini faollashtiradi (ilova)  
2.3. O’quv jarayonida bajarilgan ishlarni baxolash 
kriteriyasi va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi (ilova). 
Yozadi 
 
 
Guruxlarda ishlashadi 
III bosqich 
Yakuniy 
qism 
(10 min ) 
 
3.1.Mavzu buyicha xulosalar chiqaradi, Talabalarning 
diqqatini Asosiy masalalarga jamlaydi, professional 
xizmatida bajarilgan ishlarning axamiatini ochib 
beradi.  
3.2.Guruxlarning ishini baholaydi, O’quv maqsadiga 
erishish darajasin taxlil qiladi. 
3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning 
baxolash ko’rsatkichlari, kriteriyalari bilan 
tanishtiradi. 
o’zini-o’zi, o’zaro 
baholaydi, 
 
 
 
 
savollar beradi, 
 
 
topshiriqlarini yozadi 
 
1-ilova 
Mavzu: Janubiy iqtisodiy rayon 
Reja: 
1.Rayonning iqtisodiy-geografik o’rni, maydoni Respublikada iqtisodyotida tutgan mavqeyi. 
2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. 
3. Aholisi va mexnat resurslari. 
4. Xo’jalik tarmoqlarini o’rganish. 
5. İchki rayonlari va yirik shaharlari
  

 
155
2-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
4-ilova 
 
 
 
5-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
Surxondaryo viloyatining Janubiy mintaqadagi o’rnini neft, tabiiy gaz, 
ko’mir (respublikadagi jami toshko’mirni), turli qurilish materiallari (ohak, granit, 
gips, shag’al), tabiiy mineral buloqlar, dorivor giyohlar, turizm va rekreatsiya 
resurslari belgilab beradi. Lekin vohada tabiiy resurslardan foydalanish 
ko’rsatkichlari ancha past. Bunga avvalo viloyatning geografik o’rni 
(mamlakatning eng janubida), orografik tuzilishi (asosiy foydali qazilmalar tog’li 
hududlarda) kabi tabiiy noqulayliklar bilan birga transport infratuzilmasining sust 
rivojlanganligi, siyosiy strategik nuqtai nazardan nomaqbul joylashishi ham tasir 
etib kelgan. 
O’zbekiston hududlari turlicha tabiiy-resurs sharoitga ega. Ulardan 
foydalanish ham mintaqalar doirasida bir-biridan farq qiladi. Jumladan, 
respublika janubida joylashgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 
tarkib topgan Janubiy iqtisodiy rayon o’zining tabiiy resurslari bo’yicha 
mamlakat iqtisodiyotida o’ziga xos mavqega ega. Ushbu mintaqa 
O’zbekistonda yoqilg’i mahsulotlari (neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, ko’mir), 
oltingugurt, turli tuzlar, qurilish materiallari, farmatsevtika xom ashyosi va 
shifobaxsh mineral suvlarga boyligi bilan ajralib turadi.                                          
Janubiy iqtisodiy rayon 
  Maydoni - 48,7 ming kv.km. 
  Aholisi - 4597,4 ming kishi (2009 y)  
  Aholi zichligi – 94,4 kishi 
 
Yirik shaharlari- Qarshi, Termiz, Shahrisabz, Kitob, Denov
 
Janubiy mintaqa O’zbekistonda shahar aholisi eng kam bo’lgan 
hududlardan biri hisoblanadi. 2007 yilda respublikada o’rtacha urbanizatsiya 
darajasi 35.9 % bo’lgani holda, iqtisodiy rayonda bu ko’rsatkich 22.2 foizga 
(Qashqadaryoda 24.6 %, Surxondaryoda 19.2 %) teng bo’ldi.
 

 
156
7-ilova 
 
Qashqadaryo viloyati
 
foydasiga bo’lib, voha ayrim tabiiy xom ashyo resurslarini qazib olish 
(asosan uglevodorodli birikmalar) bo’yicha nafaqat mintaqada, respublikada ham asosiy o’ziga 
xos “lokomotiv” hisoblanadi. Masalan, mamlakatda qazib olinayotgan neftning 80 foizi, tabiiy 
gazning 92 foizi, gaz kondensatining 95 foizi, oltingugurtning deyarli 100 foizi ushbu hudud 
zimmasiga to’g’ri keladi. Toshg’uzor – Boysun – Qumqo’rg’on temir yo’lining foydalanishga 
topshirilishi natijasida Dehqonobod tumanidagi kaliy tuz konlarini ozlashtirish imkoniyati 
tug’ildi.  
 
8-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10-ilova 
 
 
Qashqadaryo  viloyati
ning  maydoni  28,6  ming  kv.km  bo’lib, 
xududining  kattaligi  bo’yicha  O’zbekistonda  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi  (164,9  ming  kv.km),  Navoiy  (110,8)  va  Buxoro  (39,4) 
viloyatlardan keyin to’rtinchi o’rinda turadi. O’zbekiston Respublikasi 
maydonining  atigi  7%  ini  egallagan  holda  Qashqadaryo  viloyati 
maydoniga ko’ra Albaniya (28,7 minglari yoki Armaniston (29,8), Qrim 
(26,0)  Respublikalari  kv.km),  Belgiya  (30,5),  Niderlandiya  (32,4)  kabi 
Yevropa davlat maydoni bilan tenglasha oladi. 
 
Qashqadaryo viloyati tabiiy sharoiti va iqtisodiy‐geografik 
o’rni 
Qashqadaryo  viloyati  795  km  uzunlikdagi  chegaraga  ega, 
shundan  405  km  tog’lar,  390  km  tekisliklar  orqali  o’tadi.  G’arbdan 
sharqqa  293  km,  shimoldan  janubga  195  km  masofaga  cho’zilgan. 
Shimolda  Qashqadaryo  viloyatining  Samarqand  viloyati  bilan 
chegarasi Zarafshon tizmasining Chaqilkalon, Qoratepa, Ziyovuddin‐
Zirabiloq  tog’lari  va  ular  orasidagi  Jom  va  Qarnob  cho’lining 
to’lqinsimon tekisliklari orqali o’tadi.  
Sharqda  Tojikiston  Respublikasining  Xo’jand  viloyati  bilan 
Hisor tizmasi orqali chegaradosh. Sharqda shuningdek Surxondaryo 
viloyati bilan ham chegaradosh bo’lib, sarhad chizig’i respublikaning 
eng  baland  tog’i  Hisor  tizmasining  qirrasi,  uning  tarmoqlari 
Chaqchar  va  Boysuntog’  suvayirg’ichi,  so’ngra  janubi‐g’arbda 
Sho’rob  botig’i,  Suvsiztog’  va  Qo’hitangning  qirrasi  bo’ylab  o’tadi. 
Qashqadaryo  viloyati  Turkmaniston  Respublikasi  bilan  eng  uzun 
chegaraga ega.
 

 
157
ilova 
 
 
 
 
 
 
 
Adabiyotlar 
    1. Soliev A., Abdunazarov X. Engil va ozik-ovkat sanoatining mintakaviy muammolari.- 
Toshkent.: «Fan», 2007. 
      2. Surxondaryo viloyati rakamlarda: 2005-2006 yillar. (Statistik tuplam) - Termiz, 2007. 
3.  Soliev A.S., Mallaboev T.-İqtisodiy va sotsial geografiya kursida ayrim qonuniyatlarni 
o’rganish metodikasi.-T., 1995. 
4.  Soliev A.S., Mahamadaliev R.Y.-İqtisodiy geografiya asoslari. T., 1995. 
5.  Soliev A.S., Qarshiboeva L.-İqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy muammolari. T., 
1999. 
6.  G’ulomov S., Ubaydullaeva R., Ahmedov E.-Mustaqil O’zbekiston (o’zbek, ingliz 
tillarida), T., “Mehnat”, 2001. 
7.  Akramov Z.M.-O’zbekiston territorial ishlab chiqarish komplekslari.-T., “O’zbekiston”. 
1979. 
8.  Karimov İ.A. O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor  
      yo’nalishlari.-T., “O’zbekiston”, 1993. 
9.  Soliev A.,Axmedov E., va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. (O’quv qo’llanmasining 
elektron versiyasi)- T.,2003. 
10. A. Mavlonov «O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» (O'quv-uslubiy qo’llanma) 
Buxoro 2008 
Savollar 
1.  İqtisodiy rayon geografik joylashgan o’rnining qulayligi nimada? 
2.  Rayon aholisining milliy tarkibi va mehnat resurslari buycha nimalarni bilasiz? 
3.  Rayon xo’jaligini boshqa iqtisodiy rayonlar bilan taqqoslab o’ziga xos tomonlarini 
aniqlang? 
 
Mavzu: Janubiy iqtisodiy rayon. 
Reja: 
1. Geografik urni, tabiiy sharoiti va resurslari. 
 2. Axoli va mexnat resurslari. 
 3. Xujaligi 
a) sanoati. 
b) kishlok xujaligi. 
v) transporti.    
4. Asosiy sanoat markazlari. 
İktisodiy rayon Kashkadare va Surxondaryo viloyatini uz ichiga oladi.   İktisodiy rayon  
respublika YaİM ini11.3 foizini, yalpi sanoat maxsulotining 16,3%ini beradi. İktisodiy 
rayonning geografik urni kulay. 
Qashqadaryo viloyatining ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuvi 
qishloq xo’jaligining qadimdan tashkil topgan tarmoqlari (paxtachilik, 
pillakashlik, qorako’lchilik, bog’dorchilik va uzumchilik) hamda gaz va 
kimyo sanoati paxta tozalash, o’simlik moyi, meva‐konserva hamda 
yengil va oziq‐ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan begilanadi.
 

 
158
     Shimol  va  shimoli-garbdan  Samarkand,   g’arbdan - BuxoroKizilkum, sharkdan Tojikiston 
Respublikasi, janubiy-sharkdan Surxondare  viloyatini,  janubi-garbdan  Turkmaniston 
Respublikasi bilan chegaradosh.  Respublika qushni viloyatlar va  respublikalar  bilan iktisodiy 
aloqa kilish kulay.  Er yuzasi qarshi,  Nishon chullaridan iborat bulib.  Ular korakul kuylari 
uchun yaylovlar rolini uynaydi.  Adir zonasidan bahorikor dehkonchilik, bog’dorchilik, 
uzumchilik va chorvachilikda foydalaniladi. Darelarda allyuvial utlok. qarshi va Nishon 
chullarida och tusli va tipik buz tuproklar Sandikli chulida kumli va kumlok tuproklar tarqalgan. 
İklimi keskin kontinental,  kismsan subtropik  xarakterdadir. Yanvarning  urtacha  
xarorati 0Q20,  minimum-20 gr,  ez issik.  İyul oyining urtacha xarorati Q28Q29gr.  Maksimal  
47,  480 gacha kutariladi.  Sovuksiz davr 210-242 kunni tashkil kiladi.  İjobiy xaroratlar  
yigindisi  4750-5200.  {gin   mikdori   tekislikda 130-150  mm,  adirda  300-350 mm,  toglarda 
500-600 mm ga teng. Kashkadare suvidan samarali foydalanish uchun Xisorak suv omborlari 
kurilgan. Zarafshon daresining bir kism suvi eski Anxor kanali orqali utadi. 1964 yilda Amu-
Buxoro kanali kazildi. 6 ta nasos stantsiyasi suvni 132m balandlikka kutarilib bormokda.  
Mineral - xom-ashe resurslariga  boy.  Respublika  gaz  zaxirasining asosiy kismi shu iktisodiy 
rayondadir.  Ular Kukdumalok, Toshlok, koraxitoy va boshkalar.  Dexkonobod, Kizilchada 
enuvchi slanets topilgan.  Osh  tuzi Boybichkan.  Kaliy tuz konlari Tubegan,  Okbosh konlari 
xisoblanadi.  qurilish materiallariga boy.  
Axolisi: Zichligi 1km2 ga 50 kishi tugri keladi. Kitob-Shaxrisabz atrofida 1km2 ga 25O 
kishi tugri keladi.  Xujaligi. iktisodiy rayon yirik sanoat-agrar ishlab chikarish majmuiga egadir. 
Sanoat tuzilmasida engil sanoat   etakchi bulib,  yalpi sanoat maxsulotining 51%ini beradi.  
Keyingi vaktlarda gaz,  kurilish materiallar sanoati, tez suratlar bilan rivojlanmokda.  Xozir 
iktisodiy rayonda 100 dan ortik sanoat korxonalari ishlab turibdi. Engil sanoat paxta tozalash 
zavodlaridan iborat.  Bular Kitob, Shaxrisabz, Karshi, Koson, Yakkabog shaxarlarida 
joylashgan.  Xozirgi kunda iktisodiy rayondia 5ta paxta tozalash zavodi ishlab turibdi.  Engil 
sanoat korxonalaridan - Shaxrisabzdagi pillakashlik fabrikasini kursatish mumkin. Bu fabrikalar 
- ipak kalavalari,  paloslar ishlab chikaradi.  Chirokchida kichikrok badiiy gilam fabrikasi 
kurilgan. 
      Ozik-ovkat  sanoati  uz  axamiyatiga  kura ikinchi urinda turadi. Moy, gusht-sut, sharob, 
konserva, Kandolat va boshka maxsulotlar  ishlab  chikaradi.  iktisodiy rayon Xozirgi elektr 
kuvvatini Navoiy-Buxoro-- Karshi,  Norak-Tursunzoda-Guzor,  Bekobod-Guzor elektr utkazgich 
liniyalari orkali olmokda.  Karshida-metallsozlik va mashinasozlik remont-korxonalari mavjud.  
kurulish materiallar sanoati - Karshi shaxrida temir-beton,  irrigatsiya kuvurlari,  asfalt-beton 
keramzit beton zavodlari va  uysozlik  kombinatlari ishlamokda.  Kitobda  marmar plitalari 
ishlab chikarish korxonalari ishlamokda. iktisodiy rayonning er fondi katta. qishlok xujaligida 
foydalaniladigan erlar 2251,9 ming gektar. Shundan xaydaladigan erlar 55Oming gektar.  
Shundan sugoriladigan erlar 335  ming gektarga teng bulib,  kolganlari lalmi erlar xisoblanadi. 
iktisodiy rayon kishlok xujaligining bosh tarmoki  dexkonchilikdir.  U yalpi  maxsulotning 70% 
ini beradi.  Dexkonchilikda asosiy tarmok paxtachilikdir.  Karshi chulida yangi  uzlashtirilgan  
Nishon,  Usmon Yusupov tumanlari  ingichka  tolali paxta etishtirishga ixtisoslashgan. iktisodiy 
rayonda g’allachilik muxim tarmok xisoblanadi. Bogdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik 
Varganzi anori mashxur. Chorvachilik chullarda korakul kuychiligi, magalliy kuy echkchilik 
koramolchilik   rivojlagan.  Temir  yul  inkilobga  kadar-Kogon-Karshi--Samsonov temir yuli  
kurilgan  edi.  İnkilobdan  keyin-Karshi-Kitob,  Samarkand-Karshi  temir  yullari kurildi.  kuvur-
shurtan-Shirin-Toshkent kurildi.  Karshi- 163,1ming axoli  yashaydi.  30 dan ortik sanoat 
korxonalari bor.  Termoplast zavodi ishga tushirildi.  10 dan ortik plastmassa buyumlari ishlab  
turibdi.  Muxim transport tugunidir.  Shaxrisabz-53 ming axoli yashaydi. Engil sanoat korxonaari 
rivojlangan.  Xujum fabrikasi-palos  va  milliy buyumlari iroki duppi ishlab chikaradi.  

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling