Tarbiya bu hayot masalasi


Download 14.4 Kb.
Sana14.12.2021
Hajmi14.4 Kb.
#181077
Bog'liq
Tarbiya bu hayot masalas 12. maktab


Tarbiya bu hayot masalasi.
Hurmatli prezidentimiz aytganlaridek Yangi O’zbekistonni qurish uchun yosh avlodni tarbiyali, bilimli, zukko, epchil farzandlarni tarbiyalashda Jizzax viloyati Zomin tumani 12-umumta’lim maktabidagi boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan 2 nafar oliy toifali o’qituvchi, 1nafar 1-toifali o’qituvchi, 1 nafar 2-toifali va 2 nafar mutaxasis o’qituvchi bugungi kunda xormay - tolmay jonbozlik ko’rsatib mehnat qilib kelmoqda. Har bir fan oyliklarida uslubiy birlashma raisi Shodiyeva Muqaddas va uning a’zolari reja tuzib, o’quvchilar bilan tadbirlar o’tkazib, oylik yakunida esdalik sovg’alari bilan taqdirlashadi. Bu yilgi 2020-2021-o’quv yilida yangi fan “Tarbiya” fanining darslik sifatida kirgizilishi ayni muddao bo’ldi. Bizning ustozlar dekabr oyini “Tarbiya” fani oyligi deb e’lon qilinishini zo’r mamnuniyat bilan qabul qilishdi. Oylik boshida boshlang’ich sinf o’qituvchilari va uslubiy birlashma raisi birgalikda oylik rejasini tuzib chiqdik. Oylik boshida barcha sinflardan kirish testi olindi. 3-dekabr “Nogironlarni himoya qilish” kuni munosabati bilan Ittifoq qishlog’imizda yashovchi bolalikdan nogiron Xoliqulova Muqaddas va Bosimov Dilmurodlarni 2-3-4-sinf o’quvchilari galma-galdan yo’qlab, ko’rib, o’quvchilar va ustozlari sovg’a-salom bilan borishib, o’quvchilar o’zlarining she’r va qo’shiqlarini ijro etishib, ularning ko’ngillarini ko’tarishib, ota-onalari olqishiga sazovor bo’lishdi. O’quvchilar sog’liqning qadriga yetish kerakligini anglashdi va sog’lom ekanligiga shukronalar keltirishdi. Bu oylikda “Bilimdon” intelektual o’yini 2-3 a-3 b-4-sinflar o’rtasida o’tkazildi. Bunda o’quvchilar tarbiya fani bilimdoni ekanligini ko’rsatishdi va 4-sinf o’quvchilari g’olib deb topildi. “Men sevgan tarbiyali bola” rasmlar tanlovi o’tkazildi. Bunda 1-4-sinf o’quvchilaridan 30 nafar o’quvchi qatnashib, o’zlari havas qilgan tarbiyali kishi rasmini chizishdi va 4-sinfdan Safarova Fotima g’olib deb topildi. “Kim yaxshi tarbiya haqida ertak to’qiydi” konkursi bo’lib o’tdi, unda 1-4-sinf o’quvchilari o’zlari to’qigan ertaklarini aytib berishdi, bunda 3-b- sinf o’quvchisi G’aybullayev Murod g’olib deb topildi. Har bir sinfga kirib uslubiy birlashma raisi Shodiyeva M “Kim bo’lsam ekan” mavzusida suhbat va qishlog’imizdagi Sandiqchilar oilasi a’zosi Ismoilova Gulbahor bilan uchrashuv o’tkazib chiqdi, unda o’quvchilar sandiqchi bilan savol – javob bo’lib, u kasbning sir asrorlari bilan tanishishdi, o’quvchilar qaysi kasbni tanlaganini va u kasbni nima uchun tanlashgani haqida o’rtoqlashishdi, u kasbga yetishish uchun puxta bilimga va intizomga ega bo’lish kerakligini aytishdi. “Eng tarbiyali bola” konkursida o’quvchilar odob va tarbiya haqida so’rovnomaga javob berishib, sinf rahbari tavsiyasiga binoan har bir sinfdan 1 nafardan o’quvchi tanlab olinib ular rag’batlantirilib, esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.3-4-sinflar o’rtasida “Men yozgan tarbiya haqidagi eng yaxshi insho” ko’rik tanlovi ham o’tkazildi, bunda o’quvchilarning husnixatiga, tarbiya haqidagi fikriga, kelajakdagi orzulariga e’tibor berildi, bu konkursda 4-sinf o’quvchisi Xolmurodova Sh g’olib chiqdi. Oylik oxirida olingan bilimlari asosida chiqish testi olindi va oylik so’ngida yaxshi qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirilib, esdalik sovg’alari topshirildi, o’quvchilarga kelajakda Yangi O’zbekistonni qurishda eng oldingi saflarda turib, vatanimizga sidqidildan xizmat qilib, vatanimizni butun dunyoga tanitishda o’z hissasini qo’shish kerakligini, vatanimizga va prezidentimizga sodiq farzand bo’lish kerakligini aytishdi. Ustozlar esa o’quvchilarni to’g’ri tarbiyalash, bilimli, ijodkor, yangilikka intiluvchan, yangi informasion texnikalar bilan qurollangan, milliy qadriyatlarimizni e’zozlaydigan, ota-bobolarimiz an’analarini davom ettiradigan qilib tarbiyalashda qo’llaridan kelganicha harakat qilishmoqda.
12-maktab oliy toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi Shodiyeva Muqaddas.
Download 14.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling