Tarix o‘qitish metodikasi


Xorazm kalendari oylarining


Download 0.71 Mb.
bet2/2
Sana18.09.2020
Hajmi0.71 Mb.
1   2

Xorazm kalendari oylarining to‘liq nomi

1. Ruchnofunovsrochi

2. Ardushfvsirx ankom

3. Xrvdod fvihiriy

4. Jiriy forozok

5. Xmdod


6. Axshrivriy

7. Avmriy

8. Yonoxn foxsrson rochibk

9. Arvfvfimxkobhrfin

10. Vsmrfvnofkonj ankom

11. Ashmn fvird ankom

12. Isbandarmajiy fvxshvm.
Xorazm kalendaridagi oylar nomlarining qisqartirilgan shakli

1. Novsorjiy.

2. Ardvst.

3. Xrvdod.

4. Jiriy.

5. Xmidod.

6. Axshrivriy.

7. Avmriy.

8. Enoxi.

9. Arv.


10. Rimjd.

11. Arshmn.

12. Isfandorajiy.

Zardo‘shtiylik kalendari asosidagi Xorazm kalendari oylarining to‘liq nomi


1. Ruchnofunovsrochi

2. Ardushfvsirx ankom

3. Xrvdod fvihiriy

4. Jiriy forozok

5. Xmdod

6. Axshrivriy

7. Avmriy

8. Yonoxn foxsrson rochibk

9. Arvfvfimxkobhrfin

10. Vsmrfvnofkonj ankom

11. Ashmn fvird ankom

12. Isbandarmajiy fvxshvm.




Xorazm kalendaridagi oylar nomlarining qisqartirilgan shakli

1. Novsorjiy.

2. Ardvst.

3. Xrvdod.

4. Jiriy.

5. Xmidod.

6. Axshrivriy.

7. Avmriy.

8. Enoxi.

9. Arv.

10. Rimjd.



11. Arshmn.

12. Isfandorajiy.



3-ilova


Musilmonlar hiiriy vil hisobi

Milodning 622 yilida (16 iyun) Muxammad payg'ambar (SAV) Makka shahridan Madinaga ko'chgan. (Arabcha ko'chib o'tish - hijrat deb atalgan).

Hijriy yil hisobining o'zi 2 ga - hijriy qamariya (oy) va hijriy shamsiya (quyosh)ga bo'linadi. Qamariya oy yili bo'yicha yil hisobi milodning 622 yil 16 iyunidan boshlangan. Shu sana musulmon olamida 1 - yilning boshlanishi deb qabul qilingan. Hijriy yil 12 oydan iborat. Biroq, bu yil hisobida 1 oy 29,5 kundan, 1 yil esa, 354 kundan iborat. (biz amal qilayotgan yil hisobi esa 365-366 kundan iborat). Hijriy yil hisobida toq oylar 30 kun, juft oylar 29 kundan iborat. Biz amal qilayotgan yil hisobi bo'yicha farqlar 10-12 kunni tashkil qiladi.








4-ilova

Hijriy qamariy (Oy kalendariga asoslanadi) yil oyi 622 yil 16 iyundan Payg‘ambar Muhammad Alayhisalomning Makkadani Madinaga hijrat qilgan davrdan boshlanadi. Chorvadorlar kalendari.


Hijriy shamsiy (Quyosh kalendariga asoslanadi) yil oyi 622 yil 21 martdan bahorgi teng kunlikdan boshlanib, Quyoshning harakatiga asosan yuritiladi. Dehqonchilik uchun mos kalendar.



5-ilova

HIJRIY QAMARIY (OY)YIL OYLARI




Oylarning boshlanish

sanalari

Kunlar

Hijriy - qamariy yil oylari

1.

14 avgust – 12 sentabr

30

Muharram

2.

13 sentabr – 11 oktabr

29

Safar

3.

12 oktabr - 10 noyabr

30

Rabiul - avval

4.

11 noyabr – 9 dekabr

29

Rabiul - oxir

5.

10 dekabr – 8 yanvar

30

Jumodiul - avval

6.

9 yanvar – 6 fevral

29

Jumodiul - oxir

7.

7 fevral – 8 mart

30

Rajab

8.

9 mart – 6 aprel

29

SHa’bon

9.

7 aprel – 6 may

30

Ramazon

10.

7 may – 4 iyun

29

SHavvol

11.

5 iyun – 4 iyul

30

Zul - qa’da

12.

5 iyul – 3 avgust

29 - 30

Zul - hijja


HIJRIY - SHAMSIY YIL OYLARI (QUYOSH) 12 YULDUZ TURKUMIDAN OLINGAN

Kalendar bahorgi tengkunlikdan, ya’ni 21 martdan boshlangan. Grigoriy kalendaridagi


cingari 365 yoki 366 kundan iborat.




Oylarning boshlanish

sanalari

Kunlar

Hijriy - shamsiy yil oylari

1.

21 mart - 20 aprel

31

Hamal (qo‘y)

2.

21 aprel - 21 may

31

Savr (buqa)

3.

22 may - 20 iyun

31

Javzo (egizak)

4.

21 iyun - 22 iyul

31

Saraton (qisqichbaqa)

5.

23 iyul - 22 avgust

31

Asad (arslon)

6.

23 avgust - 22 sentyabr

31

Sunbula (boshoq)

7.

23 sentyabr - 22 oktyabr

31

Mezon (tarozi)

8.

23 oktyabr - 21 noyabr

30

Aqrab (chayon)

9.

22 noyabr - 21 dekabr

30

Qavs (yoy)

10.

22 dekabr - 20 yanvar

30

Ja’di (echki)

11.

21 yanvar - 19 fevral

30

Dalv (qovg‘a)

12.

20 fevral - 20 mart

29 - 30

Hut (baliq)


6-ilova


Umar Hayyom kalendari

Umar Hayyom 1074 yili do sti Nizom ul - Mulkni taklifi bilan Bog'dodga boradi. U yerdagi «Nizomiya» akademiyasining atoqli munajjimlariga rahbarlik qiladi. Bu kalendar bo'yicha 33 yilda 8 ta kabisa yili keladi va yilning uzunligi 365 kun 5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng 1079 yil 16 martdan boshlab Eronda qabul qilindi va xozirgacha Eron va Afg'onistonda qo'llanib kelmoqda. Yangi yilni 1 kuni Hamal (Nvruz) hisoblanadi. Xijriy shamsiy oylar doimo yilning ma'lum bir vaqtida keladi. Bu kalendar «Ziji Malikshoh» deb ham atalgan. Kalendar 4500 yilda 1 sutka xato qiladi.

1. Hamal (kuy)- 31

2. Savr (sigir) - 31

3. Javzo (egizak qiz)-31

4. Saraton ( qisqichbaqa) - 31

5. Sunbula (boshoq)-31

6. Asad (arslon) - 31

7. Mezon (tarozi) - 30

8. Aqrab ( chayon) - 30

9. Qavs(yoy)-30

10.Jadiy(tog' echkisi)-30

11.Dalv(kovga)-30



12.Hut(baliq)-29-30


7-ilova

Muchal hisobi


Sichqon

1984

1996

2008

2020

2032

2044

2056

Sigir

1985

1997

2009

2021

2033

2045

2057

Yo’lbars

1986

1998

2010

2022

2034

2046

2058

Quyon

1987

1999

2011

2023

2035

2047

2059

Baliq

1988

2000

2012

2024

2036

2048

2060

Ilon

1989

2001

2013

2025

2037

2049

2061

Ot

1990

2002

2014

2026

2038

2050

2062

Qoy

1991

2003

2015

2027

2039

2051

2063

Maymun

1992

2004

2016

2028

2040

2052

2064

Tovuq

1993

2005

2017

2029

2041

2053

2065

It

1994

2006

2018

2030

2042

2054

2066

To’ng’iz

1995

2007

2019

2031

2043

2055

2067


8-ilova

HIJRIY YILNI ANIQLASH FORMULASI BO‘YICHA TOPSHIRIQNI BAJARISH

H = M – 622 + M —622

32

H = 2011 – 622 + 2011—622

32

H = 2011 – 622 + 43

H = 1432


MILODIY YILNI ANIQLASH FORMULASI BO‘YICHA TOPSHIRIQNI BAJARISH

M = H - H + 622

33

M = 1432 1432 + 622

33

M = (1432 – 43) + 622

M = 1389 + 622 = 2011

M = 2011
Izoh: Bo‘lish paytida qolgan qoldiq 17 dan katta bo‘lsa, uni butunlab 1 deb olamiz va hosil bo‘lgan bo‘linmaga qo‘shamiz. Milodiy yilini hijriy shamsiy yiliga aylantirish uchun milodiy yildan 622 ni ayirish kerak. Chiqqan natija hijriy shamsiy yilni bildiradi.

9-ilova

ZARDO‘SHTIYLAR KALENDARI (AVESTODAGI NOMLAR)NI MUSTAHKAMLASH «TUSHUNCHALAR TAHLILI» TEXNOLOGIYASI

TUSHUNCHALAR

MAZMUNI

Fravashi

?

Ashi Vaxishta

?

Xarvatot

?

Ameretot

?

Xshatra-varya

?

Mitra

?

Apu

?

Odar

?

Vohu Manoh

?

Spenti Omoti

?




TUSHUNCHALAR

MAZMUNI

Fravashi (Farvardin)

butun mavjudotning ruhi-xudo Axuramazdaning sifatlaridan biri

Ashi Vaxishta

chinakam taqvodorlik

Xarvatot

butunlik va salomatlik xudosi

Tishtriya

Tir - (zardushtiylar Sirius yulduziga ham sig‘inganlar)

Ameretot

abadiylik

Xshatra-varya

oliy hokimiyat

Mitra

yorug‘lik, ahd va osmon xudosi

Apu (Ob)

suv xudosi

Odar (Ozar)

olov hudosi

Dotush

yaratuvchi

Vohu Manoh

yaxshi fikr

Spenti Omoti

taqvodorlik asosiy aqidalardan biri

Hijriy yil 622 yil 16 iyuldan boshlanadi, Muhammad s.a.v.ning Makkadan Madina shahriga hijrat qilganlaridan so‘ng boshlangan.



10-ilova

O‘TILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



«PINBORD» texnikasi bO‘yicha topshiriQ

MUSULMON KALENDARI MISOLLAR KELTIRING



HIJRIY QAMARIY YIL OYLARI


HIJRIY - SHAMSIY YIL OYLARI



























O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar. Hijriy yil hisobi

1. Zardushtiylik kalendari

2. Musulmon kalendari

3. Hijriy-qamariy yil.

4. Hijriy-shamsiy yil hisobi.

5. Umar Xayyom kalendari

6. Muchal hisobi

Zardushtiylar kalendari. Eron, O‘rta Osiyo hududida zardushtiylik dini shakllangach, Navro‘zga bu dinga xos urf-odat va an’analar kirib, uni diniy bayram sifatida o‘tkazish odatga aylangan. O‘sha davrda zardushtiylik mafkurasiga mos keladigan kalendar ijod qilishgan, uning oxirgi islohoti Sosoniylar sulolasidan bo‘lgan YAzdigird davrida amalga oshirilganligi uchun YAzdigird kalendari deb nomlangan. Bu kalendar 365 kunlik Quyosh (shamsiya) kalendari bo‘lib, uning 12 oyi 30 kundan 360 kun bo‘lgan, qolgan 5 kuni hech bir oyga kirmagan, bu 5 kun 21 martda kiradigan yangi yil oldidan alohida hisoblangan va bu kunlarda navro‘z oldidan ibodat qilishgan va tayyorgarlik ko‘rishgan. YAzdigird kalendaridagi oy nomlari uning zardushtiylik mafkursi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatib turadi. Bu oylarning qadimiy Avestodagi va hozirgi nomlari quyidagicha:

Fravashi (Farvardin) - butun mavjudotning ruhi xudo Axuramazdaning sifatlaridan biri

Ashi Vaxishta (Ordibehesht chinakam) taqvodorlik

Xarvatot (Xo‘rdod) - butunlik va salomatlik xudosi.

Tishtriya (Tir) - Sirius yulduziga zardushtiylar sig‘inganlar

Ameretot (Mo‘rdod) - abadiylik

Xshatra-vara (SHahrevar) - oliy hokimiyat

Mitra (Mehr) - yorug‘lik, ahd va osmon xudosi

Apu (Obon) - suv xudosi

Odar (Ozar) - olov xudosi

Dotush (Dey) - yaratuvchi

Vohu Manoh (Baxmon) - yaxshi fikr

Spenti Omoti (Esfand) taqvodorlik asosiy aqidalardan biri

Zardusht yil hisobi O‘rta Osiyo va Eron xalqlari qo‘llagan eng qadimgi yil hisobidir. Zardusht yil hisobi Quyosh yiliga asoslangan bo‘lib, 12 oydan iborat. Har bir oy 30 kun, yana qo‘shimcha besh kun bor. Bu besh kun alohida oy hisoblanadi. Bu besh kun sakkizinchi oydan keyin qo‘yilgan bo‘lib, shunda to‘qqizinchi oyning boshlanishi Navro‘zga to‘g‘ri kelgan. Kalendardagi 12 ta oyning nomi “Avesto”dagi turli ma’budlarning nomiga borib taqaladi. Oy tarkibiga kirgan 30 kunning ham alohida nomlari bor. “Avesto”ning eramizning VI asrda sosoniylar davrida tuzilgan matnida oylar va kunlarning to‘liq nomi ro‘yxati keltirilgan. Biroq ba’zi kalendar atamalari “Avesto” ”Gotlar”ida ham uchraydi. Bu kalendar sharqiy Eron va O‘rta Osiyoda eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida tuzilgan va dastlab g‘arbiy Eronda Ahmoniylar davrida rasmiy davlat kalendari sifatida qabul qilingan. SHuning uchun ilmiy adabiyotlarda qadimgi Eron yil hisobi deb ataladi.

Abu Rayhon Beruniy “Xronologiya” asarida zardusht yil hisobi eramizdan avvalgi 441 yildan boshlangan deb ko‘rsatadi. Zardusht kalendari 365 kun, har biri 30 kundan tuzilgan 12 oy va yana 5 kundan iborat, to‘rt yilda yana bir kun orttirilgan, har to‘rt yilda kabisa yili o‘n ikkinchi oyning oxiriga 5 kun emas, 6 kun qo‘shilgan.

Zardusht yil hisobidan eramizning 632 yilgacha ya’ni, islomgacha qo‘llanib kelindi. 632 yilda sosoniy shoh YAzdgird III zardushtiylik kalendarini isloh qiladi.

Zardushtiylar kalendaridagi hafta kunlari nomlarini to‘liq tasavvur etish uchun Andargohga murojaat etish lozim. Andargoh 365 kundan iborat kabisa yili qadimgi sharq halqlarida besh kundan iborat bo‘lgan yohud o‘sha davr haftalari besh kundan iborat edi. Hafta iborasi zardushtiylar kalendariga ko‘ra andargohga to‘g‘ri keladi. Andargoh (hafta)ning har bir kuni Zardusht gotlarining alohida nomlari bilan atalgan.



Andargoh (hafta)ning birinchi kuni - ahunavad goh (ahunavayti goso)

Andargohning ikkinchi kuni - Ushtavad goh- (ushtavayti goso)

Andargohning uchinchi kuni - sipantmada goh (avestoyi spinta maynyu koso)

Andargohning to‘rtinchi kuni - Vuhuvhshtasr goh – (vuhuvshasra goso) - ma’nosi yaxshi shahar, go‘zal o‘lka Ahuramazdaning abadiy shahri

Andargohning beshinchi kuni - vahiyshtvaysht goh. SHarqda kabisa yilini Vaxiljak, gazhiyzan’, “o‘g‘irlangan beshlik, “gohoniy besh kun”, “panja”, “ezgu panja”, “goh” va “andargoh” deb nomlangan.1

Hozirgi kunda ham zardushtiylar diniga e’tiqod qiluvchilar bor bo‘lib, 1976 yilgi statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyoda 129 ming kishi bo‘lib, shundan 82 mingtasi Hindistonda, 5 ming kishi Pokistonda, 500 kishi Seylonda, 25 ming Eronda, ulardan 19 ming Tehron shahrida, 3 ming kishi Angliya, Kanada, AQSHda, 200 kishi Avstraliyada ham yashaydilar. Sanoqli zardushtiylar Singapur, Aden, SHanxay, Kanton va boshqa hududlarda istiqomat qilmoqdalar2.

Navro‘z 365 kunlik Quyosh kalendari bo‘yicha kiradigan yangi yilning 1-kuni sifatida bayram qilinadi. Bu kalendar Malikshoh (1072-1092 yy) davrida kiritilgan, uning oylari yulduz turkumlari nomi bilan atalgani uchun u “burjiy” kalendar deb nomlangan.

So‘g‘d kalendari. Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda So‘g‘d hududi3da shahar davlat birlashmalari vujudga kelgan.

Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, so‘g‘diylarning oylarida eronliklarniki singari hayitlar va ulug‘ kunlar bor4.so‘g‘dlarda o‘n ikkita oy bo‘lib, ularning har biri o‘ttiz kundan iborat. So‘g‘diylar har bir kunni alohida nom bilan ataganlar.



Xorazm kalendari Qadimgi Xorazmliklar Quyosh kalendariga asoslangan yil hisobidan foydalanishgan. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Xorazm yil hisobi O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yil hisoblaridan biri bo‘lgan. Xorazm xalqining yil va oylari urf-odatlari ham so‘g‘dlarnikiga o‘xshaydi, aksincha, eronliklarnikiga esa muxolifdir. Ularda ham yozning boshi novsorjinning avvalidir. YA’ni, xorazmliklar va so‘g‘dliklarda yil boshi bayrami yangi kun ularning nomlanishi ham deyarli bir xil. Xorazmliklarda yil boshi Novsorji so‘diylarda esa navsard.

Xorazm kalendarida bir yil 12 oyga bo‘lingan va har bir oy 30 kundan iborat bo‘lgan. Qo‘shimcha 5 kun yil oxirida o‘n ikkinchi oyga qo‘shilgan va bir yil 365 kunni tashkil etgan. Har yili qoldiq sifatida ortib qoladigan chorak kunga Xorazm kalendarida e’tibor berilmagan. YAngi yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. Oylarning to‘liq nomi juda uzun bo‘lib, ko‘pchilik tovushlarni undosh harflar tashkil qiladi. Oy nomlari Abu Rayhon Beruniy asarida ikki xil to‘liq va qisqartirilgan shakllarda keltiriladi va oy nomlarining to‘liq va qisqartirilgan shaklari quyidagicha:



Xorazm kalendaridai oy nomlarining to‘liq nomi

1. Ruchnofunovsrochi

2. Ardushfvsirx ankom

3. Xrvdod fvihiriy

4. Jiriy forozok

5. Xmdod


6. Axshrivriy

7. Avmriy

8. YOnoxn foxsrson rochibk

9. Arvfvfimxkobhrfin

10.Vsmrfvnofkonj ankom

11. Ashmn fvird ankom

12.Isbandarmajiy fvxshvm.

Xorazm kalendaridagi oylarining qisqa nomlari

1. Novsorjiy.

2. Ardvst.

3. Xrvdod.

4. Jiriy.

5. Xmidod.

6. Axshrivriy.

7. Avmriy.

8. Enoxi.

9. Arv.


10. Rimjd.

11. Arshmn.

12. Isfandorajiy.

Kundalik ish yuritishda va ma’muriy xujjatlarda oylarning yuqorida keltirilgan qisqa shaklidan foydalanilgan. IV-VII asr qadimgi xorazm yozuvi xujjatlarida va XP-XIV asr arab-xorazm yozuvi manbalarida oy nomlari yuqoridagi shakllarda qo‘llanadi. O‘n ikkinchi oyga ko‘shiladigan 5 kunning maxsus nomi bo‘lmagan. Yil oylari kunlariga ortiqcha kunlarni qo‘shish, ya’ni yilni kabisali qilish kalendar tarixida muhim masala bo‘lgan. Beruniy Xorazmda kabisali yilga o‘tish masalasiga ham to‘xtalib o‘tib, ular ortiqcha besh kunni oxirgi oyga qo‘shganliklari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Xorazmliklar bilan so‘g‘diylar yil boshini belgilash uchun ortiqcha kunlarni qo‘shishda bir xil amal qilganlar. Xorazm kalendarida ham oyning har bir kunlari (30 kuni) alohida nom bilan yuritilgan. Beruniy Xorazm kalendaridagi oy kunlarining nomini ham berib o‘tadi.1

Xorazmliklar burjlarni arablardan yaxshiroq bilganlar. Xorazmliklarning burjlarga bergan nomlari ularni tasvirlashga mutasaddi astronomlarning qo‘ygan nomlariga muvofiqligi va arab tiliga mos kelmasligi, ularni mutasaddilar bergan suratlardan boshqa suratlar bilan tasvirlashgan. Xatto arablar javzoni egizak o‘g‘il bola surati o‘rnida burjlar qatoriga qo‘yganlar. Xolbuki, Javzo Jabborning suratidir xorazmliklar esa egizak burjni a-z-v-p-ch-k-r-i-k nomi bilan ataydilar. Buning izohi ikki sanam egasi bo‘lib, ma’nosining taqozosidir. Bundan ko‘rinib turibdiki, arablar bosqinigacha ham Xorazmda fan va madaniyat yuqori bo‘lgan. Xorazmning arablar bosqini davri taqdiri haqida Beruniy quyidagilarni keltiradi. “...Qutayba Xorazm yozuvini yaxshi biladigan, ularning rivoyatlaridan xabardor bo‘lib, xorazmliklarda bo‘lgan fanlarga o‘rgatgan kishilarni o‘ldirdi va ularni har turli azob uqubatlarga duchor qildi, hamda bu rivoyatlar shunchalik yashirin bo‘lib ketdiki, xatto xorazmliklarga islom paydo bo‘lganidan keyin nima bo‘lganligini aniq bilib bo‘lmay qoldi”. Bu achinarli hol albatta.

Musulmon kalendari. Eron, Afg‘oniston, O‘rta Osiyo, Kavkaz davlatlari islomga qadar zardo‘shtiylik kalendaridan foydalanishmagan. Islom dini vaqtni hisoblashga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Islomdan avval arablar Oy kalendaridan foydalanganlar. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, arablar yahudiylardan yilga qo‘shimcha oylar qo‘shishni o‘rganganlar va u oyni “ayam an-nasi” deb ataganlar. Bundan biz arablarning Oy-Quyosh kalendaridan foydalanganligini bilishimiz mumkin. Arab kalendarida 12 oy bo‘lib, ular quyidagicha atalgan.

1) Muharram – (30) “ta’qiqlangan”, “man etilgan”, “muqaddas” ma’nolarini beradi. Muharram oyida joxiliyat davrida urush harom qilingan. Bu holat ettinchi (rajab), - o‘n birinchi (zulqa’da) va o‘n ikkinchi (zulhijja) oylariga ham tegishli bo‘lgan.

2) Safar – (29) “sariq”, “za’faron” degan ma’noni berib, bu oyda arablarga halok qiluvchi yara toshar edi. Insonlarga bu kasallik etganida yuzlari sarg‘ayib ketardi. SHu sababli bu oyni safar “sariq” deb nomladi. SHuningdek, boshqa bir farazga ko‘ra, safar oyida arablar “safariya” nomli guruh bilan birgalikda oziq-ovqat qidirganlar.

3) Rabiul-avval. (30) “Rabi’” so‘zi arab tilida “bahor” ma’nosini beradi. Ammo Qadimgi arablar “rabi’” so‘zini “kuz” ma’nosida ham qo‘llaganlar. Ushbu oy kuz faslida kelgani uchun “birinchi kuz” ma’nosini anglatgan.

4) Rabiul-oxir – “ikkinchi kuz” ma’nosini anglatgan.

5) Jumodul-avval - bu ikki oy qish kunlariga, sovuq qattiq bo‘lib, suv muzlagan paytini anglatuvchiga arabcha “jamoda” so‘zidan olingan bo‘lib, “qotib qolmoq”, muzlamoq ma’nosini beradi.

6) Jumodul-oxir – (29) kundan iborat.

7) Rajab – (30) arablar bu oyni ulug‘laydilar, yana bu oyni “kar oyi” ham deb nomlaydilar, chunki ular bu oyda urush ovozini eshitmasdilar.

8) SHa’bon – (29) “tashaaba” so‘zidan olingan bo‘lib, “tarqalmoq” ma’nosini beradi.

9) Ramazon – (30) “yondirmoq”, “jazirama oy” ma’nolarini anglatadi. Bu oy yozning eng issiq paytiga to‘g‘ri kelgan.

10) SHavvol – (29) “ko‘tarilmoq”, “olib bormoq”, “ko‘chirmoq” ma’nolarini beradi. Arab qabilalari bu oyda o‘z joylaridan ko‘chib ketardilar.

11) Zul-qa’da – (30) “o‘tirmoq”, “uyda qolmoq” ma’nolarini anglatadi. Bu oyda urushlar bo‘lmaydi.

12) Zul-xijja – (29-30) “haj” so‘zidan olinib, “haj qilish” ma’nosini beradi. Arablar bu oyda haj qilganlar.

Bu oylar nomlarini qo‘yilishiga sabablar bor. Arablar oylarini joxiliyat davrida ham hozir musulmonlar ishlatayotganlaridek ishlatganlar, ularning haj marosimlari yilning to‘rt faslida aylanavergan.

Islomgacha bo‘lgan davrda arablar Oy-Quyosh kalendaridan foydalanganligini ba’zi oy nomlaridan bilishimiz mumkin. Islom dini kiritilgach, diniy va dunyoviy ishlarni yuritish uchun yangi kalendar zarur edi. Bu masala halifa Umar davri (634-644)da hal qilinadi. O‘sha davrda yillar faqat voqealar nomlari bilan atalar, tartib raqami bilan yuritilmagan edi. Arablar o‘rtasida xat, hujjatlarga sana qo‘yish odati bo‘lmagan. Bir kuni bir kishi halifa Umar huzuriga kelib sha’bon oyida to‘lanishi kerak bo‘lgan qarz haqidagi hujjatni ko‘rsatdi. SHunda halifa Umar “bu hujjat qaysi sha’bonga tegishli o‘tgan yilgi sha’bongami yoki bu yilgi sha’bongami” deb so‘raydi. Bunday vaziyatga Jazira viloyatining voliysi Abu Muso ham duch keladi. Unga ikkita buyruq yozib beriladi. Bu buyruqlarning biri ikkinchisiga to‘g‘ri kelmas, boshqa-boshqa edi. Ularning qaysi oldin, qaysi bir keyin yozilganini aniqlay olmagan Abu Muso halifa Umarga murojaat qiladi. CHunki, har ikki buyruqda ham sana yo‘q edi. Bu masalani hal qilish uchun halifa Umar mashvarat o‘tkazadi. Mashvarat oy hisobi bo‘yicha kalendar tuzishni ma’qul topadi. Ular yangi kalendarda o‘sha vaqtgacha qo‘llanilib kelingan qamariy oy nomlarini saqlab qolishni lozim ko‘radilar. Bu oylar arablar o‘rtasida mashhur edi. Mashvaratdagilar kalendar boshi - era boshini qaysi vaqtdan hisoblashga oid turli fikrlarni o‘rtaga tashladilar. Ba’zilar Muhammad payg‘ambarning tug‘ilgan kunidan desa, ba’zilar payg‘ambarlikning kelishidan hisoblashni taklif qildilar. Ali ibn Abu Tolib Islom kalendarini payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijratlaridan boshlashni taklif etdi. Bu taklif ma’qullandi. Payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilib etib borgan vaqtlari rabi ul-avval oyidan 11 kecha o‘tganda dushanba kuni bo‘lgan edi. Bu eramizning hisobi bilan 622 yilning 16 iyul kuniga muvofiq keladi. Mazkur mashvarat hijratdan 17 yil keyin muharram oyining birinchi kuni (er. 638 yil 23 yanvar) bo‘lgan edi. Hijrat esa yuqorida aytilganidek, rabi’ul avval oyining o‘n birinchi kunida, ya’ni hijriy-qamariy sananing uchinchi oyida bo‘lib o‘tgan. Vaholanki, arablarda yil boshi muharram oyining birinchi kunidan boshlangan. SHu sababli tarixiy voqealarni hisoblaganda chalkashlik ro‘y bermasligi uchun hijrat voqea bo‘lgan uchinchi oydan oldingi birinchi va ikkinchi oylar (muharram, safar) ham hijrat yili hisobiga qo‘shib olindi va muharram yil boshi bo‘lib qoldi. Hijriy hisobning birinchi oyidir.

Hijriy yil hisobi. Hijriy yili musulmonlar yili bo‘lib, 622 yil 16 iyul Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilgan davridan boshlanadi. Hijriy yil ikki xil hisobga ega.

Birinchisi, hijriy - qamariy yil hisobi bo‘lib, Oyning Er atrofida aylanish davri 29,5 kecha- kunduz hisobidan olingan. Hijriy yil hisobi ham 12 oydan iborat bo‘lib, 6 oyi 29 kun, 6 oyi 30 kundan iborat bo‘ladi. Bir yil 354 kunni tashkil qiladi. Kabisa yilida 12 oy 30 kun qilib olinadi va bu yil 355 kunni tashkil qiladi.

Ikkinchisi, hijriy - shamsiy yildir. Bu yil hisobi Erning Quyosh atrofini bir marta to‘liq aylanib chiqish davriga asoslangan. SHu sabab hisob Quyosh kunlari asosida olib boriladi va bir yil 365 (366) kunga teng bo‘ladi. Faqat bir oy 28 kundan iborat bo‘ladi. Har 4 yilda bu oyga bir kun qo‘shilib, 29 kunni tashkil qiladi va shu yili kabisa yili hisoblanib 366 kundan iborat bo‘ladi.

Bundan tashqari hijriy yilda har 30 yil ichida 11 kun tuzatish kiritiladi. YA’ni, kalendar oy hisobi oyning haqiqiy davridan minut va sekundlar hisobida ortda qolib boradiki, bular yig‘ilib 30 yilda 11 kunga etadi. Bu farqni yo‘qotish maqsadida arablar har 30 yilda 11 sutka qo‘shib 30 yilning 19 yilini 354 kun, 11 yilini 355 kun qilib hisoblaydilar. SHunda har 30 yilning 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26, 29- yillari kabisa, ya’ni orttirilgan yillar bo‘lib 365 kundan iborat bo‘ladi. Odatda, kabisa yilini aniqlash uchun uni 30 ga bo‘lish kerak. Qolgan qoldiq yuqorida sanab o‘tilgan sanalardan biriga to‘g‘ri kelsa shu yil kabisa yili bo‘ladi. Masalan, 1423 yilning qanday yil ekanini tekshirib ko‘rish uchun uni 30 ga bo‘lamiz va 13 qoldiq qoladi. 13 yuqoridagi sanalar ichida mavjud. Demak, 1423 yili kabisa yili ekan.

Hijriy yilni milodiyga aylantirish uchun hijriy yilni 33 ga (33 soni hijriy va milodiy yillarni bir-biriga to‘g‘ri kelish davri) bo‘linadi. CHiqqan bo‘linmani yana hijriy yildan ayiriladi. Hosil bo‘lgan ayirma soniga 622 (Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga qilgan hijrat yili) qo‘shiladi. CHiqqan natija milodiy yildir.

Milodiy yilni hijriy yilga aylantirish uchun milodiy yilidan 622 ni ayiramiz. CHiqqan ayirmani 32 ga bo‘lamiz. So‘ngra har ikki amal natijalari qo‘shiladi.

Izoh: Bo‘lish paytida qolgan qoldiq 17 dan katta bo‘lsa, uni butunlab 1 deb olamiz va hosil bo‘lgan bo‘linmaga qo‘shamiz. Milodiy yilini hijriy shamsiy yiliga aylantirish uchun milodiy yildan 622 ni ayirish kerak. CHiqqan natija hijriy shamsiy yilni bildiradi.


Hijriy yilni aniqlash formulasi bo‘yicha topshiriqlarni bajarish

h = m – 622 + m—622

32

h = 2011 – 622 + 2011—622

32

h = 2011 – 622 + 43

H = 1432

Milodiy yilni aniqlash formulasi bo‘yicha topshiriqlarni bajarish

M = h - h + 622

33

M = 1432 1432 + 622

33

M = (1432 – 43) + 622

M = 1389 + 622 = 2011

M = 2011
Hijriy-qamariy yil hisobida bir yil 354 kun bo‘ladi. Toq oylar (muharram, rabi ul-avval, jumodu-l-avval, rajab, ramazon, zulqa’da) - 30 kundan, juft oylar (safar, rabi us-soniy (oxir), jumodu-s-soniy, sha’bon, shavvol, zulhijja) - 29 kundan hisoblanadi. Hijriy-qamariy kalendarda kabisa yillari tartibi arab davriyligiga ko‘ra hisoblanadi. Unda 30 yilda 11 ta kabisa yili mavjud. Kabisa yilidagi bir kun zulhijja oyi oxiriga qo‘shiladi. Hijriy yil milodiy yilga nisbatan qisqa (354 yoki 355) bo‘lgani bois, yil boshi har yili ma’lum vaqtda kelmaydi. Kelgusi yil oldingi yilga nisbatan 10, 11 yoki 12 kun (yilning oddiy yoki kabisa bo‘lishiga qarab) erta keladi. Milodiy hisobda o‘ttiz uch yil, hijriy hisobda o‘ttiz to‘rt yilga barobar bo‘ladi.

Islom dini tarqalgan barcha mamlakatlarda hijriy-qamariy yil hisobi diniy kalendar sifatida qabul qilingan. Ro‘za, xayit, haj kabi islomiy ibodatlar shu kalendar asosida olib boriladi. Hijriy-qamariy yil hisobi VIII asrdan boshlab islom dini, arab tili va yozuvi bilan birga O‘rta Osiyoga kirib keldi. XX asrning birinchi choragiga qadar O‘rta Osiyo shu yil hisobidan foydalandilar.



Hijriy qamariy yil oylari



Oy nomlari

Kuni

1.

Muharram

30

2.

Safar

29

3.

Rabiul - avval

30

4.

Rabiul - oxir

29

5.

Jumodiul - avval

30

6.

Jumodiul - oxir

29

7.

Rajab

30

8.

SHa’bon

29

9.

Ramazon

30

10.

SHavvol

29

11.

Zul - qa’da

30

12.

Zul - hijja

29 - 30


Hijriy-shamsiy yil hisobi. Milodiy 1079 yilda Saljuqiylar sultoni Jaloliddin Malikshoh YAzdigird yil hisobini isloh qilish to‘g‘risida buyruq beradi. Kalendar islohoti maxsus tuzilgan hay’at tomonidan o‘rganib chiqiladi. Unga shoir va olim Umar Xayyom (1040-1123) rahbarlik qiladi. Kalendar Eron shohi Malikshoh tomonidan 1079 yil 16 martda (bu davrda yulian kalendari bo‘yicha bahorgi teng kunlik shu kunga to‘g‘ri kelardi) yoki hijriy oy kalendari bo‘yicha 471 yilning ramazon oyiida qabul qilindi. YAngi kalendarda yilning boshlanishi bahorgi tengkunlikka to‘g‘ri kelishi kerak edi. CHunki o‘sha vaqtda yangi yilning boshlanishi bahorgi teng kunlikdan deyarli bir hafta uzoqlanib, 14-16 martga to‘g‘ri kelib qolgan edi. Agar yangi yil 20, 21 va 22 martdan boshlansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Umar Xayyom boshchiligidagi hay’at yangi yilni bahorgi tengkunlikdan boshlaydi va buning uchun kabisa yili tanlab olinadi. Bu kalendarda ham YAzdigird yil hisobidagi kabi bir yil 12 oyga bo‘linadi va har bir oy 30 kundan iborat bo‘ladi. Bu kalendar YAzdigird kalendaridan farqli o‘laroq kabisa yiliga 6 kun ham qo‘shilgan. Kalendarda har 33 yil bir davr hisoblangan. Unda har o‘ttiz uch yilda sakkiz marta kabisa yili kelgan. Bunda kabisa kuni etti marta to‘rtinchi yil oxiriga, sakkizinchi kabisa kuni esa beshinchi kabisa yili oxiriga qo‘shilgan. Bu kalendar hijratning birinchi yili 622 yildan boshlab hisoblanadi. Kalendarning tadbiq etilgan kuni hijriy 471 yil 10 ramazon, (YAzdigird hisobi bo‘yicha 448 yil 19 fevraldan) 1079 yil 16 martga to‘g‘ri keladi. Ushbu sana hijriy-shamsiy hisobi bo‘yicha 458 yilning birinchi boshlanish kuni - bahorgi tengkunlik kuni (Navro‘z) bo‘ldi. Bu kalendar Umar Xayyom kalaendari deyilishi bilan birga saljuqiylar sultoni Jaloliddin Malikshoh nomi bilan Jaloliy kalendari deb nom oldi. Umar Xayyom kalendari dunyoda bugungi kungacha yaratilgan mukammal kalendarlardan biri hisoblanadi. Unda xatolik bir sutkaga etish uchun 4500 yil kerak bo‘ladi. Bu esa kalendarning aniqlik darajasi qanchalik yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Umar Xayyom kalendari XIX asr o‘rtalarigacha Eronda qo‘llanildi. Keyinroq hijriy-shamsiy kalendari isloh etilib, oylarning kun miqdori burj oylarining kun miqdoriga to‘g‘rilanadi. SHu vaqtdan boshlab hijriy-shamsiy kalendarida qadimgi Eron oylarining nomi ham qo‘llanila boshlandi. Ularning tartibi quyidagicha:


1. Farvardin-hamal (qo‘y)

2. Ordibexisht-savr (xo‘kiz)

3. Xurdod-javzo (egizak)

4. Tir-saraton (qisqichbaqa)

5. Murdod-asad (arslon)

6. SHaxrivar-sunbula
7. Mexr -mezon

8. Obon -aqrab (chayon)

9. Ozar-qavs (yoy) 76

10. Day -jadi (echki)

11. Baxman-dalv (qovg‘a)

12. Isfand-xut (baliq)

1925 yil 21 martda Eronda yangi quyosh hijriy kalendari joriy etildi. Bu kalendarning erasi hijriy, ya’ni 622 yilning bahorgi tengkunligidan boshlanib, oddiy va kabisa yillarining uzunliklari 365 (366) kundan har yilning 12 oyidan dastlabki olti oyi 31 kundan, keyingi beshtasi esa 30 kundan va oxirgi o‘n ikkinchi oyi oddiy yillari 29, kabisa yillari esa 30 kundan iborat. Eronning ushbu rasmiy kalendarida oylar, qadimgi oylar nomi bilan ataladi. Ushbu kalendarda kunlar sonining yuqoridagidek taqsimlanishi tasodifiy bo‘lmay, Quyoshning yillik ko‘rinma harakatini o‘zida aks ettiradi.

Afg‘oniston rasmiy kalendari ham hijriy-shamsiy kalendar bo‘lib, uning asosida 1911 yili Eron bilan bir vaqtda qabul qilingan “Burjiy kalendar” yotadi. Bu kalendarda oylarning nomi burj yulduz turkumlarining nomlari bilan hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jaddi, dalv va xut deb yuritilib, ularda kunlarning soni 29, 30, 31 va ba’zan hatto 32 kun bo‘lardi. SHuning uchun ham bu kalendar noqulay edi. Natijada, 1958 yilga kelib (hijriy-shamsiy yil bo‘yicha 1337 yili) afg‘on kalendari ma’lum darajada Eronning hijriy-shamsiy kalendariga yaqinlashtirildi. Bu uchun 32 kunlik javzo oyi kunlarining soni 31 ga tushirilib, o‘ninchi oy - jaddi oddiy yillari 29 kunga, kabisa yillari esa 30 kunga teng bo‘ladigan qilib qayta isloh qilindi. Natijada uning dastlabki olti oyi (hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula) Eron kalendaridagi kabi 31 kundan qilinib, keyingi jaddidan boshqa besh oyi (mezon, aqrab, qavs, dalv va xut) 30 kun qilib belgilandi. Eron va Afg‘on kalendarlari bo‘yicha sanalar to‘la mos kelgani holda oddiy yillarida oxirgi ikky oy dalv va hut bir-biridan bir kunga farq qiladi.

Hijriy-shamsiy kalendar yilning muayyan vaqtida bahorning birinchi kuni (navro‘z)da boshlangani uchun fasllar, ob-havo va tabiatda yuz beradigan davriy hodisalarni kuzatib borishda qulay. SHuning uchun ham qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq ishlarni olib borishda undan foydalaniladi.

Hijriy-shamsiy yil oylari 622 yil 21 martdan, ya’ni kecha va kunduzning uzunligi barobar bo‘lgan kundan boshlab hisoblanadi. Yil davomiyligi huddi grigorian kalendari singari 365 yoki 366 kundan iborat bo‘ladi. Bu hisob Quyoshning davriyligiga asoslangani uchun oylar doimo yilning ma’lum bir vaqtida keladi.



Qiziquvchilar uchun astronomik ma’lumot

Donishmand ajdodlarimiz hali qadimdan samoviy yoritgichlarning o‘rni va ularning harakat qonuniyatlariga oid ma’lumotlarni bilganlar, shular asosida vaqt, yil fasllari, dehqonchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik va boshqa ko‘pgina sohalardagi ishlar muddatini aniq, to‘g‘ri va bexato bilganlar. Masalan, xalq orasida mana bunday o‘gitsimon gaplar yuradi:

“YOtar vaqtingga qadar tarozi (yulduzlar turkumi) to‘g‘ringga kelsa, yozga ne qoldi”, “Hulkar botgach, cho‘pon suruviga qo‘chqor qo‘shadi”, “Tong yulduzi (Zuhra sayyorasi) ko‘tarilsa karvon yo‘lga tushadi”.

SHu yulduz turkumlari harakatini kuzatsangiz bu gaplar chindan ham ko‘p yillik tajriba va kuzatishlar asosida yuzaga kelganligiga to‘liq ishonch hosil qilasiz. YOki, YUsuf Xos Hojib bundan salkam X asr burun o‘zining “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asarida bahor va navro‘z haqida shunday yozgan edi:

Quyosh qaytdi yana kelib o‘rniga,

Baliq quyrug‘idan qo‘zi burniga.

YA’ni, Quyosh kecha va kunduzning tenglik nuqtasi–olam ekvatoriga qaytib, o‘rniga keldi va Baliq (Hut) burjidan Qo‘zi (hamal) yulduzlar turkumiga o‘tdi degan edi. Qiziq ajdodlarimiz hali o‘sha zamonlardayoq falakiyot ilmini shu qadar mukammal bilganlar.

Oqshom chog‘lari uzoq vaqt nazar tashlab tursangiz, osmon gumbazi va undagi adadsiz yulduzlar g‘arbga tomon birgalikda sekin siljib ketayotgandek tuyuladi. Qorong‘u tushgan paytda sharqda ko‘ringan yulduzlar saharga borib g‘arb tomonga o‘tadi, ba’zilari hatto botib, ko‘rinmay qoladi. Buning ma’nosi shuki, demak butun koinot harakat qiladi. SHunday ekan, har qanday harakatning ham o‘ziga yarasha muayyan o‘qi va uni o‘rtadan ikkiga bo‘lib turuvchi markaziy chizig‘i, ya’ni ekvatori bo‘ladi. Bu ekvator o‘z navbatida, butun olamni shimoliy va janubiy yarim sharlarga bo‘lib turadi. Bizga esa xuddi shu ulkan olamning faqat shimoliy yarim shari osmon gumbazi tarzida ko‘rinadi, xolos. Temir qoziq (kichik ayiq turkumining birinchi yulduzi) olamning shimoliy qutbi hisoblanadi. Janubiy yarim shar va uning qutbi (Nadir)ni biz ko‘ra olmaymiz.

Quyosh o‘zining yillik harakati davomida ikki marta olam ekvatorini (gradus 27 minut burchak bilan) kesib o‘tadi. Birinchisi, 21 mart oqshomida sodir bo‘ladi va bu paytda bahorgi teng kunlik holati kechadi. Ikkinchisi esa, ya’ni kuzgi teng kunlik 23 sentyabrga to‘g‘ri keladi. SHu ikki kunda kechasi ham, kunduzi ham baravar 12 soatdan bo‘ladi.

Quyosh olam ekvatoridan yuqoriga o‘tgan daqiqadan e’tiboran eramizning shimoliy yarim sharida bahor fasli boshlanadi. Janubiy yarim sharida esa kuz doxil bo‘ladi. Qadimgi YUnon, Rim, Misr va O‘rta Osiyo xalqlari yil fasllarini belgilash va kalendar tuzishda Quyoshning koinotdagi huddi shu harakatini asos qilib oladilar.

Quyosh olam ekvatorini kesib, shimoliy yarim sharga o‘tgan daqiqada yangi yil kiradi. Uning birinchi kuni, ya’ni 22 mart qadimgi SHarq va O‘rta Osiyoda, turkiy tilda “yilboshi” forsiyda esa “navro‘z” (yangi kun) deb yuritilgan. Navro‘z “sadi pok”, pok pokiza yuz, ya’ni tabiatda yuz kunlik qish sovuqlari tugadi, deb ham ataydilar. Hamma joyda yil boshi, navro‘z, navbahor, gul sayri, qozon to‘ldi tantanalari boshlanib ketadi.1

Muchal yil hisobi

Ajdodlarimiz arab istilosiga qadar o‘zlarining yil hisobiga ega bo‘lishgan. Muchal hisobiga asoslangan hisob ana shunday yil hisoblaridan biridir. Bu hisob turi uzoq davrlardan beri turkiy xalqlarda, jumladan, o‘zbek, qozoq, uyg‘ur, xitoy, turkman hamda mo‘g‘ul xalqlari o‘rtasida qo‘llanib yozma manbalarda, xujjatlarda, turli voqealarning sanasini (tarixini) aniqlashda, yohud qayd etishda istifoda etib kelingan. Qadimiy qo‘lyozma yodgorliklarining xotimasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda asarning yozilib tugallangan tarixi hijriy yili bilan berilishi barobar muchal hisobida ham ko‘rsatib o‘tilgani guvohi bo‘lamiz.

Muchal borasidagi dastlabki ma’lumotlar Beruniyning “Osorul –boqiya...”, Maxmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit-turk” va boshqa manbalar orqali bizgacha etib kelgan. Ulardan ma’lum bo‘lishicha, turklar 12 yilni o‘n ikki hayvon nomi bilan ataganlar va insonning tug‘ilishi, vafoti, jang tarixlari va boshqa muhim hodisa, voqealarning sodir bo‘lgan yilini aniqlashda ana shu yillarning aylanishiga suyanganlar.

Muchal yili 21 martdan boshlanadi. Kishining qaysi muchal yilida tavallud topganini hisoblab topish uchun tug‘ilgan yiliga 9 raqami qo‘shiladi, hosil bo‘lgan son 12 ga bo‘linadi, qolgan qoldiq muchal yili hisoblanadi. Masalan, biron kimsa 1976 yili tug‘ilgan bo‘lsa, uning muchal yili quyidagicha aniqlanadi:

1) 1976 + 9 q 1985

2) 1985 : 12 q 165 (5 qoldiq)

4 qoldiq qoladi. Unga 1 raqamini qo‘shsak 5 hosil bo‘ladi. Demak, 1976 yilning muchali Nak, ya’ni baliq (arablarda “timsoh”). Ba’zi hollarda bo‘lish amali bajarilganida qoldiq qolmaydi va qoldiqsiz bo‘linadi. U holda qoldiq 0 chiqsa, muchal yili hisobi bo‘yicha 12 muchal olinadi. Masalan:

1) 1983 + 9 q 1992

2) 1992 : 12 q 166 (0 qoldiq)

Bu holatda ushbu kimsa 12 muchal sohibi, ya’ni to‘ng‘iz muchali sohibi hisoblanadi. Ba’zi holatlarda yuqoridagi amal ishlatilib hisoblanganda muchal sohibi 12 emas, balki 1 muchal sohibi bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatga aniqlik kiritish uchun quyidagi tekshirish amalini bajarib ko‘rish o‘rinli hisoblanadi:

1) 1983 - 4 q 1979

2) 1979 : 12 q164 (11 qoldiq)

3) 11 + 1 q 12

YUqoridagi 2 amal bajarilgandan sung albatta 1 soni chiqqan qoldiqqa qo‘shiladi. SHundan so‘ng aniq bir son - 12 yoki 1 (12+1q13 emas, balki 1 bo‘ladi) soni kelib chiqadi. Bu esa muchal sohibining to‘ng‘iz yoki sichqon burjlarining aniq biriga tegishli ekanini ko‘rsatadi.



Burj

“Burj” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “yasanmoq”, “bezanmoq” degan ma’nolarni beradi. Astronomiyada Quyoshning yillik harakati doirasida 12 to‘p yulduz nomini bildiradi. Burj nomlari quyidagilardan iborat:





1. Hamal

2. Savr


3. Javzo

4. Saraton

5. Asad

6. Sunbula

7. Mezon

8. Aqrab

9. Qavs

10. Ja’di

11. Dalv

12. Hut


Etti sayyora - Oy, Utorid, Zuhra, Quyosh, Mirrix, Mushtariy, Zuhallar mana shu burjlarni turli vaqtlarda bosib o‘tadilar. Quyosh bir yil davomida, Oy bir oy ichida mazkur 12 burjni bosib o‘tadi. Burjlardan qo‘lyozma asarlarning yozib tugallangan muddatini belgilashda, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim hujjatlarning bitilgan yoki tasdiqlangan sanasini, hamda biron muhim hodisa voqealarning sodir bo‘lgan aniq vaqtini belgilashda ishlatib kelingan.
Tayanch tushunchalar:

Hijriy yil hisobi - hijriy yil musulmonlar yili bo‘lib, 622 yil 16 iyul, ya’ni Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilgan davridan boshlanadi. Hijriy yil ikki xil hisobga ega.

hijriy - qamariy yil hisobi - Oyning Er atrofida aylanish davri 29,5 kecha- kunduz hisobidan olingan.

hijriy - shamsiy yil hisobi - Erning Quyosh atrofini bir marta to‘liq aylanib chiqish davriga asoslangan.
Savol va topshiriqlar.

1. Musulmon oylari mazmunini izohlang?

2. Hijriy - shamsiy kalendarga ta’rif bering.

3. Hijriy - qamariy kalendarini ta’riflang.

4. Zahriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarida hijriy yilda berilgan sanalarni toping va milodiy yilga aylantiring.

5. Abu Rayhon Beruniyning asarlarida hijriy yil hisobiga oid qanday ma’lumotlar berilgan?



DALOLATNOMA
Tarix fakulteti “Tarix o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi t.f.n. O.Rahmatullaevaning 2015 yilning 15 oktyabr kuni 1-juftlikda “Tarix o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 1-bosqich T 101-102 - guruh talabalariga “Yordamchi tarix fanlari”dan “O’rta Osiyoda qo’llanilgan kalendarlar (hijriy yil hisobi)” mavzusida o‘tkazilgan ochiq ma’ruza darsi hujjatlari Nizomiy nomidagi TDPUning ARMiga topshirildi.
Ochiq dars hujjatlari:

1. Muqova

2. E’lon

3. Texnologiya modeli

4. Texnologik xarita

5. Ma’ruza matni



6. Kafedra qaroridan ko‘chirma
O‘quv-uslubiy seminar yig‘ilishi raisi: dots.SH.Atadjanov

Fan o‘qituvchisi: t.f.n. O.Rahmatullaeva

ARM vakili: ________________________



1 Maҳкамов A. Aвесто. - Т., 2001. - Б. 303-307.

2 Maҳмудов T. Aвесто ҳақида. - Т., 2000. - Б. 24.

3Юнoн, рим тaрихчилaри aсaрлaридa Сўғдиёнa шaклидa берилган. Ўзбекистoннинг мaркaзий қисмидa жoйлaшгaн бўлиб, унинг геoгрaфик ҳудудигa ҳoзирги Буxoрo, Нaвoий, Сaмaрқaнд вa Қaшқaдaрё вилoятлaри.

4 Беруний Aбу Райҳон. Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. – Т., 1968. –Б. 234.

1 Раҳмонқулова З. Хронология. . – Б. 88-89.

1 Нарзиқулов.А. Деҳқонлар тақвими. – Т: Меҳнат, 1991. – Б. 8-10.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling