"Tanish" ustida mulohaza yohud "tanish" bilan tanishmizmi?! (i)sh qòshimchasining omonimligi
Download 71.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Tanish
"Tanish" ustida mulohaza yohud "tanish" bilan tanishmizmi?! -(i)sh qòshimchasining omonimligi. 6-sinf ona tili (2017) darsligida "Biror xalqning axloqini bilmoq uchun uning adabiyoti bilan tanish" gapi 142-mashq tarkibida berilgan. Ushbu gapdagi "tanish" sòzi ustida kòpgina fikr- mulohazalarni kuzatdim va tahlil qilishga urindim. Avvalo so‘zni asos va qòshimchalarga ajtratamiz. Tani+sh Asos tani-tanimoq, bilmoq, ajrata olmoq; qòshimcha -sh Bizdagi muammo aynan -sh qòshimchasi borasida. Xòsh, bu qòshimcha qòshimchaning qaysi turiga kiradi. -sh: lug'aviy shakl yasovchi,fe'lning harakat nomi shaklini hosil qiladi; -sh: lug'aviy shakl yasovchi,fe'lning birgalik nisbat shakli; -sh: sòz yasovchi,fe'ldan sifat yasaydi. Biz tahlil qilayotgan "tanish "sòzidagi -sh yuqorida kòrsatib òtilgan shakllarning qaysi biri ?! 1 -mulohaza. Tanish-ushbu sòz tarkibidagi -sh harakat nomi emas,chunki harakat nomi ot kabi nima sòrog'ini olishi lozim.Masalan,òqish-nima sòrog'ini olyapti,òrnida - moq affiksini qòllasa bòladi. Bu yerda nima qil sòrog'ini qabul qiladi. 2 -mulohaza . Tani+sh. -sh birgalik nisbat shakli ham emas.Birgalik nisbat bòlishi uchun birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holat bòlishi kerak.Bu yerda bajaruvchi bitta shaxs,birdan ortiq emas. 3 -mulohaza . Tani+sh. -sh sifat yasovchi ham emas,chunki sifat qanday , qanaqa sòrog'iga javob bòlishi lozim."Tanish chehralar" birikmasida -sh sifat yasovchi vazifasini bajargan.Biz yuqorida keltirgan gapimizda esa nima qil sòrog'ini qabul qilgan.Demak, sifat emas. 4 -mulohaza . Tani+sh. Bunda asos tani sòziningizohini yuqorida keltirdik,ya'ni "bilmoq", "ajrata olmoq" Tani -nima qil? Vositasiz tòldiruvchi bilan birikadi va umumiy tushuncha anglatadi. -sh qòshimchasini qòshish orqali "tanish" fe'li hosil bòldiki, fe'l vositali tòldiruvchi bilan birikib "tani" fe'lining kuchaygan shakli, ya'ni tanibgina qolmasdan vositali tòldiruvchining tarkibini òrganishni ham nazarda tutadi. Xulosa qilsak, "tanish"dagi -sh fe'lning ma'no kuchaytiruv shakli bòlib, aniq nisbatdagi fe'l hisoblanadi Download 71.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling