Tarmoqlararo sohalarni boshqarish


Download 64 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi64 Kb.
#1763794
  1   2
Bog'liq
Bojxona sohasini boshqarish


Tarmoqlararo sohalarni boshqarish
Reja:
1. Iqtisodiyot sohasini boshqarish
2. Davlat statistikasi
3. Tabiatni muhofaza qilish
4. Davlat mulkini boshqarish
5. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
6. Tashqi iqtisodiy aloqalar
7. Bojxona sohasini boshqarish
8. Moliya va kredit sohasini boshqarish

9. Soliq sohasini boshqarish


7§. Bojxona sohasini boshqarish

O`zbekiston Respublikasida bojxona sohasi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.


O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan 1998 yil 1 martdan kuchga kiritilgan Bojxona kodeksi1ga binoan O`zbekiston Respublikasida O`zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi. Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari O`zbekiston Respublikasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta'minlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini ragbatlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iborat.
Bojxona ishi - O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o`tish, boj to`lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir. Bojxona ishi O`zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo bo`shlig`i bojxona hududini tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo`lishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi. Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari va erkin omborlarning tegralari -
Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling