Tarixi va atama etimologiyasi


Download 138.09 Kb.
Sana24.11.2020
Hajmi138.09 Kb.
#151180
Bog'liq
ALYUMINIY


ALYUMINIY

Alyuminiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning III davr IIIA guruh elementi. Atom raqami 13. Al (lotincha Aluminium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. Alyuminiy yengil metallar turkumiga mansub bo‘lib, metallar ichida eng keng tarqalgan metall sanaladi. Yerda tarqalganligi bo‘yicha alyuminiy kimyoviy elementlar ichida 3-o‘rinni egallaydi (kislorod va kremniydan keyin).

Oddiy modda shaklidagi alyuminiy - kumush rangiga ega, yengil, paramagnitik metall bo‘lib, uni quyush, qayta ishlash va umuman mexanik ishlov berish oson. Alyuminiy issiqlik o‘tkazuvchanlik va elektr o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra eng yaxshi metallardan biridir. Sirtida juda tezkorlik bilan mustahkam yupqa oksid qatlami hosil qilish xossasi tufayli, alyuminiy metali zanglashga nisbatan yuqori bardoshlilikka ega bo‘ladi.



Tarixi va atama etimologiyasi.


Alyuminiyni kashf qilgan olim � Xans Xristian Ersted (1777-1851)

Alyuminiyni birnichi bo‘lib 1825-yilda Daniyalik fizik Xans Xristian Ersted tomonidan alyuminiy xloridiga kaliy amalgammasini ta'sir ettirish yo‘li bilan olingan. Element nomi alumen ya'ni, lotin tilidagi achiqtosh so‘zidan yasalgan.

Dastlabki paytlarda olishning qiyinligi sababli, alyuminiy metali juda qimmat bo‘lgan. Sanoat misyosida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilguniga qadar alyuminiy oltindan ham qimmat yurgan.

Tabiatda tarqalganligi.

Alyuminiy Yerda tarqalganligi bo‘yicha metallar ichida birinchi, umuman kimyoviy elementlar ichida esa uchinchi o‘rinni egallaydi. Yer qobig‘idagi alyuminiyning massa ulushi 7,45-8,14% gacha deb baholanadi.

Yuqori reaksion faollogi sababli, Tabiatda alyuminiy deyarli istisnosiz ravishda faqat birikma holida uchraydi. Alyuminiyning tabiatda eng keng tarqalgan birikmalari quyidagilardir:

· Boksitlar – Al2O3·H2O (boksitlar tarkibida shuningdek, SiO2, Fe2O3, CaCO3 aralashmalari ham bo‘ladi);

 

Nefelinlar – KNa3[AlSiO4]4;



· Alunitlar – (Na,K)2SO4·Al2(SO4)3·4Al(OH)3;

· Korund (sapfir, qayroqtosh, qahrabo) – Al2O3;

· Dala shpati - (K,Na)2O·Al2O3·6SiO2, Ca[Al2Si2O8];

· Kaolinit - Al2O3·2SiO2·2H2O;

· Berill - 3ВеО·Al2О3·6SiO2;

· Xrizoberill (aleksandrit) - BeAl2O4.




Download 138.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling