Tarjimai xol


Download 19 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi19 Kb.
#244264
Bog'liq
Tarjimai xol


Tarjimai xol

Men Xazratqulov Nodirjon Sayfidinovich 1990-yil 23-uyunda Samarqand viloyati Tayloq tunani Navzandak qishlog`ida tavallud topganman. Millatim-O`zbek, Ma’lumotim-Oliy, Partiyaviyligim-Yo`q, Sudlanmaganman, Uylanganman. Bitta farzandim bor.

Men 1997-yil sentabr oyidan Samarqnd viloyati Tayloq tumaniga qarashli 27-o`rta maktabining 1-sinfiga qabul qilinganman.Maktabni 2008-yil may oyida shu maktabning 11-sinfini tugatdim. 2008-yil oktabr oyida harbiy xizmatga chaqrildim va harbiy xizmatni Toshket viloyati Zongota tumaniga boshladim. Muddatli harbiy xizmatni IIBga qarashli 7534-harbiy qismda o`tadim va 2009-yil aprel oyida o`tab qaytdim. 2012-yil sentabr oyida Jizzax Davlat Pedagogika Instituti talabalar safiga qo`shildim. Institutni Jismoniy Madaniyat fakultetda o`qidim va 2016-yil iyun oyida tugatdim. 2016-yil avgust oyidan Urgut tumaniga qarashli 121-umumta’lim maktabiga o`qituvchi lavozimida ishga kirdim. Maktabda jismoniy tarbiya fanidan dars berdim va maktabdagi ish faoliyatimni 2017-yil may oyida tugatdim.

2017-yil 1-dekabrdan Qurolli Kuchlar safiga shartnoma asasida qo`shildim. Birinchi ish faoliyatimni Mudofaa Vazirligi Markaziy Harbiy Okrugi 03195-harbiy qismda komandir rashyot lavozimida boshladim. 2018-yil 1-yanvardan Markaziy Harbiy Okrugi 13060-harbiy qismga ko`chrildim va shu harbiy qismda katta kimyogar razvetkachi lavozimida xizmat qildim. 2020- yil 29-martdan Samarqand Temurbeklar maktabiga ko`chirildim va guruh kamondiri lavozimiga tayinlandim.2020- yil 20-oktabrda 08579- harbiy qismga ko`chirildim. RKBM vzvodiga mutaxasis ognamiyotchi lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Otam-Xazratqulov Sayfidin XXX 1957-yil 24-febralda Samarqand viloyati Tayloq tumani Navzandak qishlog`ida tavallud topgan. Millati-o`zbek. Ma’lumoti-o`rta. Hozirgi kunda-nafaqaxo`r. Doimiy yashash joyi-Tayloq tumani Navzandak qishlog`i.

Onam-Tursunova Xolbibi Temurovna 1957-yil 16-iyunda Samarqand viloyati Tayoq tumani Yastepa qishlog`ida tavallud topgan. Millati-o`zbek. Ma’lumoti-o`rta maxsus. Hozirgi kunda-nafaqaxo`r. Doimiy yashashjoyi-Tayloq tumani Navzandak qishlog`i.

Opam-Xazratqulova Bahora Sayfidinovna 1985-yil 5-martda Samarqand viloyati Tayloq tumani Navzandak qishlog`ida tavallud topgan. Millati-o`zbek. Ma’lumoti-oliy. O`zbekiston Respublikasi fuqorasi. Hozirgi kunda-Urgut tumani 7-umumta’lim maktabida o`qituvchi. Doimiy yashash joyi-Tayloq tumani Navzandak qishlog`i.

Opam-Xazratqulova E’tibor Sayfidinovna 1986-yil 29-noyabrda Samarqand viloyati Tayloq tumani Navzandak qishlog`ida tavallud topgan. Millati-o`zbek. Ma’lumoti-oliy. O`zbekiston Respublikasi fuqorasi. Hozirgi kunda-Urgut tumani 7-umumta’lim maktabida o`qituvchi. Doimiy yashash joyi-Tayloq tumani Navzandak qishlog`i.

Ukam- Xazratqulov Fozil Sayfidin o`g`li 1993-yil 16-aprelda Samarqand viloyati Tayloq tumani Navzandak qishlog`ida tavallud topgan. Millati-o`zbek. Ma’lumoti-o`rta maxsus. O`zbekiston Respublikasi fuqorasi. Hozirgi kunda-ishsiz. Doimiy yashash joyi-Tayloq tumani Navzandak qishlog`i.

Rafiqam-Yarasheva Zarnigor Ikrom qizi 1996-yil 16-iyunda Samarqand viloyati Bulung`ur tumani Istiqlol mahalasida tavallud topgan. Millati-o`zbek. Ma’lumoti-oliy. O`zbekiston Respublikasi fuqorasi. Hozirgi kunda- vaqtinchalik ishsiz. Doimiy yashash joyi-Tayloq tumani Navzandak qishlog`i.

O`g`lim- Sayfidinov Muhammad Nodirjon o`g`li 2020-yil 14-oktabrda Samarqand viloyati Tayloq tumani Navzandak qishlog`ida tavallud topgan.Millati o`zbek.O`zbekiston Respublikasi fuqarosi. Doimiy yashash joyi- Tayloq tumani Navzandak qishlog`i.

Qaynotam-Boboyorev Ikrom Yarashevich 1970-yil 7-dekabrda Samarqand viloyati Bulung`ur tumani Istiqlol mahalasida tavallud topgan. Millati-o`zbek. Ma’lumoti- o`rta maxsus. O`zbekiston Respublikasi fuqorasi. Hozirgi kunda-ishsiz. Doyimiy yashash joyi- Bulung`ur tumani Istiqlol mahalasida.

Qaynonam-Qayumova Dilfuza Shukurullayena 1974-yil 4-yanvarda Samarqand viloyati Bulung`ur tumani Cho`yantepa qishlog`ida tavallud topgan. Millati-o`zbek. Ma’lumoti-o`rta maxsus. O`zbekiston Respublikasi fuqorasi. Hozirgi kunda-ishsiz. Doimiy yashash joyi- Bulung`ur tumani Istiqlol mahalasida.

Qaynsinglim-Bobomurodova Farangiz Ikrom qizi 1999-yil 30-yanvarda Samarqand viloyati Bulung`ur tumani Istiqlol mahallasida tavallud topgan. Millati-o`zbek. Ma’lumoti-tugallanmagan oliy. O`zbekiston Respublikasi fuqorasi. Hozirgi kunda- Samarqand Davlat Unversiteti Matematika fakulteti 4-kurs talabasi. Doimiy yashash joyi- Jizzax viloyati Baxmal tumani Gulbuloq qishlog`i.

Qaynukam-Yarashev Javohir Ikrom o`g`li 2001-yil 26-mayda Samarqand viloyati Bulung`ur tumani Istiqlol mahallasida tavallud topgan. Millati-o`zbek. Ma’lumoti-Samarqand shahriga qarashli Ichki Ishlar qoshidagi akademik letsiyini tamomlagan. Vaqtincha ishsiz. O`zbekiston Respublikasi fuqorasi. Doimiy yashash joyi- Bulung`ur tumani Istiqlol mahalasida.

Qaynukam- Yarashev Jahongin Ikrom o`g`li 2008-yil 15-febralda Samarqand viloyati Bulung`ur tumani Istiqlol mahallasida tavallud topgan. Millati-o`zbek. O`zbekiston Respublikasi fuqorasi. Hozirgi kunda-Bulung`ur tumani 22-umumiy o`rta ta’lim maktabining 6-sinf o`quvchisi. Doimiy yashash joyi- Bulung`ur tumani Istiqlol mahalasida.



Oila a’zolarim orasida sudlanganlar va partiyaga a’zolar yo`q.
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling