Taqdimotich xo’jayeva Charos Shuxratovna


Download 1.7 Mb.
Sana18.09.2020
Hajmi1.7 Mb.
#130101
Bog'liq
Charos


O’rta osiyo mutafakkirlarining ma’naviy-ma’rifiy me’rosidan ta’lim tarbiya jarayonida foydalanishning zamonaviy usullari 

 

TAQDIMOTICH



Xo’jayeva Charos Shuxratovna

“O’rta Osiyoga Islom dini bilan birga davlat tili sifatida arab tili ham kirib keldi. U o’zi bilan beqiyos boy ilmiy-nazariy ahamiyatga molik bo’lgan jahon falsafiy, tabiiy va badiiy fan yutuqlarini ham bu zaminda yashovchi xalqlar orasiga olib kirdi. Katta “Ipak yo’lida” joylashgan O’rta Osiyo bu davrda yaxshi rivojlangan qishloq xo’jaligaga, hunarmandchilik, boy ma’naviy madaniyatga ega edi. Bu esa arab xalifaligiga mansub bo’lgan xalqlar madaniy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi, har ikki madaniyat bir-birini o’z ijobiy yutuqlari bilan boyitdi”.

Shuni alohida qayd etish lozimki, bu davrda pedagogik qarashlar islom aqidalari qorishiq yug’irilgan tarzda bayon etilgan bo’lib, o’z davri uchun harakterli bo’lgan xususiyatlarni o’zida ifodalagan. Bilimlar va haqiqatni ikki xil yo’nalishi, ya’ni materalistik va idealistik. Bu davr ijtimoiy qarashlari tarixida ham aks etdi hamda mutafakkirlar dunyoqarashining asosini tashkil etardi. Xuddi shu davrdan boshlab xuddi falsafada bo’lgani kabi qarashlar tarixida materialistik dunyoqarash tabbiy fanlarda erishgan ilmiy yutuqlar maxsuli, uning inikosi sifatida egalladi. Bu to’g’rida asosiy tasavvur al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa olimlarning asarlaridagina olishimiz mumkin. Masalan, al-Xorazmiy jamiyatning ma’naviy rivojlanishi uchun aniq fanlarni o’rganishning aniq ahamiyati va uning xayotdagi amaliy ahamiyatini asoslab berdi.

Forobiy va Ibn Sinolar esa Aristotelning falsafiy g’oyalarini yanada rivojlantirib, aniq va tabiiy fanlar qo’lga kiritgan yutuqlarini umumlashtirilgan holda ong, ijtimoiy hayot insonning ma’naviy rivojida ta’lim va tarbiya roliga doir butun bir ta’limotni yuzaga keltirishdi. Garchi ularning konsepiyasida materalistik unsurlar mavjud bo’lsada, ularning qarashlari Yevropa materialistlari qarashlaridan farqli o’laroq, Islom g’oyayalari bilan uyg’unlashib ketadi, ularning qarashlarini panteistak yo’nalishga mansub desak to’g’riroq bo’ladi.

“O’rta asrning Ibn Sino va boshqa mutafakkirlar asarlarida ijtimoiy muhitning inson tarbiyasidagi roliga doir muhim qarashlar mavjud. Ular muxitning kishi tarbiyasidagi rolini tan olgan holda undagi tug’ma individual qobiliyatning ham tarbiya jarayonidagi rolini ijtimoiy baholadilar.

Ular o’z falsafiy qarashlaridan kelib chiqqan holda tarbiyada asosiy diqqatni aqliy, axloqiy, mantiqiy va jismoniy shakllanishga qaratdilar”

Zakariya al-Roziy, Ibi Sino, Jurjoniylarning tabiiy kuzatishlari tufayli insonning bilish va ruxiy faoliyatini o’rganishga doir boy material to’plandi. Insondagi besh sezgi a’zolarini ular tashqi muhit to’g’risidagi ilk bilim manbalari deb hisobladilar. Bu mutafakkirlar tomonidan ruhiy jarayonlar tasavvur, xotira, idrok, hissiyotga berilgan umumiy xarakteristika hozirgi zamon ruxshunosligi yutuqlariga nihoyatda yaqindir.

Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinolarning ijtimoiy qarashlari keyingi davrlarda yashab ijod etgan mutafakkirlar Ibn Rushd, Nasriddin Tusiy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Jaloliddin Devoniy, Munis Xorazmiy, Ogaxiy, Berdaq, Zavqiy, Furqat, Muqimiy, Saidahmad Siddiqiy, Abdulla Avloniy va boshqalar ijtimoiy qarashlariga barakali ta’sir ko’rsatdi.



O’rta Osiyo XIV-XV asrlarga kelib buyuk lashkarboshi Amir Temur sa’y harakati tufayli mo’g’ullar istibdodidan qutuldi, mustaqil davlatga ega bo’ldi. Natijada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida keskin yuksalish yuz berdi. XV asrga kelib esa o’lka o’zining yuksak darajadagi taraqqiyot bosqichiga uyg’onish davriga qadam qo’ydi. Bu davrda O’rta Osiyo jahonda Qozizodd Rumiy, Ulug’bek, Ali Qushchi, Lutfiy, Navoiy, Jomiy kabi allomalarni yetkazib berdi

E’tiboringiz uchun rahmat
Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling