“Tasdiqlayman” O„quv ishlari bo„yicha prorektor prof O. R. Teshaev 201 yil


Shovqin, ultratovush, infratovush, tebranish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana30.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

Shovqin, ultratovush, infratovush, tebranish 
     
Shovqinning  gigiyenik    va  ijtimoiy    muamolari.  Shovqinning    fizikaviy    tasnifi. 
Asosiy  shovqin  manbalari,  baholash  usulllari.  Shovqinni      organizmga    spetsifik    va 
nospetsifik    ta'siri.  Shovqin  kasallligi.    Professional    karkuloqlik.  Shovqinga  qarshi 
umumdavlat  muammolari.  Umumiy  va  shaxsiy  himoya  vositalari.  Ishlab  chiqarishda 
shovqinni    gigiyenik    reglamemtlash    prinsiplari:  me'yoriy    daraja,        me'yoriy  xujjat.  
Profilaktik  chora  tadbirlar 
      
Ultratovush. Ultratovushni texnikada,   biologiyada,   tibbiyotda    qo„llanish    joylari. 
Fizikaviy  tasnifi.  Ultratovush    to„qimlarini    havoda    suyuqlikda    tarqalishi. 
Ultratovushlarni so„ndiruvchi termik ta'sir. Kovitatsiya  faoliyati. Ishchilarga ultratovushni  
ta'sir  etish  yullari. Organizmga  ta'siri. Ishchilarda noqulay ta'sirni chegaralash me'yorlari.  
Ultratovushlarni    yul    kuysa  buladigan    daraja    intensivligi,  asosiy  dovolash-profilaktik  
chora tadbirlar. Ishchilar  o„rtasidagi tibbiy  ko„rik. 
Infrtovush. Ishlab    chiqarishda    infra    tovush    manbai    va    ularni    qo„llanish    joyi. 
Fizikaviy  tasnifi.  Organizmga  ta'siri.  Himoyalash  chora-tadbirlari.  Infratovush 
intensivligini  ruxsat  etiladigan  me'yoriy  darajasi.  Ishchilarning  salomatligini  tibbiy 

 
 
kuzatish.  Tebranish  -  gigiyenik    muammo  sifatida.    Ishlab    chiqarishdagi    tebranish 
manbalari.  Tebranishni  gigiyenik  tavsifi.  Tebranishni  organizmga  ta'siri.  Patologik 
o„zgarishlarni    keltirib  chiqaruvchi    ishlab    chiqarish    omillari.  Vibratsion  kasallik. 
Umumiy  va  shaxsiy    himoya  vositalari.    Mehnat  va  dam  olish  tartibi.  Tibbiy  profilaktik 
chora tadbirlar. Gigiyenik reglamentlash  prinsiplari:   ruxsat  etilgan   me'yoryi  darajasi, 
me'yoriy  hujjat. 
Ionlashtirilmagan   nurlar 
      
Elektromagnit  maydon  kuchlanganligi  (EMM).  Xalk  xo„jaligida    qo„llanilishi. 
Asosiy    nurlanish  manbalari.    Impl'usli  va    uzluksiz    EMM.  Elekrtomagnit    maydon 
kuchlanganligini      tasnifi.  Mehnat    sharoitida  har  xil    chastotadagi  EMMni    o„lchash  
usullari    va    uni    gigiyenik    baholash.    O„lchov    birliklari.  Uzluksiz    va  diskrit    EMM. 
Organizmga   ta'siri.  O„ta  yuqori  chostotali nurlarni  o„ziga  xos  ta'siri  EMMni  ko„rish  
organlariga  klinik  holati.  EMM  va  boshqa  funksiyaviy  omillarni    kombinatsiyalashgan 
ta'siri  (rentgen,  infraqizil  nurlanish,  yuqori  temperatura  va  boshqalar).  Ishchilarga    ta'sir  
etuvchi  noqulay  omillarga  qarshi  tadbirlar. Tibbiy-profilaktik chora tadbirlar. Umumiy 
va  shaxsiy  himoya  vositalar.  EMM    radiochastotalar  bilan  ishlaganda  qo„llaniladigan 
sanitar qonunlar. Ruxsat  etilgan daraja. 
        Lazer nurllanishi. qo„llanish joyi. Ishlash prinsipi. Lazer bilan ishlaganda birgalikda 
ta'sir etuvchi noqulay omillar, lazer  nurlanishining ta'siri. Teri  va ko„zga  ta'siri (kritik  
organlar).  Lazer    moslamalari  bilan  ishlaganda  sanitariya  qonunlar.  Umumiy  va  shaxsiy  
himoya  vositalari. 
     
Ultrafiolet  nurlanishlar.  Manbai,  spektral  tarkibi  bo„yicha    tasnifi.  UF-nurlar  
ta'sirida    yuzaga    keladigan  ish  turlari  va  operatsiyalar.  UF-nurlanish  ta'siri.  Kasb 
kasalliklar.  Umumiy  va  shaxsiy  himoya    vositalari.  Tabiiy  yoritilganlik  yetishmaydigan 
ishlab  chiqarish  korxonalarida    ishlovchi    ishlarda  UF-nurlanish.  Profilaktik  chora 
tadbirlar. Me'yoriy  xujjat. 
      
Elektrostatik    manba.  Elektrostatik  manba  tushuncha  hakida,  kasbiy  zarar    sifatida 
uning  ahamiyati.  Elektrostatik  manba  ta'siri  bilan  bog„liq      ishlab  chiqarish  korxonalari. 
Organizmga ta'siri. Elektrostatik manbaidan   himoyalanish choralari  va usullari. 
Shaxsiy  himoya vositalari 
         Sog„liqni  saqlash  chora tadbirlari sistemasida shaxsiy  ximoya  vositalari. Tasnifi. 
ShXV  ga  bulgan  gigiyenik  talablar.  Asosiy  va    qo„shimcha  ShXV  haqida  tushuncha. 
Maxsus  oyok  kiyim.  Boshni  himoyalovchi  vositalar.  Kiyim  qoplamalar  uchun 
qo„llanuvchi matolar, kiyimlarni  gigiyenik himoya holatiga baho berish. Nafas organlarni 
himoya  qilish  ShXV  (filtrlovchi  respiratorlar,  protivogazlar)  va  izolyasiya  qiluvchi 
(shlankali    protivogazlar,  kislorodli  –  izolyasiyalovchi  asboblar,  niqoblar,  shlemlar,  

 
 
pnevmokostyumlar). Ko„zni himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari (ko„zoynak,  shitok) 
va  quloqni  himoyalovchi    (ichki  va  tashqi  antifonlar).  Foydalanish    qoidalari  tozalash 
usullari, samaradorligiga baho berish. Har xil  ifloslanishlardan terini tozalovchi  vositalar  
va  uni  tozalash  usullari. Terini himoyalovchi qo„shimcha vositalar (surtmalar pastalar, 
biologik  qo„lqoplar). 
Ishlab chiqarish ventilyasiyasini gigiyenik asoslari 
        Ventilyasiya  tushunchasi,  mohiyati  va  ishchilarni  sog„lig„ini  saqlovchi  chora 
tadbirlar  sistemasidagi  o„rni.  Turi  va  ko„llanilishi  bo„yicha  tasnifi.  Ventilyasiya 
unumdorligi  va  samaradorligi  tushunchasi,  aniqlash  usullari.  Tabiiy  ventilyasiya: 
kamchilik  va  qulayliklari  zararli  omillarga  qarshi  ko„llanuvchi  moslama  turlari  va 
prinsiplari Aeratsiya - qo„llash uchun ko„rsatmalar, ta'sir etish prinsiplari. Ishlab chiqarish 
binolariga    qo„yiladigan  asosiy  talablar,  foydalanish  sharoitlari.  Mexanik  ventilyasiya: 
qulayliklari  va  kamchiliklari,  tasnifi.  Umumiy  olib  ketuvchi  va  maxalliy  olib  ketuvchi 
ventilyasiya – qo„llash sharoitlari. Ayrim ventilyasiya qismlarga asosiy  gigiyenik talablar 
(havoni  yig„ish    va  chiqarish  joylari,  ishlab  chiqarish  xonalar  tarkibi  va  boshqalar). 
Maxalliy  olib  keluvchi  va  olib  ketuvchi  ventilyasion  moslamalar.  Havo  retsirkulyasiyasi 
va undan foydalanish. Havo olmashinuv balansi. Havo kodensatsiyasi, ishlab chiqarishda 
qo„llanishi uchun ko„rsatmalar. 
Ishlab chiqarishda yoritilganlikni gigiyenik asoslari 
        Ratsional  ishlab  chiqarishda  yoritilganlikni  gigiyenik  asoslari,  uni  salomatlikka  va 
ish qobilyatiga ta'siri. Yoritilganlikni biologik ta'siri. Asosiy ko„rish funksiyalari va ularni 
yoritilganlikka  bog„liqligi,  qorong„ulilikka  va  yorug„likka  moslashish,  ko„rish  organini 
charchashga ta'siri. Asosiy yoritilganlik tushunchalari va  o„lcham birliklari. Yaltirash va 
ko„rlik. 
     
Ishlab  chiqarishda  yoritilganlik  turlari.    Tabiiy  va  sun'iy,  umumiy  va  maxalliy 
yoritilganlik  tushunchalari.  Avariya  holatidagi  yoritilganlik.  Sun'iy  yoritilganlik. 
Cho„g„lanma  va  gazorazryad  lampalarga  bo„lgan  gigiyenik  talablar:  qulayliklari  va 
kamchiliklari.  Armatura,  uning  mohiyati,  tasnifi.  Yoritkichlar  turlari.  Ularni  gigiyenik 
baholash  va  me'yorlash  prinsiplari.  Tabiiy  va  birgalikda  yoritilganlik,  yon  tomonlama, 
yukoridan va kombinatsiyalashgan yoritilganlik. Gigiyenik me'yorlash Tabiiy yoritilganlik 
tushmaydigan  ish  sharoitlarda  qo„llaniladigan  choralar  (fonarsiz  va  oynasiz  ishlab 
chiqarish xonalari, shaxtada ishlovchilar). Ishlab chiqarish binolarida insolyasiya. Yuqori  
insolyasiyani oldini olish usullari. 
Ayollar mehnat gigiyenasi 
 
Umumiy  ishchilar  sonini  o„rtacha  hisobda  50%  ni  ayollar  tashkil  etadi.  Ishlab 
chiqarishda (yoki ayrim sexlarda) mehnat sharoiti  yoki uning tarkibi ayollar organizmiga 
noqulay ta'sir ko„rsatishi mumkin (ginekologik kasalliklarni keltirib chiqarishi, repraduktiv 

 
 
faoliyatiga  ta'sir  etish  mumkin).  Zararli  va  havfli  ishlab  chiqarish  omil  turlari,  og„ir 
jismoniy  mehnat,  o„ta  zo„riqish,  ko„krak  qafas  organlari  va  qorin  bo„shlig„i  boksa  qon 
aylannishini buzuvchi majburiy ish holati, tebranish, ionlashtiruvchi nurlanish, embriogen, 
teratogen va gonadotoksik ta'siriga ega kimeviy moddalar ta'sir etadi Ayollar organizmiga 
spetsifik  ta'sir  etuvchi  kasbiy  omillar  kriteriyasi.  Ayollar  mehnatini  muxofaza  qiluvchi 
qonuniy xujjatlar SanPiN №0115-01) yukni tashish va ko„chirishni ruxsat etilgan me'yor 
miqdorni  reglamentatsiyasi,  dam  olish  va  mehnat  kilish  tartibi,  tungi  vaqtlarda  ayollar 
mehnatini taqiqlash, tug„ishdan avvalgi va tug„ishdan keyiingi ta'til pul miqdorini oshirish, 
xomiladorlik davrida ayollarni yaxshi mehnat sharoitli ishga o„tkazish, ayollar gigiyenasi 
xonasini jihozlash, dastlabki va davriy tibbiy ko„riklarni o„tkazish. 
 
Ishlab chiqarish sharoiti va ishchilarda kasallanishini o„rganish 
 
     
Salomatlik  haqida  tushuncha  (Sog„liqni  Saqlash  Jamiyati),  salomatlik 
ko„rsatkichlari. Kasallanishni – sotsial ijtimoiy, ishlab chiqarish omillari bilan bog„liqligi. 
Umumiy  kasallanish.  Umumiy  kasalanish  ko„rsatkichlari.  Hodisalar  soni.  Kasallanish 
haqida  axborot  manbai,  O„rganish  usullari  gigiyenik  mehnat  sharoitini  bilgan  holda 
kasallanishni  taxlil  qilishda  metodologik  kirishish,  kasb  kasalliklari  kelib  chiqish  sababi, 
tasnifi. Umumiy va kasb kasalliklarni oldini olish choralari.  
Mehnat gigiyenasida davlat sanitariya nazorati 
     
DSENMda  mehnat  gigiyenasi  vrachining  asosiy  ish  faoliyati  ishlab  chiqarish 
ob'ektlarida  ish  usullari  va  Davlat  sanitariya  nazorati  turlari.  Ogohlantiruvchi  sanitariya 
nazoratining  umumiy  asoslari  (OSN).  Asosiy  qonuniy  xujjatlar  yangi  qurilayotgan  va 
qayta  ta'mirlanayotgan.  yer  ajratish,  loyihalash,  qurilish  jarayonida  ishtirok  etish, 
topshirish  bosqichlarida  OSN.  Ishlab  chiqarish  ob'ektlarini  texnik  binolarni  ayrim 
qismlarini  qayta  ta'mirlab,  binoni  qurishda  sanitariya  ekspertizasi  JSNning  umumiy 
asoslari  sanitar  tekshiruv  turlari.  Ishlab  chiqarish  muhitidagi  zararli  va  xavfli  omillarga 
miqdoriy  baho  berish,  mehnatni  muxofaza  qilish  va  ishchilar  salomatligini  yaxshilash 
JSNda asosiy qonuniy xujjatlar. 
Ishlab chiqarish ob'ektida Davlat sanitariya nazorati 
         Davlat  sanitariya  nazorati  (DSN)  -  bu  sanitariya-epidemiologik  xizmat  faoliyati 
bo„lib,  sanitar  gigiyenik  konunlarni  buzilishini  oldini  olish  va  aniqlash.  O„zR  SSV  va 
ma'muriy-xududiy  DSENM  larini  tuzilishi.          Qonuniy  xujjatlar:  asos  bo„luvchi  (Davlat 
sanitariya  nazorati  haqida  qonun,    O„zR  mehnat  kodeksi);  barcha  ishlab  chiqarish 
tarmog„larga teg„ishli umumdavlat me'yoriy xujjatlar; alohida sanoat tarmoqlar va omillar 
uchun  me'yoriy-uslubiy  xujjatlar  (SanQvaM,  QMQ,  REM  va  h.k.);  O„zR  SSVni 
buyruqlari  va  hakozalar.  DSENM  mehnat  gigiyena  vrachini  faoliyatida  Davlat  sanitariya 
nazorat shakllari va ish mazmuni. Mehnat gigiyenasi vrachining huquq va burchlari. 
Tashkiliy - uslubiy ishlar 

 
 
        Mehnat  gigiyena  vrachini  ishini  rejalashtirish    prinsiplari.  Birlamchi  va  hisobot 
xujjatlar,  ishlab  chiqarish  ob'ektlarni  dislokatsiyasi.  Hisobotlarni  tuzishda,  loyxalarni 
yechishda,  ularni  bajarilishi  ustidan  nazorat  o„tkazishda  qatnashish.  Uslubiy  va  me'eriy 
adabiyotlar  bilan  ishlash.  Bo„limmalardagi  tibbiyot  va  texnik  xodimlarni  malakasini 
oshirish. Ma'muriyat koshidagi nazorat ostidagi ob'ektlarni sanitariya holatini taxlil qilish. 
Tibbiyot  deontologiyasi  mehnat  gigiyenasi  vrachining  ish  faoliyatining  asosiy 
me'yorlaridan biri. 
Ogoxlantiruvchi sanitariya nazorati (OSN) 
     
Sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi me'yorlarni va qoidalarni ishlab chiqarish, 
ob'ektlarni  loyixalashtirishda,  qurulishda  va  joylashtirishda  nazoratni  o„tkazish.  Ishga 
qabul  qilish  komissiyasida  qatnashish.  OSNni  asosiy  qonuniy  xujjatlari:  QMQ  va 
SanQvaM  (ishlab  chiqarish  binolari,  ma'muriy  va  maishiy  binolari,  tabiiy  va  sun'iy 
yoritilganlik,  ventilyasiya,  isitilish  tizimi,  texnologik  jarayonni  tashkillashtirish  va 
atmosfera  havosini  himoya  qilish);  MXST  Davlat  standartlari  va  hakozolar.  Qurilish 
jarayonlarida DSN, operativ xujjatlarni tuzish (dalolatnomalar, qarorlar, ko„rsatmalar). 
    
Korxonalarni loyihalash va qurishga gigiyenik talablar. Ishlab chiqarish ob'ektlarini 
turi  va  tarmog„i  (  korxonalar,  qishlok  xo„jalik  ob'ektlari,  yer  osti  ob'ektlar,  derazasiz  va 
mo„risiz  binolar)ni  loyihalashda    maxalliy  iqlim  sharoitlarini  hisobga  olishni  prinsiplari. 
yer maydonini tanlashda gigiyenik talablar. Sanitariya himoya mintaqalarini tanlashda suv 
manbalari,  tuproq  va  atmosfera  havosini  ifloslanishini  oldini  olishni  hisobga  olish. 
Binolarning  arxitektura  xususiyatlarga  bo„lgan  talablar  va  sexlarni  territoriyada 
joylashishi.  Sanitar  maishiy  xonalargi  texnologik  jarayonlarga  va  jihozlarga,  nazorat  va 
boshqaruv  vositalarga  bo„lgan  gigiyenik  talablar.  Shaxsiy  va  namunaviy  loyihalariga 
bo„lgan sanitariya nazoratini tashkillashtirish, asosiy qonuniy xujjatlar. 
Joriy sanitariya nazorati (JSN) 
      
Asosiy  masalalari:  ishlab  chiqarish  ob'ektlarini  ishlash  jarayonida  sanitariya 
qonunchilikni  buzilishini  oldini  olish  va  aniqlash.  Joriy  sanitariya  nazorati  ostidagi 
ob'ektlar  (korxonalar,  muassasalar,  rasmiy  muassasalarda  ro„yxatga  olingan  ob'ektlar, 
ishlab  chiqarish  korxonalari,  qurilish  muassasalari,  elektrostansiyalar,  avtotarnsport 
korxonalari, qishlok xo„jalik va hakozolar). Ishlab chiqarish ob'ektlarini sanitariya holatini 
kuzatish.  Texnologik  jarayonlarni  asosiy  bosqichlari  va  ularga  gigiyenik  baho  berish 
(sexlar  bo„yicha  va  korxonalarni  xududida  ishlaganda).                  Zararli  va  xavfli  ishlab 
chiqarish  omillarni  miqdorini  aniqlash  va  baho  berish.  Ishlovchilar  organizmida  zararli 
ta'sirlarni  oldini  olishga  qaratilgan  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqarish.  Sanitar-texnik 
choralarni  samarasini  kuzatish  (ventilyasiya,  kondiotsionerlar,  tabiiy  va  su'niy 
yoritilganlik). Maishiy xonalarni yetarliligi va sanitariya holati, ayollar mehnat gigiyenasi 
ustidan  nazorat,  nafaqa  yeshdagi  ishchilar  va  nogironlar  ularni  kasblarni  o„rganish 

 
 
mehnatni  taqiqlovchi  holatlarni  o„rganish.  Joriy  sanitariya  nazoratni  hisobga  olishda 
ro„yxatga  olish  hisobot  va  operativ  xujjatlar  tuzish.  Ishlab  chiqarish  va  turini  hisobga 
olgan  holda  mehnat  sharoitlarini  kompleks  sog„lomlashtirish  chora  tadbirlarini  ishlab 
chiqish.  
Ishlovchilar salomatligi  
Axoli  salomatligini  muhofazalash.  Salomatlikning  ifodasi,  kursatkichlari, 
soglikka  ta'sir  etuvchi  omillari.  Jismoniy  rivojlanish,  uning  belgilari. 
Kasallanishni 
o„rganish  usullari,  axborot  manbai.  Kasallanish  ko„rsatkichlari.  Ishlovchilarni  tumandagi 
ayrim  korxonalarda  VIY  bo„yicha  kasallanishni  taxlil  qilish.  Asosiy  ko„rsatkichlari.  Ish 
qobiliyatini hodisa va kunlar bo„yicha soni, kasallanish struktarasi (chorak va yil bo„yicha) 
oldingi  yillar  bilan  solishtirish.  Ishlab  chiqarish  ob'ektda  zararli  va  xavfli  omillarni 
ko„rsatkichlariga baho berish va ularni ishlovchilar o„rtasida kasallanishni sabab bo„lishiga 
ta'siri.  
         Davriy  va  dastlabki  tibbiy  ko„riklar.  Davriy  va  dastlabki  tibbiy  ko„riklarni 
o„tkazishni  talab  qiluvchi  ishlab  chiqarishda  zarali  va  xavfli  omllarni  aniqlash.  Tibbiy 
ko„riklarga tegishli kontingentni aniqlash, davriy tibbiy seminarlarni o„tkazish va tashkil 
qilishini  nazorat  qilish.  Dastlabki  tibbiy  ko„rik  natijalar  bo„yicha  yakunlovchi  xay'atini 
tuzish.  Kasbdan  zaharlanish  va  kasb  kasalliklarini  sabablarini  aniqlash  mohiyati  va 
ahamiyati. Sog„lomlashtirish chora tadbirlarni ishlab chiqish. Ish bilan ta'minlash.    
Paxtachilik va paxta tozalash zavodlarida mehnat gigiyenasi 
         O„zbekiston Respublikasida paxta yetishtirish va paxta tozalash zavodlarining o„rni. 
Hozirgi  zamon  qishloq  xo„jaligining  o„ziga  xos  gig.muammolari.  Paxta  tozalash 
zavodlarining  atrof-muhitga  ta'siri.  Paxta  yetishtirish  jarayonida  ishlovchilar  mehnat 
sharoitlari. Paxtachilikda texnologik jarayon ketma-ketligi, o„ziga xos xususiyatlari. Paxta 
yetishtirish,  yer  haydash  va  tayyorlash  ishlari.  Asosiy  kasbdagi  ishlovchilarga  ta'sir 
etuvchi  yetakchi  omillar.  Qishloq  xo„jalik  mexanizatorlarini  mehnat  sharoitlari.  Paxta 
tozalash  zavodlarida  ishlovchilar  organizmiga  ta'sir  etuvchi  kompleks  zararli  va  havfli 
omillar. Paxtani ekish, o„stirish va terish jarayonlariga tavsif. Paxtachilikda qo„llaniluvchi 
turli  xil  pestitsidlar.  Paxta  tozalash  zavodlarida  kasb  kasalliklari.  Ishlovchilar 
salomatligidagi o„zgarishlar va sog„lomlashtirish chora-tadbirlari. 
yengil sanoat korxonalarda mehnat gigiyenasi 
Asosiy tarmoklar: to„qimachilik, tikish, tikuvchilik, poyafzal va teri maxsulotlarini 
ishlab  chiqarish.  Mexanizatsiya  darajasi.  Texnologik  jarayonga  gigiyenik  tavsif.  Ishlab 
chiqarish  asboblariga  gigiyenik  va  ergometrik  tavsif.  Tayyorlov  bosqichi:  xom-ashyoni 
turi  va  uni  tayyorlash.  Ishlab  chiqarishning  va  maxsulotning  xilma-xilligi.  Ishlab 
chiqarishda  xavfli  va  zararli  omillar:  chang,  shovqin,  tebranish,  noqulay  metereologik 

 
 
sharoit, majburiy ishchi holat, monotonlik, tikuvchilikda gipokineziya holati. Umumiy va 
kasb kasalliklari. Profilaktik chora-tadbirlar. 
Qurulish va qurilish materiallari ishlab chiqarishda  
mehnat gigiyenasi 
   
Qurulish ishlarining asosiy turlari. Ularni tashkil etish bosqichlari. Qurulish ishlarni 
texnologiyasi,  moslamar  turi,  mexanizatsiya  darajasi.  Har-hil  bosqichlarda  mehnat 
gigiyenasi: boshlang„ich sikl, binoni qobig„ini ko„tarish, xonalarni pardozlash ishlari.  
      
Asosiy  qurulish  ishlarini  olib  borish, gigiyenik  ahamiyatiga  ega  bulgan  doimiy  ish 
joyining  bo„lmasligi,  ochiq  havoda  ishlash,  isitish  qurilmalarining  yo„qligi.  Xavfli 
jaroxatlar,  ish  mexanizatsiyasini  yetishmasligi,  balandlikda  ishlash,  har-hil  ishlarni 
bajarish,  dam  olish  va  ish  vaqtida  okilona  foydalanish,  yashash  sharoitini  noqulayligi. 
yetakchi  bo„lgan  zaralarga  ishlab  chiqarishdagi  xavfli  omillar  va  o„rab  turgan  muhit. 
Sovuq  va  issiq  mikroiqlim  sharoitida  mehnat  gigiyenasini  ahamiyati,  umumiy  va  kasb 
kasalliklari.  Sog„lomlashtirish  chora-tadbirlar.  Mehnat  gigiyenasida  ishlab  chiqarish 
materiallariga  kuyladigan  asosiy  shart:  sement,  g„isht,  temir-beton  qorishmasi,  shisha, 
keramika  va  boshqalar.  Texnologik  jarayonga  va  ishlab  chiqarish  asboblariga  gigiyenik 
tavsif.  Asosiy  kasblar.  Ishlab  chiqarishda  xavfli  va  zararli  omillar:  chang,  mikroiqlim, 
tebranish  va  shovqin,  kuchli  jismoniy  zo„riqish.  Umumiy  va  kasb  kasalliklari.  Asosiy 
profilaktik chora-tadbirlar, atrof muhitni muxofaza qilish, mehnat sharoitini yaxshilash. 
Mashinasozlik qurilish sanoatida mehnat gigiyenasi 
        Mashinasozlik  sanoatini  mamlakat  miqiyosida  iqtisodiy  va  ishlab  chiqarish  tavsifi. 
Barcha  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini  ilmiy  texnikaviy  rivojlanishda  mashinasozlik 
sanoatini 
ahamiyati. 
Mashinasozlikni 
turlari 
(tarmoqlari). 
Mexanizatsiya 
va 
avtomatizatsiya  -    ishlab  chiqarishni  rivojlantirishda  asosiy  yo„llari.  Mehnatni 
yengillashtirish va mehnat sharoitini gigiyenik yaxshilash. Texnologik jarayon boskichlari, 
mehnatni  tashkillashtirilganligi  va  jihozlanganlik  turlari,  ularning  gigiyenik  tavsifi. 
Tayerlov va asosiy sexlar. 
     
Issik sexlar: quyish, termik va qoliplash. Texnologik jarayonning jihozlarning xavfli 
va  zararli  omillarning  ahamiyati:  issituvchi    mikroiqlim  (nurlanish,  konveksiya),  fizik 
zo„riqish,  chang,  gaz,  yuqori  chastotali  tok.  Asosiy  kasblar  va  ularning  fizik-gigiyenik 
tavsifi. Umumiy va kasb kasalliklar. Profilaktik chora-tadbirlar. 
      
Sovuq  sexlar:  mexanik,  yig„uv,  galvanik.  Metallga  sovuq  ishlov  berishning, 
jihozlanishning  asosiy  kasblarning  turlari,  usullari.  Zararli  va  xavfli  omillar:  chang, 
shovqin,  tebranish,  suritiladigan  va  sovutiladigan  suyukliklar,  ularning  ishlovchilarga 
ta'siri. Payvandlovchi ishiga gigiyenik tavsif. 

 
 
      
Bo„yash  (malyarlik)  ishlar:  bo„yash,  metall  qoplash  ishlari  va  ularning  tavsifi, 
zararli  ishlab  chiqarish  omilari:  erituvchilarning  bo„yoqlarning  par  va  gazlari. 
Mashinasozlik  sanoatida  ishlovchilarning  umumiy  va  kasb  kasalliklari.  Ularga 
qo„llaniladigan profilaktik chora-tadbirlar. 
Amaliy mashg„ulotlarni tashkil etish bo„yicha ko„rsatma va tavsiyalar 
 
Amaliy  mashg„ulotlarda  talabalar    mehnat  sharoitini  gigiyenik  baxolash  uchun 
ishlab  chikarishda  fizikaviy,  kimyoviy  omillar  urganiladi,  eksperimintal  toksikometriya 
usullarini  o„zlashtirish  va  o„rganish  yuli  bilan  ruxsat  etilgan  me'yoriy  darajasi 
aniklanadi,sanitariya  texnik  va  sanitariya  epidemiologik  tekshirishni  va  laboratoriya 
tekshiruv natijalarini interpretatsiya qilish yo„li bilan gigiyenik baxo berishni o„rganadilar. 
Amaliy mashg„ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari: 
1.
 
Yurak-qon  tomir  tizimini  funksional  holatini  tekshirish  usullarini  bajara  olish  (puls, 
qon bosimi, qonning minutlik xajmi) 
2.
 
MNS  tizimi  funksional  holatini  tekshirish  usullarini  bajara  olish  (korrektura  jadvallar 
qo„llash, xronorefleksometriya, tremometriya); 
3.
 
Ishchi holati, mushaklar kuchini aniqlashni bajarish;  
4.
 
Ishlab chiqarish ob'ektlarida meteorologik omil ko„rsatkichlarini aniqlash;  
5.
 
Badan, teri xaroratlarini, ter ajralish mikdorini aniqlashni o„zlashtirish;  
6.
 
Shovqin jadalligini va spektrini o„lchashni o„zlashtirish;  
7.
 
Ishlab chiqarishda tebranishni jadalligini aniqlash va uni tahlil qilishni bilish; 
8.
 
Tovush  qabul  qilish  bo„sag„asini  va  tebranish  sezgirligini  aniqlash  usullarini 
o„zlashtirish;  
9.
 
Changlanganlik miqdorini aniqlashni o„rganish (ishchi havosida xududdagi miqdori va 
changni dispersligi);  
10.
 
 Kimyoviy  omillarni  aniqlashni  o„rganish  (havodan  namunalar  olish,  gaz  va  bug„ 
agregat holatidagi kimyoviy omil miqdorini aniqlash);  
11.
 
 Omillarning  zaxarlilik  va  xavflilik  darajasini  eng  yuqori  bo„sag„asini  aniqlashni 
o„rganish (LD 50, LK 50, o„tkir va surunkali ta'sir bo„sag„asi);  
12.
 
 Taxminiy  ta'sir  etmaydigan  daraja  (OBUV)ni  hisoblash  usuli  bo„yicha  aniqlashni 
o„zlashtirish;  
13.
 
 Pestitsidlarni  qo„llash  bosqichlari  uchun  zaxarlanishni  oldini  olish  profilaktik 
tadbirlarini ishlab chiqishni o„zlashtirish; 
14.
 
 «16-VN»  shakl  bo„yicha  vaqtinchalik  mehnat  qobiliyatini  yo„qotishning  tahlilini 
o„tkazishni o„zlashtirish; 
15.
 
 O„tkir  va  surunkali  kasbiy  zaxarlanishalarni  o„rganish  natijalari  asosida  kasb 
kasalligini tahlil qilishni o„zlashtirish; 
16.
 
 O„zR SSV № 300 buyrug„ini qo„llashni nazorat qilish; 
17.
 
 Ishlab chiqarish ventilyasiyasi unumdorligini hisoblanishni o„rganish; 
18.
 
 Ishlab chiqarish ventelyasiya tizimini loyihasini sanitar ekspertizasi  
o„tkazishni o„zlashtirish; 
19. Ishlab chiqarish yoritilganligini baholashni o„rganish; 

 
 
20. Ish vaqtida ko„rish organlarini funksional holatiga baho berishni o„zlashtirish; 
21.  Ishlab  chiqarish  yoritilganligi  loyihasini  sanitar  ekspertizasi  natijalari  asosida  xulosa 
tuzishni o„rganish;  
22. Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati asosidagi materiallarni bilish;  
23. Ishlab chiqarish korxonalardagi bosh va situatsion rejalarni sanitar ekspertizasi asosida 
xulosa tuzishni o„rganish; 
24. 3ararli va xavfli omillarni baholashda qonuniy xujjatlarni qo„llash  
25.  Turli  xil  ishlab  chiqarish  korxonalarida  kasallanish  darajasini  kamaytirish  va  ish 
sharoitlarini yaxshilash bo„yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni o„zlashtirish; 
26.  Davlat  sanitariya  nazoratida  ko„rsatilgan  reglamentlashtiruvchi  qonuniy  xujjatlarini 
o„rganish; 
27.  DSENM  ning  strukturasi,  ishning  rejasi,  vazifalari,  maqsadi,  nazorat  ostidagi 
ob'ektlarining dislokatsiyasini o„rganish;  
28.  OSNni  muassasalalarda  o„tkazish  va  olib  borish:  qurulilayotgan  ob'ektlarini  turlari, 
qurulish bosqichlari, operativ xujjatlarni tayorlash;  
29.  Ishlab  chikarish  korxonalarida  sanitariya  tekshiruvlarini  olib  borish  (rejali,  mavzuiy, 
tanlov) korxonani sanitariya holatiga baho berish. texnologik jaraen va asbob-uskunalarga 
gigiyenik tavsif berish;  
30.  Operativ  xujjatlarni  tuzish:  sanitariya  tekshiruv  dalolatnomasi,  sanitar  qonunchiligiga 
asosan  ko„rsatilgan  kamchiliklar  (gigiyenik  me'yorlar,  sanitariya  qoidalar,  buyruqlar, 
tavsiyalar va boshqalar). 
31. Ishchilar orasida VIY bo„yicha kasallanishni ko„rsatuvchi nazorat ostidagi obektlarda 
asosiy ko„rsatkichlarni xisobga olgan xolda materiallarni o„zlashtrish va o„rganish. 
32. Dastlabkiy va davriy tibbiy ko„riklarda tashkillashtirishda va o„tkazishda qatnashish. 
33. O„tkir va surunkali kasb kasalliklarni sababini aniqlashda qatnashish. 
34.  Ishlab  chiqarish  ob'ektlarida  ishchilar  o„rtasida  kasallanishni  kamaytirishga,  mehnat 
sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish.  
35. Nazorat ostidagi ob'ektlarda  ayollar mehnat sharoitini o„rganishda qatnashish. 
36. Nazorat ostidagi ob'ektlarda sanitariya targ„ibot ishlarini olib borish. 
Amaliy  mashg„ulotlarni  tashkil  etish  bo„yicha  kafedra  professor-o„qituvchilari 
tomonidan  ko„rsatma  va  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi.  Unda  talabalar  asosiy  ma'ruza 

 
 
mavzulari bo„yicha olgan bilim va ko„nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada 
boyitadilar.  Shuningdek,  darslik  va  o„quv  qo„llanmalar  asosida  talabalar  bilimlarini 
mustahkamlashga  erishish,  tarqatma  materiallardan  foydalanish,  ilmiy  maqolalar  va 
tezislarni  chop  etish  orqali  talabalar  bilimini  oshirish,  masalalar  yechish,  mavzular 
bo„yicha ko„rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling