«Tarix» (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha) yo`nalishi 211-tarix guruhi talabasi Rahimboyev Hurmatning “O‘rta asrlarda Xorazm vohasida qurilish madaniyati tarixi


Miloddan avvalgi VI- milodiy IX asrlar qishloq va shaharlar mudofaa tizimining arxeologik jihatdan o’rganilishi


Download 252.86 Kb.
bet5/6
Sana10.09.2022
Hajmi252.86 Kb.
#803743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Hurmat (3)
Guruh web yakuniy nazorat, Kirish Assosiy qism Differensial formalar (1), Olefiny, ОН.1Курс ГИСТО, Bekimbetov Og\'abek, Differensial kuchaytirgich haqida tushuncha de642343644675a069edf3eb41982e31, Meh. Industriyasi (1), Gulchehra (Автосохраненный), Reja, GEOGRAFIYA 2021-2022 ISH REJA, 6-ma\'ruzaа, 2 5402461811985355017, 8-sinf sinf soati ish reja va konspekti, 6-7-8-9-10-11-sinf biologiya ish reja 2022-yil
1.2. Miloddan avvalgi VI- milodiy IX asrlar qishloq va shaharlar mudofaa tizimining arxeologik jihatdan o’rganilishi
Bino tashqi aylanasining qurilishi -(mil.av.I asr-mil. IVasr) undagi bir biridan alohida joylashgan aholi yashash majmualari, alohida oshxona va omborxonalar, suf va turlli xil o’choqlarga ega diniy marosimlarni o’tkazishga mo’ljallangan xonalar bilan ajralib turadi.
Qazilma ishlari davomida topilgan terakotta va alebastr haykalchalar, sopol suvdondagi relyeflar, haykaltaroshlik sopol savatcha va ossuariylari, devoriy tasvirlar bo’laklari va toshga o’yilgan yozuvlar Qadimgi Xorazmning o’ziga xos san’atini ask ettiradi. Ushbu topilmalar orasida Markaziy Osiyoga oid qadimgi qo’lyozmalarning namunalari ham mavjud.
Pil qal’a yodgorligi (mil.av.IV-II asr.- milodiy VII-VIII asrlar) Beruniy shahrining shimoliy qismida joylashgan. Uning devorlari bo’ylab, yarim oval shaklidagi nayzasimon minoralar joylashtirib chiqilgan.
Qal’a hududidan Afrigidlar sulolasi hukmdorligi davriga oid sopol buyumlar topilgan. Janubiy-g’arbiy minorada boshi shimoli-g’arbiy tomonga qaratilib dafn qilingan jasadning qabri topilgan. Qabrning sharqiy tomonida XIII-XIV asrlarga oid romb shaklidagi uch o’qning uchi topilgan.
Yodgorlikning yana bir nomi- “Fir qal’a” ham mavjud va bu Firg’ sulolasi asoschisining ismi bilan bog’liq deb hisoblanadi. Turk lahjasida “f” tovushi “p” ga, “r” tovushi esa “l” ga aylanishi natijasida, qal’a yanada tushunarliroq “Pil-qal’a” nomini olgan.
Katta Guldursun (mil.av. IV-III asrlar- milodiy III, XII-XIII asrlar) haroba - ilk antik davrda paydo bo’lganiga qaramasdan, Xorazmshohlar sulolasing eng yorqin yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U Qadimgi Xorazmning eng katta qal’alaridan biri hisoblanadi. Katta Guldursunning maydoni 80, 500 m.2 (350x230 m.) bo’lib, uning tuzilishi noto’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lgan va burchaklari asosiy tomonlarga yo’naltirilgan. Qal’aning darvozasi sharqiy devorning o’rtasida joylashgan.
Qal’aning devorlari pastki qismidagi antik devorlar va minoralar paxsadan, uning keyingi qismlari esa xom g’ishtdan qurilgan. Devorlar hozirgi kungacha o’z balandligini yo’qotmagan va ba’zi joylarda u 15m gacha yetadi. Keyinchalik, XII-XIII asrlarda ushbu devorlar Xorazmshohlar tomonidan qayta qurilgan. Qal’a istehkomlari ikki qavat mustahkam minoralaga ega tashqi devor bilan yanada mustahkamlangan. 
O’rta asrlarda qal’a asosan faqat strategik maqsadlarda ishlatilgan va unda deyarli aholi istiqomat qilmagan. Qazilmalar davomida qal’aning ichidan ko’plab antik va o’rta asrlarga oid sopol buyumlar, bronzadan yasalgan buyumlar va bezaklar, antik va o’rta asrlarga oid tangalar topilgan. Ushbu tanga topilmalaridan shunday xulosa qilish mumkinki, Katta Guldursun hududidagi eng so’nggi aholi istiqomat qilgan davr- Xorazm mo’g’ullar tomonidan bosib olingan, Muhammad Xorazmshoh hukmdorligi davri, 1220-yilga borib taqaladi.
Katta Guldursunning katta xarobalari afsona ertaklar bilan qamrab olingan. Yaqingacha, xalq orasida qal’a ichida yashirin yer osti yo’li borligi va u vahshiy ajdar tomonidan qo’riqlanishi to’g’risidagi rivoyat keng tarqalgan edi. Agarda kimdir Guldursun xazinasi ilinjida pastga tushsa, uni katta omadsizlik kutishiga ishonilgan.


Xulosa
O’rta Osiyo va Xorazm arxitekturasining o’xshash jihatlariga bag’ishlangan bobga yakun yasar ekanmiz, qadimgi Xorazm harbiy arxitekturasi bag’oyat o’ziga xos va mustaqil sohaligini ta’kidlashni lozim, deb hisoblaymiz. Xorazmning atrof dunyo, eng avvalo, Baqtriya, So’g’d, Marg’iyona va Parfiya bilan aloqasi uning madaniyatiga so’zsiz, ta’sir o’tkazgan. Bu jihatdan xorazmcha mudofaa tizimi qadimgi Baqtriya va So’g’d mudofaa tizimiga yaqinligi yaxshi ko’rinib turibdi. Xorazmning atrof dunyo bilan aloqalari uning madaniyatiga so’zsiz ta’sir o’tkazgan. Biroq qo’shni davlatlar, ayniqsa, Baqtriya va ko’chmanchilar bilan aloqalari, ularning yuqorida ko’rib chiqilgan ta’siri ayrim elementlarida aks etgan. Shu bilan birga Xorazm mudofaa inshootlari o’ziga xos xususiyatlari ega: ikki qavatli otish yo’laklaridan, yarim oval hamda “Qaldirg’ochdumi” shaklidagi burjlardan, peshdarvoza adashtirma yo’llardan, protey xizmatlaridan keng foydalanilgan.


Download 252.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling