Taqdimot qiluvchi: i.f.n., dots. I.Ochilov
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Mavzu: Axborot va uning zamonaviy roli
“O‘quvchilarda yangi axborotlarni izlash, tahlil qilish va qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish” moduli
Taqdimot rejasi
- Axborot tushunchasi.
- Axborot madaniyati va axborot savodxonligi.
- Axborot – ishchi kuchi va iqtisodiyotning raqobatbardoshlikni kuchaytirish omili sifatida.
Axborot turlari
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
tеxnik axborot;
agrobiologik axborot;
siyosiy axborot;
xuquqiy axborot;
iqtisodiy axborot va boshqalar.
Axborot tushunchasi
Axborot – 1) biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar oʻrtasidagi muzokaralar na-tijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma toʻgʻrisida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar oʻrtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tuzilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi. Ikki davlat oʻrtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi AXBOROT odatda qoʻshma AXBOROT deb atala-di;
2) ba’zi vaqtli nashrlarning nomi (mas, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining axboroti, Oʻzbekiston Respublikasi test markazining axboro-ti va boshqalar).
Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og`zaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma`lumot; XX asrning o`rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o`rtasidagi ma`lumot hamda hayvonlar va o`simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |