Tarbiyachi: bolajonlar biz yangi yilni qarshi olish uchun eski yil bilan hayrlashishimiz kerak. Kelinglar davraga qorqiz va eski yilni taklif qilamiz


Download 16.31 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi16.31 Kb.
#1268129
Bog'liq
Yangi yil saxna ko


Yangi yil saxna ko`rinish
Tarbiyachi: bolajonlar biz yangi yilni qarshi olish uchun eski yil bilan hayrlashishimiz kerak. Kelinglar davraga qorqiz va eski yilni taklif qilamiz.
(musiqa sadolari ostida qorqiz va eski yil kirib keladi)
Qorqiz: salom bolajonlar. Kichintoy jajji qaqajonlar. Sizlar bilan yana bir bor ko`rishib turganimdan judayam hursandman. Men bu yerga yolg`iz kelmadim o`zim bilan birga eski 2019-yilni ham olib keldim.
2019-yil: salom bolajonlar. Men sizlar bilan birga roppa rosa bir yil davomida birga bo`ldim. Endi esa sizlar bilan hayrlashaman yangi yilda sizlarga baxt omad tilab qolaman ko`rishguncha hayr bolajonlar.
(shunday deb 2019-yil zaldan ciqib ketadi qorqiz bolalarga 2020-yilni chaqirish taklifini beradi)
Qorqiz: Hafa bo`lmang bolajonlar biz sizlar bilan davramizga yangi yilni chorlab bayramimizni davom ettiramiz kelishdikmi.
Bolalar: haaa.
Qorqiz: qani birgalikda unda yangi yilni kutib olamiz.
(bolalar va qorqiz yangi yilni “yangi yil” deb baland ovozda caqiradilar va musiqa sadolari ostida yangi yil zalga kirib keladi)
Qorqiz: salom yangi yil hush kelding davramizga.
2020-yil: salom qorqiz salom bolajonlar sizlar bilan roppa rosa bir yil birga bo`lish uchun keldim. Uzoq uzoqlardan sizning yurtingizga qut-baraka, fayz, daromad, sihat-salomatlik olib keldim.
Qorqiz: qanday yaxwi endi barchamiz birga yangi yilni nishonlaymiz.
(shu paytda sahnaga vaximali musiqa bilan yalmog`iz kampir va o`lmas kashshey kirib keladilar)
Yalmog`iz: haa qara kashshey yana bayramni bizsiz nishonlashyapti
Kashshey: to`g`ri aytasan yalmog`iz yana bizsiz hursanchilik qilishyapti
Yalmog`iz: hechqisi yo`q kashshey biz har doimgidek bayramni buzamiz hihihihi
Qorqiz: unday qilma yalmog`iz bayramni buzma bolajonlar bu kunni bir yildan buyon intizorlik bilan kutadilar.
Yalmog`iz: nega ekan bo`lmasa bolalar hafa bo`ladilar men esa bundan hursand bo`laman
Kashshey: ey yalmog`iz bu safar bayramni qanday qilib buzamiz aaa
Yalmog`iz: menda ajoyib fikr bor yangi yil va qorqizni o`g`irlab ketamiz shunda mana bu bolalar hech qanday bayramni nishonlay olmaydilar.
Kashshey: aqlinga qoyilman yalmog`iz meni hayolimga bunday ajoyib firk kelmagan bo`lardi
Yalmog`iz: qayerdan ham kelsin axir senda aql nma qilsin kashshey. Ko`p gapirmasdan mana bularni arqon olib bog`la va qorbobo keliib qolmaslaridan avval tezroq juftakni rostlash kerak.
(qorqiz va yangi yilni ohu zoriga qaramay yalmog`iz kampir bilan o`lmas kashshey ularni o`g`irlab ketadi. Bolalar nima qilishlarini bilmay turgan bir vaqtda tarbiyachilari ularga yordamga keladi)
Tarbiyachi: nima bo`ldi bolajonlarim nega buncha hafasizlar a
Bolalar: qorqiz va yangi yilni yalmog`iz bilan kashshey o`g`irlab ketti. Endi nma qilamiz. Bayramimiz bo`lmaydimi
Tarbilachi: xafa bo`lmang bolajonlarim biz sizlar bilan birga yordamga qorboboni chaqiramiz.
(bolalar baland ovozda qorboboni chaqiradilar va davraga musiqa sadolari ostida qorbobo kirib keladi)
Qorbobo: salom bolajonlarim. Uzoq o`rmonlardan sizning oldingizga tog`lar osh yetib keldim.
Bolalar: salom bobojon
Qorbobo: nima bo`ldi sizlarga nega kayfiyatingiz yo`q
Bolalar: qorqiz va yangi yilni yalmog`iz kampir bilan kashshey kelib o`g`irlab ketishdi.
Qorbobo: eeh yalmog`iz bu safar ham pand beribdida. Endi qizalog`im bilan yangi yilni qutqarish uchun ertaklar mamlakatiga borish kerak bo`ladi sarguzashtlarga tayyormisizlar.
Bolalar: tayyormiz
Qorbobo: qani bo`lmasa kettik bolajonlar. Ertaklar mamlakatiga yo`l birinchi bo`lib gnomlar mamlakatidan o`tadi.
(gnomlar raqsi)
1-bola: Salom do`stlar. Biz siznikiga mehmonga keldik. Bizga yordamingiz kerak.
Gnom: Assalomu alaykum. Xush kelibsizlar. Ertaklar mamlakatida sizlarni ko`rib turganimizdan hursandmiz. Tashrifingiz sababi nimada.
2-bola: biz ertaklar mamlakatiga yalmog`iz va o`lmas kashsheyni yoniga bormoqchi edik. Buning uchun yo`l sizlarni mamlakatingizdan o`tadi ruhsat berasizlarmi.
Gnom: avval bir shartimiz bor bolajonlaringiz bizga o`z bilgan sherlarini aytib bersinlar.
3-bola: ahir bundan osonni yo`qku shundaymi bolalar.
4-bola guppa guppa yog`ar qor
Go`yo ko`kda ini bor
Tomlar oppoq yer oppoq
Shox navdalar arg`imchoq
Qarg`a qag`-qag` etadi
Ko`ngilni chog` etadi
5-bola: dala dashtda tindi ish
Mehmon bo`lib keldi qish
Qish emas u qorbobo
Sovg`alari borbobo
Gnom: barakalla bolajonlar mana yo`lingiz ochiq. Ertaklar mamlakatiga bemalol kirishingiz mumkin.
(buratina va malvina raqsi)
1-Bola: salom buratina, salom malvina
Buratino: salom do`stlar
Malvina: salom bolalar bu yerda nima qilib yuribsizlar
2-bola: biz ertaklar mamlakatida yalmog`iz kampir va o`lmas kashsheyni izlab yuribmiz bizga ularni qayerdan topishimiz mumkin ko`rsatib yuboringlar iltimos.
Malvina: mayli lekin bir iltimosim bor buratinaga bolalar bilan birga qo`shiq kuylab beringlar.
(oppoq qor qo`shig`i)
Buratina: qoyil bolalar juda chiroyli ijro etib berdinglar.
Malvina: do`stlar sizlar bilag`onni oldiga boringlar u hamma narsani biladi. U sizlarga yordam berishi mumkin
3-bola: rahmat sizlarga yangi yil bayramiga albatta boringlar sizlarni kutamiz. Hozircha hayr yordamizgiz uchun rahmat.
(bolalar sahnadan chiqip ketadilar sahnaga bilag`on va bilmasvoy o`z raketasini ko`tarib kirib keladi)
Bilag`on: bilmasvoy nima qilyapsan
Bilmasvoy: raketa yasayapman
Bilag`on:raketani nima qilasan
Bilmasvoy: oyga uchaman
Bilag`on: oyga! Oyda nima qilasan?
Bilmasvoy: men yangi yilni oyda nishonlamohchiman istasang seni ham o`zim bilan olib ketaman.
Bilag`on: bilmasvoy oyga uchadigan raketani qog`ozdan yasab bo`lmaydi
Bilmasvoy: nega bo`lmas ekan juda bo`ladida
Bilag`on:yo`q bo`lmaydi
Bilmasvoy:bo`ladi dedimmi bo`ladi
1-bola: nima bo`ldi do`stlar nimani talashyapsizlar
Bilag`on: bilmasvoy oyga qog`ozdan yasalgan raketada uchmoqchi bo`lyapti. Buning iloji yo`qligini unga tushuntirib beraolmayapman.
2-bola: bilmasvoy qog`ozdan raketani faqat maketini yasash mumkin. Haqiqiy raketa esa faqat kosmik stasiyalarda bo`ladi va fazoga kosmanaftlargina uchishlari mumkin. Endi tshundingmi.
Bilmasvoy: xa tushundim
Bilag`on: rahmat do`stlar agar siz bo`lmaganingizda bilmasvoyga tushuntirishim ancha qiyin kechgan bo`lar edi.
3-bola: arzimaydi do`stim. Sen bilag`onsan biz bu yerga yalmog`iz va kashsheyni qidirib kelganmiz. Ularni qayerdan topsak bo`ladi bizga yordam ber.
Bilag`on: albatta do`stlar men sizlarga yordam beraman. Sizlar qor malikasining oldiga boringlar uyerga borsangiz qor malikasi ozining sehrli oynasiga qarab sizlarga kashshey va yalmog`iz yashiringan joyni ko`rsatib beradilar.
4-bola: rahmat senga yordaming uchun unda biz qor malikasining oldiga yo`l olamiz.
(qor parchalari raqsi)
1-bola: salom qor parchalar bizlarni malikangiz yoniga o`tkazib yuboringlar.
Qor parchalar: malikamiz saroyda yo`qlar
2-bola: iltimos chaqirib bera qolinglar
Qor parchalar: malikamiz orom olyaptilar
3-bola: agar hoziroq chaqirib bermasangiz quyoshni chaqiramiz u sizlarni eritib yuboradi
Qor parcha: yo`q, yo`q unday qilma
(shu payt qor malikasi kirib keladi)
Qor malikasi: kim shovqin solyapti. Meni tinchligimni buzishga kimning haddi sig`di.
1-bola: salom qor malikasi. Seni oldinga yordam so`rab keldik. Iltomos bizga yordam ber.
Qor malikasi: yo`q nega endi men sizlarga yordam berishim kerak ekan yordam bermayman tezda bu yerda ketinglar yo`qsa jazolayman
2-bola: qor malikasi biz yangi yilni qutqarmoqchimiz. Axir bu sening eng yaxwi ko`rgan bayramingku. Kish esa sen yaxshi ko`rgan fasl.
Qor malikasi: to`g`ri aytdingiz juda. Hozir men oynamga qarab ularni kashshey va yalmog`iz ni qayerdan topishingiz kerekligini aytib beraman. Ha mana ular tog`lar ortidagi o`rmon ichiga yashirinib olibdilar.
3-bola: voy endi nima qilamiz. Ularni oldiga qanday yetib boramiz. Axir bayram boshlanishiga juda oz fursat qoldiku.
Qor malikasi: xavotir olmang men o`z sehrim bilan ularni orqaga qaytaraman. Abraka dabra yalmog`iz va kashshey paydo bo`lsin.
(yalmog`iz va kashshey sahnaga kirib keladi)
Yalmog`iz: voy nimalar bo`lyapti bu yerda qanday paydo bo`lib qoldik.
1-bola: sizlarni qaytarishga qor malikasi yordam berdi. Mana endi jazoingizni olasiz. Xozir qorboboni chaqiramiz va u sizlarni muzlatib qo`yadi.
Yalmog`iz: yo`q yo`q iltimos bizni kechiring. Boshqa bunday qilmayman. Bu hammasi kashsheyni ishi
Kashshey: nima nima yolg`on gapiryapti. Buni hammasini aslida uning ozi uyushtirdi.
Yalmog`iz: yo`q bu seni ishing
Kashshey: yolg`on barchasiga sen ayibdorsan
2-bola:bo`ldi qilinglar axir bugun bayramku bayramda ham urushadilarmi kelinglar yaxshisi yangi yilni biz bilan birga nishonlanglar. Bolalar ularni kechiramizmi?
Bolalar: haaa
3-bola: kelinglar unda birgalikda qorboboni caqiramiz
(barcha ertak barcha birgalikda qorboboni caqiradi musiqa sadolari ostida qorbobo kirib keladi)
Qorbobo: barakalla bolajonlar uddasidan chiqishingizni bilgandim.
Yalmog`iz bilan kashshey: kechiring bizni qorbobojon bowqa yomonlik qilmaymiz.
Qorbobo: bolalarim seni kechirishgan bo`lsa bayramda ishtirok etishingiz mumkin men ham sizlari kechiraaman.
(musiqa sadolari ostida ommaviy raqs bo`ladi)
Download 16.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling