4-MAVZU. YETAKCHI KAPITALISTIK
MAMLAKATLARNING IQTISODIY
TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi)
Mavzuning o’quv maqsadi:
AQShning iqtisodiy taraqqiyoti, Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti,
Yaponiyaning
iqtisodiy taraqqiyoti
Tayanch iboralar: tabiiy-geografik omil, import boji, demografik omil,
monopoliya, progressizm, oilaviy monopoliya,
Asosiy savollar
10.1.
AQShning iqtisodiy taraqqiyoti
10.2.
Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti
10.3.
Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti
10.1.
AQShning iqtisodiy taraqqiyoti
◄
AQShda jadal iqtisodiy o'sish omillari.
1.
Janubiy shtatlarda quldorlik tuzumini bekor qilib, davlat tomonidan
yerni mayda uchastkalarga bo'lib ommaviy sotib va yerga ishlov berishni xohlovchi
har bir fuqaroga yer sotib olishga ruxsat berib Amerika hukumati Qo'shma
Shtatlarda kapitalizm rivojlanishiga yo'l ochib berdi.
2.
Sanoat ishlab chiqarishini o'sish sur'atlarini
jadallashuvida tabiiy-
geografik omil katta rol o'ynaydi - katta xom ashyo ba- zasini mavjudligi, turli
foydali qazilmalar.
3.
AQShning tashqi savdo siyosati - olib kirilayotgan
tovarlarga katta
bojlar qo'yilardi, shu bilan birga kapital olib kirishga umu- man boj yo'q edi. Import
tovarlariga 10% darajada boj qo'yilishi 1861 yildan so'ng davlat daromadlarini
xarajatlarga nisbatan yili- ga 100 mln.doll.ga oshishini ta'minladi.
4.
ilmiy-texnika progressi va inqilobi yutuqlarini keng qo'llanilishi.
Qo'shma Shtatlar o'z korxonalarini yangi texnika (o'sha davrga nisbatan) bilan
ta'minlardilar. Ular elektroenergi- yani ishlab chiqarish va qo'llash bo'yicha jahonda
birinchi o'rinda edilar - elektr toki sanoatda, shaharlarni yoritishda, xo'jalikda ish-
latilar edi.
5.
demografik omil. AQSh hududida aholi
zichligi juda past darajada
ekanligi ish kuchi etishmovchiligini keltirib chiqara- rdi, undan tashqari bu holat
ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va texnik fikrlashni rivojlantirishga
olib kelib, Yevropa mamlakatlariga nisbatan yuqoriroq ish haqini taqozo etardi.
6.
tarixiy-geografik omil. Yevropadan uzoqligi
va Janubiy Amerikaga
yaqinligi bu yosh kapitalistik mamlakatga G'arbiy ya- rimsharda o'z holatini
mustahkamlash imkonini berdi.
1913
yilga kelib AQShning xorijiy investitsiyalari 2,5 mlrd.doll. ni tashkil
etdi, ulardan 1 mlrd.doll. Kanadaga (temiryo'l qurilishi) va 1 mlrd.doll. Meksikaga
(neft qazib olish). AQSh
Boliviyaning qalay sanoatini, Chili va Perudagi mis
sanoatini, Janubiy Amer- ikadagi muhim temir yo'llarni nazorat qilar edi. Uzoq
Sharqda AQShni qiziqish obyekti Xitoy edi, uning ichki bozori cheksiz tal- abdan
iborat edi.
Aholisi soni shaharnikidan ko'proq edi, va bu ko'rsatkich bo'yicha AQSh Germaniya