Taqqoslash usuli. Taqqoslash usulini qo’llashda amal qiladigan shartlar. Ko‘p o‘lchovli taqqoslash
Download 25.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqiqtisodiy tahlil 1
Davlat funksiyalarining asosiy belgilari, 2 5452084768906678538[1], Солик кодекси 2020-жыл, 6-laboratoriyalıq shınıǵıw, 03-03 ички мех (Lotincha), Lagranj usuli va uni iqtisodiy mazmundagi muammolarni hal qilish, 2 5386686130819176014, 2 5386686130819176014, 29-июнь куни тагдирланадигон ёшлар, 406 b, 13-мактаб Баёнома май форма, 13-мактаб Баёнома май форма, 1661104421, Movies, QahramonovaBaxmaloy
Taqqoslash usuli va uni tahlilda qo’llanilishi. Reja: Taqqoslash usuli. Taqqoslash usulini qo’llashda amal qiladigan shartlar. Ko‘p o‘lchovli taqqoslash. Taqqoslash - inson atrof-muhitni anglay boshlagan usullardan biri bo’lib, undan doimo foydalaniladi. Uning muhimligi quyidagi naqlda ham qayd qilinadi: «Barcha narsa qiyoslashda anglanadi». Bu usul iqtisodiy hodisalar tadqiqida ham keng tarqaldi: baholash uchun qo’llaniladigan har bir ko‘rsatkich, har bir raqam. nazorat va prognoz xuddi shunday boshqalar bilan taqqoslashdagina ahamiyatlidir. Taqqoslash mohiyati - turdosh obyektlar o‘rtasidagi o'xshashlik yoki farqlarni aniqlash maqsadida qiyoslashdir. Ular yordamida umumiy va xususiy iqtisodiy hodisalari taqqoslash bajariladi, o‘rganilayotgan obyektlar darajasida o'zgarishlar, tendensiyalar va ularning rivojlanish qonuniyatlari, ularning o'rtasidagi sabab-oqibat aloqalari o'rnatiladi. Texnologik taqqoslash bir nechta bosqichdan iborat: taqqoslanadigan obyektlarni tanlash, taqqoslash shaklini tanlash (dinamik. makoniy), taqqoslash bazasini tanlash (o'tgan davr, hisobot davr rejasi, etalon korxona), obyektlarni qiyoslash amalga oshiriladigan ko'rsatkichlar sonini hamda taqqoslash shkalasini tanlash. Iqtisodiy tahlilda qiyosiy tahlilning quyidagi shakllari farqlanadi: gorizontal va vertikal, dinamik va statik, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli. Gorizontal qiyosiy tahlil o'rganilayotgan ko'rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini bazaviydan (reja, o'tgan davr, o'rtacha daraja, fan va ilg'or tajriba yutuqlari) mutlaq va nisbiy og'ishlarini aniqlash uchun foydalaniladi. Vertikal qiyosiy tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning strukturasi va jarayonlarning qismlari hamda umumiy solishtirma salmog'ini hisoblash yo'li bilan (o'z kapitalining umumiy kapitaldagi solishtirma salmog'i), butun va qism nisbatlari (masalan, o'z va qarz kapitali, asosiy va aylanma kapital), shuningdek, omillarning natijaviy ko'rsatkichlarning darajasiga ta’sirini mutanosib omilning oldingi va keyingi o'zgarishlari miqdorlariga taqqoslash yo'li bilan o'rganiladi. Trendli tahlil bazis yil darajasiga nisbatan qator yillar uchun nisbiy o'sish sur’ati va ko'rsatkichlarning o'sishini o'rganishda qo’llaniladi, ya’ni ko'rsatkichlar dinamikasining asosiy tendensiyalari tadqiq qilinadi. Dinamik taqqoslash o'rganilayotgan ko'rsatkichlaming vaqtda o'zgarishini o'rganish uchun statik taqqoslash - turli xo'jalik subyektlari bir davr bo'yicha ko'rsatkichlar darajasini baholash uchun qo'llaniladi. Bir o’lchovli tahlilda bir obyektning bir yoki bir nechta ko'rsatkichlar bo'yicha yoki bir nechta obyektlarni bir ko'rsatkich bo'yicha taqqoslash bajariladi. Ko'p o'lchamli qiyosiy tahlil yordamida bir nechta korxonalar (bo‘linmalar) keng spektrli ko'rsatkichlar bo'yicha faoliyati natijalari taqqoslanadi. Taqqoslash bazasiga bog'liqligiga ko'ra u quyidagi turlarga ajratiladi Avval qayd qilinganidek, iqtisodiy tahlilning vazifalaridan biri tizimli nazorat va qo‘yilgan maqsadlarga erishish bo‘yicha korxonalar faoliyatini har tomonlama baholash hisoblanadi. Bunda haqiqatdagi ma’lumotlarni rejadagi bilan taqqoslash shart. Bunday taqqoslash oy, chorak yoki yil rejasim bajarish darajasini, m oijal parametrlardan og‘ishni. yechimini talab qiluvchi muammolarni aniqlashga imkon beradi. Korxonada tegishli ko'rsatkichlarni texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish sohasida erishilgan eng yaxshi natijalar bilan taqqoslash biznes samaradorligini oshirish zaxiralarini izlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunda ichki korxona va korxonalararo taqqoslash bo’lishi mumkin. Korxonaning ichida ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini uning alohida segmentlari yutuqlari bilan taqqoslash olib boriladi va ularning muvaffaqiyati sabablari o‘rganiladi. Korxonalararo qiyosiy tahlil jarayonida tahlil qilinayotgan korxonaning ko‘rsatkichlari mavjud eng yaxshi natijalarga, xo‘jalik yuritishning bir xil boshlang'ich sharoitlariga ega yetakchi korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Tahlil qilinayotgan korxonaning faoliyat natijalarini raqobatdosh korxonalar ma’lumotlari bilan taqqoslash katta ahamiyat ega. Korxonalararo taqqoslash quyidagi maqsadda olib boriladi: • korxona va o‘xshash korxonalardagi faoliyat natijalari qanday nisbatlanishini rahbarlarga ko‘rsatish; • biznesning kuchli va kuchsiz tomonlariga rahbarlar e’tiborini jalb qilish; • korxonaning faoliyat samaradorligini baholash va uning strategik va taktik siyosatiga tuzatishlar kiritish uchun obyektiv baho berish. Korxonalararo qiyosiy tahlil sohasida eng so‘nggi yutuq bu – bench marking. Bu nafaqat xususiy sohaning, balki boshqa sohalardagi fan va amaliyot yutuqlariga asoslangan yetilib kelayotgan muammolar haqida oldindan ogohlantiruvchi tizimdir. U raqobatda ustunlikka erishish va uni saqlash uchun talab qilingan axborotlarni olish instrumenti sifatida foydalaniladi. Bench marking korxona va yetakchilar o‘rtasida erishilgan natijalardagi tafovut mohiyatini tushunishga ko‘maklashadi. Menejerlarni yangiliklarni izlashga yanada undaydi, innovatsion faoliyat uchun baza hosil qiladi. Yuqori rahbariyatni xususiy biznesda strategik va taktik boshqaruv qarorlari bo‘yicha ilg‘or qarorlar qabul qilishga undaydi, mahsulot va xizmatlar bozorida yetakchi o‘rin egallashga ko‘maklashadi. Korxonalarni taqqoslash bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Raqobat va tijorat siri tufayli raqobatdosh korxonalar kamdan kam axborot ayirboshlashadi. Shuning uchun bir korxonaning holati bilan boshqasiniki o‘rtasida bevosita taqqoslash o‘tkazish doimo ham mumkin bo’lmaydi - odatda, muayyan soha bo‘yicha e’lon qilingan o‘rtacha statistik ma’lumotlarga yoki aksionerlik jamiyati va mas’uliyati cheklangan jamiyat hisobotiga asoslangan bilvosita taqqoslash bilan cheklanishga to‘g‘ri keladi. Tahlil qilinayotgan korxona ko‘rsatkichlarining haqiqatdagi darajasini soha bo‘yicha (vazirlik, birlashma, kontsem) o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash ham iqtisodiy tahlilda katta ahamiyat ega. Bunday taqqoslash tahlil qilinayotgan korxonaning ushbu sohaning boshqa xo‘jalik subyektlari o‘rtasida reytingini aniqlash, korxonaning rivojlanishi darajasini yanada to’liq va obyektiv baholash, uning xo‘jalik faoliyati natijalarini belgilovchi umumiy va o‘ziga xos omillarni o‘rganish, operatsion va moliyaviy risk darajasini baholash uchun zarur. Taqqoslashda parallel va dinamik qatorlarni qiyoslash turli ko‘rsatkichlar o’rtasida aloqa shakllari va yo‘nalishlarini aniqlash va asoslash uchun foydalaniladi. Shu maqsadda ko‘rsatkichlardan birini tavsiflovchi raqamni o‘suvchi yoki kamayuvchi tartibda ranjirlash va shunga bog’liq ravishda boshqa tadqiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni qay tarzda o‘zgarishini ko‘rib chiqish zarur. Boshqaruv qarorlarining turli variantlarini qiyoslash oldindan tahlilda reja va boshqaruv qarorlari asoslangan holda keng qo’llaniladi. Qaror qabul qilishda uning barcha ehtimoliy variantlarini ko‘rib chiqish va qo‘yilgan maqsadlarga yanada samarali usulda erishilishini ta’minlovchi eng yaxshi variantini tanlash uchun zarur. Turli ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlarini tadqiq qilinayotgan vaqt davri uchun qiyoslash iqtisodiy tahlilda aniq sharoit va vaqt intervalida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo’lish tavsifini o‘rganish uchun foydalaniladi. Misol uchun. mehnat unumdorligining oshib borish qonuni mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlarini mehnat haqi o‘sish sur’atidan yuqoriroq bo’lishini hamda shu tartibda davom etishini talab qiladi. Korxonaning iqtisodiy barqaror rivojlanishi ta’minlash uchun korxona tushumining o‘sish sur’atlari uning aktivlarining o‘sish sur’atlaridan, foydasining o‘sish sur’atlari esa - tushum o‘sish sur’atlaridan yuqoriroq bo’lishini talab qiladi. Agar bu qonunga doimo rioya qilinsa, u holda korxona o'zining bozor pozitsiyasini mustahkamlash uchun yaxshi istiqbolga ega yoki aksincha. Turli vaqt davrlari uchun ayni bir ko‘rsatkichning o‘sish sur’atlarini qiyoslash resurslardan turli vaqt kesimida (yil, kvartal, oy, kun, soat) foydalanish to’liqligini baholashga imkon beradi. Misol uchun, agar o‘rtacha soatlik ishlab chiqarish o‘sish sur’ati o'rtacha kunlik ishlab chiqarish o‘sish sur’atidan oshsa, u holda bu ish vaqtining ichki smena yo‘qotishlari o‘sishidan guvohlik beradi. Agar kunlik ishlab chiqarish o‘sish sur’ati o‘rtacha yillik ishlab chiqarish o‘sish sur’atidan yuqori bo’lsa, u holda bu kun bo‘yi rejadan ortiqcha ish vaqti yo‘qotishlarga izoh bo’la oladi. Omillarning ta’sirini hisoblash uchun omillarni faoliyat boshlashidan oldingi va so‘nggi holati o‘zaro taqqoslanadi. Download 25.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling