Tarqatmamateria L


Download 1.11 Mb.
bet2/6
Sana09.10.2019
Hajmi1.11 Mb.
1   2   3   4   5   6

BUXORO –2019 yil

Tuzuvchilаr: F.CH.Sobirov- TIQXMMI BF “GTI va NS”-аssistеnt.

A.A.SHomurodov- TIQXMMI BF “GTI va NS”-аssistеnt.

Tаqrizchilаr: M. Egamberdiyev- TIQXMMI BF “Umum kasbiy fanlar” kafedrasi dosenti

E.Fayzillayev-Amu-Buxoro ITHB boshlig’i o’rinbosari.

Mazkur O’quv uslubiy ko’rsatma 5340700-“Gidrotexnika qurilishi” (Suv xo‘jаligida), 5450200-“Suv xo‘jаligi vа mеliоrаtsiya”, 5111000-Kаsb tа’limi “Suv xo‘jаligi vа mеliоrаtsiya” ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun tayyorlandi.

Nasos va nasos stansiyalari fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha o’quv uslubiy ko’rsatma “Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari” kafedrasi yig’ilishi bayon № __.__ __.2019.

Gidromeliorasiya fakultetining bayon №__, “__” ______2019

tomonidan ko’rib chiqilib institut kengashiga tavsiya etilgan.

Institut kengashining (bayon № ___, “___” _______2019) tomonidan ko’rib chiqib tasdiqlangan.



Tоshkеnt irrigаtsiya va qishloq xo’ligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali, 2019 yil.

M U N D A R I J A

So’z boshi…………………………………………………………………… 4

1. Nasos qurilmasi me’yoriy ish tartibi hisobi.Quvurlar xarakteristikasini

qurish va ishchi nuqtani aniqlash……………………………………… 6

2. Nasosning yangi aylanishlar sonini hisoblash va yangi xarakteristikani qurish………………………………………………………………………… 12

3. Markazdan qochma nasoslarning ishchi g‘ildiragi diametrini yo‘nish va o‘qiy nasoslarni parraklarini burish bilan ular xarakteristikalarini o‘zgartirish…..… 16

4. Nasos stansiya gidrobo‘g‘ini sxemasini va tarkibini tanlash.Nasos stansiyani loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlardan foydalanib suv sarfini aniqlash… 19

5. Keltiruvchi va uzatuvchi kanallarning gidravlik hisobi.Nasosni hisobli suv sarfi,bosimi va sonini aniqlash………………………………………………. 21

6. Nasos stansiyaning asosiy gidromexanik va energetik jihozlarini tanlash... 26

7. Nasosning o‘rnatish belgisini aniqlash.Nasos stansiya binosi turini tanlash..34

8. Suv olish inshooti so‘rish quvurlari va stansiya binosining asosiy o‘lchamlarini aniqlash………………………………………………………………………... 40

9. Bosimli quvurlar sonini,materialini va optimal diametrini aniqlash……….. 46

10. Suv chiqarish inshootini turini tanlash va uning gidravlik hisobi……….. . 48

11. Nasos stansiyasi yordamchi jihozlarini tanlash.Nasos stansiya suv-energetik hisobi…………………………………………………………………………... 53

12. Nasos stansiyasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash………….. 56

13. Nasos stansiyasining ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarni aniqlash……………. 60

Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………… 65



SO’Z BOSHI.

Respublikamiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonlarida ham boshqa sohalar bilan bir qatorda bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada qishloq xo’jalik mahsulotlarni etishtirish, uni sifatini oshirish ilg’or tajribalarni qo’llash, yer va suvdan oqilona va unumli foydalanish muhim va strategic ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalish hisoblanadi.

Keyingi o’n yilliklarda suv manbasidan yuqorida joylashgan yerlarni o’zlashtirilishi munosabati bilan meliorativ nasos atansiyalari qurilishi avj oldirildi.Kelajakda respublikamizda sug’oriladigan dehqonchilikni rivojlanishi ya’ni yangi yerlarni o’zlashtirilishi va sug’orishning yangi tejamkor (yomg’irlatib, tomchilatib, yer ostidan) texnologiyalarini qo’llanilishi nasos stansiyalari yordamida amalga oshiriladi.Yer osti suvlarini sathi ko’tarilishi ko’p hollarda vertical zovurlar qurish va ulardan nasoslar bilan suvlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi.Aholini ichimlik suv bilan ta’minlash tarmoqlarida ham nasos stansiyalari muhim o’rin egallaydi.

Nasoslar yordamida suv chiqarishga mo’ljallangan gidromexanik va energetik asbob-uskunalar va gidrotexnika inshootlari majmuiga nasos stansiyasi deyiladi.

Yuqoridagi muammolarni yechish bo’lajak suv xo’jaligi va meliorasiya sohasida puxta nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlarni zamon talablariga javob beradigan kadrlar qilib chiqarishimiz zarur.

Ushbu o’quv uslubiy ko’rsatma “Suv xo’jaligi va meliorasiya” ta’lim yo’nalishi boyicha tasdiqlangan o’quv rejasiga kiritilgan “Nasos va nasos stansiyalari” fani namunaviy o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib, fanni o’rganish jarayonida keng foydalanish mumkin.

Mazkur o’quv uslubiy ko’rsatma nasos qurilmalarining asosiy ish ko’rsatkichlari, nasoslarning nazariyasi va ularning xarakteristikalarini taxlil qilish bo’limlari bo’yicha masalalar, sug’orish tizimidagi nasos stansiyalarining ekspluatasion va texnik-iqtisodiy hisoblarini bajarish uslublari va yo’llanmalari keltirilgan.

Nasos stansiyalarining asosiy asbob-uskunalari ularga o’rnatiladigan nasos agregatlari (nasos va elektrodvigatel) hisoblanadi.

Talabalarni Nasos va nasos stansiyalari sohasidagi injenerlik vazifalarini yechishning zamonaviy qoidalari bilan yaqindan tanishtirish, ularga fan bo’yicha yetarli darajadagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirish “Nasos va nasos stansiyalari” fanini o’rganishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Fanni o’rganishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Berilgan katologdan foydalanib nasosning bosimi va suv sarflarini olish o’rganish;

2. Nasosni so’ruvchi va bosimli quvurlardagi tezlik, undagi burilish, o’tish qismlardagi yo’qotilishlarni topish;

3. Nasos berilgan suv sarfini berayotganini aniqlab agar nasos berilgan suv sarfini bermasa yangi aynanishlar sonini topish;

4. Yangi aylanishlar sonida yangi suv sarfini topish;

5.Berilgan va yangi aynanishlarda nasos quvvatini aniqlash;

6. Nasosni ishchi g’ildiragini necha foizga yo’nishni topiladi;

7. Nasos stansiyasini sxemasini tanlash

8. Har bir davrlardagi suv sarflarni aniqlash.

9. Keltiruvchi va uzatuvchi kanallarning gidravlik hisobi.Nasosni hisobli suv sarfi,bosimi va sonini aniqlash.

10. Nasos stansiyaning asosiy gidromexanik va energetik jihozlarini tanlash.

11. Nasosning o‘rnatish belgisini aniqlash.Nasos stansiya binosi turini tanlash.

12. Suv olish inshooti so‘rish quvurlari va stansiya binosining asosiy o‘lchamlarini aniqlash.

13. Bosimli quvurlar sonini,materialini va optimal diametrini aniqlash.

14. Suv chiqarish inshootini turini tanlash va uning gidravlik hisobi.

15. Nasos stansiyasi yordamchi jihozlarini tanlash.Nasos stansiya suv-energetik hisobi.

16. Nasos stansiyasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash.

17. Nasos stansiyasining ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarni aniqlash.



1-Amaliy mashg‘ulot

Mavzu:Nasos qurilmasi me’yoriy ish tartibi hisobi.Quvurlar xarakteristikasini qurish va ishchi nuqtani aniqlash.

1.Nasosning berilgan katologidan foydalanib suv sarfi,bosimi, foydali ish koeffisentini aniqlash va berilgan sxemadan foydalanib o’tish burilishda yo’qotishlar topamiz.

Shuning uchun ishchi xaraktiristikalarini olayotganda aylanishlar soni va ishchi g‘ildirakning diametri faqat topshiriqda berilgan nasos uchun bo‘lishi kerak.

Odatda nasoslar katalogida nasosning to‘rta ishchi xaraktiristikasi beriladi va ular quyidagilar:

- nasosning bosim xaraktiristikasi H – Q

-FIK grafigi Ƞ – Q:

- quvvat xaraktiristikasi N – Q:

- chegaralangan so‘rish balandligi xaraktiristikasi Nso‘r – Q:

Berilgan nasosning suv sarfini noldan maksimal qiymatgacha ixtiyoriy ravishda o‘zaro teng intervallarga bo‘lib unga mos tushuvchi bosim va FIKlarni qiymatlarini olib misolda ko‘rsatilgandek 1–jadval to‘ldiriladi. Misol uchun: D 1600 – 90 markazdan kochma nasos berilgan



n = 1450 ayl/min

Di.g‘. =460 mm

1-jadval

Q; l/sek

0

50

100

150

200

250

300

350

400

N; m

78

78

76

75

70

68

66

64

62

Ƞ, %

0

28

47

65

70

78

82

83

82

1-jadval yordamida, masshtabda nasosning bosim H-Q va foydali ish koeffitsienti grafigi Ƞ -Q xarakteristikalari quriladi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling