Tarix Yandashov +99890 945-00-34 30 talik blok test


Download 245.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.08.2020
Hajmi245.54 Kb.
#128118
Bog'liq
2 5327997228080433250


Tarix_Yandashov                                           +99890 945-00-34 

30 talik blok test 

National Education – abituriyentlar maktabi 

 

1. Quyidagi sanalarni qaysi davlatning milliy bayram 

kuni ekaniga ko‘ra to‘g‘ri tartibda joylashtiring.x 

a) 25-may;    b) 4-iyul;    c) 14-iyul. 

1) AQSH;    2) Germaniya;    3) Fransiya;   4) Bolgariya; 

5) Argentina;    6) Misr. 

A) a-5, b-1, c-3         B) a-4, b-3, c-1        C) a-5, b-3, c-6 

D) a-4, b-2, c-3 



 

2. Yevropada 3-salib yurishlari tashkil qilinishiga olib 

kelgan jarayonni aniqlang. 

A) Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish 

B) musulmon hukmdorlarining Sharq va Janub 

tomondan salibchilarni siqib kelayotganligi 

C) ukasi tomonidan taxtdan tushirilgan Isaak II 

Angelga toj-u taxtini qaytarish 

D) Misr sultoni Salohiddin Ayubiyning salibchilardan 

Quddusni tortib olishi 

 

3. Quyidagi javob variantlarining qaysi birida hozirgi 

Tokio (a) hamda Kioto (b) shaharlarining qadimgi 

nomlari keltirib o‘tilgan? 

A) a – Edo; b – Xeyyan              B) a – Otsu; b – Xeyyan 

C) a – Otsu; b – Xanson             D) a – Edo; b – Xanson 

 

4. Karib inqirozi bo‘lib o‘tgan yilni belgilang. 

A) 1968-yil               B) 1959-yil             C) 1962-yil          

 D) 1974-yil 

 

5. Rasmda keltirib o‘tilgan Fransiya prezidenti haqida 

bildirilgan to‘g‘ri hukmni toping. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

A) Fransiya tarixidagi eng nufuzsiz prezident bo‘lib 

tarixga kirdi. 

B) 1995-yilgi saylovlarda g‘olib chiqib, ishsizlikka 

qarshi kurashni, jamiyatning boylar va qashshoqlarga 

bo‘linishini bartaraf qilishni asosiy vazifa deb e’lon 

qildi. 

C) uning prezidentlikka saylanishi Fransiyada ham  



Germaniyadagi singari multikulturalizm siyosatining  

barbod bo‘lganligini ko‘rsatdi. 

D) 1968-yili bo‘lib o‘tgan Parij talabalarining 

namoyishi natijasida iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. 



 

6. Quyidagi shaxslar tomonidan yozilgan asarlarni 

to‘g‘ri tartibda joylashtiring. 

1) Mirzo Shams Buxoriy;     

2) Muhammad Husayni Buxoriy;       

3) Mir Olim Buxoriy;     

4) Muhammad Amin Buxoriy. 

a) “Abdullanoma”;   b) “Bayoni va’zo havodisoti 

Buxoro, Xo‘qand va Qoshg‘ar”;  c) “Fathnomayi 

sultoniy”;    d) “Xoqonga foydali maslahatlar”;     

e) “Ubaydullanoma”;   f) “Qibla  tomonini topish 

ma’rifati”. 

A) 1-a; 2-d; 3-f; 4-c                   B) 1-b; 2-d; 3-a; 4-e       

C) 1-c; 2-f; 3-d; 4-b                   D) 1-b; 2-f; 3-c; 4-e 

 

7. 2017-yil 4-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan 

yurtimizga kelgan davlat rahbarini aniqlang. 

A) Almazbek Atambayev                B) Vladimir Putin  

C) Muhammad Ashraf G‘ani          D) Si Szinpin  



 

8. O‘smirligidan notiq bo‘lishni orzu qilgan qadimgi 

yunon faylasufi yashab o‘tgan asrda sodir bo‘lgan 

voqeani belgilang. 

A) Antiox Salavkiylar davlatida hokimiyat tepasiga 

keldi. 

B) Davan davlati tarix sahnasidan ketdi. 



C) mashhur yunon faylasufi Diogen yashab o‘tdi. 

D) Buyuk Ipak yo‘li vujudga keldi. 

 

 

9. Quyidagi hududlardan qaysi biri Fransiyaning 

janubida joylashmagan? 

A) Armorika          B) Tuluza           C) Klermon            

D) Avinon 



 

10. Misr arablar tasarrufida bo‘lgan davrni belgilang. 

A) VI–IX asrlar         B) VII–IX asrlar         C) VI–X asrlar             

D) VII–X asrlar 

 

 



11. Turkiyada kimning hukmronligi davrida arab 

alifbosidan voz kechilib, lotin alifbosi joriy etilgan? 

A) Musfato Kamol                  B) Sulaymon Demirel 

C) Turg‘ut O‘zol                      D) Rejep Erdo‘g‘on 



 

12. Quyidagi qaysi qo‘zg‘olon kuchayib ketishi 

ehtimolini sezgan podsho hukumati komissiya tuzib, 



Tarix_Yandashov                                           +99890 945-00-34 

30 talik blok test 

National Education – abituriyentlar maktabi 

 

vaziyatni o‘rganishga kirishgan hamda bu komissiya 



viloyatda paxta ekishning keng ko‘lamda avj 

oldirilishi, natijada boshqa muhim ekinlar keskin 

kamayganligi bunga sabab bo‘lganini ma’lum qilgan? 

A) 1879-yili Farg‘ona viloyatida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon 

B) 1875-yilgi Po‘latxon qo‘zg‘oloni 

C) 1898-yilgi Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni 

D) 1878-yilgi Yetimxon qo‘zg‘oloni 

 

13. Shaxmat va qog‘oz ixtiro qilingan mamlakatlarda 

dastlabki sivilizatsiya qaysi davrda vujudga kelgan? 

A) mil.avv. IV ming yillik           B) mil.avv. II ming yillik 

C) mil.avv. III ming yillik           D) mil.avv. I ming yillik 

 

14. Bir yilda tuzilgan tashkilotlarni belgilang. 

1) BMT;    2) O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi; 

3) Varshava Shartnomasi Tashkiloti;    4) NATO; 

5) Qo‘shilmaslik harakati. 

A) 1, 2            B) 3, 5             C) 2, 4             D) 2, 3 

 

15. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan hudud tarixi 

bilan bog‘liq ma’lumotni ko‘rsating. (XIX asrga oid) 

 

A) Ikkinchi Bolqon urushi natijasida mintaqaning 



yetakchi davlatiga aylandi. 

B) 1827-yili Londonda Buyuk Britaniya, Fransiya va 

Rossiya tomonidan bu davlatga muxtoriyat huquqi 

berilishini ko‘zda tutuvchi bitim imzolandi. 

C) 1826–1828-yillarda Kavkazda o‘z hukmronligini 

o‘rnatish uchun Rossiya bilan olib borilgan urushlarda 

mag‘lubiyatga uchradi. 

D) 1876-yil 23-dekabrda konstitutsiya qabul qilindi. 

 

16. Quyidagi qaysi voqeadan keyin Xiva xonligi ancha  

vaqtgacha Rossiya tomonidan hujum bo‘lishi xavfi 

ostida yashadi? 

A) “xonlar o‘yini” boshlanganidan keyin 

B) A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi  

ekspeditsiya halokatidan so‘ng 

C) Rossiya tomonidan O‘rta juz va Kichik juz xonliklari  

bo‘ysundirilgach 

D) V.Perovskiy ekspeditsiyasi natijasida 

 

17. Quyidagi ma’lumotlarni ular sodir bo‘lgan vaqtiga 

ko‘ra to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring. 

1) o‘zbek kurashi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi; 

2) O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi tuzildi; 

3) O‘zbekiston kurash federatsiyasi tuzildi; 

4) Xalqaro kurash Assotsiatsiyasi tuzildi. 

A) 2, 3, 4, 1             B) 3, 2, 1, 4            C) 3, 4, 2, 1 

D) 2, 4, 1, 3 

 

18. Quyida keltirilganlardan XIX asr oxiri – XX asr 

boshlaridagi AQSH tarixi bilan bog‘liq atamalarni 

belgilang. 

1) “Linch sudlari”;    2) “Ku-kluks-klan”;    3) “Yo‘g‘on 

kaltak”;    4) “Dehqonlar banki”;    5) “irredentizm”. 

A) 2, 4, 5            B) 1, 3, 4            C) 2, 3, 5            D) 1, 2, 3 



 

19. Yangi podsholikning obro‘yini oshirish uchun 

Koreya tevonguni yaponlar bosqini paytida yonib 

ketgan qaysi saroyni tiklaganini aniqlang. 

A) Chxomsonde              B) Kanxva             C) Pulguksa       

D) Kyonbokkun 

 

20. Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi bo‘lib o‘tgan 

Muqanna qo‘zg‘oloni jahon tarixidagi qaysi shaxsning 

hukmronlik davriga to‘g‘ri keladi? 

A) Buyuk Karl     B) Yustinian I     C) Amvrosiy Avrelian            

D) Otton I 

 

21. 1856-yilda Hirot shahrini (a) hamda 1885-yilda 

Kushka shahrini (b) egallagan davlatlarni belgilang. 

A) a – Eron; b – Rossiya      

B) a – Afg‘oniston; b – Buyuk Britaniya 

C) a – Rossiya; b – Buyuk Britaniya 

D) a – Qo‘qon xonligi; b – Rossiya 



 

22. O‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun 

tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi 

qanday nomlangan? 

A) gildiya         B) aksionerlik kompaniyasi       C) birja           

D) karavella 

 

23. Qadimgi Afina davlati tarixi bilan bog‘liq to‘g‘ri 

ma’lumotlarni belgilang. 

1) o‘g‘il bolalar 14 yoshdan boshlab oppoq toga kiya 

boshlaganlar;  2) puldor ota-onalarning farzandlari 

palestra – xususiy gimnastika maktablarida tahsilni 


Tarix_Yandashov                                           +99890 945-00-34 

30 talik blok test 

National Education – abituriyentlar maktabi 

 

davom ettirishgan;   3) tut daraxtini yetishtirish asosiy 



mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan;   4) yetti yoshdan 

boshlab bolalarga yozuv va hisob o‘rgatilgan;     

5) to‘la-to‘kis huquqlarga ega bo‘lmagan, shaxsan 

ozod kishilar – perieklar ham yashagan;  

6) grammatika (o‘rta maktab)da tarix, geografiya, 

geometriya, musiqa va astronomiya o‘qitilgan. 

A) 1, 6          B) 2, 4           C) 3, 6           D) 2, 5 

 

24. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II tomonidan 

qurilgan Nurullaboy saroyi nechta xonadan iborat 

bo‘lganligini aniqlang. 

A) 100 dan ortiq              B) 50 ta                C) 7 ta 

D) 16 ta 

 

25. Quyidagi ijodkorlarni bizgacha saqlanib qolgan 

asarlari soniga ko‘ra to‘g‘ri ketma-ketlikda 

joylashtiring. 

1) Ahmad al-Farg‘oniy;    2) Ahmad Yugnakiy;     

3) Imom al-Moturidiy;    4) Muhammad al-Xorazmiy. 

A) 1, 4, 3, 2                 B) 4, 1, 2, 3              C) 1, 3, 2, 4           

D) 4, 1, 3, 2 

 

26. Shermuhammad Munisning otasi Amir Avazbiy 

vafot etgan yili qaysi hukmdor ham vafot etgan? 

A) Olimxon         B) Eltuzarxon       C) Amir Shohmurod 

D) Avaz Muhammad 

 

27. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida amalga oshirilgan 

quyidagi ixtirolardan qaysilari ingliz olimlari nomi 

bilan bog‘liq? 

A) siyraklashtirilgan havodagi katod nurlari, atomning 

planetar modeli, simsiz telegraf, raqamli hisoblash 

mashinalari 

B) nisbiylik nazariyasi, ichterlama, metallurgiyada 

avtomatlashtirish, benzin bilan ishlaydigan yengil 

dvigatel 

C) elektr bilan payvandlash usuli, samolyotlarni 

avtomatik boshqarish, fonograf, birinchi issiqlik elektr 

stansiyasi 

D) temir-beton, mikrobiologiya va immunologiya fani, 

piroksilinli tutunsiz porox, tikuv mashinalarini 

dasturlashtirish  

 

28. Quyidagi inshootlardan qaysi birining bo‘yi 

balandroq? 

A) Ulug‘bek rasadxonasi                 B) Sfinks haykali                

C) Ajinatepa buddasi haykali        D) Trayan ustuni 



 

29. 1930-yillarda sovet  rejimi tomonidan to‘qib  

chiqarilgan “badriddinovchilik ishi”ning rahbari qaysi  

lavozim egasi bo‘lgan? 

A) O‘zbekiston SSR Maorif xalq komissari 

B) O‘zbekiston SSR Oliy sudining prokurori 

C) O‘zbekiston SSR XKS raisi 

D) O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi  

 

30. Jadvalda harflar bilan belgilangan kataklarga mos 

keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni 

toping. 

Hukmdorning 

otasi 

Hukmdor 

Hukmdorning 

vorisi 

Shoh Jahon 

Avrangzeb 

Olamgir 


Amir 


Shohmurod 

Igor 


Vladimir 



Ma’lumotlar:  

1) Akbarshoh;   2) Jahongir Mirzo;   3) Muhammad 

Rahimbiy;    4) Doniyolbiy otaliq;    5) Amir Nasrullo;   

6) Amir Haydar;    7) Svyatoslav;    8) Oleg. 

A) a-2, b-3, c-6, d-7              B) a-1, b-4, c-5, d-8    

C) a-1, b-3, c-5, d-8              D) a-2, b-4, c-6, d-7  



 

 

Download 245.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling