“Ta’lim” yo’nalishi sardori Muallif: Anorboyeva Rayhona Baxtiyorovna


Download 0.75 Mb.
Sana15.11.2021
Hajmi0.75 Mb.
#447025
Bog'liq
nMjnRPOb3js3Dlv0
bronst, ответ на казус ГПД 1 Дилшод Худойбердиев, титул (рус), титул (рус), ingliz tili test, KURS ISHI, KURS ISHI, 2 5274173634229830978, 2 5274173634229830978, 2020 YIL 11 aprel xolatiga ko, 132 Sharipov Shahzod, Fairy tale 132 Sharipov Shahzod, dinshunoslik, ozbekcha - qoraqalpoqcha qoraqalpoqcha ozbekcha lingvistik terminlarning maktab lugati, 17 Q X QAROR

“Ta’lim” yo’nalishi sardori

Muallif: Anorboyeva Rayhona Baxtiyorovna

ASOSIY VAZIFALARI

  • An’anaviy olimpiada targ’ibotchisi bo’lish
  • Mustaqil ravishda olimpiadalar tashkil etish
  • O’quvchi-yoshlarning ma’naviy boyligini oshirishdan iborat

O’quvchi-yoshlarni ma’naviy boyligini oshirish hamda ularni badiiy asarlarga bo’lgan qiziqishlarni oshirish maqsadida Samarqand sardorlari kanalida #Badiiy_asarlar_haftaligi online loyihasi amalga oshirildi.

Mustaqil ravishda olimpiada tashkil etish hamda tengdosh-tengdosh tamoyiliga asoslanib o’quvchilarning bilimini oshirish maqsadida “Yoshlar olimpiadasi” online viktorinaning 2 haftaligi ona tili-adabiyot, matematika, tarix va ingliz tili fanlaridan tashkil etildi.

O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 84 yilligi munosabati bilan 3 yo’nalishda ijodiy ishlar tanlovi 17.12.2020 sanasidan 27.12.2020 sanasiga qadar tashkil etildi.

“Yoshlar olimpiadasi” telegram guruhi bugungi kunda ham o’z faoliyatini olib bormoqda. Guruh qarib 700 ga yaqin yoshlarni qamrab olgan. Guruhda endi siz nafaqat viktorinalarda ishtirok etasiz balki turli xil fanlardan qiziqarli ma’lumotlarga ham ega bo’lib borasiz.

“NAVOIY VA BOBUR AVLODLARIMIZ”


O’quvchi-yoshlarni g’azalxonlikka keng jalb qilish, uning targ’ibotini olib borish, buyuk bobo-kalonlarimiz me’rosini asrab-avaylab va yoshlarni milliylik ruhida tarbiyalash maqsadida A. Navoiy hamda Z.M. Bobur tavaludi munosabati bilan ko’rik-tanlov tashkil etiladi.

MULOQOT MAYDONI

Samarqand viloyatida 1245 ta umumiy o’rta ta’lim maktablari o’z faoliyatini olib bormoqda. Barcha maktablarda targ’ibot va tashriqot ishlarini olib borishni tizimli yo’lga qo’yish maqsadida “Muloqot maydoni” loyihasi tashkil etiladi. Tuman-shahar (264 nafar) hamda viloyat sardorlar Kengashi (14 nafar) a’zolari ushbu loyihada ishtirok etish huquqiga ega bo’lishadi. Sardorlar Kengashi a’zolari loyiha doirasida nechta maktabga targ’ibot ishlarini olib borganiga qarab haftalik hamda oylik ballar berilib boriladi. May oyigacha barcha ballar to’planib sarhisob qilinadi. Eng ko’p ballni qo’lga kiritgan sardor esa diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

STUDENT OF THE YEAR

LOYIHA MAQADI : Maktab bitiruvchilarining bilimini munosib tarzda taqdirlash hamda tengdosh-tengdosh tamoyiliga asoslanib ular o’rtasida sog’lom raqobatni kuchaytirishdan iborat.

Ushbu loyihaga faqat 11-sinf maktab bitiruvchilari ishtirok etish huquqiga ega bo’lishadi.

Loyiha 3 bosqichda ( maktab, tuman-shahar va viloyat) , 3 shart asosida tashkil etiladi.

1-shart. “Smart pupil” – bunda o’quvchilar 3 ta fandan, ya’ni ona tili-adabiyot, matematika va tarix fanlaridan bilimlarini sinovdan o’tkazishadi.

2-shart. Badiiy chiqish – bunda ishtirokchilar o’zlarining iste’dodlarini namoyish etadilar.

3-shart. “Mustaqil fikrla !” – bu shartda o’quvchilar o’rtasiga ma’lum bir mavzu qo’yiladi va ishtirokchilar shu mavzu bo’yicha o’zlarining fikrlarini to’xtamasdan 3 daqiqa davomida gapirib berishlari talab etiladi.

STUDY HISTORY

Ichki turuzimni rivojlantirish hamda o’quvchi yoshlarni tarixga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Study history” loyihasi tashkil etilmoqda.

Loyihada barcha 7 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan o’quvchi-yoshlar ishtirok etish huquqiga ega bo’lishadi. Ishtirokchilar Samarqand viloyatida joylashgan tarixiy obidalar haqida 3 daqiqadan oshmagan videorolik tarzida ma’lumot berib @Rayhona_Anorboyeva telegram manziliga jo’natishadi. Talab doirasidagi ijodiy ishlarga tartib raqami taqdim etiladi.

Tartib raqamiga ega bo’lgan videoroliklar hakamlar hay’ati tomonidan ko’rib chiqilib eng yaxshi 10 ta ishtirokchi aniqlanadi.

G’olib bo’lgan o’quvchilar O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi raisi tomonidan diplom hamda Samarqand shahri bo’ylab tarixiy obidalarga sayohat qilish yo’llanmasini qo’lga kiritishadi.

#KUN_KISHISI


#SamarqandSardorlari

#Kun_kishisi

Fridrix II Buyuk (1740-1786-yillar)

Fridrix II yoki Buyuk Frederik, shuningdek “Old Fritz” laqabi bilan tanilgan. (1712-yil 24-yanvar, Berlin – 1786-yil 17-avgust, Postdam) – 1740- yildan beri Prussiya qiroli. Ma’rifatli absolutizmning yorqin vakilli, Prussiya-Germaniya davlatchiligining asoschisi.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling