Tartib raqam Sinf


Download 0.6 Mb.
bet15/88
Sana09.09.2022
Hajmi0.6 Mb.
#802964
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88
Bog'liq
Tartib raqam Sinf
ILMIY USLUB, ILMIY USLUB, 2 5341270764379178819, 512-513-514-18- guruhlar uchun mustaqil ishlar mavzulari, 1 - laboratoriya ishi, 1 - laboratoriya ishi, 1-мавзу. Умумий фаровонлик давлатининг шаклланиши.docx.pptx (1), 1620189200 01.04.2021й-№ 2-узбек тили-converted, 15.Rustamova Mohira, 4000 Essential English Words 3 Answer Key, 1-2 var rustili 8-sinf, 292 09.04.2019, 292 09.04.2019, 12, Valiyeva english
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida hunаrmаndchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta’minlanishiga ko‘ra baholash haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

O‘zbek hunarmandchiligining tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Yillar davomida sayqaltopib kelgan bu sohaning dovrug‘i ayniqsa mustaqillik yillarida «yetti iqlim»ga borib yetdi. Xususan, Italiyada o‘tkaziladigan «Jahonning yirik hunarmandchilik san’ati», Turkiyada an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan «Qo‘l mahorati, sovg‘abop buyumlar», Malayziyadagi «Xalqaro hunarmandlar», Rossiyaning «Usta va hunarmandlar etnik olami» nomli xalqaro ko‘rgazmalarida qo‘li gul usta va mohir hunarmandlarimiz tayyorlagan mahsulotlar barchani hayratu hayajonga soldi. Boy tariximiz, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimizdan dalolat beruvchi kulolchilik,
kashtado‘zlik, yog‘och oymakorligi, ganchkorlik, to‘quvchilik, zardo‘zlik hunarlarining yanada taraqqiy etishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun qariyb har yili o‘tkazib kelinayotgan «Tashabbus» ko‘rik-tanlovi yangi «yulduz»larni kashf etmoqda. Buxorolik usta hunarmand Mahfuza Salimovaning ham tashabbuslari mazkur tanlov tomonidan munosib baholanib kelgan. Masalan, u «Tashabbus-2003» ko‘rik-tanlovida «Eng yaxshi ayol tadbirkor» nominasiyasining g‘olibi bo‘lgan bo‘lsa, oradan o‘n yil o‘tib, bu ko‘rik- tanlovda «Yilning eng yaxshi hunarmandi» degan nomga sazovor bo‘ldi va Prezidentimizning sovrini – «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi. – Zardo‘zlar sulolasining uchinchi avlod vakiliman, – deydi Mahfuza Salimova. – Yuz yoshni qoralagan buvimiz Qurbonoy aya zardo‘zlik hunari bilan xalq orasida hurmat-e’tibor qozonib keldilar. Onam Malikabibi Buxoro zardo‘zlik fabrikasida 40 yildan ortiq mehnat qilganlar. Men ham bolaligimdan shu hunarga mehr qoydim, avlodlar an’anasini davom ettirib, 1998 yilda «ustoz-shogird» maktabi asosida «Sadbarg» firmasini ochdim. «Sadbarg» asosan zardo‘zlik, patdo‘zlik, zar oyoq kiyimlari, miniatyura gilamlari va milliy tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Faoliyati davomida u Shveysariya, Rossiya, Koreya, Amerika, Kanada, Yaponiya, Gresiya, Fransiya va Qozog‘iston davlatlarida o‘zining mahorat darslari va ko‘rgazmalarini namoyish qilib ulgurdi va bu mamlakatlarning yuqori e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Hozirgi kunda u 112 nafar shogirdni o‘z bag‘rida kamolga yetkazmoqda. O‘tgan yilni «Sadbarg» 36 mln so‘mlik sof foyda bilan yakunladi. Mahfuza Salimovaning olib borgan muttasil izlanishlari samarasi o‘laroq, patdo‘zlik san’atining 130 turdagi qadimiy usullarini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Shuningdek, buyuk bobokalonimiz Kamoliddin Behzodning miniatyura asarlarini, Alisher Navoiy, Amir Temur kabi tarixiy shaxslar siymolarini pannolarda aks ettirishni oldilariga maqsad qilib qoyishgan. Andijonlik Abdumalik Abduraimovni tom ma’noda «qo‘li gul usta» deyish mumkin. Ustaning mo‘’jizakor qo‘llaridan chiqqan dutor, g‘ijjak kabi milliy cholg‘u asboblarining noyob namunalarini bugungi kunda AQSH, Italiya, Koreya, Hindiston, Xitoy va boshqa qator davlatlarning yirik muzeylaridan topish mumkin. Abdumalik aka o‘zining 44 yillik faoliyati davomida qariyb o‘n asrlik ma’naviy-madaniy merosimiz tarixini qunt bilan o‘rgandi, ayniqsa Kamoliddin Behzod miniatyuralarida aks ettirilgan cholg‘u asboblari usta e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Ana shu uzoq yillik izlanishlari mevasi sifatida o‘zining «G‘ijjaki Boburiy», «Dilrabo», «Dilnavo», «Meros», «Xushnavo», «Qo‘shtor» deb nomlangan ajoyib sozlarini kashf etdi. U 2006 yilda Tojikiston Respublikasida o‘tkazilgan «Shashmaqom» musiqa festivalida ishtirok etib, Tojikiston va YUNESKO tashkilotining maxsus diplomini qo‘lga kiritgan. 2009 yilgi «Navro‘z sadolari» II Respublika ko‘p ovozli milliy cholg‘u ansambllari festivaliga ham homiy, ham tashkilotchilik qilgan. Ayni paytda Abdumalik Abduraimov milliy musiqa sozlari ishlab chiqaruvchi korxona ochib, unga texnologik asbob-uskunalar jalb qilgan. Hozir bu yerda 120 nafardan ortiq yosh ustalar (ularning 20 nafari musiqa kollejining bitiruvchilaridir) «ustoz- shogird» usulida ushbu hunarning sir-asrorlarini o‘rganishmoqda. Diqqatga sazovor jihati shundaki, Abdumalik Abduraimov va uning shogirdlari yaratayotgan milliy cholg‘u asboblari dunyoning ko‘plab mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Korxonaning 2012 yilda mahsulot sotishdan tushgan sof tushumi 102,7 mln so‘mni, yalpi foydasi esa 30,9 mln so‘mni tashkil etdi. Uning mehnatlari ham «Tashabbus–2013» ko‘rik-tanlovida alohida e’tirof etilgan va maxsus sovrin bilan taqdirlangan.




  1. Download 0.6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling