Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarbiya” kursidan namunaviy dastur Kirish. Fanning predmeti va vazifalari. Nazariy muammolari


Download 46.5 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi46.5 Kb.
#137617
Bog'liq
Tarbiya fani namunaviy dasturi


Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarbiya” kursidan namunaviy dastur
Kirish. Fanning predmeti va vazifalari. Nazariy muammolari.
Ushbu dastur shaxsni komil inson qilib voyaga yetkazishga yo’naltirilgan tarbiya masalalarini qamrab oladi. Inson o’z hayosi va ibosi, xulqi-odobi bilan mukarram qilingan. Inson odobi haqida dunyo donishmandlari qadimdan fikr yuritishgan. Muqaddas diniy kitoblarning ham asosiy o’zagini komillik masalasi egallaydi. Ayniqsa, zardushtiylikning ilohiyot kalomi “Avesto” da ezgu so’z, ezgu g’oya, ezgu amalga katta e’tibor qaratilgan.

Qur’oni Karim va hadisi sharifda Muhammad (S.A.V.) ning mukarram xulqlari ibrat sifatida keltirilgan. Ma’lumki, sharq allomalari, tariqat ahllarining inson odobi, ma’naviyati haqida ko’plab kitoblar yozib qoldirgan.

Hozirgi zamon golobalizatsiya davrida inson tarbiyasi, uning o’z-o’zini anglash masalasi nihoyatda dolzarb bo’lib qolmoqda. “Ommaviy madaniyat” shaxsning ma’naviy qiyofasiga jiddiy tahdid qilmoqda. Jamiyatda iqtisodiy, moliyaviy inqiroz bilan birga ma’naviy-axloqiy yemirilishlar ham ko’zga tashlanmoqda.

Bugun “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot” (A.Avloniy) masalasiga aylandi.

Ushbu dasturda shaxs tarbiyasining nazariy muammolari, uning tarixiy ildizlari, sharq tarbiya maktabi an’analari, komil inson g’oyasi, tarbiyasining turli metodlari haqida ma’lumot beriladi. Insonparvarlik, oliyjanoblik, vatanparvarlik, oilaparvarlik, huquq va burch, ota-ona hurmati, kattalarga hurmat, o’zaro do’st tutish odobi, ilm talab qilish odobi, kishilik madaniyati, ko’ngil olish san’ati, shirinso’zlik, salomatlik-halovat, ishbilarmonga xos e’tiqod, ovqatlanish odobi, uylanish odobi, kasb tanlash madaniyati, ustozga muhabbat, millatlararo hamjihatlik va boshqa insoniy fazilatlar haqida tushuncha beriladi.

Kurs talaba yoshlarda mustahkam dunyoqarash shakllantirish, insoniyat tamadduni yutuqlaridan va tajribalaridan to’la bahramand bo’lish imkoniyatini beradi.



1 Mavzu: Tarbiya insonni komillikka eltuvchi ilm sifatida.
Tarbiya tushunchasi. Tarbiyaning shakllari. Muqaddas diniy kitoblar “Avesto”, “Injil”, va “Qur’on”da odob-axloq va tarbiya masalalari. Qadimgi afsona va satirlarning tarbiyaviy ahamiyati. Qadimgi Sharqda tarbiyaga oid yozilgan kitoblar. Ushbu sohada faoliyat yuritgan olimlar faoliyati haqida.
2 Mavzu: O’z-o’zini anglamoq siri.
Olam va odamning yaratilishi. Odamning biologik mavjudotdan, ijtimoiy shaxsga aylanishi. Umr mazmuni. Shaxs kamolotida e’tiqodning o’rni. Iymon, vijdon, insof va diyonat tushunchalari. O’zlikni anglashda ilmning, tarix ilmining tutgan o’rni. O’tmishni unutganning kelajagi bo’lmaydi. Ajdod va avlod. Urug’. El. Elat. Xalq. Fuqaro. Millat.
3 Mavzu: Vatan sajdagoh kabi muqaddas. Oltin beshik.
Vatan nima? Tuproq. Madaniy qatlam. Tarixiy vatan. Vatan tuyg’usi. Vatan sog’inchi. Vatan qayg’usi. Vatanparvarlikni tarbiyalash. Vatanni sevmoq iymondandir. Vatan qanday himoya qilinadi. Vatanning ma’anviy ustunlari. Vatan ostonadan boshalanadi. Vatanning qiyofasi.

Vatan o’zining ulug’ farzandlarini unutmaydi. Vatan taqdirimiz. Vatan g’urur va iftixormiz manbai. Vatanparvarlik va kosmopolitizm.


4 Mavzu: Oila tarbiyasi
O’zbek oilalari va ularning o’ziga xosligi. Qarindosh-urug’chilik. Oilada kattalarga hurmat va kichiklarga izzat tushunchasi. Ota-onalik majburiyatlari. Farzandlik majburiyatlari. Ota-onaning haqqi. Farzandning haqqi. Oilada mehnat tarbiyasi. Oilaviy tantanalarni tashkil etish odobi. Oilaviy kasbga yo’naltirish. An’analar va innovatsiya.

Qush uyasida ko’rganini qiladi. Oilada kitobxonlik. Oilaviy byudjet. Aka-ukalik va opa-singillik majburiyatlari. Silai rah. Mustahkam oila jamiyat tayanchi.



5 Mavzu: Uylanish odobi.
Odam Ato va Momo Havodan meros jinsiy tarbiya. Quloqqa aytiladigan gaplar. Balog’at yoshi muammolari. Erkak va ayollik. Islom dinida jinsiy munosabatlar masalasi. “Hayo - iymondandir”. Poklik va halollik. Xarom tushunchasi. Nikohlanish odobi. Erlik majburiyati. Xotinlik majburiyati. Sevgi-muhabbat. Oliy insoniy tuyg’u. Nikoh to’ylari : an’anaviylik va zamonaviylik. “Qizim senga gapiraman...”. Ota va ona bo’lish havasi va ma’suliyati.
6 Mavzu: Nafs tarbiyasi.
Nafsni tanish. Nafsning turlari. Orzu-havas. Oltin me’yor. Nafs haqida msaffuf allomalarining qarashlari. Nafs insonni dunyo bilan bog’laydigan bir zanjir. Nafsning halokatli oqibatlari. Nafsga hokimlik qilish eng ulug’ amallardan. Boylik va dunyo. Ochko’zlik va sahiylik. Iskandarning ochiq qo’llari. Qanday odam boy odam sanaladi? Sudxo’rlik, ta’magirlik, poraxo’rlik, o’g’irlik, yolg’onchilik eng yomon illat. Kibr va uning zarari. Hirs ofatlari. Mulk haqida tushuncha.

7 Mavzu: Odamiylik saboqlari.
Hazrati Inson tarbiyasi. Nasab va hasab. Ma’rifat najot Alloh ilmidan bir parcha. Muhammad (S.A.V.) ning fazilatlari. Halol va xarom. Husni hulq. Shijoat, karam. Iroda. Sabot. Sabr. Halimlik. Iffat. Riyo. Munofiqlik. Zohir va botin. Til odobi. Hasad va havas. Do’st va dushmanlik. Ulug’vorlik va oliyjanoblik. Kechirimlilik. Jinoyat va jazo. Qalb ko’zi. Dard va bedardlik. Yaxshilik. Tushkunlik va yolg’izlik. O’z joniga qasd qilish eng og’ir gunoh. Qo’rqoqlik. Jasorat. Tavba. G’iybat va fisqu fasod. Ta’qiq. Qo’shnining haqqi. Buni hayot deydilar... O’lim. Vasiyat. Jannatga yo’l.
8 Mavzu: Inson manazalari.
“Yo asling kabi ko’rin, yoki ko’ringaning kabi bo’l” (J.Rumiy). hayot so’qmoqlari sari. Yashashdan maqsad nima? Baxt haqida. O’zingdan kech... yaxshidur achchiq haqiqat... mehnatsevarlik – oliy fazilat. Go’zallik dunyoni qutqaradi. Insoning surati va siyrati. Samimiylik va to’g’rilik. Kamtarlik. Xushmuomalalik. Odamiy ersang demagil odami, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami. Muhabbat eng oliy tuyg’u. “Jannat onalar oyog’i ostidadur”. Ayol olamning gultoji. O’z-o’zini tarbiyalash usullari. Ilm talab qilish haqida. Ta’lim oluvchining odobi. “Ustoz otangdek ulug’”. Kelinlik odobi. Insonlar bilan muomala qilish san’ati. Oriyat. Andisha. Nomus. Aql-tafakkur. Xotira. Mahalla. Tobutkashlik nima!
9 Mavzu: Olam ichra olam.
Inson tabiatning bir bo’lagi. Ma’naviyatli inson tushunchasi. Ziyolilik. Inson tabiatidagi hilqatlar. Inson tafakkuri cheksizligi. Hayolot olami. Ong osti sezgilari. Insonning ma’naviy olami. Insonning ijtimoiy-siyosiy tuyg’usi. Estetik tuyg’u. “Odam ikki dunyoning eng aziz va sharif maxluqidir” (A.Navoiy). Insondagi ijodkorlik tuyg’usi. Jaholat insonni mohiyatidan uzoqlashtiradi. Obodlik qalbdan boshlanadi. Kasbni sevish. Vatan va ota-ona tanlamaydi. Daxldorlik tuyg’usi. Shukronalik. Murasasozlik. Konfliktologiya. Sog’lom tanda sog’ aql. Ruhiy tarbiya.


10 Mavzu: Asliyatga qaytish. Umr ulug’ sinov – imkoniyat.
Umr fasllari ta’rifi. Ikki dunyo saodatiga erishish. Boshqa insonlar ila sabr-toqat bilan yashash. “Kengga keng – torga – tor dunyo”. Dunyo zindommi?!(Shekspir). Yashamoqlik o’zidan yaxshi nom qoldirish. Umr mazmuni. Insonparvarlikning ulug’ daholari umr mazmuni haqida. Globallashuv jarayonlarining insoniy tuyg’ularga salbiy ta’siri va uning oqibatlari. Egoizm va induvidvalizm. Odam savdosi. Bir jinslar o’rtasida nikoh. Global islom va bir sayyorasi. Oxirzamon nishonalari. Nafosat yo’llari.
Adabiyotlar :

Asosiy :
1 Qur’oni Karim. Abdulaziz Mansur tarjimasi. T., 2001.

2 Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis 4 jildlik T., 1997.

3 Abu Iso at-Termiziy. Sunnani Termiziy. T., 1999.

4 Fitrat. Najot yo’li. T., 2001.

5 Ubaydullayeva Sevara. Oila madaniyati. T., 2015.

6 Ibrohimov Abduqahhor. Yorug’lug’. T., 2006.


Qo’shimcha adabiyotlar :
1 Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. T., 2003.

2 Tohir Malik. Odamiylik mulki. T., 2015.

3 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Odoblar xazinasi. T., 2009.

4 Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g’ofiliyn.

5 Abu Lays Samarqandiy. Bo’stonul orifiyn. T., 2003.

6 Imom G’azzoliy. Uylanish odobi. T., 2018.

7 odamiylik saboqlari. T., 1997.

8 Usmonov R. Dilnoma. T., 1983.

9 Jo’rayev N. Ma’anviyat inson qalbining sarchashmasi. T., 2015.

10 Etiketning oltin kitobi. T., 2013.

11 Abdulhakim Shar’iy Juzjoniy. Tasavvuf va inson. T., 2001.

12 Ziyomuhammadov B. Komillikka eltuvchi kitob. T., 2006.

13 G’oyibnazarov Sh. Ommaviy madaniyat. T., 2012.

14 Imom G’azzoliy. Riyozun-nafs. T., 2006.

15 Pirimqul Qodirov. Til va el. T., 2010.

16 Alisher Navoiy. Mahbub-ul qulub. T., 1975.

17 Husayn Voiz Koshifiy. Axloqi Muhsiniy. T., 2011.

18 Sharq hikmat va rivoyatlari. T., 2015.



19 Muhammadjon Quronov. Otalar kitobi. T., 2010.
Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling