Tarix o‘qitish metodikasi


Download 1.16 Mb.
bet1/2
Sana18.09.2020
Hajmi1.16 Mb.
#130110
  1   2
Bog'liq
lotin




Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Tarix fakulteti “Tarix o‘qitish metodikasi” kafedrasi dots.v/b

t.f.n. Rahmatullaeva Ozoda Rustamovnaning Yordamchi tarix fanlaridan “O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar. Hijriy yil hisobi” mavzusidagi ochiq dars mavzusi

Toshkent- 2015

Ma’ruza ochiq darsi o‘tkazilgan kun:

Vaqti: 15.10.2015 y 1-juftlik

Fakulteti: Tarix

Guruhi: Tarix o`qitish metodikasi. 101-102 1-08 xona

Fan nomi: Yordamchi tarix fanlari

Ma’ruzachi: t.f.n. O.Rahmatullaeva

Mavzu: “O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar. Hijriy yil hisobi”

Ichki ekspert: TDPU Tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi dots. O‘.Mansurov, dots. G.Fuzailova

Tashqi ekspert: O‘zRFA Tarix instituti Etnologiya va antropologiya bo‘limi boshlig‘i prof. A.Ashirov

Foydalanilgan ta’lim vositalari

  1. Ma’ruza

  2. Elektron vositalar

  3. Tarqatma materiallar


E’LON
15 oktabr 2015 yil soat 9.00 da Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi T-101,102 guruhlarda 1-08 xonada tarix fanlari nomzodi O.Rahmatullaevaning Yordamchi tarix fanlaridan “O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar. Hijriy yil hisobi” mavzusida ochiq darsi o‘tkaziladi.

Barcha professor-o‘qituvchilar va hohlovchilarni ochiq darsga taklif qilamiz.

Tarix o‘qitish metodikasi” kafedrasining

navbatdan tashqari 1-sonli majlis bayonnomasi
Toshkent shahri 15.10.2015

Qatnashdilar: kafedra mudiri, t.f.n., dots. G.S.Fuzailova, prof. A.Madraimov, prof. A.Ashirov, t.f.n. V.Ishquvatov, t.f.n. O‘.Mansurov, t.f.n. O.Rahmatullaeva, dots. SH.Atadjanov, katta o‘qituvchilar H.Jamoldinov, A.Abdazimov, E.Ashuraliev, X.Haqnazarov, o‘qituvchilar L.Muhammadiev, D.To‘xtaboeva, J.Karimberdieva, H.Ro‘ziev, A.Raxmatov.
K U N T A R T I B I:

T.f.n.O.Rahmatullaevaning Yordamchi tarix fanlaridan “O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar. Hijriy yil hisobi” mavzusida o‘tgan ochiq darsi muhokamasi


ESHITILDI: Kafedra mudiri dots. G.S.Fuzailova o‘z axborotida t.f.n.O.Raxmatullaevaning Yordamchi tarix fanlaridan “O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar. Hijriy yil hisobi” mavzusida Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi T-101,102-guruhlarda o‘tgan ochiq darsi Davlat Ta’lim Standarti talablariga to‘la javob berishi, ma’ruza darsida O’rta Osiyoda qo’llanilgan kalendarlar, ularning rivojlanishi, xususiyatlari, Hijriy yil hisobi yoritib berildi, shuningdek darsda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan o‘z o‘rnida foydalanilgani haqida aytib o‘tdi.

Ushbu darsda qatnashgan professor-o‘qituvchilarning ochiq dars haqida fikr bildirishlarini aytdi. Bu masala bo‘yicha so‘zga chiqqan kafedra a’zolari t.f.n.O‘.Mansurov, dots.SH.Atadjanov va boshqalar ochiq darsning ijobiy va kamchilik tomonlari haqida fikr bildirdilar.

t.f.n. O.Raxmatullaevaning Yordamchi tarix fanlaridan “O’rta Osiyoda qo’llanilgan kalendarlar (hijriy yil hisobi)” mavzusida o‘tgan ochiq darsi muhokamasi bo‘yicha kafedra a’zolarning fikr-mulohazalari asosida kafedra yig‘ilishi
QAROR QILADI:


  1. O.Raxmatullaevaning Yordamchi tarix fanlaridan “O’rta Osiyoda qo’llanilgan kalendarlar (hijriy yil hisobi)” mavzusida o‘tgan ochiq darsi qoniqarli deb topilsin.

Majlis raisi: dots. G.S.Fuzailova

Kotiba: H.Ro‘ziev

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI “TARIX O‘QITISH METODIKASI” KAFEDRASI KATTA O‘QITUVCHISI T.F.N. O.RAXMATULLAYEVANING YORDAMCHI TARIX FANLARIDAN “O‘RTA OSIYODA QO‘LLANILGAN KALENDARLAR. HIJRIY YIL HISOBI” MAVZUSIDA O‘TGAN OCHIQ DARSINING EKSPERTI
XULOSASI
Yangi jamiyat ta’lim andozalariga o‘z talablarini qo‘ymoqda. Yoshlar yangi jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda intellektual va axloqiy kamol topishi, tanqidiy va ijodiy fikrlashga o‘rganishi, axborot bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilishi, mas’uliyat tashabbuskorlik, kommunikativlik va mushohadaning mustaqilligiga ega bo‘lishi lozim. Ta'lim tizimini rivojlantirish pеdagogik innovatsiyadagi katta tajribalarni umumlashtirishni va tizimlashtirishni talab qiladi.

“Tarix o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi t.f.n. O.Raxmatullayevaning Yordamchi tarix fanlaridan “O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar. Hijriy yil hisobi” mavzusida o‘tgan ochiq darsida zamonaviy pedagogik texnologiya tizimiga suyangan holda mavzular modullarga birlashtirilib, dars va identiv o‘quv maqsadlari, mavzu bo‘yicha ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan muammolar, har bir reja bo‘yicha muhokama uchun savollar, amaliy mashg‘ulot rejasi, talabalar mustaqil bajarishi zarur bo‘lgan topshiriqlar, har bir reja bo‘yicha yakuniy mashg‘ulotda chiqariladigan xulosalar, nazorat savollari berilgan. Darsning ijobiy tomoni shundaki, unda o‘qituvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangani, talabalarning faol ishtiroki ta’minlanganini alohida ta’kidlash mumkin.



Xulosa qilib aytganda, umuman ochiq darsni ijobiy baholash mumkin deb hisoblayman.
O‘zRFA Tarix instituti Etnologiya va antropologiya

bo‘limi boshlig‘i

tarix fanlari doktori, prof. A.Ashirov



1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli
1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Mashg‘ulot vaqti- 4 soat

Talabalar soni: 20 – 80 gacha

Mashg‘ulot shakli

Kirish-axborotli ma’ruza

Ma’ruza rejasi

1. Zardushtiylik kalendari

2. Musulmon kalendari

3. Hijriy-qamariy yil.

4. Hijriy-shamsiy yil hisobi.

5. Umar Xayyom kalendari

6. Muchal hisobi



O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: talabalarga O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar. Hijriy yil hisobi to‘g‘risida ma’lumot berish

Pedagogik vazifalar:

  • Zardushtiylik kalendari haqida gapirib beradi;

  • Musulmon kalendari va unda oylarning ma’nosi nomlarining mazmun va mohiyatini tushuntirib beradi, milodiy yil hisobini musulmon hijriy kalendariga matematik amallar bilan aylantirishni o‘rgatadi;

  • Hijriy-qamariy yil haqida bilim beradi;

  • Hijriy-shamsiy yil hisobi haqida bilim beradi;

  • Umar Xayyom kalendari haqida bilim beradi;

  • Muchal hisobi haqida ma’lumot beradi.

O‘quv faoliyati natijalari:

  • Zardushtiylik kalendari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi;

  • Musulmon kalendari, oylarning ma’nosi nomlarining mazmun va mohiyatini anglab oladi, milodiy yil hisobini musulmon hijriy kalendariga matematik amallar bilan aylantirishga oid ko‘nikma va malakalarni egallaydi;

  • Hijriy-qamariy yil haqida bilimga ega bo‘ladi;

  • Hijriy-shamsiy yil hisobi haqida bilimga ega bo‘ladi;

  • Umar Xayyom kalendarining yutuq va kamchiliklarini anglab oladi;

  • Muchal hisobi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi

Ta’lim berish usullari

Ko‘rgazmali ma’ruza, suhbat, “tushunchalar tahlili”, «pinbord» texnikasi

Ta’lim berish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

Ta’lim berish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proektor

Ta’lim berish sharoiti

O‘TV bilan ishlashga moslashtirilgan auditoriya

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: savol-javob


ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

1. Mavzuga kirish

(15 daqiqa)

1.1. Mavzuning rejalarini ekranga tushiriladi. (1-ilova).

1.2. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida mazkur mavzuning ijtimoiy, siyosiy, va iqtisodiy tarixidan savollar beradi.



Tinglaydilar

va savollarga javob beradilar.




2-bosqich

Asosiy bosqich

(55 daqiqa)

Rower Point dasturi yordamida slaydlarni namoyish qilish va izohlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy jihatlarini tushuntirib beradi

  • Zardushtiylik kalendari haqida gapirib beradi; (2-ilova).

  • Musulmon kalendari va unda oylarning ma’nosi nomlarining mazmun va mohiyatini tushuntirib beradi, milodiy yil hisobini musulmon hijriy kalendariga matematik amallar bilan aylantirishni o‘rgatadi; (3-ilova).

  • Hijriy-qamariy yil haqida bilim beradi; (4-ilova).

  • Hijriy-shamsiy yil hisobi haqida bilim beradi; (5-ilova).

  • Umar Xayyom kalendari haqida bilim beradi; (6-ilova).

  • Muchal hisobi haqida ma’lumot beradi. (7-ilova).

Tinglaydilar, yozadilar.




3.

Yakuniy bosqich

(10 daqiqa)

3.1. Ekranga talabalarga hijriy yilni milodiy yilga aylantirish formulasi tushiriladi. Topshiriq beriladi. (8-ilova)

3.2. Mavzu bo‘yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi, yakunlovchi xulosa qiladi.

3.3. «Tushunchalar tahlili» texnologiyasi yordamida o‘quv materiali mustahkamlaydi (9- ilova).

3.4. Talabalar bilimlarini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida savol va topshiriqlarni beradi (10- ilova).



Topshiriqni bajaradilar.
Savollarga javob beradilar


1-ilova


O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar. Hijriy yil hisobi

1. Zardushtiylik kalendari

2. Musulmon kalendari

3. Hijriy-qamariy yil.

4. Hijriy-shamsiy yil hisobi.

5. Umar Xayyom kalendari



6. Muchal hisobi


2-ilova






Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling