Tarmoqdagi qurilmalarning oʼzaro aloqasini boshqarish


Download 18.23 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2022
Hajmi18.23 Kb.
#602698
  1   2   3
Bog'liq
1,2chi nazariy savollar
1 курс Психология ОН онлайн, Qadimgi Mesopot, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllar, Imom Muhammad Ismoil Al-Buxoriy , kazus, Hujjat (6), Hujjat (6), Hujjat (6), Hujjat (6), 3-sinf Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar, 391 1 [49](1)I1, ozbek tili darslarida komakchilarni orgatishning zamonaviy usullari, ozbek tili darslarida komakchilarni orgatishning zamonaviy usullari, MI mavzulari ITU, 2 5246890696295581176

Tarmoqdagi qurilmalarning oʼzaro aloqasini boshqarish

Аxborot tizimlari kompьyuter tarmoqlari bazasida yaratilgan, u quyidagi vazifalar yechimini xal etadi: maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash. foydalanuvchining ularga kirishini taʼminlash va maʼlumotlarni qayta gaplash natijasini uzatish.
Markazlashgan qayta ishlash tizimida bu vazifalarni markaziy EHM (Mainframe, Host) bajaradi. Kompьyuter tarmoqlari maʼlumotlarni qayta taqsimlab, qayta ishlashni amalga oshiradi. Bu xolatda maʼlumotlarni qayta ishlash ikki obʼekt, mijoz va server oʼrtasida taqsimlanadi.
Mijoz (klient) - vazifa, ishchi stantsiya yoki kompьyuter tarmogʼidan foydalanuvchi.
Mijoz maʼlumotlarni qayta ishlash jarayonida qiyin ishlarni bajarishi, faylni oʼqishi, maʼlumotpar bazasida axborot izlash uchun serverga soʼrov joʼnatishi mumkin.
Ilgaritdan belgilangan server mijozdan tushgan soʼrovni bajaradi. Server hamma foydalanadigan maʼlumotlarni saqlaydi, ushbu maʼlumotlarga kirishni tashkil etadi va mijozga maʼlumotlarni beradi.
Mijoz olingan maʼlumotlarni qayta ishlaydi va qayta ishlangan natijalarni foydalanuvchiga qulay koʼrinishda taqdim etadi. Bunday tizimlar uchun mijoz-server yoki mijoz-server arxitekturasi atamasi qabul qilingan.
Mijoz-server arxitekturasidan bir darajali lokal hisoblash tarmogʼida, shuningdek ajratilgan serverli tarmoqda foydalanish mumkin.

Bir darajali tarmoq. Bunday tarmoqda ishchi stantsiyalar oʼzaro taʼsirini boshqarishning yagona markazi yoʼq va maʼlumotlarni saqlash uchun yagona qurilma mavjud emas.
Tarmoq operatsion tizimi barcha ishchi stantsiyalar boʼyicha tarqalgan. Har bir tarmoq stantsiyasi ham mijoz, ham server vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stantsiyalaridan olingan soʼrovlarga xizmat koʼrsatishi va oʼz soʼrovlarini tarmoqka joʼnatishi mumkin. Bir darajali tarmoqning afzalligi: narxi apzon va oʼta ishonchli.

Bir darajali tarmoqning kamchiligi:

Tarmoq ish samaradorligining stantsiyalar soniga bogʼliqligi:

tarmoqni boshqarish murakkabligi;

axborotni ximoyalash qiyinligi;

stantsiyalar dasturiy taʼminotini yangilash va oʼzgartirishning qiyinligi.

Bu xildagi tarmoqlar LAN tastic. NetWare Lite tarmoq operatsion tizim bazasida keng qoʼllaniladi.

Аjratilgan serverli tarmoq. Аjratilgan serverli tarmoqda kompьyuterlardan biri barcha ishchi stantsiyalar uchun moʼljallangan maʼlumotlarni saqlash, ishchi stantsiyalar oʼrtasidagi oʼzaro aloqani boshqarish va boshqa bir qator vazifalarni bajaradi. Bunday kompьyuter odatda tarmoq serveri deb yuritiladi. Unga tarmoq operatsion tizimi oʼrnatiladi, yana unga barcha taqsimlanadigan tashqi qurilma -qattiq disklar, printerlar va modemlar ulanadi.

Ishchi stantsiyalar oʼrtasidagi oʼzaro taʼsir odatda server orqali amalga oshiriladi. Markaziy qurilma rolini server bajaradi. Markazlashtirilgan boshqaruv tarmoqlarida ishchi stantsiyalar oʼrtasida axborot almashuv imkoniyati mavjud. Buning uchun Netlink dasturidan foydalanish mumkin.

Аjratilgan serverli tarmoqning afzalligi:


Аxborotni ximoyalashning ishonchli tizimi;

Tezkor harakat:

Ishchi stantsiyalar sonining cheklanmasligi;


Download 18.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling