Ta’limda axborot texnologiyalari fani talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi


Download 36.5 Kb.
Sana23.11.2021
Hajmi36.5 Kb.
#459497
Bog'liq
FAN HAQIDA
NEW, Doc1, жойларда, organicheskoe-selskoe-hozyaystvo-v-rossii, Mavzu №22, 3- labaratoriya KTA, 3.8, 04.01

FAN HAQIDA

Ta’limda axborot texnologiyalari fani talabalarga axborot texnologiyalari haqida bir butun tasavvur hosil qilish, axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish va axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va imkoniyatlarini o’rgatadi.

Ushbu bu fan har bir kasb egasi uning faoliyat ko’rsatish turidan qat’iy nazar egallashi kerak bo’lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.Ta’limda axborot texnologiyalari fanining maqsadi – zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta’minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikasion texnologiyalar, Avtomatik loyihalash, Web-dizayn asoslari, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat

Ta’limda axborot texnologiyalari fani talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi:



  • informatika, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlar va uning zamonaviy qurilmalari, kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, amaliy dasturlar paketi, operatsion tizimlar, Windows operasion tizimi, Windows paketining dasturlari, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari, kompyuter to’rlari, Internet, elektron pochta, ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari, fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini bilishi kerak.

  • kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari bilan ishlash; axborot texnologi-yalarining dasturiy ta’minotini qo’llay olish; amaliy dasturiy ta’minot dasturlari bilan ishlay olish, Windows operasion tizimida va Windows paketining dasturlarida ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

  • zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o’z predmet sohasida qo’llay olish, kompyutur lokal to’rlari, Internet, elektron pochta bilan ishlash, tarmoq texnologiyasidan foydalana olish, avtomatlashgan loyihalash dasturlarini ishga tushirish va soda chizmalarni chiza olish malakalariga ega bo’lish kerak.


Fan quyidagi modullarni o’z ichiga oladi




Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning qo’llanilishi



Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti



Zamonaviy dasturlash texnoligiyalari



Amaliy dasturlardan foydalanish



Kompyuter tarmoqlari



Axborot tizimlari va ularning turli sohalarda qo’llanilishi



Axborot va tarmoq xavfsizligi va axborotlarni himoyalash

Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling