Tarbiya: Baxt va muvaffaqiyat sirlari!


Download 232.34 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi232.34 Kb.
#197649
  1   2   3   4
Bog'liq
Tarbiya fani taqvim-rejalari - 2021



Tarbiya: Baxt va muvaffaqiyat sirlari!

Respublika Ta'lim Markazi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI
RESPUBLIKA TA'LIM MARKAZI

Ijtimoiy va gumanitar fanlari bo‘limi


Tarbiya fanidan tig‘izlashtirilgan
taqvim-mavzu rejasi




Toshkent - 2020 y.

TUSHUNTIRISH XATI


Tarbiya: Baxt va muvaffaqiyat sirlari!
Ma'lumki, Xalq ta'limi vazirligining 2020-yil 3-sentabrdagi 02-02/2-578-sonli xatiga binoan pandemiya munosabati bilan 2020-2021-o‘quv yilining 1-2-choragi davomida ayrim fanlarning masofaviy ta'lim shaklida o‘zlashtirib borilishi tavsiya etilgan edi.

Bugungi kunga kelib umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilarning davlat ta'lim standartlari va o‘quv dasturlarida belgilangan bilimlarni o‘zlashtirishga imkoniyat yaratish maqsadida Xalq ta'limi vazirligining 25-dekabrdagi 02-02/2-1671-sonli xatiga asosan joriy o‘quv yilining 3-choragidan boshlab “Tarbiya” fani an'anaviy shaklda o‘qitilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan, ushbu fanni tig‘izlashtirilgan holda o‘qitish bo‘yicha mazkur namunaviy taqvim-reja va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yangi joriy qilingan “Tarbiya” fanini umumiy o‘rta ta'lim tizimida o‘qitishdan maqsad yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash, yangilanayotgan O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmish yoshlarimizni yuksak axloq va madaniyatni o‘zida mujassam etgan raqobatbardosh shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Ushbu fan o‘quv dasturlari va darsliklardagi mavzular uzviylik va uzluksizlik asosida yaratilgan bo‘lib, mazkur taqvim-rejada mavzular uzviyligini ta'minlash maqsadida barcha mavzular tig‘izlashtirilgan holda taqdim etilmoqda.

Maktab ta'limining maqsadlariga mos ravishda “Tarbiya” fanini o‘qitish O‘zbekistonning bo‘lajak muvaffaqiyatli fuqarosini tarbiyalashda milliy yuksalish prinsiplari va taraqqiyot yutuqlari, xalqning boy milliy, ma'naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo‘naltirilgan, ya'ni o‘quvchining shaxsiga, unda ta'lim va bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil rivojlanishga o‘rgatish, iftixor va insoniy qadr- qimmat tuyg‘usini shakllantirishni nazarda tutadi.

Bugungi ta'lim tizimi eski mazmundagi o‘quv dasturlaridan voz kechib, innovatsion raqamli iqtisodiyot va axborotli jamiyat uchun kadrlar tayyorlash imkonini beradigan o‘qitish tizimiga o‘tish davrini boshidan kechirmoqda. Shunga mos ravishda ta'lim berishga yondashuvlar ham o‘zgarib, internet va axborot texnologiyalari davrida oddiy bilim beruvchidan, qiziqqan yo‘nalishi bo‘yicha avtomatlashtirilgan yuqori texnologiyalarga mos kasbga tayyorlashga ko‘proq e'tibor berish tavsiya etiladi.

Bunday davrda “Tarbiya” fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarda raqobatbardoshlik, shaxslararo munosabatlarni o‘rnata olish qobiliyatini rivojlantirish zarur bo‘lib, o‘quv dasturlari va “Tarbiya” darsliklari mazmuni tanqidiy fikrlash,





Download 232.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling