Tarmoq simulyatori bilan ishlash. Cisco packet tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish


Download 1.26 Mb.
bet1/6
Sana18.10.2020
Hajmi1.26 Mb.
#134398
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KT Lab 1-2


Laboratoriya ishi № 1, 2.

TARMOQ SIMULYATORI BILAN ISHLASH. CISCO PACKET TRACER DASTURINI SOZLASH VA ISHLASH JARAYONINI TEKSHIRISH
1. Ishning maqsadi
Ushbu laboratoriya ishi quyidagilar uchun mo‘lallangan:

- Cisco Packet Tracer dasturining ishlash tamoyillari bilan tanishish;

- Eng sodda taarmoqlarni qurish bo’yicha ko’nikma hosil qilish.

- Tarmoq qurilmalarini ulashda tarmoq kabellarini tayyorlashni o’rganish.


2. Qisqa nazariy ma’lumotlar
2.1 Cisco Packet Tracer (CPT) – bu Cisco kompaniyasi tamonidan yaratilgan tarmoq emulyatori. Dastur har xil protokollarni qo‘llab-quvvatlagan holda har xil topologiyada ko‘p turli qurilmalar bilan tarmoqni qurish va tahlil qilishga imkon beradi. Unda siz har xil tarmoq qurilmalarining (marshrutizatorlar, kommutatorlar, simsiz kirish nuqtalari, shaxsiy kompyuterlar, tarmoq printerlari va hakozo) ishlashini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi. 1-rasmda Cisco Packet Tracer dasturining interfeysi (asosiy oyna) tasvirlangan.

1-rasm.  Cisco Packet Tracer (CPT) dasturi interfeysi
Asosiy menyu quyidagi punktlardan tashkil topadi:

File (Файл) – hujjatlarni ochish/saqlash operatsiyalaridan tashkil topgan;

Edit (Правка) – “nusqa olish/qirqish, bekor qilish/takrorlash” standart operatsiyalaridan tashkil topgan;

Options (Настройки) – dastur sozlamalaridan tashkil topgan. Xususan, bu yerda dasturni boshqa tillarga mahalliylashtirish imkonini beruvchi knopkasi joylashgan;

View (Вид) – ishchi maydon masshtabini va uskunalar panelini o‘zgartirish uskunalaridan tashkil topgan;

Tools (Инструменты) – ranglar palitrasi va foydalanuvchi qurilmalari oynasidan tashkil topgan;

Эxtensions (Расширения) – loyiha masteri va boshqa uskunalar qatoridan tashkil topgan;

Help (Помощ) – dastur bo‘yicha yordamdan tashkil topgan.

Uskunalar paneli:



Asosiy menyu oynasining tagida uskunalar paneli joylashgan (2-rasm).


2-rasm. Uskunalar paneli


Uskunalar paneli piktogrammalar yordamida dastur bosh menyusining asosiy punktlarini takrorlaydi.

Qurilmalar.

Ishchi maydonning pastida qurilmalar paneli joylashgan. Ushbu panel o‘zining chap tamonida qurilmalar tipi (sinflari), hamda o‘ng tamonida – ularning nomlari (modellari)dan tashkil topgan. Qurilmalarning har birining ustiga borganda ularning markazida joylashgan to‘g‘rito‘rtburchakda uning tipi akslanadi. Qurilmalarning tiplari 3-rasmda keltirilgan.

3-rasm. Packet Tracer qurilmalar paneli (qurilmalarning asosiy tiplari)


Marshrutizatorlar (routerlar) marshrutizatsiya algoritmlari asosida ma’lumotlarni uzatishning optimal marshrutini qidirish uchun ishlatiladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling