Targ’ibot mavzusi: Kiyimbosh va poyafzallarga qo`yiladigan gigienik talablar
Download 13.62 Kb.
|
Document (1)
Targ’ibot mavzusi: Kiyimbosh va poyafzallarga qo`yiladigan gigienik talablar. Kiyimbosh va poyabzallarning asosiy vazifasi insonni tashqi muxitningzararli ta’surotlaridan ximoya qilishni o`z ichiga oladi. Kiyimbosh va poyafzal organizmning issiqlik muvozanatini saqlashga yordam beradi, obxavoning noqulay faktorlaridan, kirlanishdan va mexanik shikastlanishlardan ximoya qiladi. Xavoning temperaturasi pasayganda, shmol va nam klimda kiyim sovqotish va muzlashdan ximoya qilib, organizmning issiqlik ajratishini kamaytiradi. YUqori temperaturada mos kiyim issiqlik ajratishga ko`maklashadi va issiqlab qolishdan ximoya qiladi. Atrofdagi shart-sharoitga, mexnat faoliyatining xarakteriga va maxsus xizmatlarga moslab uyda, uy yumushlarida va tashqarida, korxonalarda, armiyada, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida, sportda va boshqalarda kiyiladigan turli xil kiyimbosh va poyafzallar tayyorlanadi. Qator xususiyatlariga qaramay ular umumiy gigiena talablariga javob berishi shart. Ular organizmni ob-xavo va iqlim o`zgarishiga moslashtirishi, tinch hamda xarakat faoliyati paytida organ va sistemalar funktsiyasi uchun mos sharoitni saqlashi kerak. Poyafzallarga qo`yiladigan gigienik talab ustki kiyimlarga quyiladigan talabga o`xshaydi. U imkoniyati boricha yengil, qulay, oyoqda qon aylanishiga, teridagi bu g’lanishga xalaqit bermaydigan, tovon shaklini o`zgartirib qo`ymaydigan, ishqalanishni, oyoq terlashini keltirib chiqarmasligi kerak. Poyafzallar uchun ishlatiladigan materiallar mustaxkam, engil, etarli darajada yumshoq, issiqlikni yomon o`tkazadigan (qish oylari uchun), xavoni yaxshi o`tkazadigan, sovuqdan, namlikdan va xar-xil mexanik ta’surotlardan saqlaydigan xususiyatga ega bo`lishi kerak. Sport poyafzali u yoki bu sport mashg’ulotlariga moslashgan bo`lishi va yuqorida ko`rsatib o`tilgan hamma talablarga javob berishi kerak. Sport poyafzaliga quyiladigan gigienik va spesifik konstruktiv talablar sport turining xususiyatiga bg’liq. Ularning umumiylari quyidagilar: poyafzalning mustaxkamligi, yuzasining elastikligi, yilning fasliga va mash g’ulotning sharoitiga mosligi, yugurishda, sakrashda va boshqalarda oyoqni mexanik ta’sirlanishlardan ishonchli ximoya qilishi, tovon sirpanmasligi, qulayligi, ishni yengillatish qobiliyati. Noto`g’ri poyafzal oyoqning shilinishini, muzlashini, trenirovka va musobaqalarda sport natijasining pasayishiga olib keladi. Kiyimbosh va poyafzallarga qo`yiladigan gigienik talablar. Sport poyafzalidan, sport kiyimlari kabi, faqat sport bilan shug’ullangandagina foydalanish kerak bo`ladi. Tish va og’iz bo`shlig’ini to`g’ri parvarish qilish muxim gigienik ahamiyatga ega. U ovqatni yaxshilab maydalash, uning singishini osonlashtirishni ta’minlaydigan, shuningdek og’iz bo`shlig’i orqali organizmga mikroblarning kirish xavfini kamaytiradigan tishlarni saqlash zarur. Latibjonov Muhammadjon Download 13.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling