Tarkibi va chiqarilish shakli
Download 262.66 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 yoshdan 12 yoshgachabo‘lgan bolalarga
- PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
MIGRENAZ-L PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
(Convallária majális), Oddiy zira (Fructus Carvi), Qizil do‘lana (Crataégus sanguínea). PREPARATNING TA’SIRI Miyada qon aylanishi va miyaning ozuqalanishini yaxshilaydi; Hujayralarda moddalar almashinuviga, qonning periferik va mikrosirkulyatsiyasiga, shu bilan birga qonning reologik xususiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; Bosh miya, mushak va bez to‘qimalarida shishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi; Stressga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, stressdan keyingi holatlarni, organizm o‘sishidagi buzilishlarni, uyqu-tetiklik funksiyasini, ta’lim va xotira jarayonlari buzilishlarini, bosh miyaning turli qismlarida distrofik va morfologik o‘zgarishlar pasayishini yaxshilaydi. QO‘LLANILISHI Migrenaz – L; Miya qon aylanishining o‘tkir va surunkali buzilishlari; Bosh miyaning yengil chayqalishlari; Organizmda qon bosimi pasayishi sindromi (VSD, neyrosirkulyator disfunksiya); Arteriya qon tomirlari devorlari (aterosklerotik) kasallanishiga bog‘liq bo‘lgan, yengil kognitiv buzilishlar;
Xotira va aqliy faoliyatning buzilishi; Bosh aylanishi, quloq bitishi, qo‘rquv hissi; Dissirkulyator ensefalopatiyaning turli shakllari; Qonning periferik va mikrosirkulyatsiyasining buzilishlari (shu qatorda, qo‘l-oyoq arteriopatiyasi va bolalar ortopediyasi) va Reyno sindromini davolashda va profilaktikasida qo‘llaniladi. QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi. 4 yoshdan 12 yoshgachabo‘lgan bolalarga: 1 tabletkadan kuniga 3 mahal. Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga: 1 tabletkadan kuniga 3-4 mahal.
Ichkariga, ovqatlanishdan 5-10 minut oldin. Davolanish davomiyligi 3 oy (ayniqsa, keksa yoshdagilarga). Qayta davolanish kursi shifokor maslahatidan so‘ng amalga oshiriladi. NOJO‘YA TA’SIRI Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud. Preparatning nojo‘ya ta’sirilari kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S-dan +25°S-gacha haroratda saqlanishi lozim. Saqlanish muddati – 24 oy.
Manzil: 1000011, Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Tel.: +998 (95) 195-59-00 E-mail: info@anfa.uz, www.anfa.uz Katalog: wp-content -> uploads -> 2018 2018 -> Istituto comprensivo statale "lignana" 2018 -> Baubeginnanzeig e 2018 -> Veranstalter Familienname, akad. Grad Vorname Staatsangehörigkeit Datum der Geburt Hauptwohnsitz 2018 -> Vider et compacter Plastiques : uniquement bouteilles et flacons 2018 -> Lago di martignano parco naturale regionale di bracciano martignano 2018 -> Masculins femenines 2018 -> Viloyat sanoat korxonalarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarish 2018 -> 15,6 ming kishiga, yoki 0,8 ga o’sishi kuzatildi. Mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 1630,5 Download 262.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling