Tarix-xalq ma’naviyatining asosidir


Download 26.84 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi26.84 Kb.
#150434
Bog'liq
Tarix-xalq ma'naviyatining asosidir






Tarix-xalq ma’naviyatining asosidir

Tarix - tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu maʼnoda olamning yaratilish tarixi, Yer tarixi, barcha fanlar tarixi va boshqa tushuniladi; Insoniyat va boʻlgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar oʻtmishi uning mahsuli, taraqqiyoti jarayonini oʻrganuvchi fan.

Tarix fani — insoniyatning butun oʻtmishi davomida jamiyat hayotida sodir boʻlgan voqea-hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini) yaxlit bir tarzda oʻrganadi. Tarix fani ijtimoiy gumanitar fanlar (falsafa, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, sanʼatshunoslik va boshqalar) tizimining tarkibiy qismi. Tarix fanining bu guruhdagi oʻrni uning tadqiqot predmeti va usullari bilan belgilanadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini oʻrgansa, tarix fanining tadqiqot obʼyekti — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining oʻtmishi va hoziri haqidagi faktlarni yigʻish, taxlil qilish, toʻplangan bilimlarni maʼlum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Tarix fani oʻtmishda sodir boʻlgan jarayon va hodisalar orasidagi oʻzaro bogʻliklik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantigʻi va maʼnosini koʻrish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarix tadqiqotlari natijalarigatayanadi. Fanlararo yondoshuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, oʻtmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini koʻra bilishdek muhim vazifani xal qiladi.

Insonda tarixiy xotira o'z Vatani tarixini, o'z xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Yaqin o'tmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari ko'pgina xalqlarni, jumladan, o'zbek xalqini o'z tarixidan judo qilish, ularni o'z o'tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qo'yildi, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi, uni yoshlarga o'qitish va o'rgatishga izn berilmadi.

Mustaqillik sharofati bilan Vatanimiz tarixi o'z o'rnini topdi, barcha o'quv maskanlarida talaba-o'quvchilarga Vatan tarixini o'qitish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, Vatan tarixini o'qitish yolga qo'yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning "Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'Imaydi", "Tarix - xalq ma'naviyatining asosidir", "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q", "O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi", "Inson uchun tarixdan judo bo'lish -hayotdan judo bo'lish demakdir" degan hikmatli so'zlari va ko'rsatmalari dasturilamal bo'Iib xizmat qilmoqda. O'z o'tmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo'ladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O'tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni to'g'ri tasavvur etadi. Muxtasar aytganda, Vatan tarixi insonlarda xalqning o'tmishi, hozirgi zamoni va kelajagi yagona tarixiy jarayon degan tushunchani shaklantiradi. Bu o'z navbatida odamlarni tarixiy jarayonlarning oddiy kuzatuvchisi bo'Iib qolishdan saqlaydi, ularni olg'a intilishga, taraqqiyotga ko'maklashishga undaydi.



Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib shuni aytishimiz mumkinki, tarix bu xalqning o’tmishda boshidan kechirganlaridir. Uni o’rganish esa bu xalqni o’tmishda boshidan kechirganlarini ko’rsatib beradi va avval qilingan xatolar, yutuqlardan xulosa chiqarishiga yordam beradi. Bundan kelib chiqadiki tarixni bilgan kishining kelajakka bo’lgan qarashlari anchayin rivojlanadi, dunyoqarashi o’sadi, ma’naviyati rivojlanadi.
Download 26.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling