Taqlid lemma


Download 17.35 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi17.35 Kb.
#1530688
Bog'liq
taqlid lemma


TAQLID LEMMA
TAQLID-LEMMA – taqlid-leksema. LEMMA – korpus matnlardagi leksamaning korpus lingvistikasida nomlanishi, leksema. Korpusdan foydalanish leksik birlikni kontekstda o‘rganish imkonini beribgina qolmay, so‘zshakl, lemma, grammatik kategoriyalar chastotasi, ularning birikish xususiyati haqida ma’lumot olish uchun ham muhim. Ibora yoki turg‘un birikmalar semantik jihatdan bo‘linmas birlikni tashkil etgani uchun leksikografiyada matnga avtomatik ishlov berish jarayonida buni inobatga olish masalasiga alohida e’tibor qaratmoq zarur. Korpus menedjerining qidiruv imkoniyati aniq so‘zshakli, so‘zning lemma (korpusda leksema shunday ataladi) shakli, birikmali bo‘lingan va bo‘linmagan sintagma, morfologik belgilarga asoslangan jamlanma shaklini qamrab oladi. Talab qilingan hajmdagi kontekst ko‘rsatkichlari qidiruv natijasi, saralangan materialni alohida faylda saqlash imkonini beradi. Masalan, kiyim ma’nosini bildiruvchi so‘zlar ishtirok etgan kontekstlarni ajratib berish buyrug‘i berilsa, semantik tegga ega matn bu so‘rovni qayta ishlay oladi va so‘ralgan semali lemma ishtirok etgan kontekst ajratib ko‘rsatiladi.

Захаров В.П., Богданова С.Ю. Корпусная лингвистика. – Иркутск: ИГЛУ, 2013. – 161 c.Грудева В.А. Корпусная лингвистика. Учебное пособие. 2-е изд., стереотип. – М.: Флинта, 2012. – 165 с. Курс “Корпусная лингвистика” (А.Б. Кутузов) Лицензия Creative commons Attribution Share-Alike 3.0 Unported (Электрон ресурс) // lab314.brsu.by/kmplite/kmp-video/CL/CorporeLingva.pdf . Хамроева Ш. Ўзбек тили муаллифлик корпусини тузишнинг лингвистик асослари. Монография. – Германия: GlobeEdit, 2020. Ҳамроева Ш.М. Корпус лингвистикаси атамаларининг қисқача изоҳли луғати. – Тошкент: Камалак, 2018. – 96 б.
Эшмўминов А.А. Ўзбек тили миллий корпусининг синоним сўзлар базаси: Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) диссер. – Қарши, 2019.
http://ruscorpora.ru
Download 17.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling