Tarbiya diagnostikasi tezis Mavzu: Uzluksiz taʼlimda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish


Download 126.55 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi126.55 Kb.
#1424274
Bog'liq
uzluksiz







Tarbiya diagnostikasi tezis
Mavzu: Uzluksiz taʼlimda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish.


Namazova Munira
Tayanch tushunchalar: nazorat, pedagogik nazorat, pedagogik nazoratningtuzilishi, pedagogik nazorat turlari, pedagogik nazorat funksiyalari, pedagogik nazorat tamoyillari.


I. Pedagogik nazorat, uning tuzilishi va mazmuni. Ta’lim-tarbiyajarayonini tashkil qilishda pedagogik nazorat olib borish muhim ahamiyatga ega.
Binobarin, nazorat pedagogik jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan birihisoblanadi. Nazorat jarayoni o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining
samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarinio‘zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim.Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma vamalakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
Pedagogik nazorat – uning yetakchiligi va tashkilotchiligi asosidao‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatini o‘zaro birlashtirgan holdao‘quv hamda tarbiya jarayonlarining natijalarini baholashga qaratilgantekshirish xarakteriga ega yagona didaktik va metodik tizim.
Nazorat yordamida ta’lim muassasasining rahbariga o‘quvchilarningyutuqlarini baholash, bilimlarni o‘zalshtirishdagi muammolarlarni aniqlash,rejalashtirilgan, amalga oshirilgan va erishilgan ta’lim darajalari o‘rtasida o‘zarobog‘liqlikni ta’minlash, innovatsion xarakterdagi o‘qitish metodlarining afzalliklariva kamchiliklarini anglash, o‘qituvchilarning mehnatini tenglashtirish, shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda boshqa yana bir qagcha vazifalarni halqilish uchun ob’ektiv ma’lumotlar taqdim qilinadi.
Nazorat qilishda fan mazmunini o‘zlashtirish talablarini standartlashtirishmuhim ahamiyat kasb etadi. Alohida fanlar bo‘yicha o‘quv jarayoni natijalarininazorat qilish mazmuni davlat ta’lim standartlari (DTS)da bo‘lib, unda majburiyminimal mazmun va bitiruvchilarning rivojlanish darajasiga qo‘yiladigan talablar
bilan belgilanadi.Ta’lim natijalarini baholovchi nazorat mazmuni o‘quvchilarning intellektualxususiyatlarini umumiy nuqtai nazaridan o‘rganishni taqozoqiladi. O‘quvchilarning bilim darajasini baholashda o‘qituvchilar tomonidan ta’limmazmuni va o‘qitish metodlarining puxta o‘zlashtirilganligi ahamiyatidir.Nazoratning mazmuni nafaqat o‘qitiladigan va ular o‘qishning natijasi sifatidako‘rishni xohlagan narsani aks ettiradi, balki o‘rganishning ma’lum
ustuvorliklarini belgilaydi. Nazorat jarayonida, ayniqsa nazorat tashqi ko‘rinishdabo‘lsa va baholar ta’limda ma’muriy qarorlar qabul qilish uchun ishlatilsa ta’lim
yutuqlariga qo‘yiladigan talablar muqarrar ravishda o‘qituvchining kundalik ishidako‘rsatma bo‘lib qoladi.
Nazorat va baholovchi faoliyat muayyan tarkibiy asoslarga ega. Ular:
mavzular, bo‘limlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatish orqali tushunchaliko‘rsatkichlarni ajratish;
empirik ko‘rsatkichlarni shakllantirish (savol, topshiriq va boshqalar);
kutilayotgan natijalarni qo‘lga kiritish jarayonini nazorat qiluvchi modelniyaratish;
nazorat tadbirlarini o‘tkazish;
model va o‘quvchilarning haqqoniy javoblarini solishtirish;
baholovchi g‘oyalarni shakllantirish va ular yordamida nazorat yoki baholarqo‘yishni davom ettirish yuzasidan qarorlar qabul qilish.


Qayd etilgan tarkibiy asoslar o‘qituvchining nazorat-baholovchi faoliyatining
tuzilmasida mavjud bo‘ladi. Pedagogik nazorat an’anaviy vositalar yoki testlardanfoydalanish asosida amalga oshiriladi. Nazoratning asosiy mohiyati o‘quvchilartomonidan o‘zlashtirilayotgan nazariy bilimlarni amaliyotga izchil tatbiq etilishinio‘rganishdir.
O‘qituvchining nazorat va baholash faoliyati tuzilmasining tarkibiy qismlariorasida nazorat mazmunini hamda baholashning asosiy ko‘rsatkichlarini ajratibolish muhim hisoblanadi.
Kundalik o‘quv jarayonida o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarningo‘zlashtirish natijalarini aniqlash, baholash, tahlil qilish pedagogik nazorat orqaliamalga oshiriladi.
Pedagogik jarayon natijalarini aniqlash va o‘lchash jarayoni tekshirish deb
ham ataladi.


Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik
vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishihaqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni


o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir.
Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balkiuning o‘quv faoliyati hajmini ham aniqlashdan iborat. Tekshirish tizimidagibirinchi bo‘g‘ini ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash


hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quvyilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabitekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishgakirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli
Download 126.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling