«Tarix» (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha) yo`nalishi 211-tarix guruhi talabasi Rahimboyev Hurmatning “O‘rta asrlarda Xorazm vohasida qurilish madaniyati tarixi


II bob. Xorazm vohasining qishloq va shaharlari mudofaa tizimini arxeologik jihatdan o’rganish tarixshunosligi


Download 252.86 Kb.
bet4/6
Sana10.09.2022
Hajmi252.86 Kb.
#803743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Hurmat (3)
Guruh web yakuniy nazorat, Kirish Assosiy qism Differensial formalar (1), Olefiny, ОН.1Курс ГИСТО, Bekimbetov Og\'abek, Differensial kuchaytirgich haqida tushuncha de642343644675a069edf3eb41982e31, Meh. Industriyasi (1), Gulchehra (Автосохраненный), Reja, GEOGRAFIYA 2021-2022 ISH REJA, 6-ma\'ruzaа, 2 5402461811985355017, 8-sinf sinf soati ish reja va konspekti, 6-7-8-9-10-11-sinf biologiya ish reja 2022-yil
II bob. Xorazm vohasining qishloq va shaharlari mudofaa tizimini arxeologik jihatdan o’rganish tarixshunosligi.
II.1. S.P. Tolstov rahbarligida arxeologik o’rganishlar
Tuproqqal’aning janubi-g’arb tomonida 1000×1250 metr uzunlikdagi devor bilan o’ralgan harbiy mashq o’tkaziladigan maydon bo’lib, bu erda bayram kunlari xalq sayllari, turli tomoshalar o’tkazib turilgan.
Tuprorqqal’a 305 yilgacha, ya’ni IV asr boshlarigacha Xorazmshoxlar davlatining poytaxti bo’lgan.
Taniqli nemis olimi Eduard Meyer (1855-1930) miloddan avvalgi 355 yilgacha bo’lgan qadimgi Sharq tsivilizatsiyasi haqida “Istoriya drevnosti” kitobida O’rta Osiyoda miloddan avvalgi IV asrda feodalizm jamiyati bo’lganligini bayon etgan. 1938 yili ingliz tarixchi-tadqiqotchisi V.V.Tern Iskandar Zulqarnay (miloddan avvalgi 356-323 y.y.)dan avvalgi davrda so’g’diylarda “feodal lordlar” va “baronlar”, hatto Geradot (miloddan avvalgi V asr) davridagi O’rta osiyolik varvar-massagetlarda, ya’ni xorazmliklarda “feodal aristokratiyasi” bo’lganligini ko’rsatgan.
Tuproqqal’a saroyidan, asosan “Shoxlar zalidan” turli shakl va ko’rinishdagi juda ko’p haykallarning topilishi alohida ma’no kasb etadi. Arxeolog – tarixchi olim Yuriy Rapaport o’zi gapirib berganidek “Shoxlar zali” devorlari bo’ylab ishlangan supada 27 haykal – zardushtiylik dini oliy xudosi Axuramazda va turli ilohlarning haykallari o’rnatilgan. Bu bir tomondan davlatni ham, dinni ham Shoxning o’zi boshqarganini bildiradi. Ikkinchi tomondan esa haykallarining bunday joylashtirilishi 32 yillik tizimdagi qadimgi Xorazm kalendari bilan bog’liq. Bu kalendar Saturn yulduzining Quyosh atrofida 32 yilda bir marta aylanishiga asoslanib tuzilgan bo’lib, bir yil 365 kun, 12 oy, har oy 30 kundan iborat bo’lgan. Oyning 30 kuni zardushtiylik dinidagi oliy xudo Axuramazda va 26 ilox nomi bilan atalgan. Oliy xudo Axuramazda to’rt xil nomda yuritilgan. Shu bois bu supaga 27 haykal o’rnatilagn. Demak, yurtimizda haykaltaroshlik ham juda qadimiy bo’lib, u ilm-fan, madaniyat va din bilan bevosita bog’liq bo’lgan. Tuproqqal’a va uning atrofidagi aholi suvsizlik tufayli milodiy VI – asrda boshqa joylarga ko’chib ketgan.

Qo’rg’oshin qal’a yodgorligi (mil.av. IV-III asrlar), Jonbos qal’a yodgorligidan 17 km. shimolda joylashgan. Tuzilishi jihatdan to’rtburchak shaklga ega bo’lib, uning yaxshi saqlanib qolgan devorlarining balandligi ba’zi joylarda 14-16 m. ga yetadi. Uning pastki qismlari paxsa g’ishtdan qurilgan bo’lib, undan so’ng, tamg’ali kvadrat g’isht terib chiqilgan. Devorlar (burchak tomonlarini hisobga olmaganda) uzun va qisqa tomonlarida uchta minora bilan mustahkamlangan. Qal’a janubiy-g’arbiy tomondan tashqari, har tomondan to’siq devori bilan o’rab olingan. Qal’a, taxminlarga ko’ra, Qadimgi Xorazm davlati ichki qismini dasht qabilalari bosqinidan himoya qilgan. Qal’aning nomi turkiy “qo’rg’oshin” so’zidan olingan deb hisoblanadi va ushbu modda, taxminlarga ko’ra, bu yerdan uzoq bo’lmagan hudduddan qazib olingan.
Chilpiq (I - IV, IX - XI asr) Nukusdan 43 km. janubda, Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi tabiiy yassi tepalikning cho’qqisida joylashgan. Zardushtiylik odatlariga ko’ra, bu yerga o’liklarning suyaklarini yumshoq qatlamidan tozalash uchun olib kelishgan. Afsonaga ko’ra, qadim zamonlarda keksa odamlarni tog’larda qoldirib kelish orqali ulardan voz kechish urf bo’lgan ekan. Bir kun, Chilpiq ismli yosh yigit ham o’z otasini toqqa olib borishga qaror qilibdi. Tepalikka chiqish yo’lida u nafas rostlashga qaror qildi. Buni ko’rgan uning otasi kulib yubordi. Chilpiq so’radi: “Nega kulyapsiz? Ahir men sizni tepalikda qoldirib kelmoqchimanku?”. Otasi javob berdi: “Men ham otamni tepalikka olib chiqayotib, aynan manu shu yerda dam olgan edim, shu esimga tushib ketdi”. Shundan so’ng u otasini qoldirib kelish fikridan qaytib, unga o’z uyida maxfiy tarzda g’amxo’rlik qila boshladi.

Uning bu qilmishi uchun o’lim jazosiga hukm qilishlari mumkin edi. Oradan bir qancha vaqt o’tgach, ushbu mamlakatning podshohi xastalikka uchradi. Hamma yoqdan tabiblar olib kelindi ammo, ularning hech biri podshohning xastaligiga davo topa olishmadi. Shunda, Chilpiqning otasi podshoh bir o’simlikning damlamasidan shifo topishini aytdi. Chilpiq podshohning oldiga borib, unga bu xabarni yetkazdi. Damlama podshohni tuzatdi va podshoh ushbu ajoyib o’simlikni qayerdan olganligi haqida so’radi. U javob berdi: “Agarda siz mening bir qoshiq qonimdan kechsangiz, men ushbu sirni oshkor etaman”. Podshoh rozi bo’ldi va u haqiqatni oshkor etdi: ”Bu haqida menga men sirli ravishda g’amxo’rlik qiladigan otam aytdi. Agarda siz bundan xabar topganingizda, meni qatl qilgan bo’lar edingiz”. Ushbu voqeadan so’ng podshoh farmon chiqardi: Bugundan boshlab, keksalarni tog’larga tashlab kelinmaydi, balki, ularga o’z ajallari yetguncha g’amxo’rlik qilinadi”.


Ayozqal’a – uch yodgorlikdan iborat. Tabiiy tepalik ustida joylashgan Ayozqal’a-1 qo‘rg‘oni miloddan avvalgi IV—III asrlarda qurilgan
Ayozqal’a-2 qo‘rg‘oni VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asr boshlariga tegishli bo‘lib, XIII asrda uning bir qismidan turar joy sifatida foydalanilgan. Hozir bu joyda “Ayozqal’a” turistik kempingi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qo’yqrilgan qal’a qazish ishlari to’liq o’tkazilgan kam sonli qadimiy inshootlardan biri bo’lib, u o’zining o’ziga xos me’morchiligi bilan ajralib turadi. Dastlab, u ikki qavatli doira shaklidagi, tuynukli ikki qavat aylana devor bilan mustahkamlangan va kengligi 15 m. va chuqurligi 3 m. bo’lgan xandaq bilan o’ralgan inshoot bo’lgan. Olimlarning fikricha, dastlab Qo’yqrilgan qal’a muqaddas bino hisoblanib, u astronomik tadqiqotlar olib borish uchun ehtimol bilan, Fomalgaut yulduzi uchun bag’ishlangan.
Ilk Qo’yqrilgan qal’a (mil.av.IV-III asrlar) butun inshootning mahobati bilan, jumaladan markaziy binosi, mudofaa tizimining rivojlanganligi va katta omborlari bilan ajralib turgan. Ushbu omborlardagi tamg’alangan xumlarda va bug’doy saqlash uchun kovlangan chuqurlarda oziq-ovqat mahsulotlari zahiralari saqlangan. Garchi inshoot saqlanib qolmagan bo’lsa ham, unga tegishli mifologik syujetli badiiy sopol idishlari, isiriqdonlar, pog’onali qurbongohlari, ba’zilari Xorazm panteoni ma’budlarini aks ettirgan terrakota haykalchalar saqlanib qolgan. Ko’p yillar davomida yodgorlikning qarovsiz holati davrida uning katta ibodatxona markazi sifatidagi an’anasi saqlanib qoldi va unga ossuariylar joylashtirildi.



Download 252.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling