Tarjima mas’uliyati deganda… Adib, tarjimon, munaqqid Ibrohim G’afurov bilan suhbat
Download 11.04 Kb.
|
TARJIMA MAS’ULI-WPS Office
MC Word dasturida Makroslar yaratish, MC Word dasturida Makroslar yaratish, dastur informatika va at 10, dastur informatika va at 10 (1), dastur informatika va at 10 (1), kompGrafikasi, Mathcad tizimida matеmatik masalalarni еchish (Восстановлен), 2 sinf harakatli oyinlar dars ishlan, ozbekstan respulikasi garessizlik jillarinda madeniy rawajlaniwi., document5357085911999841262 6557506575148970126, Bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasi , muhokamatul lugatayn ziyouz com, 5-klass Olimpiya, saytlar ro'yxati, O'zbekiston Respublikasi siyosiy tizimi (1991-2017)
TARJIMA MAS’ULIYATI DEGANDA… Adib, tarjimon, munaqqid Ibrohim G’afurov bilan suhbat 007 Ibrohim G’afurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tug’ildi. 1956-1961 yillarda SAGU (hozirgi O’zMU) ning filologiya fakultetida o’qidi. 1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o’rinbosari lavozimlarida ishladi. Ibrohim G’ofurov filologiya fanlari nomzodi (1973), O’zbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, “Do’stlik” ordeni sohibi (1995). Ibrohim G’afurov “Go’zallikning olmos qirralari” (1964) “Unitilmagan bog’” (1965), “Joziba” (1970), “Yonar so’z” (1973), “Yam-yashil daraxt” (1976), “Yurak -alanga” (1980). “Lirikaning yuragi” (1982), “She’riyat — izlanish demak” (1984), “O’ttiz yil izhori” (1987), “Til erkinligi” (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U «Hayo — xaloskor», «Mangu latofat» va boshqa bir qator badialari va mansuralari jamlangan kitoblari bilan e’tibor qozondi. Tarjimon sifatida jahon adabiyotining yetuk namoyandalari: Doctoevskiyning “Jinoyat va Jazo”, “Telba”, “Qimorboz” , Mopassanning “Azizim”, Hemingueyning “Alvido, qurol”, “Chol va Dengiz”, Chingiz Aytmatovning “Qiyomat”, “Chingizxonnig oq buluti” Jeyms Joysning «Uliss» kabi asarlarini o’zbek tiliga o’girgan. 007
— San’atning shunday turlari borki, ularni ko’riboq mohiyatini anglab yetasan kishi. Rassomlik, haykaltaroshlik, qo’shiq va shu kabilar. Biroq so’z san’ati – badiiy adabiyot tarjimaga muhtoj. Tarjimonlar madaniyatga beqiyos xizmat qilib, kitobxon mushkulini – ruhoniy qiziqishlarini yengillashtiradilar. Tarjimonlik mas’uliyati, badiiy tarjima mezonlari xususida ikki og’iz fikr bildirsangiz… 0-Ibrohim G.jpg— Mas’uliyat bo’lmasa, hech yerda hech bir ish bitmaydi. Mas’uliyatli odam deb kimnidir ta’riflasangiz, o’sha odamga nisbatan beixtiyor ishonch va hurmat uyg’onadi. Dunyodagi barcha ulug’ xayrli ishlar mas’uliyatsizlik natijasida uchraydi. Insoniyatning barcha fojialarining tagidan surishtirib kelsangiz, mas’uliyatsizlik yotadi. Istisno yo’q. Ijodkor mas’uliyatiniku qo’yavering. Ijodkor so’zga, g’oyaga mas’ul. Ijodkorning mas’uliyatsizligi so’zlarning va g’oyalarning isrofgarchiligiga, siyqalanishiga yoki dogmaga aylanishiga olib keladi, o’qib bo’lmaydigan kitoblar, o’qib bo’lmaydigan maqolalar, o’qib bo’lmaydigan she’rlarning haddan tashqari ko’pligini nima bilan izohlaysiz? Bularning sababi mas’uliyatsizlik emasmi? Ijodkorlik mas’uliyatini his qilmaslik, uni anglamaslik emasmi? Bu xususiyat bo’lmagan kishilar haqiqiy ma’noda ijodkor bo’lishi mumkinmi? Tarjimon ham shunday. Tarjimon – ijodkor. U badiiy yoki ilmiy matnni yaratadi. Asliyat matnini boshqa bir tilda, misol uchun o’z ona tilida qayta bunyod etadi. Tarjimon qayta bunyod etishni o’z zimmasiga olib yelkasga juda katta mas’uliyatni ortadi. Tolstoy, Dante, Shekspir, Homer, Gyote, Yeseninni tarjima qilish va hokazo va hokazo…
Tarjimon mas’uliyati deyilganda, mening ko’z o’ngimga darhol hazrat Alisher Navoiy keladi. Navoiy ellik to’rt yoshlarida ustozi Abdurahmon Jomiyning avliyolar haqidagi “Nafahotul uns” asarini tarjima qilishga bel bog’ladi. Navoiy avliyolar to’g’risida kitob kitob yaratish g’oyasini Jomiyga o’zi bergan, iltimoslar qilgan, buning sharoitini ustoziga bunyod etgan edi. Jomiy asarni yozib tugallagandan so’ng Navoiy bu asardan butun turk uluslari bahramand bo’lishlarini orzu qildi, bu orzusini ko’ngliga qattiq tugdi. “Nafahotul uns” go’zalliklari, laziz, fasih fikr dunyolaridan o’z xalqini to’la bahramand etish, o’z xalqiga shu buyuk ma’naviy farog’atni sog’inish – tarjimonlik mas’uliyatining eng yuksak namunasi edi. Navoiy bu sa’y-harakati bilan o’z xalqini mag’rumlik, noma’lumlik, g’aflatdan xalos aylashni ko’zladi. Navoiyning o’z so’ziga bir dam shoshilmasdan quloq tutaylik: “…agar sa’y qilsam, bu kitobni turk tiliga tarjima qila olg’ayman va ul dahoyig’u mushkulotni ravshanroq alfoz va ochug’roq ado bilan o’tkara olg’aymumen, deb mutaammil erdim…” mana shu tarjimon mas’uliyatining yuksak darajali tili. Tasavvur qiling: Navoiy qadimgi arab, fors, ko’hna turk ulusi tillarini va lahjalarini mukammal bilardi. Shunga qaramasdan bu paytlarda “Xamsa”dek epopeyani va “Chor devon”dek mislsiz adabiy yodgorlikni tiklagan Navoiyga “Nafahotul uns…”ning turkiyga tarjimasi benihoya mushkul bir ish bo’lib tuyuladi. Qarangkim, Navoiy shu daholigida bu tarjimaga yigirma yil tayyorgarlik ko’radi. Yigirma yil tarjima niyatini ko’nglida olib yuradi. Asarni qayta-qayta o’qiydi. U Navoiyga yod bo’lib ketadi. Avliyolar, so’fiylar hayoti va ularning dunyoqarashlari, sir-sinoatlari, qoldirgan hikmatlari, falsafalari xususida bir dunyo qo’shimcha ma’lumotlar to’playdi. So’ng yozadi: “Ulug’ ishka ilik urdum va bu azim amrg’a qalam surdum”… Navoiy “Nafahotul uns…”ni o’qiydigan o’z zamon o’quvchilarini ko’z o’ngiga keltirdi, ularning bu asarni qanday tushunishlari va qanday qabul qilishlari ustida tinimsiz bosh qotirdi. Navoiyning bu namunasi tarjimon o’quvchi ustida qanchalar qayg’urishi mumkinligiga g’oyat ahamiyatli bir misoldir. Navoiy tarjima qilarkan, asarni so’fiylar hayoti to’g’risidagi yangi ma’lumotlar bilan to’ldirdi. O’quvchilarning dunyoqarashlarinuqtai nazaridan asarga talay o’zgarishlar va yangiliklar, tahrirlar kiritdi, uni zamon ehtiyojlariga moslashtirdi. Bu tarjimon mas’uliyati qanchalar yuksak shaklga kirishi mumkinligiga noyob e’tiborli bir misoldir. Tarjimaga yuksak bir hunar, mas’uliyatli ijod sohasi, madaniy ma’rifatchilik deb qarashni Qutb Xorazmiy, Haydar Xorazmiy, Sayfi Saroiy singari mumtoz adiblarimizda ham yaqqol ko’ramiz. Nizomiy Ganjaviyning “Xisrav va Shirin” dostonini qadim o’zbek tiliga o’girib, Qutb ulug’ tarjimonlik mas’uliyatini namoyon qildi. Tarjima qilish g’oyasini u “Ko’ngil farmoni” deb qabul qildi. Download 11.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling