Tarix fakulteti


Download 60.71 Kb.
bet1/4
Sana16.07.2020
Hajmi60.71 Kb.
#123986
  1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi Normuhammedova D


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

TARIX FAKULTETI

MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI KAFEDRASI

401-guruh talabasi

Normuhammedova Dinoraningning

Mulk huquqini himoya qilishning Fuqaroviy-huquqiy usullari tushunchasi va tizimimavzusida yozgan





Topshiruvchi: Normuhammedova D.

Qabul qiluvchi: Temirboyev M.

Qo’qon – 2020

Mavzu: Mulk huquqini himoya qilishning Fuqaroviv-huquqiy usullari tushunchasi va tizimi.

Reja:

KIRISH


I BOB. Umumiy qoidalar:

1.1. Mulk huquqi tushunchasi va mazmuni

1.2. Xususiy mulk huquqining tushunchasi

1.3. Ommaviy (davlat) mulki huquqi tushunchasi va manbalari

II BOB. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLARNI HIMOYA QILISH

2.1 Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi va usullari

2.2 Vindikatsion va negator da’volar

2.3 Mulkiy huquqni fuqarolik huquqi normalari bilan

himoya qilishning boshqa usullari

XULOSA


Foydalanilgan adabiyotlar

Mulk huquqi tushunchasi va mazmuni

Majburiyat huquqlari bilan ashyoviy huquqlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarning iqtisodiy manfaatlarini qondirish uchun hizmat qiladilar. Shu ma’noda ashyoviy huquqlar mulk muayyan subyekt tomonidan egallanishini, unga mansubligini tavsiflab beruvchi iqtisodiy munosabatlarni, ya’ni doimiy muvozanat (statik) holatini ifodalovchi munosabatlarni, majburiyat huquqlari esa bir shaxsdan ikkinchi shaxsga tovar harakati, mol-mulk oʻtishi jarayonini, ya’ni dinamik munosabatlarni tartibga solish uchun xizmat qiladilar. Ashyoviy huquqlar mohiyatini va ularning boshqa fuqarolik huquqlardan farqini toʻlaroq tushunish uchun ashyoviy huquqlarning bir qator oʻziga xos xususiyatlarini ajratish lozim1.

Ashyoviy huquq mutlaq (absolyut) huquqdir. Ashyoviy huquqlarning mutlaqligi, ushbu huquqlarning (mulk huquqi, xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish huquqi, servitut va boshqalar) subyekti, uning ashyoga nisbatan huquqini buzmaslikka majbur subyektlarning cheklanmagan doirasiga qarshi turganligidir. Bunga qarama-qarshi majburiyat huquqlari egalariga u bilan majburiyat munosabatlarda boʻlgan shaxslarning cheklangan guruhi qarshi turadi.

Ashyoviy huquqlarning navbatdagi farqlovchi xususiyati boʻlib, uning obyekti hisoblanadi. Majburiyat huquqlardan farqli oʻlaroq ashyoviy huquqlarning obyekti boʻlib xususiy alomati bilan belgilangan ashyolar hisoblanadi. Turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar, nomoddiy ne’matlar ashyoviy huquqlarning obyekti boʻlmaydi.

Majburiyat huquqlardan farqlanib ashyoviy huquqlar qonun bilan oʻrnatiladi. Ushbu holda qonun deb FK va oʻzga qonunlar tushuniladi. Fuqarolik huquq subyektlari shartnoma va boshqa bitimlar asosida ashyoviy huquqlarning yangi turlarini vujudga keltirish huquqi yoʻqligini alohida ta’kidlash lozim. Aksincha, majburiyat munosabatlari ishtirokchilari qonunda nazarda tutilgan ham, tutilmagan ham, lekin unga zid boʻlmagan bitimlarni tuzish huquqiga ega.

Ashyoviy huquqning oʻziga xos xususiyatlaridan biri boʻlib ergashma huquq hisoblanadi. Ergashma huquqning mohiyati ashyoga nisbatan mulk huquqi va oʻzga ashyoviy huquqlar boshqa shaxsga oʻtishi ushbu huquqlar tugatilishiga asos boʻlib hisoblanmasligidir. FK 169-moddasining ikkinchi qismiga binoan mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi, bu mol-mulkka nisbatan oʻzga ashyoviy huquqlarning bekor boʻlishi uchun asos boʻlmaydi2. Agar ashyo oldi-sotdi shartnomasiga asosan boshqa subyektga oʻtgan boʻlsa, ashyoviy huquq uning ortidan borishda davom etadi. Bu borada fuqarolik huquqi nazariyasida, shak-shubhasiz, mulkka nisbatan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtishi, ushbu mulkka nisbatan oʻzga ashyoviy huquqlarni tugatilishi uchun asos emasligi e’tirof qilingan.

Mulk huquqi oʻzga ashyoviy huquqlar tizimiga asos soluvchi (boshlangʻich) hisoblanadi. Boshqa huquqlar ushbu huquqdan vujudga kelish xarakteriga egadir. Mulk huquqi ashyoviy huquqning barcha alomatlariga ega boʻlib, muddatsiz hisoblanadi.

Mulk huquqining tushunchasi FKning 164-moddasida belgilangan. Unga koʻra, mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir3.

Mulk huquqi obyektiv va subyektiv jihatidan koʻrib chiqilishi mumkin. Obyektiv jihatidan mulk huquqi mulkdor tomonidan oʻz mulkiga egallik qilish, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar tizimini tashkil etadi. Bu nuqtayi nazarda mulk huquqi – fuqarolik huquqining markaziy va asosiy institutidir. Har qanday subyektiv huquq kabi subyektiv jihatidan mulk huquqi ham, qonun tomonidan boshqarishga vakolat berilgan shaxsning ma’lum harakatlarni amalga oshirish imkoniyatidir. Ushbu nuqtayi nazaridan u oʻz egasiga – mulkdoriga unga tegishli boʻlgan mulk xususiyati va foydalanish imkoniyatlarini belgilash va unga nisbatan toʻliq xoʻjalik hukmronligini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Xorijiy mamlakatlarda mulk huquqiga oid qoidalarga e’tibor qaratsak, shu narsa ma’lum boʻladidki, xorijiy mamlakatlarda mulk huquqining turli konstruksiyalarni klassifikatsiya qilishning yagona universial asosi belgilanmagan. Shu bilan birga, pretsedentlarga yo‘naltirilgan ingliz umumiy huquqini qabul qilgan AQShda mulkchilik munosabatlar garchi Konstitutsiya darajasida nazarda tutilsada (AQSh Konstitutsiyasiga V, XIV qo‘shimchalar), biroq uning rivojlanishi va keng ifodalanishi alohida shtatlarning qonunchiligi va sud qarorlarida mustahkamlangan. Qolaversa, fuqarolik huquqi nazariyasi nuqtai nazaridan amerika mulk huquqi modelining asosida ushbu huquqning sub'ektiv tarkibi masalasi yotadi. AQSh mulk huquqi modelini oddiy va murakkab tuzilishli turlarga ajratish mumkin1. Oddiy yoki soddalashtirilgan model “bitta ashyoga – bitta to‘la huquqli mulkdor” tamoyiliga asoslanadi. Bu konstruksiyada mazkur ashyoga u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa shaxslar “boshqa huquqli” shaxslar hisoblanadi va ashyoning mulkdori o‘zining egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishga dior vakolatlari yakka o‘zi amalga oshiradi. Shu ma’noda mulk huquqi mutlaq tus (fee simple absolute) kasb etadi4.

Angliyada 1925 yilda “Mol-mulk to‘g‘risida”gi Qonun (Law of Property Act 1925) qabul qilingan. Mazkur qonunda mulk huquqi mutlaq tusga egaligi nazarda tutilgan. Angliyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, ingliz mulk va egalik qilish huquqi rim huquqidagi ayniy tushunchalarga mos kelmaydi, ingliz huquqi mutlaq emas, ustuvor vakolatlarni belgilash tizimi hisoblanadi2.

Germaniya Fuqarolik Tuzuklari (GFT) da mulk yoki xususiy mulk atamasilarning izohi berilmaganligi ko‘zga tashlanadi. Germaniya fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra, mulk huquqi keng mazmunli ashyoviy huquqning bir turi bo‘lib, faqat egasiga o‘ziga tegishli mol-mulkdan foydalanish yo‘nalishini belgilash, mol-mulkka nisbatan to‘liq xo‘jalik hukmronligini amalga oshirish imkoniyati beradi. GFTda mulk huquqi tushunchasi berilmagan, aksincha, mazkur tushuncha mulk huquqining mazmunini bayon etish yo‘li bilan izohlangan. Shunga qaramasdan, GFTning 903-moddasida mulk huquqining fuqarolik-huquqiy ta’rif mavjud. Unga ko‘ra, ashyoning egasi qonun yoki uchinchi shaxslarning huquqlari to‘sqinlik qilmaydigan darajada ashyoni o‘z xohishi bo‘yicha tasarruf etishi va boshqa shaxs tomonidan har qanjay ta'sirni bartaraf etishi mumkin. Mazkur ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, GFTda mulk huquqi alohida vakolatlarning oddiy yig‘indisi emas, balki o‘ziga xos alohida huquq sifatida belgilangan5.

Ingliz-amerika huquq tizimidan farqli ularoq, Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tizimi mansub boʻlgan qit’a huquq tizimida mulk huquqi “bitta ashyo – bitta mulkdor” oddiy mulk huquqi modeliga tayanadi. Ingliz-amerika tizimida “taqsimlangan mulk” modeli hukmronlik qilib, unga muvofiq bitta mulkka bir necha shaxslarning huquqi e’tirof etiladi. Mazkur moddada qonun chiqaruvchi qit’a modeli asosida mulk huquqining muhim xususiyatlarini belgilaydi. Shu bois Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, mulkdor tomonidan oʻz qonuniy vakolatlarining bir qismini va hatto aksariyat qismini boshqa shaxsga berilishi mulkdorning ashyoga nisbatan mulk huquqini yoʻq boʻlishini bildirmaydi. Faqat ashyo boshqaning tasarrufiga oʻtganida (sotilganda, almashtirilganda va h.k. ), unga nisbatan boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtadi. Shunday qilib, milliy mulk huquqi tizimiga muvofiq bitta mulk obyektiga nisbatan bir necha mulkdorlar boʻlishi mumkin emas.

FKning 164-moddasida qonun chiqaruvchi mulkdorning an’anaviy qonuniy huquqlari “triadasi” (mulkga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish) bilan bir qatorda mulk huquqining mazmunini ochib berish uchun “oʻz ixtiyoriga koʻra” va “oʻz manfaatlarida” kabi mezonlarni ishlatadi. Bu amaldagi FKning oʻziga xos novellasidir.

Mulk huquqining mazmunini ochib berish uchun egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish tushunchalari bilan yanada batafsilroq tanishib chiqish lozim. Shu sababdan ta’kidlash kerakki, oldingilari kabi amaldagi FK ham mulkdorning ushbu huquqlari mazmunini ochib bermaydi. Mulkdorning huquqlari faqat oʻz mulkiga nisbatan ma’lum tarzda harakatlar sodir etishning amaldagi imkoniyati bilan cheklanib qolmasligi kerak, balki uning oʻz hukmronligini amalga oshirishning yuridik imkoniyatidir.

Egalik qilish huquqi – shaxsning ashyoga nisbatan yuridik hukmronligi, unga amalda va xoʻjalik jihatidan egalik qilishidir. Egalik qilish mulk huquqining zaruriy elementi boʻlib, foydalanish huquqi bilan ajralmas bogʻliq, chunki ashyodan mustaqil foydalanish uchun bir vaqtning oʻzida unga egalik qilish ham kerak. Mulkka egalik qilishni mulkdor ham, mulkdor bilan shartnoma asosida yoki oʻzga huquqiy asoslarda boshqa shaxslar ham amalga oshirishlari mumkin. Masalan, ijara shartnomasi boʻyicha ijarachining, garov shartnomasi boʻyicha garovga beruvchining mol-mulkiga egalik qilish, meros qilib qoldirish asosida umrbod egalik qilish huquqi boʻyicha mol-mulkka egalik qilish, xoʻjalik yuritish, operativ boshqaruv va boshq. Bu holda egalik qilish mulk huquqining emas, balki boshqa subyektiv fuqarolik huquqlarning tarkibiy qismi boʻlib hisoblanadi. Bizning huquqiy tizimimizda egalik qilish mustaqil ashyoviy huquq hisoblanmaydi6.

Ashyoga egalik qilish qonuniy va noqonuniy boʻlishi mumkin. Egalik qilish shartnomaga asoslangan yoki oʻzga huquqiy asoslarda (huquqiy titulda) boʻlsa, u qonuniy hisoblanadi. Bunday egalik qilish mulkdorning egaligi bilan baravar qonunning himoyasida boʻladi. Har qaysi huquqiy titulga asoslangan egalik kilish, agar mulkdor yoki u ashyoni egalik qilishga berayotgan shaxs tomonidan qonunchilikning barcha shartlari bajarilganidagina vujudga keladi. Mulkdor boʻlmagan shaxsning egalik qilish huquqi mulk huquqiga qaraganda hosila va tobe tusga egadir, chunki u mulkdor belgilagan doirada amal qilishi mumkin.

Qonuniy titulga asoslanmagan egalik qilish noqonuniy hisoblanadi. Noqonuniy egalik qilish kimningdir subyektiv fuqarolik huquqlari buzilishini nazarda tutadi, shuning uchun ham qonun tomonidan himoya qilinmaydi. Faqat bir holatdagina, mulk huquqini vujudga keltiruvchi egalik qilish muddatiga asoslangan titulsiz egalik qilish qonun tomonidan himoya qilinadi.

Foydalanish huquqi – ashyodan foydalanish jarayonida uning foydali, xoʻjalik xususiyatlarini yuridik jihatidan ta’minlangan iste’mol qilish imkoniyatidir. Foydalanish huquqining mazmuniga ashyo keltiradigan hosil va daromadlarni oʻzlashtirish huquqi ham kiradi. Masalan, FK 92-moddasiga muvofiq, ashyodan keladigan hosil va daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, ashyo egasiga tegishlidir.

Foydalanish huquqi egalik qilish huquqiga asoslanadi. Shuning uchun ashyoning foydali xususiyatlarini nafaqat mulkdorlar, balki mulkdor egalik qilish huquqi bilan ushbu huquqlarni taqdim qilgan shaxslar ham olishlari mumkin. Demak, kim mulkka egalik qilsa, u undan foydalanish imkoniyatiga egadir. Chunki, ashyoga egalik qilmasdan, undan foydalanish mumkin emas.

Foydalanish huquqi qonun bilan kafolatlanadi va uchinchi shaxslarning tajovuzidan himoya qilinadi. Bu bilan birga, amaldagi qonunchilik uni amalga oshirish chegaralarini belgilab qoʻyadi. Foydalanish huquqini amalga oshirishda mulkdor va oʻzga titul egalari boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun tomonidan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmasliklari kerak, axloqiy tamoyillarni va jamiyatning ma’naviy me’yorlarini hurmat qilishlari kerak. Qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sud shaxsga tegishli boʻlgan foydalanish huquqini himoya qilishda rad javobini berishi mumkin.

Tasarruf etish huquqi – mulkdorning ashyoga nisbatan yuridik va faktik harakatlarni amalga oshirish orqali uning amaldagi va yuridik taqdirini qonun tomonidan kafolatlangan belgilash imkoniyatidir. Egalik qilish va foydalanish huquqlaridan farqli oʻlaroq, tasarruf etish huquqi faqat mulk egasiga tegishlidir. Ashyolarning yuridik taqdirini belgilash ularni sotish, almashtirish yoki boshqalar tasarrufiga oʻtishning boshqa shakllari orqali amalga oshiriladi, ashyolarning amaldagi taqdirini tasarruf etish esa mulkni iste’mol qilish yoki uni yoʻq qilish orqali amalga oshiriladi. Mulkdor tasarruf etish huquqini amalga oshirib, ashyoga nisbatan mulk huquqini bekor qilishi (sotib yuborish, hadya qilish, almashtirish, xoʻjalik jamiyatlar yoki shirkatlarning ustav fondiga berish va h.k.) yoki egalik qilish va foydalanish boʻyicha huquqlar (ijaraga, saqlashga berish) amalga oshirilishini vaqtincha toʻxtatib turishi mumkin7.

Qonun hujjatlarida mulkdor tomonidan tasarruf etish huquqini amalga oshirish boʻyicha ma’lum cheklashlar va taqiqlar oʻrnatilishi mumkin. Masalan, mulk xatlanganda, qonunchilikda nazarda tutilgan bankrotlik taomillari joriy qilinganida, mulkdor tasarruf etish huquqini vaqtinchalik amalga oshirishi mumkin emas.

Mulk huquqi tushunchasiga “oʻz ixtiyoriga koʻra” va “oʻz manfaatlarida” kabi kategoriyalarni joriy qilish, birinchidan, mulkdorlar va boshqa titulli egalik qiluvchilarning mol-mulkka boʻlgan huquqlarini farqlaydi, ikkinchidan esa, mulk huquqining faqat qonun bilan cheklangan boʻlib, unga tegishli mulkka nisbatan har qaysi harakatlarni amalga oshirishda namoyon boʻladigan mulk huquqining mutlaq xususiyatini isbotlab beradi. Albatta, “oʻz manfaat”iga mulkdor boʻlmagan egallovchilar ham ega boʻladi, lekin ular mol-mulkka nisbatan harakatlarni mulkdorning xohishi asosida amalga oshirishlari lozim boʻladi.

Mulk huquqi mutlaq (absolyut) huquqdir, chunki bunday huquqiy munosabatda huquqdor shaxsga (mulkdorga) har biri mulkdorning huquqlarini buzishdan oʻzlarini saqlashlari shart boʻlgan burchli (mulkdor boʻlmagan) shaxslarning nomuayyan doirasi qarshi turadi. Mulkdorga tegishli boʻlgan ashyoni egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishda uning manfaatini qondirish, agar mulkdor oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etish va boshqalarning unga har qanday ta’sir koʻrsatishidan chegaralash mumkin boʻlgandagina amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu manfaatni qondirish vositasi sifatida xizmat qiluvchi subyektiv mulk huquqi boshqa shaxslardan unga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishda toʻsqinlik qiladigan harakatlarni bajarishdan oʻzlarini saqlashlarini talab qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Mulk huquqining muddatsizlik tamoyili oʻrnatilishi FK novellasidir. Mazkur tamoyil mulkdor oʻz mulkidan foydalanishda, istagan vaqtida oʻz ixtiyoriga koʻra mulk huquqini amalga oshirishda muddatsiz huquqqa ega ekanligini bildiradi.

Mulk huquqi mutlaq huquqdir va qonun bilan qoʻriqlanadi. “Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin” (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi).

Mulk huquqi nafaqat fuqarolik qonunchiligi me’yorlari bilan, balki jinoyat, ma’muriy, mehnat, yer va oila qonunchiligi me’yorlari bilan qoʻriqlanishi, har qaysi jamiyatni normal, madaniy mavjudlik sharti sifatida, har qaysi huquqiy tizimning muhim vazifalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Mulk daxlsizlik tamoyili mulkdorga oʻz manfaatlarida unga tegishli mulkdan, boshqalarni oʻzboshimchalik bilan aralashishlari yoki ta’qiqlashlari yoxud foydalanishda cheklashlaridan qoʻrqmasdan, foydalanish imkoniyatini ta’minlashni bildiradi. Shuning uchun qonun chiqaruvchi mulk munosabatlari mustahkamligi va barqarorligini saqlab qolish va qoʻllab-quvvatlash uchun mulkni olib qoʻyish va mulk huquqining cheklash tartib va asoslarni maxsus tartibga soladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ta’kidlanadiki “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.

Konstitutsiyada “xilma-xil shakllardagi mulk”, “barcha mulk shakllari himoyalanishi” haqida aytilishiga qaramay, bugungi kunda mulk shakllarining roʻyxati xususiy mulk va ommaviy mulk bilan chegaralanib qoladi.

Ayni paytda shuni ham unutmaslik lozimki, mulk shakllari tushunchasi Konstitutsiyada ham, FK ham tushuntirib berilmaydi. Mulk shakllarining ajratilishi manfaatlar turli boʻlishi belgisi boʻyicha amalga oshiriladi. Rim huquqidayoq ommaviy va shaxsiy manfaatlar qarshi qoʻyilgan. Rim yuristi Ulpianning aytishicha, “Ommaviy huquq bu Rim davlatining holatiga tegishli boʻladi, xususiy huquq esa alohida shaxslarning manfaatiga tegishli boʻladi”.

Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir. Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq

shaxslarga qarashli boʻlishi mumkin.

Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki boʻlishiga qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va bekor qilish xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.

Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, xonadonlar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek aqliy mulk obyektlari mulk boʻlishi mumkin.



Xususiy mulk huquqining tushunchasi

Oʻtish davri iqtisodiyoti amalda boʻlgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun xususiy mulk hayotiy ahamiyatga ega. Xususiy mulk tadbirkorlik faoliyati uchun asos boʻlib xizmat qiladi va shu sababdan bozor munosabatlari tizimida alohida oʻrin tutadi. Mazkur jihatni inobatgan olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotining asosini turli koʻrinishlardagi mulk tashkil etadi. Mulkning boshqa koʻrinishlari bilan bir qatorda, xususiy mulk daxlsizdir va davlat tomonidan himoya qilinadi” deb koʻrsatilgan .

Oʻzbekiston Respublikasida xususiy mulkni huquqiy tartibga solishni rivojlanishi evolyutsion yoʻl bilan sodir boʻlganligini ta’kidlash joiz. Birinchi bor, mulkning bir koʻrinishi sifatida xususiy mulk 1990-yil 31-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunida koʻzda tutilgan edi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq, xususiy mulk fuqarolarning mulki sifatida muomalaga kiradi, nodavlat yuridik shaxslarning va ularga qarashli birlashmalarning mulki esa va shuningdek, ijtimoiy hamda diniy birlashmalarning mulki Qonunning 8-moddasida xususiy emas, balki jamoa mulki deb ta’riflanadi. Demak, mazkur Qonun tomonidan xususiy mulkning faqat bitta turi – fuqarolarning xususiy mulki tan olinadi.

Harakatdagi FKning qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasida xususiy mulk huquqini rivojlantirishdagi hal qiluvchi bosqich boʻldi. “Mulkchilik toʻgʻrisida” gi Qonundan farqli ravishda FK xususiy mulk huquqining subyektiv tarkibini jiddiy tarzda kengaytirgan holda, uning tarkibiga nafaqat fuqarolarni, balki tijorat hamda notijorat nodavlat yuridik shaxslarni ham kiritdi. Demak, bugungi kunda xususiy mulk huquqi fuqarolarning va nodavlat yuridik shaxslarning mulk huquqi sifatida muomalaga kirmoqda.

Qolaversa, 2012 yil 24 sentyabrdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda ham xususiy mulk huquqi subyektlarining vakolatlarini yanada mustahkamladi va tegishli kafolatlarni belgiladi.

Xususiy mulk huquqining subyektlari, ya’ni fuqarolar va nodavlat yuridik shaxslar oʻz xohishlariga koʻra va oʻz manfaatlari yoʻlida, oʻzlariga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish va shuningdek mulk huquqining har qanday buzilishlarini, ular kim tomonidan sodir etilishidan qat’i nazar, bartaraf qilishni talab etishga haqlidirlar.

Xususiy mulk egaligida mavjud boʻlgan mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. Masalan, Uy-joy Kodeksining 11-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq, uy-joylarga, xonadonlarga, uyning bir qismiga, xonadonning bir qismiga mavjud xususiy mulk egaligi miqdor, oʻlcham va qiymat boʻyicha cheklanmaydi. Lekin, shu bilan birga, qonunchilikda belgilangan hollarda, xususiy va ijtimoiy manfaatlarini koʻzlash maqsadlarida ba’zi bir cheklashlar oʻrnatilishi mumkin. Masalan, “Giyohvandlik vositalari va psixotropli moddalar toʻgʻrisida” gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar oʻzlarining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish uchun, koʻrsatilgan faoliyat turi uchun litsenziyaning mavjudligi va yillik ishlab chiqarish ehtiyojlaridan ortiq boʻlmagan miqdorda, prekursorlarni sotib olishlari mumkin va sotib olingan yoki buyurtirilgan prekursor miqdori mazkur ehtiyojlardan ortib qolgan har bir holatda maxsus vakolatli organni shu haqda xabardor qilishga majburdirlar. Monopolistik faoliyatni cheklash va unga chek qoʻyish, hamda raqobatni rivojlantirish maqsadlarida, monopoliyaga qarshi qonunchilik tomonidan aksiyalarni ma’lum miqdorda sotib olish uchun tegishli davlat organidan ruxsatnoma olinishi shartligi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi 2012 yil



  1. yanvardagi qonunining 17-moddasiga koʻra, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar, agar bu bitimlarni tuzish paytida tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizastiya qilishdan olgan jami tushumi eng kam ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa, shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini olishga nisbatan, agar bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ushbu olishga qadar mazkur aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini tasarruf etmagan boʻlsa yoki mazkur aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning oʻttiz besh foizidan kamini tasarruf etgan boʻlsa, bunda ana shu shaxs yoki shaxslar guruhi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning oʻttiz besh va undan ortiq foizini tasarruf etish huquqini olish boʻyicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi boʻlgan taqdirda tuziladi.


Xususiy mulk huquqi subyektlari va obyektlari

FKning 208-moddasiga muvofiq, fuqarolar oʻzlariga tegishli mol-mulkning xususiy mulkdorlaridir va shu sababli ular oʻzlariga qarashli mol-mulkka nisbatan oʻz xohishlariga koʻra qonunga va boshqa huquqiy hujjatlarga zid boʻlmayldigan har qanday harakatlarni sodir etishlari mumkin. Xususiy mulk subyekti sifatida har qaysi fuqaro, ham shaxsiy tarzda, ham umumiy ulushli mulk asoslarida xususiy mulk subyekti sifatida faoliyat koʻrsatishi mumkin. Fuqarolarning xususiy mulki ishlab chiqarishda ishtirok qilishdan olingan daromadlar, mehnat qilish huquqini boshqa xil tarzda tasarruf etish, tadbirkorlik faoliyati, oʻz xoʻjaligini yuritish va kredit muassasalariga, aksiyalarga va boshqa xil qimmatli qogʻozlarga sarmoya qilingan vositalardan olingan daromadlar, mulkni meros huquqi boʻyicha qoʻlga kiritish va qonunga xilof boʻlmagan boshqa asoslar hisobiga yaratiladi va koʻpaytiriladi8.

Amaldagi qonunchilik fuqarolarga, xususiy mulk huquqi asosida ularga tegishli har qanday mulkdan, ham shaxsiy iste’mol uchun, ham tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanish huquqini beradi, mazkur holat fuqarolar huquq layoqatining mazmunida tadbirkorlik faoliyati, shuningdek qonun tomonidan ta’qiqlanmaydigan har qanday faoliyat bilan shugʻullanish huquqi elementlarida oʻz mujassamini topgan. Fuqarolar tadbirkorlik bilan yakka tartibda yoki yuridik shaxs tashkil etgan holda shugʻullanishlari mumkin (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” gi Qonunining 6-7-moddalari). Xususiy tadbirkorlik yakka tadbirkor tomonidan mustaqil tarzda, ishchilarni yollash huquqisiz, mulk huquqi boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk asosida va shuningdek, mol-mulkka egalik qilishga va undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan boshqa xil ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarning birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati, yuridik shaxsni tashkil qilmagan holda oila tadbirkorlik shaklida, oddiy shirkat yoki dehqon xoʻjaligi koʻrinishida amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatining subyektlari oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlarning xizmatlarning) va ularni sotishdan olinadigan daromadlarning (foydaning) mulkdorlaridir. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining, ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining qoplanishidan, soliqlar, yigʻimlar va barcha majburiy toʻlovlar toʻlanishidan qolgan daromadlari (foydasi), sud tartibida majburiy tarzda qarzlarni undirish hollaridan tashqari, ularning oʻz xohishi bilan tasarruf etiladi (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” gi Qonunining 20-moddasi).

Fuqarolar xususiy mulki huquqining obyektlari deb yer uchastkalari, turar joy uylari, xonadonlar, dala hovlilar, garajlar, uy-roʻzgʻor ashyolari, shaxsiy iste’mol ashyolari, pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar va shuningdek, korxonalar hamda ishlab chiqarish uchun moʻljallangan boshqa xil mulkiy majmualar, binolar, inshootlar, transport vositalari, ishlab chiqarishning boshqa vositalari tan olinadi. Mol-mulkning miqdori va qiymati, agarda u mulk sifatida qonunga yoki shartnomaga muvofiq olingan boʻlsa, cheklanmaydi.

Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va boshqa nodavlat yuridik shaxslar yuridik shaxslarning xususiy mulk huquqi subyektlari deb tan olinadi. Ishtirokchilar, ta’sischilarning ulushlari, xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar va boshqa qonun tomonidan yoʻl qoʻyilgan asoslar boʻyicha olingan mol-mulklar nodavlat yuridik shaxslar mol-mulki shakllanishining asoslaridir. Davlatga tegishli yuridik shaxslardan (unitar korxonalar, davlat korxonalari) farqli ravishda, mazkur yuridik shaxslarning mulki ularga xususiy mulk huquqi asosida tegishlidir.

Qonun tomonidan koʻzda tutilgan hollardan tashqari, yuridik shaxslarning xususiy mulki tasarrufida muomaladan chiqarilmagan har qanday koʻchmas va koʻchar ashyolar boʻlishi mumkin.

Amaldagi fuqarolik qonunchiligi boʻyicha, barcha yuridik shaxslar, yuritayotgan faoliyatining maqsadiga bogʻliq holda tijorat va notijorat toifalarga boʻlinadi. Tijorat yuridik shaxs sifatida oʻz faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni koʻzlagan tashkilot tan olinadi, notijorat tashkilot deb esa shunday maqsad sifatida foyda olishni maqsad qilib qoʻymagan tashkilot hisoblanadi.

Yuridik shaxslarning shakliga qarab, yuridik shaxsning mulkiga nisbatan ta’sischilar (ishtirokchilar) huquqlarining xususiyati ham farq qiladi. Xoʻjalik shirkatlarida va jamiyatlarida hamda kooperativ (shirkat)larda ta’sischilar (ishtirokchilar) yuridik shaxsning mulkiga nisbatan hech qanday ashyoviy huquqlarga ega emas va faqat majburiyat huquqlariga egadirlar. Ta’sischilar (ishtirokchilar)ning ulushlari hisobiga yaratilgan mulk, va shuningdek xoʻjalik shirkati tomonidan faoliyat yuritish jarayonida ishlab chiqarilgan va sotib olingan mol-mulk, mulk huquqi asosida unga tegishlidir. Barcha ustav fond bitta yagona jismoniy yoki yuridik shaxsga (masalan, 100%li davlat ishtirokidagi AJ yoki bitta shaxs tomonidan yaratilgan MChJ) tegishli boʻlishiga qaramay, tijoratchi yuridik shaxslarning mulki ta’sischilarga emas, balki mulk huquqi asosida faqat shu yuridik shaxslarga tegishli boʻladi. Ta’sischilarga mulk huquqi asosida faqat aksiyalar va tegishli yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ulushlari tegishlidir.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning xususiy mulkida muomaladan chiqarilgan ashyolardan tashqari har qanday koʻchar va koʻchmas ashyolar boʻlishi mumkin.

FKning 210-moddasiga koʻra, belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan qurilayotgan uy-joy qurilishi tamom boʻlguncha va roʻyxatdan oʻtkazilguncha mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.

Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.

Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ a’zosi pay badallarini batamom toʻlab boʻlganidan keyin vujudga keladi.

Koʻp xonadonli (kvartirali) uydagi kvartira mulkdoriga oʻziga tegishli xonalar bilan birga uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk huquqi ham tegishlidir. FKning 211-moddasining birinchi qismiga koʻra koʻp kvartirali uyda umumiy mulk obyektlari boʻlib, ushbu uyning umumiy xonalari, jumladan ustun, toʻsin, devor konstruksiyalari, kvartiralararo zinapoyalar maydonchalari, zinalar, liftlar va boshqa shaxtalar, yoʻlaklar, texnik qavatlar, yertoʻlalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi injenerlik va kommunikatsiyalar tarmoqlari, bino ichida yoki tashqarisida joylashgan, bir necha binolarga, kvartiralarga xizmat qiluvchi mexanik, elektr, texnik-sanitariya va boshqa qurilmalar va uskunalar hisoblanadi. Ushbu obyektlar koʻp kvartirali uylarga xizmat qilish vazifalarini bajarishga moʻljallangan boʻlib oʻziga xos tarzda yagona mol-mulk majmuasini tashkil etadi. Koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulk va ushbu umumiy mol-mulkning alohida qismlari mulk huquqining mustaqil obyektlari boʻlib hisoblanmaydi va begonalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Koʻp xonadonli uydagi umumiy mulk yagona, boʻlinmas obyektni tashkil etishini va umumiy ulushli mulk tarkibida mavjud ekanligini ta’kidlash lozim. Koʻp xonadonli uydagi xonadon mulkdorida qonunga muvofiq, uydagi oʻzi sotib olgan xonadonga mulk huquqining paydo boʻlishi paytida umumiy mulk huquqidagi umumiy mulkning ulushli huquqi paydo boʻladi.

Koʻp xonadonli uyda umumiy mulk huquqidagi umumiy mulkning ulushli huquqi muhim ahamiyatga ega. FKning 211-moddasining ikkinchi qismidagi me’yorlar qaydlovchi xususiyatga egadir, chunki mazkur qismda uyning umumiy mulki tarkibida mulk huquqidagi mulkdorlarga tegishli ulushlarning miqdori va mulkdorlar oʻrtasida uyni tutish va mazkur mulkni saqlash boʻyicha sarf-xarajatlarni taqsimlash tartibi turarjoy qonunchiligi tomonidan belgilanishi aniq koʻrsatilgan.



Download 60.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling