Tarixchi olimlar bilan uchrashuv


Download 31.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.09.2023
Hajmi31.09 Kb.
#1679164
Bog'liq
tarixchi-olimlar-bilan-uchrashuv



1
Tarixchi olimlar bilan uchrashuv
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarixchi-arxeolog olim
Ahmadali Asqarov bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda olimning shogirdlari, professor-oʻqituvchilar, yosh
izlanuvchilar, talabalar ishtirok etdi.
Yurtimizda ilm-fan, madaniyat rivoji yoʻlida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yurtimiz
tarixini oʻrganish, xususan, arxeologik izlanishlar olib borish natijasida ajdodlarimizdan qolgan boy moddiy-
madaniy merosimizni tadqiq etish ishlari jadallashmoqda. Ilm-fan yutuqlarining samarali tashkil etilishida
olimlarimizning hissasi beqiyos.
A.Asqarov yurtimizda nafaqat arxeologiya yoʻnalishida, balki tarix fanining taraqqiyotiga munosib hissa
qoʻshgan olimlardan biridir. Akademik mamlakatimiz fani va madaniyati taraqqiyoti yoʻlidagi samarali
mehnati sabab Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.
Tarixchi uch jildli “Oʻzbekiston tarixi” kitobi, “Oʻrta Osiyo tarixiy antropologiyasi”, “Oʻzbek xalqining kelib
chiqish tarixi”, “Janubiy Oʻzbekistonda bronza davri” kabi maʼlumotlarga boy monografiyalar, 450 dan ortiq
risolalar va ilmiy maqolalar muallifidir. Olimning asarlari rus, nemis, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishi, muhim arxeologik manzillar, arxeologiya
fanini oʻrganishning ahamiyati, keyingi yillarda olib borilayotgan arxeologik izlanishlar kabi mavzularda
soʻz bordi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga tarixchi-arxeolog olimdan toʻliq javob oldi.
http://uza.uz/oz/society/tarikhchi-olim-bilan-uchrashuv-07-09-2018

Download 31.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling