Tasdiqlayman” Oltinsoy tumani xtb ga qarashli 11-sonli umumta`lim maktabi direktori ch bozorov


Download 18 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi18 Kb.
#555071
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur bayonnoma
fizika, 1-topshiriq(yechim), 8-мавзу (1), 2.1.-Mavzu (1), 2.1.-Mavzu (1), O`zbekistonda siyosiy part, mustaqil ish 1, 10 топшириқ o'zbekiston tarixi Xudoyqulova Mohira, 1-mavzu. Ma’lumotlar bazasini noormal, 2-mavzu, 1-mua.keys 9-1 MEXS 21 Xamrayev Alisher, 2-тақдимоти iyod, 3-тақдимоти iyod, amaliy ish 1

TASDIQLAYMAN” Oltinsoy tumani XTB ga qarashli 11-sonli umumta`lim maktabi direktori_________CH Bozorov
2021 yil 13-fevral.


Oltinsoy tumani XTB ga qarashli 11-sonli umumta`lim maktabida buyuk bobokalonomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan o`tkazilgan tadbir
B A Y O N N O M A S I
“13” fevral 2021-yil Yangiariq mahallasi

Yig`ilish raisi : Maktab direktori: CH Bozorov.


Kotib: Maktabning MMIBDO`: B Egamberdiyev

Ishtirok etdi: Maktabning: ona tili va adabiyot . o`qituvchilari, O`qituvchilar va o`quvchilar


K U N T A R T I B I D A.
1. Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunni munosib qarshi olish.
Oltinsoy tumani XTMFMT va TE bo`limiga qarashli 11- umumiy o`rta ta`lim maktabida 2021 yil 13-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan tashkil etilgan kechani maktab direktori CH Bozorov ochib berdi bobomiz haqida shunday dedi; Zahiriddin Muhammad Bobur ham shoh , ham shoirdir “ Bobur ” arab tilida “sher” degan ma`noni bildiradi. Chindan ham u bu nomga munosib shaxs edi. U tariximizning murakkab bir davrida yashadi. Qudratli Temuriylar saltanati yemirilib , o`rniga Shayboniylar kelayotgan davr edi. Yurt jangu jadallar ichida qolgandi. Shunday bir paytda o`z yurtiga sig`magan temuriyzoda Bobur Hindistonga bosh olib ketdi . U yerda buyuk saltanatga asos soldi. O`z jasorati va adolati bilan olis hind xalqi qalbidan joy oldi, uning mehrini qozondi. Boburning avlodldri hind diyorida uch yuz yidan ortiqroq hukmdorlik qildilar.
Shundan so`ng M.M.I.B.D o`rinbosari B.Egamberdiyev haqidagi fikrlarni davom ettirdi va Bobur 1483- yil 14- fevralda Andijonda tug`ildi. Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg`ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug`nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Otasi bevaqt vafot etgach , Farg`ona hokimligi 12 yoshdagi Boburning zimmasiga tushdi. 15 yoshida bobo meros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo`ladi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo`ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi.1503-yil Qobul va G`aznani qo`lga kiritdi. 1526-yilda Hindistonni zabt etib boburiylar saltanatiga asos soldi.
Shundan so`ng navbat maktabning ona-tili va adabiyot o`qituvchisi J Umirovaga berildi va o`z so`zida:
: Bobur didi va zavqi baland shoir edi. U go`zal g`azallar yozdi. Ruboiynung tengsiz namunalarini yaratdi. Ko`rgan kechirgan voqealari haqida “BOBURNOMA” asarini yozib qoldirdi.
Yod etmas emish kishini g`urbatda kishi,
Shod etmas emish ko`ngilni mehnatda kishi.
Ko`nglim bu g`ariblikda shod o`lmadi oh,
G`urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.
deb o`z so`zini yakunladi.
Shundan so`ng navbat maktabning o`quvchilari jamoalariga berldi , o`quvchilar ham Bobur hayoti va ijodi haqida gapirib sahnalashtirilgan ko`rgazmali chiqishlar hamda Bobur yozgan ruboiy , sherlardan to`rtliklar va G`azallaridan namunalar o`qib eshittirdi.
Shundan so`ng maktabning ona-tili va adabiyot o`qituvchisi , Sherboyeva A so`zga chiqib shunday dedi- Shoirning quyidagi ruboiysida yaxshilikning sharofati , yomonlikning kasofati, vafoga vafoning jafoga jafoning qaytajagi haqida so`z ketadi.
Har kimki vafo qilsa,vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko`rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo`lsa jazo topqusidur. Chindan ham bu uning hayotdagi shiori edi. Zamon haqsizliklari ichida yurgan shoir o`z hukumdorligi davrida yaxshiga-yaxshi, yomonga-yomon bo`lishga harakat qildi. Vafoga- vafo,jafoga –jafo qaytardi.Darhaqiqat aziz o`quvchilar biz ayni damda Bobur yozgan va bizga qoldirgan merosdan o`qib unda juda ko`p va xo`p xislatlar hamda yaxshiliklarni o`rganamiz. Bobur bugun xalqimizning sevimli farzandlaridan biridir. U haqda dostonlar, romanlar yozilgan, kinofilmlar ishlangan. Andijon va Toshkentda ulkan bog`lar barpo etilib, u joylarga Bobur nomi berilgan va haykali o`rnatilgan.
.Yuqoridagilarga asoslanib yig`ilish
Q A R O R Q I L I N D I :
1. Maktab o`quvchilarini Navoiy ijodi haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida ma`naviyat darslarida tushuntirish ishlarini olib borish sinf rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
2.Tadbirda faol qatnashgan o`quvchilarga maktab ma`muriyati va kasaba uyushmasi tomonidan rag`batlantirish va fahriy yorliqlar bilan taqdirlansin.
3.Mazkur bayonnomani ijrosini va nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.


Kotib : B Egamberdiyev.
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling