Taqdimoti 8Mavzu: fuqaro erkinligi, huquq va manfaatlari ustuvorligini ta’minlash


Download 95.45 Kb.
Sana08.05.2020
Hajmi95.45 Kb.
#104265
Bog'liq
1 dem jam

A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika inistituti Maktabgacha ta’lim fakulteti Defektologiya yo’nalishi 513-16(404)-guruh talabasi Xo’jayeva Irodaning Fuqrolik jamiyati. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amalioti fanidan tayyorlagan

Taqdimoti

8Mavzu: FUQARO ERKINLIGI, HUQUQ VA MANFAATLARI USTUVORLIGINI TA’MINLASH

Fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mezonlari:

  • 1. Fuqarolik jamiyati institutlari;
  • 2. Ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirishda saylovlar muhim o‘rin tutadi;
  • 3. Davlat va jamiyat boshqaruvida O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarning faolligi ham muhim ahamiyatga ega ;

Fuqarolar siyosiy madaniyati va faoliyati.

Fuqarolar faolligini oshirishda ularning siyosat va hokimiyat hodisalariga nisbatan shaxsiy munosabatlarini ifodalovchi baholash hukmlari ahamiyatga molik ma’naviy hodisadir. Bunday shaxsiy - mazmuniy munosabatlarning mavjudligi insonning o‘z fuqarolik burchini anglab etgan siyosiy sub’ekt sifatida faoliyat ko‘rsata olishini ifoda etadi.


Huquq


davlat tomonidan belgilanadigan yoki ruxsat etiladigan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy hulq-atvor qoidalari tizimidir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator bo‘lib, uning ushbu xususiyati ijtimoiy munosabatlar bilan bo‘ladigan muntazam aloqadorligini ta’minlaydi.

ERKINLIK


Insonga qonun bilan ruxsat etilgan u yoki bu harakatni amalga oshirishi va hayot uchun zarur bo‘lgan ne’matlardan foydalanishda ijtimoiy to‘siqlarning bo‘lmasligi tushuniladi. SHu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohish-irodasining qonuniy ifodasi hisoblanadi. Konstitutsiyaning X bob 43-46 moddalari inson huquq va erkinliklariga bag‘ishlangan bo‘lib, davlat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarni ta’minlashi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Konstitutsiya X bob 43-46-modda


Inson huquq va erkinliklariga bag‘ishlangan bo‘lib, davlat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarni ta’minlashi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

19-modda


Hech kim sud qarorisiz fuqarolarni huquq va erkinliklaridan mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga haqli emas

Qadimgi dunyoning buyuk donishmandlari ―Nimaiki qonuniy bo‘lsa, u – adolatlidir‖, deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Ular shu tariqa aynan qonun adolat manbai va mezoni ekanini uqtirganlar, desak, har tomonlama o‘rinli bo‘ladi. Va aksincha, agar qonun bajarilmasa, qonunda bir narsa yozilib, hayotda hammasi boshqacha bo‘lsa, odamlarning Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda muhrlab qo‘yilgan adolat va demokratiya normalariga nisbatan har qanday ishonchi yo‘qoladi. Bunday holat barchamizga ayon. Qonun va qonun ustuvorligi bo‘lmagan joyda avvalo uning o‘rnini korrupsiya degan balo egallaydi‖, - deb ta’kidlaydi1.

Birinchi Prezident I.Karimov


18-modda

  • O`zbekiston Respublikаsidа bаrchа fuqаrolаr bir xil huquq vа erkinliklаrgа egа bo`lib, jinsi, irqi, millаti, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shаxsi vа ijtimoiy mаvqeidаn qаt’i nаzаr, qonun oldidа tengdirlаr.
  • Imtiyozlаr fаqаt qonun bilаn belgilаnib qo`yilаdi hаmdа ijtimoiy аdolаt printsiplаrigа mos bo`lishi shаrt.
  •  
  •  

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 95.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling