Taomlar bilan oshqozonni to’ldirganimiz kabi, kitoblar orqali biz tafakkuri,izni oziqlantirib boramiz


Download 17.52 Kb.
Sana19.11.2019
Hajmi17.52 Kb.

Shaytanat

Taomlar bilan oshqozonni to’ldirganimiz kabi , kitoblar orqali biz tafakkuri,izni oziqlantirib boramiz . Yaxshi kitob yaxshi do’st kabi doim insonga maslahatgo’y, qiyin vaziyatlarda to’g’ri yo’lni tanlashda yordam beruvchi vositadir. Men ham bir “kitobxo’r’’lardanman. Esimda o’smirlik chog’larimda qo’limga qanday kitob tushib qolsa o’qib tashlayverardim. Ertakdan tortib xalq dostonlarigacha , kichik hikoyalardan tortib kata kata romanlargacha barini sevib o’qirdim. Kutubxonadagi opalar menga shunday o’rganib qolishgandiki , borsam tortinmay o’z yumushlarini qildirib olardilar. Aniq esimda o’sha paytlari televideniya orqali Shaytanat deb nomlangan serial namoyish etilgan edi. Bobom rahmatli osha yili qazo qilganlari tufayli motam sifatida bizni xonadonda televizor qo’yilmas edi. Bu serilani o’zini ko’rmagan bo’lsamda u haqidagi ovvozalar juda keng yoyilganidan juda zo’r bo’lsa kerak deb ko’rgim kelardi juda. Shu serial sababli hozirgi kundagi o’n to’qqiz yigirma yoshdagi o’gil bollarning har beshtasidan bittasi asadbek ismida. Serialdan tasirlangan otalar yoppasiga serial bosh qaxramoni Asadbek nomini o’g’illariga ravo ko’rishardi. O’sha paytda serialni ko’rish nasib etmadi. Lekin har joyda : ko’chada , guzarda hamma hamma joyda asadbek degan qahramonnig mavzusi. Oxiri bu kitobni topishga jazm qildim. Bu kitob bilaman kutubxonada yo’q, bu kitob adabiyot muallimidagina b’lishi mumkin. Tahminim to’g’ri chiqdi. Yalinib yolvorib shaytanatning birinchi qismini soarab oldim. Asar boshlangandanoq o’ziga tortib ketdi : ELCHIN 1978-yil 8- sentabr



“ U momiq bulutlar ustida sarhush suzardi.Birdan bulut choki so’kilib, pastga qarab sho’ng’idi”.. Asar shunday boshlandi, Elchin ismli asar qahramoni pastga qarab sho’ng’idi, kitobxon esa kitob ichiga sho’ng’idi. Asar ichiga shunchalar berilib ketdimki, yursam ham, o’tirsam ham hyolimda asar qahramonlari, ularning hayoti, asardagi bo’lajak bayoni … Asar nomi shaytanat ya’ni shaytonlar malakati deb nomlanishi bejiz emasligini anglab borardim. Jinoyat ko’chsidagi insonlar bu ko’chaga bejiz kirmaganlari, ularni bung anima majbur ilganiyu, hayotdagi adolatsizliklar va ularga qarshi tura oladigan kuchlarning o’zarro to’qmashuvlafri odamni hayajonga solardi. Asarning bosh qahramoni Asadbek ismli jinoiy to’da boshlig’I bo’lsada undan boshqa qahramonlar hayoti ham o’quvchilar uchun benihoya qiziq. Masalan Asadbekning ikkita qanoti, ikki qo’li hisoblangan Haydar va Mahmud obrazlari, ularning nutqi,, hatti harakatlari ham o’quvchini o’ylashga fikrlashga majbur qiladi. Birinchi kitobni o’qib bo’lgach ikkkinchi kitobni o’qimasam bo’lmasligini tushunib yetdim. Shu tariqa ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va biroz vaqt o’tib beshinchi qismlarni ham o’qib chiqdim. Shaytanat hayotimda o’qigan asarlarim ichida eng yaxshilari qatoriga kirdi. Asar qahramonlari Jamshid, Elchin, zekixan, qadrdon insonlarimga aylanib qoldi. Asarning o’tkir syujetga ega ekanligi o’quvchini zeriishiga qo’ymaydi. Muallif tomonidan kiritilgan fikrlarda inson va din msalasi ko’tarilib , doim tanlov insonni o’z o’lida ekanligi ta’kidlanadi. Toxir Malikning Shaytanat romanini o’qib shunday hulosa chiqardimki, hech bir inson jinoyatchi bo’lib tug’ilmaydi, hech bir bola “kata bo’lsam jinoyatchi bo’laman ‘’ demaydi. Balki, jamiyat, adolatsiz tuzum, adolatsiz odamlar adovatidan qalblari toshga aylanib beihtiyor jinoyat ko’chasidan o’zlariga panoh qidiradilar. Bu asarda asar voqealari bilan bir qatord o’sha paytda ro’y bergan kata hodisalar ham, tasvir obektiga aylangan. Masalan, mesheti turklar bilan suniy ravishda paydo qilingan “Farg’ona voqealari’’ dahshatlarini , o’sha vaqtdagi odamlar qalbidan o’tgan his tuyg’ularni his qiladi kitobxon. Asar o’tgan asrning ohirlarida sobiq sho’ro hukumati mamlakatimizda hukmonlik qilayotgan vaqtlarni tasvirlaydi. Adib jinoyat olamini tasvirlar ekan, oddiy xalq hayoti, olimlar ya’ni ziyolilar hayoti, oddiy dehqon hayoti va hokazo toifalar hayotidan bizga lavhalar ko’rsatib, o’sha davr ijtimoiy tuzumi xalqimiz boshiga ne kulfatlar tushirganini kata va kichik epizodlarda ko’rishimiz mumkin. Esseni boshida shu asar asosida suratga olingan serialdan zavqlanib o’g’liga Asadbek nomini qo’ygan otalar haqida aytib o’tgan edim. Kitobni o’qib bo’lgach o’ylanib qoldim: Asadbek havas qilishga arzigulik insonmi? Farzandim shu qahramonga o’hshashini istarmidim? To’g’ri Asadbek asarda juda martabali, qo’lini qayoqqa uzatsa yetadigan, bir so’zli, mard inson sifatida tasvirlanadi, har biro ta o’g’lini shunday sifatlarga ega bo’lishini hohlaydi, albatta. Lekin, Asadbek asarda jinoiy to’da boshlig’I, qo’llari qonga botgan, ne ne begunoh insonlarni hayotini barbod bo’lishiga sabab bo’luvchi farmonlar bergan yoki bunday ishlarda bevosita ishtirok etgan odam… Nahotki, otalar o’g’lini shunday inson bo’lib yetishishini hohlaydi?! Asar qahramoni Asadbek bolaligida boshqalar kabi sof , beg’ubor edi, dunyoda hech kimga yomonlik qilishni o’ylamasdi, lekin dunyoning adolatsizliklari uni qalbini toshga aylantirdi. Agar shu voqealar bo’lmaganda balki Asadbek oddiy insonlar kabi yashash tarzini tanlab bahtli hayot kechirarmidi?... Yana bir ziddiyatli fikr tug’iladi : Asadbek kabi adolatsizlikka uchragan bollar kam edimi o’sha paytda? Hammasi ham jinoyat ko’chasiga kirib ketmadiku. Demak tanlov hamisha insonning o’z qo’lida ekanda. Agar chindan hohlagan Asadbek ham o’z yo’lidan adashmay, jinoyat ko’chasiga kirmay halol yashaga qodir edi, lekin u shayton ketidan ergashdi va shaytanat mamlakatida boshliq bo’ldi. Muqaddas kitoblarda aytilishicha odamning bir yelkasida Rahmon bir yelkasida shayton o’tirar ekan . Kimning so’ziga quloq osish, kimning so’ziga kirishni insonning imoni hal qiladi. Asadbek butun dunyo moliga ega bo’lsa ham hech qachon bahtli bo’lolmasdi, chunki boshqalar bahtsizligi hisobiga odam chin bahtli bo’lolmaydi. Odam qoniga botgan qo’llar bilan baht qadahini tutib bo’lmaydi . Muallif turfa taqdirlar turfa voqealar orqali, iymonsizlikni tasvirlash orqali o’quvchini iymon sari chorlaydi. Asarni o’qiyotgan paytimizda sho’ro hukumatidagi adolatsizliklarni o’qib, mustaqillik ne’matimizga qayta qayta shukronalar keltiramiz. Mustaqil O’zbekistonimizdagi hozirgi barqaror islohotlar, insonning qadr qimmati, yoshlarga qaratilayotgan e’tibordan mamnun bo’lib ketadi kishi. Men bu asarni o’qigan o’quvchi sifatida bu asarni o’qishni har bir yurtdoshimizga tavsiya qilaman. Iymon va iymonsizlik, adolat va adavot to’g’risida mjushohada qilmoq istaganlar uchun, dedektiv asarlar ishqibozlari uchun. Didaktik asarlar shaydolari uchun, umuman barcha turdagi keng kitobxonlar uchun ham birday manzur bo’ladigan asar. Men ishonamanki bu asarni o’qisangiz u eng sevimli asarlaringiz ro’yxatiga kirib , qayta qayta o’qish uchun doim ko’rinadigan joyda saqlanadigan kitoblar safidan joy egallaydi. Sizlarni Shaytanat o’lkasining sirli va o’ylashga undovchi dunyosiga nazar tashlashga taklif qilaman. Har bir o’quvchi o’zi uchun alohida hulosa chiqarishiga ishonaman.
Download 17.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling