Tasadduq, yo Rasululloh [Sheʼrlar], T., 1992; Devon, T„ 1999


Download 8.51 Kb.
Sana19.11.2020
Hajmi8.51 Kb.
#147400
Bog'liq
Haziniy


Haziniy

Tasadduq, yo Rasululloh [Sheʼrlar], T., 1992; Devon, T„ 1999.

LL.Joʻraboye v O.R.,Haziniy Xoʻqashshy hayoti va ijodiy merosi, T., 2003.

Haziniyning har uchala toshbosma bayozidan, Gʻafur Gʻulom nomidagi Fargʻona viloyati muzeyi jamgʻarmasidagi 45, 4312-raqamli qoʻlyozma bayozlardan va boshqa manbaalardan 961 misradan iborat 49 ta sheʼrini aniqlab, kiritdik.

Istasa har kim xudoni, koʻngli vayrondin topar,

Tun saharlarda va yo ul chashmi giryondin topar.

Layli Majnundin xabar olmoqni qilsa muddao,

Oshiqi sargashtani oh ila afgʻondin topar.

Ketti Baytullogʻa Adham taxtu baxtidin kechib,

Jomayi pashminasin sahroda choʻpondin topar.

Yusufim deb yigʻlar erdi, baytul-ahzonda mudom,

Yaʼqub oʻgʻlini soʻrab gar Misri sultondin topar.

Oqilu donoda yoʻqtur zarracha ayshu huzur,

Bu jahon nashʼu namosin soʻrsa, nodondin topar.

Suhbati Hizri nabini qilsa har kim orzu,

Misli ul Muso Kalimdek obi hayvondin topar.

Yor vasli quflini gar istasa miftohini,

Justujoʻ qilsa kishi, albatta hijrondin topar.

Misli ul Vaysul-Qaran choʻllarda tutmishman vatan,

Istasa har kim Haziniyni registondin topar.



Talmeh arabcha soʻz boʻlib, maʼnosi “chaqmoq chaqilishi”, “bir nazar tashlash” demakdir. Badiiy sanʼat sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir.

"Adabiyot” (Boqijon Toʻxliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. Oʻrta taʼlim muassasalarining 10-sinfi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari uchun darslik-majmua. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent–2017)
Download 8.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling