TASAVVUR VA SО‘Z XATTI-HARAKATI
Xatira Tastemirovna Djuldiqorayeva
О‘zDSMI
Annotatsiyа: Ushbu maqolada jahon teatr san’ati
maktabini isloh qilgan
pedagog va rejissyor Konstantin Sergeyevich Stanislavskiyning ijodiy tavsiyalariga
tо‘xtalib о‘tilgan. Aktyorning ta’sirchan sо‘zga erishishi va kechinma san’atini
о‘zlashtirishida tasavvur va fantaziya hamda sahnaviy
diqqatning ahamiyati
tо‘g‘risida sо‘z boradi.
Talabaning aktyorlik mahorati va badiiy sо‘z san’atini
mustahkam egallashi va mahoratli ijodkor bо‘lib shakllanishida bu sistemaning о‘rni
nihoyatda katta.
Kalit sо‘zlar: Talaba, ijod, sistema, tasavvur, fantaziya, diqqat, ta’sirchan sо‘z,
kechinma, aktyor, sahna.
IMAGINATION AND WORD BEHAVIOR
Xatira Tastemirovna Djuldiqorayeva
USIAC
Abstract: This article focuses on the creative recommendations of Konstantin
Sergeevich Stanislavsky, a teacher and director who reformed
the world school of
theatrical art. There is talk of the importance of imagination and fantasy, as well as
stage attention, in the actor’s ability to achieve impressive speech and master the art
of experience. The role of this system in the formation of the student's acting skills
and the art of artistic expression and the formation of a skilled artist is enormous.
Keywords: Student, creativity, system, imagination, fantasy, attention, affective
speech, experience, actor, stage.
San’at va madaniyat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar dars
mashg‘ulotlarining dastlabki kunlaridan boshlab “Stanislavskiy sistemasi”
degan
tushuncha bilan tо‘qnash keladi. Talaba tahsil olish davrida, qolaversa butun ijodiy
faoliyati davomida ham bu sistemaning mohiyatini anglab yetish va unga amal qilish
ustida doimiy izlanadi. “Stanislavskiy sistemasi” bu ijodkorning yо‘l xaritasidir.
Tasavvur aktyor ijodining mohiyatini belgilaydi. Tasavvur hosil qilish ijodda
kо‘p vaqt va qunt bilan о‘rganilishi zarur bо‘lgan hayotiy ehtiyojdir. Nafaqat aktyor,
balki
jamiki ijodkor bor ekan, unda tasavvur layoqati yuksak shakllangan bо‘lishi
kerak. San’at badiiylikni talab qiladi, badiiylik uchun esa ijodiy tо‘qimani mohirona
qо‘llay bilish muhim sanaladi. Har qanday asarni real va haqqoniy tasvirlash
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022
ISSN 2181-063X
22
http://oac.dsmi-qf.uz
mumkin, lekin u asar badiiy tо‘qimalar
bilan boyitilmas ekan, ta’sirchan va
qiziqarlilik hususiyatini yо‘qotadi.
Tasavvur ijodkorni doimo yangilikka, yangi topilmalarni
topish va taassurot
olamini rang-barang ijodiy chizgilar bilan rivojlantirib borishga chorlovchi hissiyot
kо‘lamidir. Aynan aktyorlik mahoratini egallashni maqsad qilgan talabalar tasavvur
olamining eng yuksak chо‘qqilarini zabt etishi kerak. Bunda esa ijodiy yondashuv va
tafakkur kо‘lami chuqur xayolot olamini barpo qilish va uni rang-barang timsollar
bilan boyitishdan iboratdir.
Aktyorlik maktabida tahsil olayotgan talaba uchun
tasavvur layoqati suv va
havodek zarur. Tasavvursiz aktyor libossiz sahnaga chiqqan bilan barobardir. Negaki,
tasavvur fikrlashni gо‘zallashtirish bilan birga, unga jon ham ato etadi. Tasavvur va
fikrsiz sahnada obrazlarni gavdalantirish aktyor tanasi va ruhiyatini kо‘rimsiz holatga
keltiradi. Tasavvur aktyorni har jihatdan ustun qilib tarbiyalaydi, shu bois ham ijod
maktabining poydevorini tasavvur qilish elementlari bilan qurmoq, ijodiy fantaziya
bilan gо‘zallashtirmoq kerak. Shu о‘rinda, teatr san’ati fanining nazariyasini
yaratgan, ulug‘ mahorat egasi K.S.Stanislavskiy о‘z sistemasida tasavvurni quyidagi
bosqichlarda aniqlab olish kerakligini ta’kidlaydi:
“Ijod protsessida tasavvur