Talim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana16.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

  
Reja 
1. O`zbekistonda rangli metallurgiya sanoatining taraqqiy etishi. 
2. Oltin qazib olish sanoati. 
3. O`zbekistonda qora metallurgiya sanoati rivoji. 
4. O`zbekistonda rangli metallurgiya sanoatining taraqqiy etishi.    

 
45
 
 
 
 
 
ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Rangli metallurgiya
 30-yillarida mahalliy mineral xomashyo resurslari 
zamirida sanoatning alohida tarmog`i tarzida shakllandi. Respublikamiz hududi 
rangli metall homashyolariga juda boy. Bir qancha rangli metall zahiralari 
bo`yicha O`zbekiston MDHdagina emas, balki jahonda oldingi o`rinda turadi. 
Masalan, u oltin zahiralari bo`yicha dunyoda 4-o`rinda, uni qazib olish bo`yicha 
7-o`rinda turadi. O’zbekiston dunyoda ulkan oltin resurslariga ega bo’lgan 
mamlakatlar qatoriga kiradi, 41 ta oltin koni, shu jumladan 33 ta oltin-ma’dan 
koni qidirib topildi.  
 
 
Mis, uran zahiralari bo`yicha dunyoning oldingi o`nlik mamlakatlari 
qatoridan o`rin olgan. Bu yerdagi rangli rudalar tarkibida rux, qo`rg`oshin, 
kumush, molibden, volfram, kadmiy, indiy, tellur, selen,  reniy, kobalt, nikel, 
osmiy va boshqalar ko`pdir. Rangli va nodir metallning yirik zahiralari 
Markaziy Qilzilqum, Janubiy Tyan-Shyan, Chotqol-Qurama, Nurota, 
Molg`uzor, Janubiy Farg`ona mintaqalarida joylashgan. Topilgan konlarni 
sanoat miqyosida o`zlashtirish yo`lga qo`yilmoqda. Shuning uchun ham 
endilikda O`bekiston rangli metallar ishlab chiqarish bo`yicha jahonda oldingi 
o`rinlardan birini egallamoqda.
  
O’zbekiston talaygina kumush zahiralariga ega. Navoiy viloyatida 
Visokovoltnoe, O’qjetpes va Kosmonachi konlari ishlatishga tayyorlab 
il
il
id
k i
il
d

 
46
10-ilova 
 
 
 
 
 
         «Olmaliq KMK». Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati mamlakat rangli 
metallurgiya sanoatining majmuasi va ko`rki. Olmaliq kon-metallurgiya 
kombinati O’zbekiston Respublikasidagi eng yirik kon-metallurgiya 
korxonalaridan biridir. 
      Bugungi  kunda  Olmaliq  kon-metallurgiya kombinati murakkab sanoat 
kompleksi bo’lib, ochiq va yer osti usullari bilan rudalarni qazib olish konlari, 
boyitish fabrikalari, metallurgiya zavodlari mvjud. Kombinat rudalardan 13 xil 
kimyo elementlarini ajratib olib, turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqaradi: mis, 
rux, kadmiy, indiy, oltin, kumush, sulfat kislotasi, misli, qo’rg’oshinli, ruxli va 
molibdenli konsentratlar, selen, tellur, mis va rux kuporosi va boshqalar. 
Tarmoqning yetakchi korxonasi va tugal metallurgiya sikliga ega bo`lgan mazkur 
kombinat mis majmuasi Qalmoqqir mis koni (1954),ruda boyitish fabrikasi 
(1957), metallurgiya zavodi(1962)dan iborat.  
      Respublikamizda  yilliga  83-85 ming tonnadan ortiq mis ishlab 
chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar O’zbekiston Respublikasi va 
chet el bozorlarida sotilmoqda, buning ustiga mahsulotning 70 foiziga yaqini 
erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilinadi. 
   
               
 
 
          Qalmoqqir mis koni                           Navoiy kon metallurgiya 
kombinati
 
       Mamlakat  oltin  qazib  olish sanoatining ikkinchi yirik markazi 
“Qizilqumkamyobmetalloltin” konsernining bosh korxonasi – 
Navoiy kon 
metallurgiya kombinatidir. 
Mazkur kombinat mamlakat oltin sanoatining durdonasi hisoblanadi. U 
dastlab 1958-yilda Muruntov va Qizilqumning boshqa sochma oltin konlarini  
ishga  tushurish maqsadida qurilgan. Uning asosiy  ishlab chiqarish quvvatlari 
Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida joylashgan. Mazkur 
shaharlarda yangi quvvatlarni ishga tushurish va shu orqali oltin qazib olish 
sanoatining quvvatinioshirib borish yil sayin jadallashmoqda.  
Navoiy, Olmaliq tog`-metallurgiya kombinatlari, O`zbekiston o`tga 
chidamli va qayta eriydigan metallar kombinati, O`zmetkombinat korxonalarini 
qayta qurish ishlari davom ettirilmoqda. Birgina Olmaliq tog`-metallurgiya  
kombinatining arajatlari 200 mln AQSh dollari miqdoriga teng bo`lgan qa ta

 
47
11-ilova 
 
 
 
ilova 
 
Adabiyotlar  
 
1.  Karimov İ.A. O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor  
      yo’nalishlari.-T., “O’zbekiston”, 1993. 
2.  Soliev A.,Axmedov E., va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. (O’quv qo’llanmasining 
elektron versiyasi)- T.,2003. 
O`zbekistonda qora metallurgiya sanoati rivoji. 
O`zbekistonda dastlabki qora metal ishlab chiqarishga 1940-yillarda asos 
solingan. Jumladan, 1942-yilda mamlakatda birinchi (Bekobod shhrida) 
zamonaviy metallurgiya zavodi qurishga kirishilgan. 1944-yilda esa Bekobod 
metallurgiya zavodida dastlabki mahsulot – metal eritmasi olingan. Keyinchalik 
metallurgiya zavodi kengayib, uning sexlari ko`payib va ishlab chiqarish 
quvvati oshib borgan. Jumladan, 1944-yil dekabrida zavodda metal quyish sexi 
ishga tushgan. 1945-yilning fevralida esa ikkinchi marten pechi, 1949-yilda 
uchinchi marten pechi qurib ishga tushirilgan. Shuningdek, 1946 va 1949-
yillarda zavodda “300” va “700” prokat stanlari qurib ishga tushirilgan.  1962-
yilda esa uzluksiz po`lat quyuv qurilmasi ishga tushirilgan.  
      Davr  o`tishi  va  yangi  sexlarning qurilishi bilan Bekobod metallurgiya 
zavodining ishlab chiqarish quvvati ortib borgan va korxonaning o`zi yirik 
metallurgiya kombinatiga aylangan.    
      Umuman, respublikamizda yilliga 460 ming tonna po`lat va 420 ming tonna 
prokat ishlab chiqarilmoqda.  
      Mamlakat  qora  metallurgiya  sanoatini rivojlantirish mustaqil O`zbekiston 
uchun dolzarb masaladir. Shuni ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda 
O`zbekistonda ham qora metallurgiya xomashyolari – temir, titan, marganes, 
xreom va boshqalarning anchagina zahiralari aniqlandi. Jumladan, cho`kindi 
jinsli temir ruda konlari Orolbo`yi regionida, Qizilqumda, Jizzax viloyati 
hududida uchraydi. Mutaxassislarning ta’kidlashlashicha, Jizzaxning Forish 
tumani hududidan topilgan (1999-yil) temir ruda tarkibida 60% toza temir bor. 
Shuningdek, qora metallurgiya sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladigan 
Qoraqalpog`istonda Tebinbuloq titan-magniy koni, Zarafshon, Qoratepa, 
Lolabuloq marganes konlari, Tomditog`, Sulton Uvaysa va Farg`ona vodiysida 
xrom konlari topilgan. Bundan tashqari Samarqand, Qoraqalpog`iston va 
Markaziy Qizilqumda temir ruda va marganets ruda konlari qidirib topish 
ishlari olib borilmoqda. Ana shu va boshqa konlar zahiralarini aniqlash va 
ularni ishgatushirish natijasida kelajakda Bekobod metallurgiya zavodini to`liq 
siklga o`tkazish imkoniyatlari tug`iladi. Shuningdek, Markaziy Qozog`iston 
temir rudalarini import qilish bu muammoni hal qilishni tezlashtirishi mumkin.    

 
48
3.  Soliev A.S., Qarshiboeva L.-İqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy muammolari. T., 
1999. 
4.  G’ulomov S., Ubaydullaeva R., Ahmedov E.-Mustaqil O’zbekiston (o’zbek, ingliz 
tillarida), T., “Mehnat”, 2001. 
5.  Akramov Z.M.-O’zbekiston territorial ishlab chiqarish komplekslari.-T., “O’zbekiston”. 
1979. 
 
Savollar 
1. O'zbekiston sanoatida qaysi tarmoqlar yaxshi rivojlangan? 
2. Yoqilg’i sanoatining asosini qaysi tarmoq tashkil etadi? 
3. Respublikaning qaysi  shaharlarida neftni qayta ishlash korxonalari ishlab turibdi? 
4. Gaz sanoati haqida gapirib bering. 
5. Mamlakatimizda ko’mir qayerlardan qazib olinadi? 
6. O'zbekiston energetikasida qaysi tarmoqning ulushi katta? 
7. Qaysi daryoda GESlar kaskadi qurilgan? 
8. Respublikaning qaysi  shaharlarida IEMlari ishlab turibdi?   
      9. O'zbekiston qora metallurgiya sanoati haqida gapirib bering. 
      10. Mamlakatimizda rangdor metallurgiyaning qanday tarmoqlari shakllangan? 
11. Rangdor metallarga misollar keltiring? 
 
№5-MARUZA. METALLURGİYA SANOATİ 
Rangdor, asl va nodir metallarning qazib olish, boyitish va eritishning uz ichiga oladigan 
rangdor metallurgiya, uning asosiy tarmoqlari O’zbekistoning dunyoviy ahamiyatga ega 
bulgan,iqtisodiy soxalardan biri xisoblanadi. O’zbekistoning rangdaor metallurgiyasi ancha yosh 
ishlab chiqarish tarmoqlaridandir. Shunga qaramay, uning qissasiga urta Osiyo respublikalaridan  
ishlab chiqarilgan rangdor metallarning 2/3 qismidan kuprog’i tug’ri keladi. Hozirgi kunda 
respublikada rangdor metallurgiya sanoatining barcha texnologik jarayonlari shu erda amalga 
oshiriladi. Bunday sanoat korxonaliri Olmaliq, Muruntov (Zarafshon), Navoiy shaxarlarida 
joylashgan xisoblanadi. Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati rangdor metallurgiyaning yirk 
korxonalaridan biridir. Bu kombinat mis, polimetall rudalarini qazib olish, boyitish, mis va rux 
eritish korxonalarini birlashtiradi. Mis  Qalmoqqir va Sarichuv konlaridan qazib olinadi. Xamda 
kombinat tarkibiga kiruvchi boyitish fabrikasida boyitilib mis zavodida eritiladi. Qurg’oshin kon 
va oltin tog’ kon polimetal konlaridan qazib olinadigan rudalar qurg’oshin-rux boyitish 
fabrikasida boyitiladi. Rux kontsentrantlari konbinat tarkibidagi rux zavodida eritiladi; 
qurg’oshin kontsentrantlari esa eritish uchun hozircha respublikadan tashqariga chiqarilmoqda. 
Olmaliq tog’- metallurgiya kombinatining rux va qurg’oshin sanoati bilan bog’liq korxonalar 
tarkibiga sulfat kislotalari ishlab chiqaruvchi korxona ham kiradi. 
O’zbebekiston mis hamdustlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan eng arzon va sifatli 
misdir. Xozirgi asosiy mis konlaridan biri Qalmoqqirda1 t ruda kazib olish uchun sarf 
qilinadigan kapital mablag’ MDH mis sanoatidagi urtacha kursatkichga nisbatan ikki marta 1 t 
rudaning tannarxi esa 1,9 marta kamdir. Uning asosiy sababi shundaki, O’zbekistondagi mis 
rudalari ochiq usulda qazib olinadi. Mis konlari Qalmoqqir, Sarichigu, Dalniy, baliqchi kabi 
konlardan tashqari, janubiy O’zbekistondagi Xondeza va Chaqchar, Navoiy viloyatida Qiziluum, 
Farg’ona vodiysi va boshqa joylardagi mis konlaridir. Mis-metallurgiya kombinati Olmaliq 

 
49
amofos zavodiga sulfat kislotasi etkazib berilmoqda. Kimyo sanoati korxonalarida sentetik 
tolalar, qishloq xo’jaligi uchun zararli kimyoviy moddalar va boshqa maqsulotlar ishlab 
chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish komponentlaribilan taminlab turibdi. Volfrom-molebdin 
kontsentrantlari Chirchiqdagi O’zbekiston qiyin eriydigan va utga chidamli qotishmalar 
kombinatida eritiladi. Kombinat hamdutlikdagi eng yirik korxonalardan biribulib, xilma-xil 
maxsulotlar (volfrom, molebdin simlari,qattiu qotishmalar prokati, togg’jinslarini parshalaydigan 
asboblar va hokozolar) ishlab chiqaradi. Hozirgi paytda Nurota, Chotqol tog’lari yonbag’rlari va 
Markaziy qizilqumdagi Marjon buloq, Chodan, Murintov konlaridan oltin qazib olinmoqda.  
Zarafshon shaxrida yirik oltin tayyorlash kombinati ishlab turibdi. 1991 yildan boshlab Olmaliq 
tog’ metallurgiya kombinati tarkibida yuldosh asl metallar (oltin, kumush) ni ajratib oladigan 
tsex ishga tushirildi.O’zbekistonda allyuminiy sanoatini rivojlantirish uchun ham zarur sharoit va 
zaxiralar mavjud. Qora metallurgiya sanoatiga Vatan urushi yillarida asos solindi. 1946 yilda 
Bekobod metallurgiya zavodi ishga tushirildi. 70 yillar ikinchi yarmida O’zbekiston 
 
metallurgiya zavodida elektr quvvati yordamida pulat eritish tsexi va jamiyatning yangi prokat 
tsexi ishga tushirildi. Bundan tashqari korxona qoshida istemol buyumlari ishlab chiqaradigan 
tsex ham ishlaydi. 1990 yilda 1015ming t pulat hamda 955 ming tonna prokat ishlab chiqarildi. 
Toshkentdagi "ikkilamchi qora metall" zavodida (Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida) 
temir-tersaklarini qayta  ishlovchi maxsus korxonalar hamda tsexlar qurildi. Respublika 
xududida qora metallurgiyani rivojlantirish uchun zarur bulgan temir va mrganets rudalari,olmos 
materiallari va utga chidamli xomashyolar ham topilgan. 
 
6-7 sonli maruza 
MAVZUSİ: MASHINASOZLIK VA METALGA İShLOV BERİSh SANOATI. KIMYO VA 
QURILISH MATERIALLARI SANOATI 
Guruxi 3b-kurs geografiya_____ 
O’qitish vaqti: _2_ soat                                                            Talabalar soni:   14_ 
O’qitish darsining strukturasi 
 Maruza 
Maruzaning rejasi 
1. Mashinasozlik majmui, tarmoqlar  tarkibi, 
2  O'zbekiston kimyo sanoati, tarmoqlar tarkibi,  
3. Qurilish materiallari sanoatiga ta`rif. 
4. Respublika qurilish materiallari sanoati tarmoqlari va 
geografiyasi    
O’quv darsining maqsadi: Mashinasozlik sanoati va Kimyo, qurilish sanoatlari tarmoqlarining 
joylashuvi rivojlanish istiqbollarini shuningdek kooperatsiyaning rivojlantirish imkoniyatlari 
xususida tushintirib beradi.  
Pedagogik masalalari
1. O’zbeksitonda milliy 
iqisodiyotning rivojlanishida 
mashinasozlik, kimyo, 
qurilish sanaotlaring rolini 
aytıp o’tish.  
2. O’zbekistonda kimyo 
sanoati istiqbollarini taxlil 
qilish . 
3. O’zbekistonda qurilish 
materiallari xom ashiyosi 
joylashgan o’rinlarini aniqlash   
4. Mashinasozlik sanoati 
tarmoqlarini turlarini 
o’rganish va rivojlanishini 
aytib o’tish.  
O’qitish xarakatining natijasi
 Mashg’ulot rejasiga asosan mamlakatimiz iqtisodiyotida 
mashinasozlik sanoatning ahamiyatini va uning tarmoqlari 
bilan tanishtiradi:  shuningdek kooperatsiyaning rivojlantirish 
imkoniyatlari xususida tushintirib beradi. 
- kimyo sanoati uning joylashuvi va rivojlanish istiqbollarini 
tushuntiradi.  
- qurilish materiallar sanoati va uning tarmoqlarining joylashuvi 
rivojlanish istiqbollarini  
2.3. Avtomobilsozlik uning tarmoqlarini iqtisodiyotimizdagi 
ahamiyatini tushintirib beradi.. 
.  
O’qitish uslublari 
Maruza, slayd, insert, slayd 

 
50
O’qitish ishini 
tashkillashtirish shakllari 
 Frontal ishlash 
O’qitish qurollari 
Maruzalar matni, texnika qurollari  
O’qitish sharoitlari 
 
Monitoring va baxolash 
Maxsus sorash, test savolları 
O’quv darsining texnologik xaritasi                      
İshning mazmuni 
Bosqichlar, 
Ajiratilgan vaqt 
O’qituvchi Talaba 
I bosqich. 
O’qitish jarayoniga 
kirish 
(5 min) 
1.1. Maruza/seminar/ amaliy  darslarning  rejasi 
bilan, O’quv mashg’ulatlarining ahmiati bilan, 
Mavzu buyicha asosiy tushunchalarni berish.  
Mustaqil ishlar uchun adabiyotlar tizimini beradi
o’quv jarayonida baxolash kriteriyalari bilan 
tanishtiradi. (qosımsha) 
Tinglaydi, jazıp 
aladı 
 
 
 
Aniqlashtiradi, 
savollar beradi. 
II bosqich 
Asosiy 
(65 min) 
 
Talabalarni 3 guruhga bo’ladi, har biriga vazifa 
beradi. 
Kutilayotgan o’quv natijalarini eslatadi. 
2.2. Guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi  
Baholash mezonlarini ham namoyish qiladi. 
2.3. Vazifani bajarishda o’quv materiallari (maruza 
matni, o’quv qo’llanma)laridan foydalanish 
mumkinligini eslatadi. 
Guruhlarda ish boshlashni taklif etadi. 
2.4. Tayyorgarlikdan keyin taqdimotni boshlangani 
e’lon qilinadi. 
2.5. Talabalar javobini sharxlaydi, xulosalarga 
e’tibor beradi, aniqlik kiritadi. 
2.6. Tushunchalarga izohlarni to’g’rilaydi va 
savollarga javob qaytaradi. 
Guruhlar faoliyatiga umumiy ball beradi. 
Javob beradi, 
Yozadi, 
Guruhlarg’a 
bo’linip 
prezentatsiya 
qiladi.  
III bosqich 
Yakuniy qism 
(15 min ) 
 
3.1.Mavzu buyicha xulosalar chiqaradi, 
Talabalarning diqqatini Asosiy masalalarga 
jamlaydi, professional xizmatida bajarilgan 
ishlarning axamiatini ochib beradi.  
3.2.Guruxlarning ishini baholaydi, O’quv 
maqsadiga erishish darajasin taxlil qiladi. 
3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning 
baxolash ko’rsatkichlari, kriteriyalari bilan 
tanishtiradi. 
o’z-o’zin, o’zaro 
baholaydi, 
 
 
savollar beradi, 
 
topshiriqlarini 
yozadi 
1-ilova  
 
 
Mashinasozlik sanoati. Kimyo va qurilish materiallari sanoati  
Reja 
1. Mashinasozlik majmui, tarmoqlar  tarkibi, 
2  O'zbekiston kimyo sanoati, tarmoqlar tarkibi,  
3. Qurilish materiallari sanoatiga ta`rif. 
4. Respublika qurilish materiallari sanoati tarmoqlari va geografiyasi    

 
51
2-ilova 
 
 
3-ilova  
Mineral ug’itlar, sulfat kislota, sintetik tola va yigirilgan ip, plastmassa, rezina, texnika, 
jixozlari ishlab chiqarish. Qurilish materiallari va tsement sanoati, oyna sanoati bularning 
xammasi O’zbekistonning kimyo va qurilish sanoatining tarmoqlari xisoblanadi,. 
4-ilova 
 
 
5-ilova 
 
Esse – taklif etilgan mavzuga 1000 dan 5000 gacha so’z hajmidagi insho.  
Esse  – bu muallifning shaxsiy nuqtai nazariniyozma ravishda erkin ifoda etish shakli; 
qandaydir predmet bo’yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o’z ichiga oladi. 
 
Besh daqiqalik esse 
 
Besh daqiqali esse – o’rganilayotgan mavzu bo’yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, 
mushohada qilish maqsadida o’quv mashg’ulotida oxirida 5 daqiqa oralig’ida olib 
boriladi. 
 
 
 
O'ZBEKISTONDA MASHINASOZLIKNING QUYIDAGI 
TARMOQLARI  MAVJUD

1.
 
Avtomobilsozlik. 
2. 
Transportsozlik va qishloq xo’jalik mashinasozligi. 
3. 
Paxta tozalash sanoati mashinasozligi. 
4. To’qimachilik 
mashinasozligi. 
5. 
Radio elektronika va elektronika sanoati. 
6.  
Asbobsozlik. 
7. 
Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi. 
8. Samolyotsozlik. 
9. 
Qurilish va yo’l mashinasozligi. 
10. Kommunal 
xo’jaligi 
mashinasozligi. 
11.   Madaniy-maishiy-ro’zg’or texnikasi mashinasozligi. 
“Sinkveyn” (5 qator) texnikasi 
İqtisodiy omil-ga xarakteristika berish 
Sinkveyn sxemasi: 
1–qator – tushuncha; 
2-qator – tushunchani tavsiflovchi 2 sifat; 
3-qator – ushbu tushuncha vazifalari to’g’risidagi 3 ta fel; 
4-qator – ushbu tushuncha mohiyati to’g’risidagi 4 so’zdan iborat so’z 
birikmasi; 
5-qator – ushbu tushuncha sinonimi. 

 
52
6-ilova 
 
Adabiyotlar 
1.  Soliev A.S., Mallaboev T.-İqtisodiy va sotsial geografiya kursida ayrim qonuniyatlarni 
o’rganish metodikasi.-T., 1995. 
2.  Soliev A.S., Mahamadaliev R.Y.-İqtisodiy geografiya asoslari. T., 1995. 
3.  Soliev A.S., Qarshiboeva L.-İqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy muammolari. T., 
1999. 
4.  G’ulomov S., Ubaydullaeva R., Ahmedov E.-Mustaqil O’zbekiston (o’zbek, ingliz 
tillarida), T., “Mehnat”, 2001. 
5.  Akramov Z.M.-O’zbekiston territorial ishlab chiqarish komplekslari.-T., “O’zbekiston”. 
1979. 
6.  Karimov İ.A. O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor  
      yo’nalishlari.-T., “O’zbekiston”, 1993. 
7.  Soliev A.,Axmedov E., va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. (O’quv qo’llanmasining 
elektron versiyasi)- T.,2003. 
8.  A. Mavlonov «O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» (O'quv-uslubiy qo’llanma) 
Buxoro 2008 
Savollar 
1.. O'zbekistonda mashinasozlik sanoatining qanday tarmoqlari mavjud? 
2. Respublikamizning avtomobilsozlik markazlarini ayting? 
3. Mamlakat qishloq xo’jaligi mashinasozligini asosiy korxonalari qaysilar. 
4. Nima uchun Respublikamizda qishloq xo’jaligi mashinasozligi nisbatan yaxshi  rivojlangan,     
Fikringizni izohlahg.  
5. O'zbekistonda kimyo sanoati qachon vujudga keldi? 
6. Respublikamizda kimyo sanoatining qanday tarmoqlari mavjud? 
7. O'zbekistondagi yirik kimyo zavodlari ro’yxatini tuzing. 
8. Mamlakatimizning qaysi shaharlarida sement zavodlari ishlab turibdi?  
9. O'zbekistonda qanday qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 
10. Qoplama materiallar sanoati mamlakatimizda qanday rivojlangan. 
   11. Marmar  konlariga  misollar keltiring. 
 
№6-MARUZA. MAShİNASOZLİK VA METALGA İShLOV BERİSh SANOATİ. 
Og’ir sanoatning eng yirik va etakchi tarmog’idir. O’zbekiston sharotida mashinasozlik 
sanoatining rivojlanishi muxim ahamiyat kasb etadi. Chunki mashinasozlik malakali ish kuchini 
kup talib qilganligidan uni aholisi va mehnat resurslari yuqori suratlar bilan respublikamizda 
rivojlantirish ayniqsa muximdir. Mashinasozlik sanoati  O’zbekistonda asosan Sovet xokimiat 
yillarida barpo etildi va u yuqori suratlar bilan rivojlantirildi. M: 1940-75 yillar orasida 
O’zbekistonda sanoat yalpi mausuloti 13 marta ortgan bulsa, mashinasozlik sanoati 
yalpimaqsuloti 587 marta usdi. 1980-89 yillarda mashinasozlik sanoatida yalpi maqsulot ishlab 
chiqarish 65%ni tashqil qildi. O’zbekistonmashinasozligining xalqaro miqyosdagi urnini 
paxtachilikmajmui bilan bog’liuq va unga xizmat qiluvchi tarmoqlarini belgilaydi.  Republika 
mashinasozligining 45%i paxtachilik majmui bilan bog’liqdir. Bular ham uch guruxga bulinadi. 
1. Paxtachilik majmuini mexanizatsiyalashtirishga xizmat qiladigan mashina va uskunalar ishlab 
chiqarish 2. İrrigatsiya-melarotsiya mashinasozligi: 3. Paxtani qayta ishlash bilan bog’liq 
mashinasozlik tarmoqlari (tuqimachilik mashinasozligi, paxta tozalash sanoativa boshqa engil 
hamda oziq ovqat sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish). Respublika qishloq xo’jalik 
mashinasozligi korxonarining deyarli hammasi keyingi yillarda qayta qurilmoqda, yalpi 
uskunalar yangi texnologik vositalar bilan tamilanmoqda.  Bu soxada respublika qishloq 
xo’jaligi mashinasozligining bosh korxonasi Toshkentqishloq xo’jalik mashinasozlik zavodida 
erishilgan yutuqlar xarakterlidir.  Bu zavodda "Uzbekiston" markali paxta terish mashinaliri 
ishlab chiqarilmoqda. Mashinasozlikning paxtachilik majmui tarkibiga kiruvchi yana bir 

 
53
yunalish irrigatsiya-meliratsiya mashinasozligidir. Pespublikamizda irrigatsiya 
mashinasozligining eng yirigi Andijon irrigatsiya mashinasozligi va Andijon mashina zavodlari 
xisoblanadi. Paxtachilik majmui bilan bog’liq mashinasozlikning uchinchi yunalishi tuqimachilik 
mashinalari va paxta tozalsh sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqarishdir. 
Mashinasozlikning ancha taraqqiy etgan. Paxta tozalash sanoati uchun zarur uskunalar ishlab 
chiqaruvchi Toshkent mashinasozlik, Andijondagi "Komunar", Samarqanddagi paxtachilik 
mashinasozligi, olmos(Namangan viloyati) paxta tozalash uskunalari uchun qismlar ishlab 
chiqaruvchi zavodlardir. O’zbekiston mashinasozligining yana bir muxim tarmog’i elektro 
texnika sanoatidir. Bu tarmoq Vatan urushi yillarida vujudga kelib respublika 
mashinasozligining muxim tarmoqlaridan biriga aylandi. Bu tarmoqning respublikamiz 
mashinasozligidagi salmog’i 20% dan kattadir. Bu tarmoq korxonalari transformatorlar, elektr 
stantsiyalar va podstantsiyalar uchun shchit, panellar, zamonaviy murakkab kabellar, elektr 
asbob uskunalari, umuman  200 turda maqsulotlar ishlab chiu\qaradi. Elektro texnika 
mashinasozligining yirik korxonali Toshkent elektrotexnika va kabel zavodlari, Chirchiq va 
Namangan transformator zavodlari, Andijon "elektr aparat" va "elektr dvigatel", Quqon elektr 
mashinasozligi zavodlari va boshqalardir.                                                                                   
Mashnasozlik tarmoqlari orasida eng yosh va hozircha  kam taraqqiy etgan asbobsozlik 
katta istiqbollarga ega. Gap shundaki, bu tarmoq kup mehnat resurslarini jalb qiladi hamda 
republikaning asosiy ixtisos soxasi bulgan paxtachilik majmui tarkibida rivojlantiriladi. Mavjud 
"paxtachilik asboblari" zavodi asosan paxta tozalash zavodlari uchun paxta navini va tolasining 
sifatini aniqlash uchun maqsulotlar ishlab chiqaradi. O’zbekistoninstrumintal maqsulotlar ishlab 
chiqarish ham tashqil etgan. Bu yunalishning yirik korxonalari Toshkent instrumintal va obrazif 
zavodlaridir. Respublikada og’ir mashinasozlik sanoatiga mansub bir qator korxonalar mavjud. 
Toshkentdagi "kutargich", "kompressor", Chirchiqdagi  O’zbekiston kimyo mashinasozligi, 
Namangandagi mashinasozlik zavodlari kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari uchun mashina 
va uskunalar ishlab chiqaradi. Shuningdek Toshkent ekskovator, teplovvoz tuzatish zavodi, 
avtomobil tuzatish zavodlari, Samarqanddagi neftsozlik, xolodilnik, Toshkent va Farg’ona gaz 
aparat zavodlari vo shqa mashinasozlik hamda metalozlik korxonalri ishlab turibdi. 
O’zbekistonda keyingi yillardi mazkur majmuining ilmiy texnika taraqqiyoti hosilasi bulgan aniq 
va murakkab mashinasozligi soxasi tobora rivojlanmoqda. Toshkentdagi elektro texnika 
"Mikondo", "Zenit " zavodlari murakkab elektro texnika, elektronika, telemexanika vositalari 
ishlab chiqaradi. Algoritm birlashmasi eng takomillashgan elektron xisoblash majmuilari ishlab 
chiqmouqda. Mashinasozlik iqtisodiy tarmoqlaring bundan keyingi taraqqiyoti asosan xorijiy 
mamlakatlar hamkorligida va ilg’or texnologiyasi asosida olib boriladi. Hozirdayoq shu yul bilan 
qurilgan ayrim korxonalar, jumladan bir marta ishlatiladigan shpritslar, uquv kompyuterlari, 
telivizor va vediomagnitofonlar va boshqa maxsulot bera boshladi. Janubiy Koreyaning "DEU", 
Germaniyaning "Mersedes-Bents" kompaniyalarinig Asaka va Dustlik shaxarlarida zamonaviy 
avtomobillar ishlab chiqariladigan zavodlar qurib ishga tushirildi. Ular mausulot berayabdi.   

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling