Tarixga oid terminlar
Download 19.17 Kb.
|
Tarixga oid terminlar
to\'plamlar ustidagi amallarning xossalari, SAMBO mustaqil talim, HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY, Boshlang`ich sinflarda tenglik va tehgsizlik tushunchalarini, Nomanfiy butun sonlar toplami, Unit 6 Lesson 6D Call me back, Предлоги, ЛИТЕРАТУРА КАК ДИСКУРС, 2 5233457911199434381, 888, mavzu 1, xolida, КРОССВОРД, Buxoro Davlat Universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va informatika yo
Tarixga oid terminlar A Akveduk-(yunoncha)-ustida shaharga suv keladigan anhori bo’lgan baland ko’prik. Altamir – (yunoncha) – Ispaniyadagi g’or nomi. Avlos – (yunoncha.avlos – karnay) – yunon puflama sozi. Avoriz – (arabcha) – favqulodda, odatdagidan tashqari soliqlar. Aditi – (qadimgihindcha – cheksizlik) – hind mifologiyasida tabiat va koinot ilohasi. Aymoq – (turkcha) – turkiy, m’g’ul qabilalarining urug’i. Albon – (turkcha) – chingiziylar davrida mahsulot bilan to’lanadigan soliq. Alay – (turkcha) – eski o’zbek tilida qo’shinning old qatori. B Butta – ( arabcha) – qadimgi vazn va hajm o’lchovi birligi. Bxarati – qadimgi hind mifologhiyasida notiqlik va qo’shiqchilik xudosi. Buxiya- qadimgi misrliklarning buqa qiyofali xudosi. Buxor – Buxoro xonligida zarb qilingan 15 tiyinlik tanga. Bo’g’in – (turkcha) – uzunlik o’lchovi.Bir tuya yuk degani. Ya’ni 2- 2,5santemetr. V Vahiy–(arabcha) – pichirlab gapirish, islom aqidasiga ko’ra, Alloh tomonidan Payg’ambar va farishtalarga yuborilgan buyruq, ko’rsatma. Vug’ – (arabcha) – shox, sopoldan yasalgan cholg’u asbobi. Vol – (hindcha ) – qadimda hind og’irlik o’lchov birligi. Vesta – qadimgi rimliklarda xonadon va olov ilohasi. Vantoz- (fransuzcha) – shamolli so’zidan olingan bo’lib, Fransuz Respublikasining 6- oyi. D Dabir – (sug’dcha) – Mamlakat hukmdorining shaxsiy kotibi. Davraq – (arabcha) -1020 grammmga teng og’irlik o’lchovi. Damgar – (forscha) – temirchilik ustaxonasida bosqonni bosib, olovni ajratib yuradigan xizmatchi. Darg’acha – (mo’g’ulcha) – mo’g’illarda chorva o’lchovini idora qiluvchi boshliq. Dahma – (forscha) – maqbara, yerosti yoki yerusti sag’anasi. Dahriy – (arabcha) – dinsiz kishi , attest. Denejka – (ruscha) –rus mis chaqasi. E Eres – (yunon. Tanlov, yo’nalish)-g’ayriodatiy diniy ta’limot. Y Yovraq – (forscha) – Qo’qon xonligida yuz jangchidan iborat to’pchi qo’shin qo’mondoni. Yom – (mo’g’ulcha) – yo’l. choparlar va yo’lovchilar qo’nadigan joy. J Jav – (forscha) – arpa, og’irlik o’lchovi. Jazba – (arabcha – tortish) – tasavvuf ta’limotida tortish Alloh tomonidan mansab berilishi. Z
Zag’oma – (forscha)-atrofi charm bilan o’ralgan, doira shakldagi quti, tarozi pallasi o’rnida ishlatilgan. Zolotnik – (ruscha) –qadimgi rus og’irlik o’lchovi. I Irida- qdimgi yunonlarning kamalak xudosi. Istor – (arabcha) – qadimgi og’irlik o’lchov birligi.qiymati 4,5misqolga teng. Ixor – qadimgi yunon mifologiyasida xudolarning aynimas qoni. K Kala – qadimgi yunonistonda iloh, vaqt ifodasi. Kama – qadimgi hind mifologiyasida muhabbat xudosi. Karama – (hindcha) – og’irlik o’lchovi. 0,743 dan o,990grammgacha. Karax – (hindcha ) – 2 kilometrga teng masofa. L Lavh –hajm o’lchovi.Hajm bo’yicha 520 litrga teng. Lakshmi –qadimgi hindlarda baxt va boylik xudosi. Lak- 100000 ga teng bo’lgan son miqdori. Lesxa–qadimgi yunonlarda yig’ilishga mo’ljallangan bino.Libitina – qadimgi rimliklarda dafn xudosi. M Maysara – (arabcha – so’l tomon) –o’rta asrlarda o’rta osiyoda harbiy sohada qo’llaniladigan atama. Manat – qadimgi arablarda qasos ilohas. Mijr – (arabcha ) – misr og’irlik o’lchovi. Meshok – (ruscha )-og’irlik o’lchov birligi.sochiluvchi mahsulotlarni o’lchashda ishlatiladi. Download 19.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling