Taqdimot 29-13 tj va icha va b guruhi talabasi Saitov Shavkat


Download 0.69 Mb.
Sana19.10.2019
Hajmi0.69 Mb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Farg‘ona Politexnika Instituti “ENERGETIKA” FAKULTETI “Fizika” KAFEDRASI “Kinemetikaning boshlang’ich tushunchalari”


TAQDIMOT

29-13 TJ va ICHA va B guruhi talabasi

Saitov Shavkat

Mavzu: KINEMATIKANING BOSHLANG’ICH TUSHUNCHALARI



Tayanch so’z va iboralar:

Sanoq sistemasi, Moddiy nuqta, Fazo, Vaqt, Moddiy nuqta, Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab harakati, Moddiy nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakati. Moddiy nuqtaning egri chiziqli harakat, Tezlik, Tezlanish, Narmal tezlanish, Tangensial tezlanish.



Reja.




  • Sanoq sistemasi, Moddiy nuqta.
  • Fazo va vaqt.
  • Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab va to‘g‘ri chiziqli harakati.
  • Egri chiziqli harakat. Narmal va Tangensial tezlanishlar.

Sanoq sistemasi deb-

soat bilan ta’minlangan, absolyut qattiq jismga qattiq bog‘langan va unga nisbatan vaqtning har xil momentlarida boshqa jismlarning holatlari aniqlanadigan koordinatalar sistemasiga aytiladi.

Sanoq sistemasi

Merkuriy

Quyosh


Moddiy nuqta deganda, shakli, o’lchami va tuzilishi ko’rilayotgan masala uchun axamiyatga ega bo’lmagan,

lekin ma’lum massaga ega bo’lgan jism tushuniladi.



Yerning va boshqa planetalarning Quyosh atrofida harakatlarini o‘rganayotganimizda Yer, planetalar va Quyoshni moddiy nuqtalar deb hisoblash mumkin.

Moddiy nuqta



Mars

Neptun

Yer


Venera

Saturn



Yupiter

Pluton

Uran

Fazo va Vaqt

Jismlar harakati fazo va vaqtda amalga oshadi. Fazo abadiy mavjud, cheksiz katta, qo‘zg‘almas materiya ko‘rinishida tasvirlanadi. Fazoning xossalari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. Vaqt fazoning istalgan nuqtasida birday o‘tadi deb hisoblanadi, ya’ni o‘z-o‘zicha, tekis va biror boshqa borliqqa bog‘liq bo‘lmagan holda o‘tadi deb qaraladi. Har qanday fizik hodisa yoki jarayon fazoning qayerdadir va qachondir sodir bo‘lishi mumkin.

Agar burchak tezlik o’zgarmas bo’lsa, aylana bo’ylab harakat tekis aylanma harakat deb ataladi. Moddiy nuqta bir marta to’liq aylanishda = 2 burchakka buriladi. 2 burchakka burilishga ketgan vaqt T aylanish davri deb ataladi.

Moddiy nuqtaning tezligi vektor kattalik bo‘lib, u radius vektoridan vaqt bo‘yicha olingan birinchi tartibli hosila tarzida, moduli esa yo‘ldan vaqt bo‘yicha olingan birinchi tartibli hosila tarzida ham aniqlanishi mumkin. Moddiy nuqtaning harakat tezligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, uning harakati tekis harakat deyiladi; aks holda harakat o‘zgaruvchan harakat deyiladi.

Tezlik grafigi

Tezlik grafigini chizish uchun absissa o‘qiga vaqtning, ordinata o‘qiga esa tezlikning qiymatini qo‘yamiz. Agar Vo = 0 bo‘lsa, (1.3 – rasm, 1-to‘g‘ri chiziq) u holda tezlik grafigi koordinata boshidan o‘tgan to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi. Vo ≠ 0 bo‘lganda esa tezlik grafigi ordinata o‘qida Vo ga teng kesmadan boshlanadi. 1.3 – rasmdagi 1,2-to‘g‘ri chiziqlar (a>0); 3 – to‘g‘ri chiziq tekis ( a<0 ) sekinlanuvchan harakatni, 4-to‘g‘ri chiziq esa

(v-const ) to‘g‘ri chiziqli tekis harakatni ifodalaydi

( a=0 ).

Egri chiziqli harakat

Nuqtaning traektoriyasi

deb, tanlangan sanoq sistemasiga nisbatan nuqta harakatida chiziladigan chiziqqa aytiladi.

Trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo‘lgan harakat egri chiziqli harakat deyiladi. Kuzatish boshlanganda egri chiziqli harakat qilayotgan moddiy nuqta trayektoriyaning A nuqtasidan o‘tayotgan bo‘lsin (1.6-rasm). Biror kichik t vaqt ichida kichik S yoyni bosib V nuqtaga keladi.

1.6-rasm

Normal tezlanish

Bu ifodadagi yig‘indining birinchi limitini markazga intilma tezlanish yoki normal tezlanish deb ataladi. Geometrik mulohazalar asosida normal tezlanishning moduli tezlik kvadratining trayektoriya ayni sohasining egrilik radiusiga (R) bo‘lgan nisbatiga tengligini aniqlash mumkin:



Tangensial tezlanish

Bu ifodadagi yig‘indining ikkinchi limitini urinma tezlanish yoki tangensial tezlanish deb ataladi.

Shunday qilib, egri chiziqli harakat qilayotgan moddiy nuqtaning to‘liq tezlanishi normal va urinma tezlanishlarning vektor yig‘indisidan iborat.

Normal tezlanish tezlikning yo‘nalish bo‘yicha o‘zgarishini, urinma tezlanish esa tezlikning miqdoriy jihatdan o‘zgarish jadalligini ifodalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar
  • N.A. Sultono’v. Fizika kursi FARG’ONA

  • TEXNIKA-2002.
  • O.Axmadjono’v. Fizika kursi TOSHKENT - 1985.
  • A.A. Detlaf, B.M. Yavorskiy. Fizika kursi

  • FARG’ONA «TEXNIKA» 2008.
  • K.P.Abduraxmono’v. Fizika darslik

  • TOSHKENT – 2010.
  • N.M. Shaxmayev. D.SH. Shodiyev. Fizika

  • TOSHKENT-2002.
  • P.Xabibullayev . A. Baxromo’v. Fizika

  • TOSHKENT-2009.
  • WwW.Google.Ru
  • WWW.Texnika.Uz
  • WWW.Doc.Uz

FarPI Energetika fakulteti TJ va ICHA va B 29-13 guruhi talabasi

Sayito’v Shavkatbek
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling