«Tarbiyadagi kichik nuqson katta fojeaga olib kelishi mumkin!»


Download 274.85 Kb.
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi274.85 Kb.
#210579
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hamkorlik pedagogikasi


«Tarbiyadagi kichik nuqson katta fojeaga olib kelishi mumkin!»

Ota o‘g‘lining yetuklik attestatini olishi va 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan ziyofat berdi. U o‘ziga va o‘g‘liga qadah to‘ldirdi. O‘g‘lini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab, unga qadaq uzatdi. Bu voqeaga oila a'zolari quyidagicha munosabatda bo‘ldilar.

A) Dadasi: o‘g‘lim, muborak yoshing, mustaqil hayotga qadam qo‘yishing bilan tabriklayman! Shu munosabat bilan bir qadah ko‘taraylik;

B) Buvisi: Jon bolam, sen spirtli ichimliklarga o‘g‘lingni o‘rgata ko‘rma. hech qachon ichmasin – martabasi ulug‘ bo‘ladi.

V) Buvasi: Mayli, dadangning so‘zi yerda qolmasin. Do‘stlari oldida uni izza qilma. qadahni urishtirib, bir ho‘plab bera qol;

G) Oyisi: O‘g‘lim, dadang senga qadah uzatib, bu spirtli ichimliklarning qanchalik zararli ekanligini bilish yoki bilmasligingni sinab ko‘rmoqchi, - deb o‘g‘li va eriga qarab qo‘ydi.



1-masala: Bir mashhur pedagogning xotira daftarida shunday fikr yozib qo‘yilgan: “Iqtidorli bola – me'yordan og‘ishgan bola”. Mazkur fikrga siz qanday munosabat bildirasiz?

2-masala: Tarbiyasi og‘ir o‘smir. Biroq kimningdir darsida u jim o‘tiradi, hamma narsani vaqtida bajaradi. Biroq sizning darsingizda esa, o‘zini tartibsizligini namoyish etadi. Siz mazkur vaziyatdan qanday chiqishingiz mumkin?

3-masala: Siz ishlaydigan pedagogika kollejidagi bir nechta o‘quvchiga o‘zingiz o‘tayotgan fandan 1-semestr bo‘yicha baho qo‘ymadingiz. Biroq o‘quv yili yakunida jurnalda mazkur o‘quvchilarga baho qo‘yilganining guvohi bo‘ldingiz. Siz o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga uchrashdingiz. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularga bahoni guruh rahbari qo‘yib yuborganini aytdi. Mazkur vaziyatda siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?


Download 274.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling