Tarmoq tushunchasi


Download 1.57 Mb.
bet1/3
Sana14.11.2020
Hajmi1.57 Mb.
#145619
  1   2   3
Bog'liq
Tarmoq tushunchasi


Tarmoq tushunchasi

Salom do'stlar. Bugungi maqolam "Tarmoq" tushunchasi haqida qisqacha tushunchalarga ega bo'lishga asoslangan. Unda boshladik.



TARMOQ



Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan hosil bo'ladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy o'yinlarni o'ynash imkoniyati mavjud. 2ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan bo'lsak, har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi.

TARMOQ KOMPONENTALARI

1. Qurilma:
a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k);

b) Oraliq qurilmalari (router, switch, hub va h.k);





2. Vosita (ulanish usuli):
a) mis (med) kabel:
1) simmetrik - parali kabellar;
2) koaksial;

b) Optik kabel:


1)bir modali – magistralda ishlatiladi;
2)ko'p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;

c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);





3. Xizmat - Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo'ng'iroq, ma'lumot uzatish va h.k)

TARMOQ TURLARI

  1. PAN (Personal Area Network) – ko'pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.

  2. LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha.

  3. CAN (Campus Area Network) – o'ziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va ko'p segmentli LAN hosil qilinadi.

  4. MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000



  5. metr masofani o'zida qamrab oladi va o'zida 1000 ta foydalanuvchilarni o'ziga birlashtiradi.

  6. WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Million abonentlarni o'zida birlashtiradi (Internet).

OSI va TCP/IP

Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi). OSI modelining 7ta pog'onasi:





OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish va qulay foydalanish hisoblanadi. TCP/IP stek protokollari tuzilishi:

Bundan tashqari bizda port tushunchasi mavjud bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy so'rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda esa so'rov kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Portlar quyidagicha bo'ladi:





Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tarmoq tushunchasi juda chuqur hisoblanadi, uni to'liq o'rganib chiqish uchun esa undagi har bir elementni o'rganish lozim. Bugungi mavzuda men iloji boricha qisqa lekin tushunarli bo'lishiga harakat qildim. Bu tushunchalar asosiylaridan bir nechtasi hisoblanadi holos.

 tcp tarmoq network texnomantanlov port texnomaniyultanlov texnomaniyul2018 PAN lan  Telekommunikatsiya  2-Avgust 10:59  18409





Muallif haqida

AzizBeK

Qiziq bo‘ladi:

HUB yoki SWITCH? qaysi biridan foydalangan ma’qul? To‘g‘ri tanlov kerakmi? U xolda siz bu tarmoq qurilmalarining qay biri qay holatda ishlatilishi va ularning bir – biridan farqini bilib olish foydadan holi bo‘lmaydi. Umuman olganda orgtexnika bilan yaxshi tanish inson hub va switch xaqida ham bir qancha ma’lumotlarga ega bo‘lishi aniq.
Ammo aksari uning ichida, ya’ni portlarda qanday jaraynlar kechishi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emaslar. Keling avval Hub – tarmoq qurilmasini ko‘rib chiqamiz.

Hub – bu bir kirish va bir qancha chiqishga ega bo‘lgan tarmoq qurilmasidir. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Agar tarmoqni OSI modeli bo‘yicha yetti pag‘onaga bo‘ladigan bo‘lsak, xab birinchi pag‘onaga to‘g‘ri keladi.

Hub’ni ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz. Hub 1 portga kelgan signalni nusxasini bir vaqtning o‘zida barcha portlarga junatadi. Shu vaqtda Hub’ga ulangan tarmoqning boshqa aktiv qurilmasidan ma’lumot junatiladi. Bunda shu portda signallarni yo‘qotilishi sodir bo‘ladi. Chunki Hub yarimdupleks rejimda ishlaydi. Bir portdan ham uzatib, ham qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Hub asosan tarmoqning kichik segmentlarida qo‘llaniladi. Hub shu bilan birga xavfsizlik talablariga ham to‘liq javob bermaydi. U nusxalab yuborgan signal tarmoqdagi barcha kompyuter tarmoq adapteriga yetib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotga ruxsat etilmagan xolatda egalik qilishga olib keladi. Signalning nusxasini olib yuborish Hub ish faoliyatini sekinlashtiradi. Yuklanish ko‘payib ketadi. Natijada ma’lumotlar yo‘qolishiga olib keladi. Tarmoqda kompyuterlar soni oshib borgani sari Hub’ning FIK kamayib boradi.

Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag‘onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan Switch – bu kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog‘lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo‘lib, to‘liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAS adresini o‘zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo‘linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo‘lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo‘lmasa 10 – portni 20 – portga translyasiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo‘llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.

Manba: ITportal.Uz

Tarmoqni tashkil etishni texnik vositalari.  
Bizga ma‘lumki, lokal tarmoq tashkil qilish uchun  eng zaruriy qurilmalar: tarmoq kartasi, 
kabellar HUB (yoki Switch) va dasturiiy ta‘minotdir.   
Tarmoqlarni tashkil etishda bizga quyidagi texnik vositalar majmui zarur bo‗ladi. Tarmoq 
platasi, tarmoq kabeli,  
Tarmoq  platasining  mavjudligi  bilan  biz  tarmoqni  tashkil  etishimiz  mumkin  bo‗ladi. 
CHunki tarmoq platasining vazifasi asosiy plata  bilan tashqi qurilma (kabel, HUB yoki Switch) 
o‗rtasidagi  vositachi.  YA‘ni  kelayotgan  signalni  qabul  qilib  asosiy  plataga  o‗tkazish  yoki 
aksincha asosiy platadan chiqayotgan  signalni tashqariga uzatish uchun xizmat qiladi.  
Tarmoq  kartasi  drayverini  aksariyat  operasion  sistemalarning  o‗zi  avtomatik  ravishda  
o‗rnatadi. 
 
Odatda  bitta  Hub  yoki  Switch  orqali  8,  16,  32  tagacha  foydalanuvchi  lokal  tarmoqga 
ulanishi mumkin. Lekin Hub va Switch orqali ulanishlar soni albatta chegaralangan bo‗ladi. SHu 
sababdan ko‗proq kompyuterlar o‗rtasida lokal tarmoq tashkil etish uchun bizga bir nechta Hub 
yoki Switch kerak bo‗ladi.  
Switch bilan Hub ni o‗rtasidagi farqlar shundan iboratki, birinchidan Hub da yana boshqa 
bir  Hub  ga  ulanish  uchun  ishlab  chiqarilgan  aloxida  shina  mavjud.  Bu  Hub  ning    Switch  dan 

ustunlik  tomoni.  Ikkinchidan  Hub  orqali  tashkil  etilgan  lokal  tarmoqda  axborot  almashinish 


Switch ga nisbatan biroz sekinroq. CHunki, Hub dagi yuklanish Switch dagiga nisbatan kattaroq 
bo‗ladi.  Sababi,  agar  siz  Hub  orqali  ulangan  kompyuterlardan  biridan  ikkinchisiga  biror  bir 
axborot jo‗natsangiz, siz jo‗natgan axborot hub dan ulangan xamma kompyuterlarga borib uni IP 
adresini  tekshirib  ko‗radi  va  kerakli  kompyuterni  topadi.  ya‘ni,  siz  biror  bir  ma‘lumot 
jo‗natganingizda  barcha  kompyuterlarga  borgan  tarmoq  kabellari  o‗sha  jo‗natilgan  ma‘lumot 
bilan band bo‗ladi. Bu esa Hub ning  Switch dan kamchilik tomonidir. 
XUB  (Switch)  qurilmasidan  foydalangan  xolda   kompyuterni  tarmoqqa  ulash.  Hublar 
xonadagi  kompyuterlarni  bir-biri  bilan  bog‗lash  uchun  kerak  bo‗lsa,  Switchlar  binolar  orasiga 
qo‗yiladi. 
 
106-rasm. 
Tarmoqni tashkil etishda kabellarni ahamiyati 
Bog‗lash uchun qo‗llaniladigan kabellar uzatish muxiti deb yuritiladi.  
 
 
107-rasm. 
 
Kabellar asosan uchga bo‗linadi: 
1.  Koaksial  kabellar  (coaxial  cable),  ular  televizion  antennaga  juda  o‗xshash.  O‗tkazish 
tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni xosil qilishda foydalaniladi. 
Koaksial  sim.  Bunday  sim  turt  katlamdan  tashkil  topgan  buladi:  uning  eng  ichki  katlami 
metall  simdan  iborat.  Bu  izolyasiya  bilan  uralgan  bo‘lib,  u  2-katlamini  tashkil  kiladi.  3-katlam 
izolyasiyasi  yupka  metall  ekran  bilan  koplangan  buladi.  Ekran  egiluvchan  uki,  ichki  sim 
egiluvchanlik uki bilan ketma-ket tushadi. SHuning uchun xam koaksial sim deyiladi. Turtinchi 
katlam plastik katlamdan iborat bo‘lib, u uchta katlamni koplaydi. 
Keyingi paytda keng rivojlangan kabel  televideniesida ishlatiladigan sim koaksial simdir. 
Kabel televideniesi  yordamida bir kancha kanallar orkali ko‘rsatuvlar berilishining sababi xam 
koaksial  simlar  orkali  bir  paytda  bir  kancha  turli  signallarni  uzatish  imkoniyati  borligidandir.  

Bunda  har  bir  signal  turiga  bittadan  kanal  mos  keladi.  Har  bir  kanal  uz  chastotasida  ishlaydi, 


shuning uchun ular oralikda bir-biridan mustakil xisoblanadi. 
Koaksial  simning  asosiy  afzalligi,  uning  katta  kenglikda  ishchi  chastotalariga  ega 
bulganligi tufayli katta xajmdagi ma‘lumotlar okimini yukori tezlikda uzatishi mumkinligidadir. 
Bu imkoniyat yukori tezlik bilan ishlaydigan lokal kompyuter tarmoklarini yaratish imkoniyatini 
beradi. 
Koaksial  simlarning  ikkinchi  afzalligi  ularning  turli  tashki  karshiliklarga  chidamliligi  va 
nisbatan uzok masofalarga ma‘lumotlarni (signal shaklidagi) uzatishi mumkinligidadir. 
Koaksial  simlari  uchun  kabul  kilingan  andozalar  mavjud    bo‘lib,  u  Internet  kompyuter 
tarmog‗i  uchun  Internet  yug‗on  simi  (taxminan  kulning  katta  barmogi  yug‗onligida)  deb  xam 
yuritiladi.  Bundan  tashkari,  yug‗onligi  taxminan  kichik  barmok  yug‗onligida  bulgan,  xozirda 
keng tarkalgan Cheapernet yoki Thinnet simlari mavjud. Yug‗on va ingichkarok koaksial simlar 
albatta  uz  xususiyatlariga  ega:  yug‗on  simlar  ingichkaga  nisbatan  uzokrok  masofaga 
ma‘lumotlarni uzatadi va tashki qarshilikka chidamlirokdir. 
Yuqorida  aytganimizdek,  afsuski,  bu  simlarni  tugridan-tugri  kompyuterga  ulab  bulmaydi. 
Buning uchun qo‘shimcha boglovchi sifatida  BNC boglovchisidan foydalaniladi. 
Koaksial simining asosiy xususiyati uning universalligidir, ya‘ni uning yordamida deyarli 
barcha turdagi: tovush, video va xokazo signallarni uzatish mumkin. 
Omninet,  Onet  kompyuter  tarmog‗i  bunday  simlarni  birinchi  bo‗lib  ishlatgan.  1-
tarmoklarda bunday simlar orkali ma‘lumotlarni uzatish tezligi 1 m/bit atrofida bulgan, (Ethernet 
tarmoklarida  ishlatilgan)  koaksial  simlarga  nisbatan  uzatish  tezligi  10  barobar  kam.  Keyingi 
tarmoklarda  uzatish  tezligi  koaksial  simlar  orkali  uzatilish  tezligiga  barobarlashdi.  Ammo 
ma‘lumotlarni uzatish masofasi koaksial simlar uzatishiga nisbatan 5 marta kamdir. 
2.  Juftli  o„ram  kabellari  (tvisted  pair  –  vitaya  para)  telefon  simini  eslatadi.  O‗tkazish 
tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni xosil qilishda foydalaniladi 
Lokal  kompyuter  tarmoklari  ingichka  (Ethernet)  koaksial  sim  yoki  vitaya  para  bazasida 
ko‗riladi. Odatda bunday koaksial simlar yordamida tashkil kilingan tarmok umumiy shina (sim) 
orkali    birlashtiriladi.  Bu  esa  ma‘lum  nokulayliklarga  olib  keladi.  Masalan,  koaksial  simning 
biror  joyida  uzilish  bulsa,  tarmok  kompyuterlari  ishlamay  koladi.  Sim  uzilgan  joyni  topish 
masalasi  esa  amrimaxol  bo‘lib  koladi.  SHuning  uchun  xozirda  lokal  kompyuter  tarmoklarini 
yaratish strukturalash prinsipiga asoslanadi. Bunda har bir struktura aloxida «vitaya para» simlari 
bilan  ulangan  bir  necha  kompyuterlar  tarmok  adapteri  (moslovchisi)  orkali  kompyuter  bilan 
boglangan shaklda tuziladi. Bunda har bir struktura aloxida «vitaya para» simlari bilan bir necha 
kompyuterlarning  tarmok  adapterlari  orkali  kompyuterlarga  ulangan  xolda  buladi.  Tarmokni 
kengaytirish  uchun  unga  yangi  shunday  struktura  kushiladi  xolos.  «Vitaya  para»  prinsipida 
tarmok  tuzishda  qo‘shimcha  joylar  (yangi  kompyuterlar  olinganda)  tashkil  kilish  uchun 
qo‘shimcha simlar tortiladi. Natijada yangi foydalanuvchini tarmokka qo‗shish bir yoki bir necha 
panellarda  kommutasiyani  uzgartirishga  olib  keladi  xolos.  Toking  ring  («vitaya  para»)  asosida 
kurilgan  tarmoklar  biroz  qimmatroq  bo‗lsada,  kelajakda  u  o‗zini  to‗la  oqlaydi  va  ko‗p  yillar 
buzilmay ishlaydi. 
1.
 
Optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat 
kabel turi. Oralig‗i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo‗llaniladi. O‗tkazish tezligi: 2 Gbit/sek. 
Optik-tolali  simlar.  Optik-tolali  deyilishiga  sabab,  yoruglik  kuvvatidan  tolalar  orkali 
boshka  energiya  turiga  aylantirilishidir.  Bunday  simlarning    diametri  bir  necha  mikron  buladi. 
Ular kattik katlam bilan, tashkaridan esa ximoyaviy koplam bilan koplangan kurinishda buladi. 
Birinchi  optik-tola  simlar  shisha  materialidan  tayyorlangan  edi.  Xozir  esa  uning  urniga  plastik 
tolalar ishlatiladi. 
Optik-tolali  simlarning  afzalliklari:  har  kanday  tashki  karshiliklarga  chidamliligi, 
ma‘lumotlarni uzok mas ofalarga uzgartirishsiz va tez uzatilishi (avvalgilariga nisbatan xatto 10 
barobar  tez).  Uning  kamchiligi  LKT  (lokal  kompyuter  tarmogi)ni  xosil  kilishda  simlarni 
ulashning nisbatan kiyinligi,  ularga xizmat ko‘rsatishning kimmatligi  va kiyinligidadir.  Bundan 


tashkari,  optik-tola  simlarining  keng  tarkalmaganligiga  sabab,  etarlicha  tajribaga  ega  bulgan 


mutaxassislarning yukligi  xam deyish mumkin. 
 
 
 
108.1-rasm. Koasksial kabel.
 
108.2-rasm. Juft tolali kabel.
 
108.3-rasm. Shisha tolali kabel.
 
 
SHu  bilan  birga  optik  tolalarni  boshka  vositalar  bilan  birlashtirib  ishlatish  maksadida 
andozalar  ishlab  chikilgan.  Bular  FDDI    (Fiber  Distributed  Data  Interface  -  ma‘lumotlarni 
tarkatishning  optik-tola  interfeysi),  FOSTAR  IEEE  (Institute  of  Electrical  and  Electronics 
Enginers-elektrotexnika va radioelektronika injenerlari instituti), VGA - Video Graphics Array – 
videografikli massiv. Bular Ethernet tarmogi optik-tola variantini taklif kilib amalga oshirganlar. 
Biz yukorida aytganimizdek koaksial va optik-tola simlarni IBM kompyuterlariga tugridan-
tugri  ulash  kiyin.  Lekin  bu  masalani  xal  kilish  uchun  birlashtiruvchiga  ega  bulgan  tayyor 
simlardan foydalanilsa, maksadga muvofik buladi. 
Optik-tola simlar magistral (tez ishlaydigan) kanallarda ma‘lumotlarni yukori ishonch bilan 
uzatilishini  ta‘minlash  talab  kilinadigan  xollarda  kullaniladi.  Bu  usuldan  foydalanish  ancha 
kimmatrok  xisoblanadi.  Lekin  undan  foydalanish  kup  afzalliklarga  ega  va  katta  xajmdagi 
ma‘lumotlar  katta  tezlik  bilan  uzatiladi.  Uzining  ekspluatasion  parametri  tufayli,  kup  xollarda 
undan  foydalanish  uzini  oklaydi.  Respublikamizda  bu  borada  amaliy  loyixalar  amalga 
oshirilmokda. 
Tarmoq kabellarini  texnik ko„rsatkichi 
Kabel turi 
O‗tkazish 
tezligi, 
Mbit/sek 
Tarmoqni xosil 
qiluvchi 
nuqtalar 
orasidagi 
masofa 
Kabel uzilganda 
tiklash 
mukinligi 
Narxi 
Koaksial kabellar 
10 Mbit/sek 
500 m 
Past 
100 so‗m/metr 
Juftli o‗ram kabellari 
100 Mbit/sek 
100 m 
yaxshi 
200 so‗m/metr 
Optik tolali kabellar 
1-2 Gbit/sek 
100 km 
Maxsus 
qurilmalar talab 
qilinadi 
1000-3600 
so‗m/metr 
 
Wi-Fi tarmog„i va uning afzalliklari 
BlueTooth –kabelsiz tarmoq. 
BlueTooth  -  kabelsiz  tarmoq  standartidir.  Ishlash  radiusi  10-  100  metr  oralig‗i  bo‗lib,  2.5 
GGs chastotada ishlaydi. O‗tkazish tezligi 1Mbit/sek. Albatta qurilmalar xam bu standart uchun 
mo‗ljallangan bo‗lishi shart. SHuningdek, qo‗l (mobilniy) telefoni bilan aloqa bog‗lash mumkin. 
Agar  telefon  operatori  (masalan,  Uzdunrobita)  Internetga  bog‗lash  imkonini  bersa,  u  xolda 
kompyuterdan  va  qo‗l  telefonidan  foydalangan  xolda  simsiz  Internetga  bog‗lanish  mumkin 
(noutbuklar uchun juda qulay).  
 
Agar e‘tibor berib qaralsa, shu narsa ma‘lum bo‗ladiki, tarmoq kabeli o‗z ichiga to‗rt juft, 
ya‘ni    sakkizta  tolali  simchalarda  tashkil  topgan.  Simchalarning    to‗rttasi  rangli  simlar  qolgan 
to‗rttasi esa o‗sha rangli simchalarning juftlari xisoblanadi. Buni sinchikovlik bilan e‘tibor berib 
qaragan har qanday kishi ko‗rishi mumkin.  

 
109


 
 
Nazorat savollari 
1.
 
Intranet tarmoklar xaqida gapiring. 
2.
 
Lokal tarmoklar topologiyasi nima? 
3.
 
Lokal tarmoklarni tashkil etuvchilari sanang?. 
4.
 
Lokal tarmoklarning protokollari tushuntiring? 
5.
 
Lokal tarmoklarni sozlash uchun nimalar kilish kerak? 
 
 
 
17 -Mavzu. Internetda izlash. (2 soat) 
 
1.
 
INTERNETda izlash. World Wide Webda ma‘lumotlarni izlash mexanizmi.  
2.
 
Server  kataloglar  va  nzlovchi  mashinalar.  WEB-  sayt  tuzish  to‘g‘risida  tushunchalar 
Web-sahifalari, shaxciy sahifa, bosh sahifa va ularni joylashtirish.  
3.
 
HTML  tili,  uning  asosiy  teglari.  Gipermatnli  murojaat,  mulьtimedia.  Ob‘ektlarni  WEB 
sahifaga qo‘yish. Jadvallar tashkil qilish.  
4.
 
WEB  hujjatlarni  avtomatlashtnrish  vositalari:  HTML  taxrirlovchilari:  MS  Assistent, 
Front  Page.  WEB  sahifalarni  chop  etish.  WEB  sahifalarda  elektron  ko‘lyozmalarni 
tarkatish. Oliy o‘quv yurtlarida elektron adabiyotlar bilan almashish. 
 
Internet va intranet. 
 
Internet xizmati turlari elektron saxifa, elektron pochta, telekonferensiya, fayllarni uzatish, 
domen  nomlari,  Telnet,  IRC  yoki  Chat  konferensiya,  ma‘lumotlarni  izlash  xizmatlari  tavsiflari 
keltiriladi. 
Internet    bu  yagona  standart  asosida  faoliyat  ko‗rsatuvchi  jahon  global  kompyuter 
tarmog‗idir.  Uning  nomi  «tarmoqlararo»  degan  maononi  anglatadi.  U  ma‘alliy    (lokal) 
kompyuter  tarmoqlarni  birlashtiruvchi  informasion  tizim  bo‗lib,  o‗zining  alohida    axborot 
maydoniga ega bo‗lgan virtual to‗plamdan tashkil topadi. 
Internet,  unga  ulangan  tarmoqqa  kiruvchi  barcha  kompyuterlarning  o‗zaro  ma‘lumotlar 
almashish imkoniyatini yaratib beradi.  O‗zining  kompyuteri  orqali    internetning  xar  bir  mijozi 
boshqa  shaxar  yoki  mamlakatga  axborot  uzatishi  mumkin.  Internet  XX  asrning  eng  buyuk 
kashfiyotlaridan biri xisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon  bo‗ylab yoyilib ketgan 
yuz millionlab kompyuterlarni yagona informasion muhitga biriktirish imkoniyati tug‗ildi.  

 
110-rasm. 


Quyidagi  rasmda  internet  va  unga  bog‗lanishning  umumiy  shakli  keltirilgan.  Unga  asosan 
internetga  bog‗lanish  va  undan  foydalanishning  asosiy  texnik  vositasini  shaxsii  komppyuterlar 
tashkil  etadi.  Uning  imkoniyatlarini  kengaytirish  V4YH  unga  mikrofon,  videokamera,  ovoz 
chiqargich  (audiokolonka)  va  boshqa    ko‗shimcha  qurilmalar  ulanishi  mumkin.  Internet  xizmati 
"internet  provayderlari"  yordamida  aloqa  kanallari  orqali  amalga  oshiriladi.  Aloqa  kanallari 
sifatida  telefon  tarmog‗i,  kabelli  kanallar,  radio  va  kosmos  aloqa    tizimlaridan  foydalanish 
mumkin. 
Internet  tarmog‗i  ning  asosiy  yacheykalari  bu  shaxsiy  kompyuterlar  va  ularni  o‗zaro 
bog‗lovchi lokal tarmoqlardir. 
Internet alohida  kompyuterlar o‗rtasida aloqa o‗rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruxini 
o‗zaro  birlashtirish  imkonini  xam  beradi.  Agar  biron  bir  ma‘alliy    tarmoq    bevosita  internetga  ulangan 
bo‗lsa, u xolda  mazkur tarmog‗ning  xar bir ishchi stansiyasi internetga ulanishi mumkin. SHuningdek, 
internetga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar xam mavjud. Ularni xost kompyuterlar (host - rahbar) 
deb  atashadi.  Tarmoqqa  ulangan  xar  bir  kompyuter  o‗z  manziliga  ega  va  uning  yordamida  jahonning 
istalgan nuqtasidagi istalgan mijoz uni topa olishi mumkin. 
Internet  bu internet texnologiyasi, dastur ta‘minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, 
xamda ma‘lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan jamoa ravishda ishlash imkonini beruvchi 
korxona  yoki  konsern  miqyosidagi  yagona  informasion  muhitni  tashkil  etuvchi  kompyuter 
tarmog‗idir. 
Internetda  esa  bunday  noqulayliklarni  oldi  olingan  bo‗lib,  uning  foydalanuvchisi  bunday 
ma‘lumotlarni  bilishi  shart  emas.  Bundan  tashqari  internet  tarmog‗ida  mavjud  bo‗lgan  barcha 
elektron  xujjat  va  ma‘lumotlar  bazasini  giper  bog‗lanishlar  yordamida  o‗zaro  bog‗lab  yagona 
informasion  muhit  qurish,  unda  qulay  informasion  qidiruv  tizimlarini  tashkil  etish  mumkin 
bo‗ladi. 
Internetning tarkibiy qismlari. 
Internet o‗z - o‗zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab  tizim bo‗lib, asosan  uchta 
tarkibiy qismdan tashkil topgandir: 
-    Texnik 
-    Dasturiy 
-    Informasion 
Internetning texnik tarkibiy qismi xar xil turdagi va  tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari 
(telefon,  sputnik,  shisha  tolali  va  boshqa    turdagi  tarmoq  kanallari),  xamda  tarmoq  texnik 
vositalari  majmuidan  tashkil  topgandir.  Internetning  ushbu  texnik  vositalarining  barchasi 
doimiy  va  vaqtinchalik  asosda  faoliyat  ko‗rsatishi  mumkin.  Ulardan  ixtiyoriy  birining 
vaqtinchalik ishdan chiqishi internet tarmog‗i ning umumiy faoliyatiga aslo taosir etmaydi. 
Internetning dasturiy ta‘minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar 
va  tarmoq  vositalarini  yagona  standart  asosida  (yagona  tilda)  muloqot  qilish,  ma‘lumotlarni 
ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va 

saqlash,  xamda  tarmoqda  informasion  xavfsizlikni  ta‘minlash  kabi  mu‘im    vazifalarni  amalga 


oshiruvchi dasturlar majmuidan iboratdir. 
Internetning informasion tarkibiy qismi internet tarmog‗ida mavjud bo‗lgan turli elektron 
xujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va xokazo ko‗rinishdagi axborotlar majmuasidan 
tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning  mu‘im  xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo‗ylab 
taqsimlanishi 
mumkin. 
Masalan, 
shaxsiy 
kompyuteringizda 
o‗qiyotgan  elektron 
darsligingizning  matni  bir  manbadan,  rasmlari  va  tovushi  ikkinchi  manbadan,  video  tasvir  va 
izo‘lari esa uchinchi manbadan yirilishi
 
mumkin. SHunday qilib, tarmog‗dagi  elektron xujjatni o‗zaro 
moslashuvchan  giper  bog‗lanishlar"  orqali    bir  necha  manbalar  majmuasi  ko‗rinishida  tashkil 
etish mumkin ekan. Natijada millionlab o‗zaro bog‗langan  elektron xujjatlar majmuasidan tashkil 
topgan informasion muhit xosil bo‗ladi. 
Bir  qarashda  internetning  texnik  tarkibiy  qismi  bilan  informasion  tarkibi  o‗zaro 
o‗xshashdek  tuyuladi.  CHunki  ikkala  xolda  xam  biz  "birni  ko‗plikka"  usulda  tashkil  etilgan 
ob‘ektlar borliqligiga duch kelamiz. Aslida bunday  emas. Texnik nuqtai  nazardan internetda 
mavjud  bo‗lgan  ixtiyoriy  kompyuter  ko‗plab  (millionlab)  kompyuterlar  bilan  bog‗langan 
bo‗ladi.  Bunday  bog‗lanish    "TARMOK"(Net)  deb  ataladi.  Informasion  nuqtai    nazardan 
internetda eolon qilingan xar bir elektron xujjat, tarmog‗dagi  bir nechta  xujjatlar bilan o‗zaro 
bog‗lanishda bo‗lishi mumkin. Bu xolda gi informasion bog‗liqlik "to‗r" (Web) nomini olgan. 
Shunday qilib, "tarmoq"(Net)  haqida so‗z yuritilganda o‗zaro bog‗langan  kompyuterlar 
majmuasi  tushunilsa,  "to‗r"  (Web)    xaqida  so‗z  yuritilganda  esa  yagona  informasion  muhitni 
tashkil etuvchi elektron xujjatlar majmuasi tushuniladi. 
IR(Internet Protokol) va URL(Uniform Resource Locator) manzillar tushunchasi. 
Amaliyotda  internetning  real,  fizik  bog‗lanishlar  orqali    tashkil  topgan  tarmog‗idagi 
kompyuterlar  bilan  virtual  informasion  fazoni  tashkil  etuvchi  elektron  xujjatlari  xar  xil 
manzillar  yordamida  ifodalaniladi.  Internet  tarkibiga  kirgan  xar  bir  kompyuter  to‗rt  qismdan 
tashkil topgan o‗z manziliga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IR (Internet Rrotocol)  
manzil  deb  ataladi.  Internetga  doimiy  ulangan  kompyuterlar  o‗zgarmas  IR  manzilga  ega 
bo‗ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan 
bo‗lsa,  u  xolda  ushbu  kompyuter  vaqtinchalik  IR  manzilga  ega  bo‗ladi.  Bunday  IR  manzil 
dinamik IR manzil deb ataladi. 
Internet  informasion  muhitini  tashkil  etuvchi  elektron  xujjatlarning  xar  biri 
kompyuterlarning IR manzillaridan boshqa  o‗zlarining takrorlanmas, unikal manzillariga  ega. 
Bu  manzil  URL  (Uniform  Resource  Locator)    manzil  deb  ataladi.  Masalan,  O‗zbekiston 
Respublikasi  xukumatining  rasmiy  axborotlari,  Oliy  majlis  qarorlari  xaqida  ma‘lumot  beruvchi 
elektron saxifa manzili 
www.gov.uz
  
Agar internet tarmog‗i da biror bir xujjat eolon qilingan bo‗lsa, u yagona takrorlanmas URL 
manzilga ega. Kompyuterda  bir  nom  bilan  ikkita  fayl  mavjud  bo‗lmaganidek,  internetda  xam ikki 
elektron xujjat bir xil URL manzilga ega bo‗lmaydi. 
Internetning  ikkita  asosiy  funksiyasi  bor.  Buning  birinchisi  informasion  funksiya  bo‗lsa, 
ikkinchisi esa kommunikasion funksiyadir. 
1964  yilda  AQSh  Mudofaa  vazirligi  tomonidan  kompyutеr  tarmog‘ining  birinchi 
vеrsiyasi  yaratilgan  edi.  Bu  tarmoq  yordamida  vazirlikning  bo‘limlari  bir  birlari  bilan 
ma'lumotlarni  almashishlari  mumkin  edi.  Bu  tarmoq  ARPA  (Advenced  Research  Projects 
Agency) Net  dеb nomlandi va Unix opеratsion sistеmasida ishlar edi. 70-chi  yillardan boshlab 
bu  tarmoq  juda  rivojlanib  kеtdi  va  endi  unga  xohlagan  kompyutеrni  ulash  imkoniyati  paydo 
bo‘ldi.  
1974  yilda  har  xil  tarmoqlarni  birlashtiruvchi  TCP/IP  protokoli  yaratildi  va  bu 
tarmoqlarni rivojlanishining yana bir turtki bo‘ldi.80-yillada kompyutеr kеng tarqala boshladi va 
har xil AQSh univеrsitеtlari ham kompyutеr tarmoqlarini yarata boshladilar. 1983 yildan boshlab 
ARPA  Net  tarmog‘i  INTERNET  (  ichki  tarmoq  yoki  rus  tilida  «межсет»  )  dеb  nomlana 
boshlandi  va  kompyutеr  рamda  tarmoйlar  tщэplami  sistеmasiga  aylandi.  Bu  sistеmaga 
AЙShning eng taniйli korxonalar tarmogэi NSFNET, еvropadagi EUNet, EARN, Yaponiyaning 

JUNET va Buyuk Britaniyaning JANET tarmoqlari qo‘shildi. Shu vaqtdan boshlab INTERNET 


butun jahon kompyutеrlar tarmog‘iga aylandi. 90-yildan boshlab INTERNET xizmat tarmoqlari 
tashkil  qilinishni  boshladi.  Bulardan  eng  kеng  rivojlanib  kеlganlar  bu  Veronica,  Gopher  va 
World  Wide Web (WWW).  Internetda ma'lumot  ko‘pligi  tufayli kеrakli  ma'lumotlarni WWW, 
FTP  yoki Gopher protokoli (standarti)  yordamida topishimiz va ko‘rishimiz mumkin. WWW  - 
Intеrnеtning  eng  ommabop  xizmat  turidir.  Unga  ulanish  uchun  bizga  kompyutеr  va  modеm 
еtarli. U yordamida biz butun dunyo kompyutеr tarmoqlarda saqlanib turgan ma'lumotlar bilan 
ishlashimiz  mumkin.  Bu  ma'lumotlar  Web-saxifa  ko‘rinishda  saqlanadi.  Bu  sahifalar  egalari 
yirik korporatsiya  yoki kichik korxonalar, univеrsitеt yoki maktablar, xar xil tashkilotlar, jurnal 
va ro‘znomalar yoki oddiy shaxslar. 
Internet dan asosan 7 yo‘nalishda foydalaniladi: 
1) E-mail - elеktron aloqa (pochta) 
2) Chat - intеraktiv suhbatlar (IRC tarmoq yoki E-mail) 
3) Ma'lumotlarni WWW (World Wide Web) yoki GOPHER yordamida izlash. 
4) Ma'lumotlar bilan almashish USENET 
5) Dasturlarni uzoqdan boshqarish 
6) Interaktiv o‘yinlar.  
Internetga ulanish usullari va tartiblari. 
Internetning  kommunikasion  funksiyasi  foydalanuvchilarning  masofadan  turib  o‗zaro 
muloqot qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet 
elektron  pochtasi,  internet  telefon  va  real  vaqt  oralig‗idagi  bevosita  xabar  almashish,  Chat 
konferensiya  yordamida  amalga  oshirilayotgan  muloqotlarni  keltirishimiz  mumkin.  Bundan 
tashqari    internetning  kommunikasion  funksiyasi  uning  foydalanuvchilariga  videomuloqot 
qilish,  videokonferensiyalar  uyushtirish,  bir  shaxardan  turib  ikkinchi  shaxar  ko‗chalarini 
(masofadagi  Web  kameralar  yordamida)  tomosha  qilish  va  muzeylariga  tashrif  buyurish, 
xamda tabiat manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini yaratib beradi. 
Buni quyidagi misol yordamida tushuntirishga xarakat qilamiz. Nima uchun Amerika bilan 
telefon  orqali    gaplashishning  xar  daqiqasi  34  $  turadiyu,  xuddi  shu  muloqot  internet  orqali  
amalga oshirilsa bir necha o‗n barobar kam xarajat talab qiladi? 
Internetda  muloqot  amalga  oshirilganda  esa,  aloqa  kanali  xam  va  unda  ishtirok  etuvchi 
biror  bir  texnik  vosita  xam  monopol  egallanmaydi.  Buning  sababi  Internet  tarmog‗i  da 
uzatilayotgan  so‗rov,  xabar  va  ma‘lumotlar  bir  necha  mayda  bo‗laklarga  ajratilgan  "paket"lar 
ko‗rinishida  amalga  oshiriladi.  Bu  paketlar  TCR  (Transfer  Control  Rrotocol)    paketlari  deb 
ataladi. Xar bir TCR paket tarkibida jo‗natuvchi va  qabul qiluvchilarning IR manzillari mavjud 
bo‗ladi. Internet tarmog‗i da mavjud bo‗lgan kommunikasiya vazifasini o‗tovchi maxsus texnik 
vositalar  va  host  kompyuterlar  TCR  paketlar  tarkibidagi  IR  manzillar  asosida,  paket  kimga 
yo‗llanganligini  aniqlab,  o‗sha  mijozga  yoki  navbatdagi  mijozga  yakin  bo‗lgan  tarmoq  tuguniga 
yo‗naltiradi. Mijoz kompyuteriga etib kelgan TCR paketlar yagona bir xujjatga yig‗iladi. 
 

 
111-rasm. 


Xar  bir  TCR  paket  jo‗natilayotganida  va  kimdan  qaerda  yig‗ilishi
 
kerakligi  xaqidagi 
informasiyani o‗zida olib yurganligi  uchun,  bir  aloqa    kanalining  o‗zida  bir  nechta  mijozlarning 
TCR paketlarini bir vaqtning o‗zida aralashtirib uzatish mumkin bo‗ladi (15.4-rasm). Bu paketlar 
ushbu  oqim  ichida  yo‗qolib    xam,  adashib  xam  qolmaydi.  Ularni  qaysi  mijozlarga  tegishli 
ekanliklarini,  xamda  egalariga  to‗la  -  to‗kis  etib  borishligini  maxsus  dastur  va  texnik  vositalar 
qatoiy nazorat qilib turadi. SHunday qilib Amerika bilan Toshkentni yoki Evropani bog‗lab turgan 
aloqa kanali bir vaqtning o‗zida millionlab mijozlarga xizmat ko‗rsatishi mumkin. 
Ma‘lumki  internet  dunyo  miqyosida  yuz  millionlab  kompyuterlarni  o‗z  tarmog‗iga 
birlashtirib, unda millionlab host tugunlar mavjuddir. Bunday murakkab strukturaga ega bo‗lgan 
tarmog‗ning    ixtiyoriy  bir  qismi  yoki  tuguni,  shikastlanishi  ishdan  chiqishi    mumkin.  Bunday 
xollarning  oldini  olish,  xamda  TSR  paketlar  okimini  optimallashtirish  va  boshqarish  uchun 
tarmoqda  "marshrutizator"  lardan  foydalaniladi.  Marshrutizator    bu  paketlarni  IR  manzillar 
asosida ta‘lil  qilib, ushbu paket kimga tegishli va uni qaysi tartibda, yo‗nalishda uzatishga kam 
vaqt  va  xarajat  talab  qilishligini  aniqlagan  xolda  amalga  oshiradigan  maxsus  qurilma  yoki 
kompyuter ishlayotgan dasturidir. 
 
 
112-rasm. 
Natijada bir mijozdan ikkinchi mijozga uzatilayotgan xujjatning TSR paketlari bir necha 
xil marshrutlar bilan etib borishi mumkin (15.5-rasm). Bunda paketlarning manziliga etib borish 
tartibi va vaqti turlicha bo‗lishligining a‘amiyati   yo‗k. TSR paketlarning markerlanganligi  va 
maxsus  strukturasi,  paketlarning  qaysi  tartibda  etib  kelishidan  katoiy  nazar  ularni  yagona  bir 
elektron xujjat shaklida yig‗ish imkonini beradi. 
 
To‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish. 
15.3-
расм 


 
Bu  usul  tarmog‗ning    barcha  imkoniyatlaridan  to‗liq  foydalanishga  imkon  beradi.  Buning 
uchun alohida  tarmoq  ajratiladi. Uni odatda provayder ta‘minlaydi. 
Kompyuteringiz  server  vazifasini  o‗taydi.  Bu  bog‗lanish  ning  eng  sifatli  usuli  bo‗lib  juda 
qimmat baxolanadi. 
Siz  bu  xolda  provayder  sifatida  ishlashingiz  mumkin.  YA‘ni  Server  yordamida  ma‘alliy  
tarmog‗dagi  kompyuterlarni Internetga bog‗lashingiz mumkin. Xar bir kompyuter Internetning 
barcha  imkoniyatlaridan to‗la  foydalanishi mumkin  (15.5-rasm).  Bunda  ma‘lumotlarni  uzatish 
tezligi 10 Mb/sek. 
 
113-rasm. 
To‗g‗ridan  to‗g‗ri  aloqani  Radio  Ethernet  orqali    amalga  oshirish  mumkin.  Radio 
Ethernet orqali bog‗lanish radio kanal orqali  bog‗lanishdir. Bu bog‗lanish radioantennalar 
yordamida  amalga  oshiriladi.  Bunda  bog‗lanish  uchun  tarmoq  simlarining  zarurati 
bo‗lmaydi. (15.6-rasm) SHuning uchun  bu bog‗lanish  o‗zoq masofalarda  xam aloqa bilan 
ta‘minlaydi (Provaydergacha bo‗lgan masofa 50 kmgacha bo‗lishi mumkin). Ma‘lumotlarni 
uzatish tezligi 11 Mbit/sek ga etadi. SarkorTelekom provayderi shu usuldan foydalanadi. 
Internetni ishlash tartibi. 
E‘tibor  bergan  bo‗lsangiz  domenlar  nomi  ko‗pincha  .com,  .edu  yoki  .org  bilan  tugaydi. 
Quyida ommabop identifiqator lar misollar bilan keltirilgan. 

Каталог: upload -> book
book -> Splendid suns
book -> Mavzu; O’zbekistonda metallurgiya. Cho’yan ishlab chiqarish. Darsning maqsadi
book -> Geometrik geometrik
book -> E’tiboringiz uchun
book -> Hozirgi kunda dunyodagi Sharq va Ovrupo xalqlarida 300 dan ortiq musiqa cholg'ulari milliy musiqa ijrochiligida qo'llanilmoqda
book -> Sanoq sistemalarda amallar bajarish. Kirish Kirish
book -> Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni
book -> Dars maqsadi: Dars maqsadi

Kompyutеr tarmoqlarida ma'lumotlarni uzatish

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-05-24

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling