Tarix va zamonamiz. Ulug’ ajdodlarimiz reja


Download 33.58 Kb.
bet1/9
Sana13.06.2022
Hajmi33.58 Kb.
#753020
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AMALIY-3
Maktabgacha ta, gazon haqida, ozon qatlami, govshare, ovshare, porshe, 20220318 124927, 2 5192877887660758239, lorem, 2 5285129168088995677, Ps xizmat-2018, AMALIY-4, AMALIY-8, AMALIY-2

Tarix va zamonamiz. Ulug’ ajdodlarimiz
REJA:
I.Kirish.
Vatan - muqaddas va buyuk maskan.
II.Asosiy qism:
1.Quyosh tafti bilan oshufta zamin muhabbati.
2.Yurtini qadrlashni bilgan kishining ertasi yorug‘.
3.Vatan qalbiga monand qadri baland avlod maskani.
III.Xulosa. Yoshlikdagi shijoat – kelajakka kafolat.
Har bir xalq hozirgi darajasiga yetgunga qadar juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgan. Bundan o‘zbek xalqi ham mustasno emas.
Markaziy Osiyo hududlarida azaldan yashab kelgan o‘g‘uz, qipchoq, uyg‘ur, nayman, uyshin, barlos, yuz, qirq, ming kabi ko‘plab qabilalar o‘zbek xalqining shakllanishida muhim o‘rin tutgan.
Otashzabon shoir Turdi Farog‘iy:
Tor ko‘ngullik beklar, «man-man» demang, kenglik qiling,

To‘qson ikki bovli o‘zbek yurtidir, tenglik qiling, —

deb yozganida o‘zbek xalqining tashkil topishida 92 urug‘ vakillari ishtirok etganligini nazarda tutgan edi.
Darhaqiqat, O‘zbekistonning qayeriga borsangiz, darxon, kenagas, jaloyir, bahrin, nayman kabi joy — urug‘ nomlariga duch kelishingiz mumkin. Bu nomlar shu joylarda muayyan qabila vakillarining yashab o‘tganligidan aks sado berib turadi.
Birgina «qipchoq» atamasini olib ko‘raylik. Qipchoqmahalla, Qipchoq­qishloq, Qipchoqovul, Qipchoqariq singari nomlar har bir tumanda, hatto har bir jamoa xo‘jaligida mavjud. Bu nom o‘zbek xalqining shakllanishi­da qipchoq qabilalarining munosib o‘rin tutganligidan dalolat berib turibdi. Bu gapni o‘g‘uz, qorluq-chigil-uyg‘ur qabilalariga nisbatan ham aytish mumkin.
Naql qiladilarki: «O‘tmishini unutgan, avlod-ajdodlarini bilmagan kimsalarning quldan farqi yo‘q». Aziz o‘quvchi! Xalqimizning kechmishini, uning tarixini puxta bilib olishga intiling. Zotan, kelajak Sizdan shuni talab qilmoqda.

Download 33.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling