“Tasdiqlayman” O„quv ishlari bo„yicha prorektor prof O. R. Teshaev 201 yil


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana30.03.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

\Ma'ruz
a № 
Ma'ruzalar mavzusi 
Soatlar 
  
34. 
Ishlab chiqarish ob'ektlarida Davlat sanitariya nazorati 

35. 
O„zbekiston trikotaj korxonalarida ishlovchi ayollarning mehnat 
gigiyenasi 

36. 
Qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi 

37. 
Poligrafiya sanoatida ishlovchi ishchilarning mehnat sharoitlarini 
gigiyenik xususiyatlari 


 
 
38. 
Paxtachilik va paxta tozalash zavodlarida mehnat gigiyenasi 

39. 
Mashina qurilish sanoatida mehnat gigiyenasi 

 
3.2. Ma'ruzalarning mazmuni 
1 mavzu. Mehnat gigiyenasi faniga kirish ma'ruzasi. 
         
Umumiy  mehnat  gigiyenasi;  gigiyena  fanining  ta'rifi,  masalalari,  usullari, 
muassasalari haqida  tushuncha.  Asosiy  terminologiya  va tushunchalarning  ta'rifi.  Mehnat 
gigiyenasi tarixining rivojlanishi; asosiy rivojlanish bosqichlari. Avitsenna, B. Ramatsinni 
va  shu  kabi  olimlarning  ishlarining  mohiyati,  O„zbekistonda  mehnat  gigiyenasi 
muammolarini  xal  etishdagi  roli,  ishlab  chiqarishda  zararli  va  xavfli  omillar  haqida 
tushuncha,  ularning  tasnifi,  hosil  bulish  sabablari,  ularni  ishchilar  salomatligiga  va  ish 
faoliyatiga  ta'siri.  Mehnat  jarayonida  ishning  og„irligi  va  keskinligini,  mehnat  sharoitini 
zamonaviy  tasniflash  usullari.  Fanni  boshqa  fanlar  bilan  bog„likligi  (gigiyenik,  biologik, 
klinik va texnikaviy). Davlat sanitariya nazoratida mehnat gigiyenasi sistemasi (muassasa, 
qonuniy  asoslar,  faoliyat  turlari,  ish  uslubi  va  turlari).  Mehnat  gigiyena  vrachining 
deontologiya va etikasi. 
Adabiyotlar:
 A - 1,2,9; Q – 11,12,14. 
2 mavzu. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida mehnat gigiyenasi 
vrachining ish mazmuni. 
Mehnat  gigiyenasi  shifokori o„z  faoliyati davomida  3 guruh  mehnat  faoliyat  ishlari bilan 
shug„ullanadi:  bu  tashkiliy  uslubiy  ishlar  (TUI),  ogohlantiruvchi  sanitariya  nazorati 
(OSN), joriy sanitariya nazorati (JSN). 
Tashkiliy uslubiy ishlar: DSENM mehnat gigiyenasi shifoqorining ish faoliyatini 
asosiy qismlaridan biri bo„lib hisoblanadi. 
Ushbu  faoliyat  o„z  tarkibiga  rejalashtirish  (yillik,  yarim  yillik,  chorak)  va  o„z 
faolioyatini  tahlil  qilish,  DSENM  laboratoriyasini  ish  faoliyatini  boshqarish  va  nazorat 
qilish,  ishlab  chiqarish  ob'ektlari  tarmoq  laboratoriyalari,  tarmoq  DSENM  bilan  bo„lgan 
aloqani  olib  borishni  o„z  ichiga  oladi.  Bundan  tashqari  ishlab  chiqarish  korxonalaridagi 
nazorat  faoliyati  bilan  shug„ullanayotgan  barcha  xodimlarni  malakasini  oshirish  ishlarini 
olib  borish,  ularga  yangi  davlat  sanitariya  nazorati  bo„yicha  qonunchilik  hujjatlari, 
meteorologiya  va  standartlash  idoralarini  yangi  uslubiy  hujjatlari  bilan  tanishish,  ilmiy-
ishlab  chiqarish  seminarlari  tashkil  qilish,  nazorat  ostidagi  hudud  bo„yicha  yangi  hisobot 
hujjatlari va boshqa zarur materiallar bilan tanishtirib borish ishlari olib boradi. 
TUI  olib  borishda  mehnat  gigiyenasi  vrachi  asosiy  ish  faoliyatini  quyidagilardan 
iborat:optimal  ish  sharoitlarini  yaratish,  umumiy  va  kasb  bilan  bog„liq  kasallanishni 
kamaytirish, ish bajarish qobiliyatini oshirishdir. 
Adabiyotlar
: A - 1,2,9; Q – 11,12. 
3 mavzu. Mehnat gigiyenasidning qonunchilik asoslari 
O„zbekiston  Respublikasini  ijtimoiy  siyosatining  muhim  vazifalaridan  biriga 
mehnatkashlarning  sog„lig„ini  muhofaza  qilish,  xavfsiz  ish  sharoitini  yaratib  berish,  kasb 

 
 
kasalliklarini  kamaytirish  kiradi.  Bu  vazifalarni  hal  etishda  ko„pgina  tashkilotlar, 
muassasalar  va  idoralar  shu  bilan  bir  qatorda  mehnatni  muhofaza  qilish  va  mehnat 
gigiyenasi tizimiga taalluqli ishlovchilar ishtirok etadi.  
Mehnat  gigiyenasi  vrachi  davlat  sanitariya  nazoratini  olib  boradigan  mutaxassis 
bo„lganligi uchun o„z faoliyatida amaldagi sanitariya, gigiyenik hamda epidemiyaga qarshi 
chora-tadbirlarni  bajarilishini  nazorat  etadi.  Shu  sababli  uning  faoliyati  bevosita 
qonunchilik asoslari bilan bog„liq bo„ladi. 
Mehnatni  muhofazalash  –  bu  mehnat  jarayonida  insonning  ish  qobiliyatini  va 
sog„liqni  saqlashni  ta'minlovchi  qonunchilik  hujjatlari  va  va  shunga  muvofiq  ijtimoiy  – 
iqtisodiy, texnik gigiyenik tashkiliy chora tadbirlar tizimidir. 
Ma'lumki  O„zbekiston  Respublikasi  hududida  mavjud  barcha  qonun  qoidalarning 
asosini O„zbekiston Oespublikasining Konstitutsiyasi tashkil etadi. 
Mehnat  jarayonidagi  ishlovchilar  salomatligini  muhofazasiga  qaratilgan  qonun  – 
qoidalar qo„llanilishi bo„yicha 3 ta asosiy guruhlarga bo„linadi. 
Adabiyotlar:
 A - 1,2,9; Q – 11,14.. 
4 mavzu. Kompyuter texnologiyasi bilan ishlashda mehnat gigiyenasi 
Davlat  sanitariya  nazorati  Uzbekiston  Respublikasi  Sog„liqni  saqlash  vazirligiga 
qarashli  sanitariya  epidemiologik  xizmat  muassalari  va  idoralari  tomonidan  amalga 
oshiriladi. 
Kompyuter texnikasi bilan ishlovchi ishchilarga  ishlash jarayonida zararli va xavfli 
omillar  -  elektromagnit  maydoni  (radiochastotadagi  past  energetik  rentgen  nurlanishi, 
ultrabinafsha va infraqizil nurlanish)  va boshqalar ta'sir etadi  
Adabiyotlar:
 A - 1,2,9; Q – 13,14. 
5 mavzu Avtota'mirlash korxonalarida ishlovchi ishchilarning mehnat 
sharoitiga  gigiyenik va fiziologik tavsif 
O„zbekiston Respublikasida yo„lovchilarni tashuvchi shahar transportini 
rivojlantirish konsepsiyasida mamlakatning transport tarmog„ida shahar yo„lovchi 
avtotransportining roli va tutgan o„rni aniqlangan bo„lib, uni rivojlanish istiqboli va yangi 
turdagi zamonaviy avtotransport vositalari bilan ta'minlash belgilab berilgan [43, 113]. 
Shunga bog„liq holda, shu sohaga taaluqli bo„lgan ishchilarning mehnat sharoitlarini, 
mehnat faoliyati jarayonida ro„yobga chiqarilgan ishlab chiqarishga doir asosiy zararli 
omillarni kompleks tarzda o„rganish, hamda bu omillarning avtota'mirlash korxonalardagi 
ishchilarning kasallanishini oldini olish zaruriyati yuzaga keldi. Shuning uchun 
Uzbekiston Respublikasi iqlimi sharoitida Toshkent shahridagi shahar yo„lovchi 
avtotransport korxonalarida ishlovchi ishchilarning mehnat sharoitlari o„rganish, gigiyenik 
tasnifga muvofiq asosiy kasbiy guruh ishchilarida mehnatning og„irligi va keskinligi, 
zararli va havfli ko„rsatkichlar bo„yicha ishchilarning mehnat sharoitini  baholash 
Avtokorxona ishchilarining mehnat sharoitlarini muvofiqlashtirish, ish qobiliyatini 
oshirish va vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi bilan kasallanish darajasi o„rtasida 

 
 
sabab –oqibatni kamaytirish maqsadida kompleks profilaktik chora tadbirlar ishlab 
chiqiladi.  
Adabiyotlar: 
A - 1,2,9; Q – 11,13,14 
6 mavzu. Chorvachilikda mehnat gigiensi 
Chorvachilik ishlari sanitariya epidemiologik xizmati organlari bilan bog„liq holda 
olib borilishi kerak va asosiy maqsadi axolini u yoki bu mahsulotlar orqali o„tadigan 
kasalliklarni kelib chiqishini oldini olishga qaratilishi kerak. Chorvachilikda so„yiluvchi 
mollar va fermadagi sut beruvchi mollar salomatligi holati ustidan nazorat olib borish 
muhim o„rin tutadi.Chorvachilik kompleksi yirik maxsuslashtirilgan korxona industrial 
tipdagi go„sht, sut, tuxum ishlab chiqarishdir. Parrandachilikda bunday kompleks –
parranda faboikasi deyiladi. 
Adabiyotlar: 
A - 1,2,9; Q – 13,14. 
7 mavzu. Mehnat faoliyatning zamonaviy  shaklini  fiziologik- gigiyenik o„ziga 
xosligi. 
    Mehnat  fiziologiyasi  fani,  mazmuni,  usul  va  vazifalari.  I.M.  Sechenov,  I.P.  Pavlov, 
N.ye.  Vedenskiy,  A.A.  Uxtomskiy,  P.K.  Anoxinlarni  mehnat  fiziologiyasini 
rivojlantirishdagi roli. Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat gigiyenasi vrachini fiziologik 
tekshiruvlarni  tashkil  etishdagi  roli.  Ularni  o„tkazish  usullari.  Hozirgi  sharoitda  mehnat 
faoliyatini  fiziologik  o„ziga  xosligi.  Ishlab  chiqarishda  mehnat  ish  jarayonini 
mexanizatsiyalashtirish,  avtomatlashtirish,  kompyuterlashtirish  va  boshqalar.  Ish 
faoliyatini  markaziy  asab  boshqarishi  prinsiplari.  Dominant,  dinamik  ishlab  chiqarish 
stereotipi. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
8 mavzu. Jismoniy va aqliy mehnatning fiziologik tavsifi. 
Jismoniy  mehnat  turlari  -  lokal,  umumiy,  regional  jismoniy  ishlar.  Aqliy  mehnat 
turlari – operator mehnati. Tayanch xarakat apparatining umumiy tavsifi, holati. Ratsional 
ishchi  holatini  (pozasini)  tanlab  beruvchi  sharoitlar  «O„tirgan»,  «o„tirgan-turgan», 
«turgan»  holatlardagi  ishchi  holatlar.  Bu  holatlarni  organizmga  ta'siri.  Mehnat  faoliyati 
jarayonida ichki organlarning vazifalari, qon aylanishi va yurak ishi, nafas olish, energiya 
sarfi  va  gaz  almashinuvi.  Ish  bajarayotganda  qondagi  biokimyoviy,  ayrim  morfologik  va 
fizika-kimyoviy o„zgarishlar, har-xil ish bajarayotganda MNS holati (eslab kolish, fikrlash 
va boshqalar). Mehnat jarayonida xayajonlanishini  roli. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 11,13,14. 
9 mavzu. Charchash va uning ish kobiliyatini ko„rsatkichlarida namoyon bo„lishi. 
Charchash muammosi. Ish kuni davomida ish holatini dinamikasi. Charchash va uni 
ish  jarayonidagi  ko„rsatkichlari,  zo„rikish  va  o„tacharchash.  Kasb  kasalliklari, 
o„tacharchash  va  zo„rikish  asorati  sifatida.  Gipokineziya,  gipodinamiya,  monotoniya. 
Avtomatizatsiyalashtirilgan ish turlarida funksional holat.  Ishning og„irligi va keskinligi. 
Ishning  og„irligi  va  keskinligi  bo„yicha  tasnifi.  Ish  qobiliyatini  oshirishdagi  asosiy 
yo„nalishlari. O„tacharchashni oldini oluvchi chora tadbirlar.     Mehnat psixologiyasi fani, 

 
 
uning  mazmuni,  tekshirish  usullari.  Kasblarni  o„rganishga  psixologik  yondoshish.  Ilmiy 
texnikaviy  taraqqiyot,  uning  maqsad  va  vazifalari.  Mashq  va  trenirovka,  ish  tempi  va 
ritmini  moxiyati.  Mehnat  va  dam  olishni  ratsional  tartibi.  Aktiv  dam  olishning 
muammolari. I.M. Sechenov fenomeni. Ishlab chiqarish fizkulturasining turlari, funksional 
mo„sika.  Har  xil  turlarda  charchash  profilaktikasini  fiziologik  asoslari  (konveyerli  ish 
bajarganda,  pultli  boshqarishda  va  boshqalar).  Ergonomika.  Ergonomika  mazmuni, 
gigiyena va mehnat fiziologiyasi bilan bog„likligi. 
 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
10 mavzu. Konveyerda ish bajarilganda va masofadan boshqaruvda fiziologik va 
gigiyenik xususiyatlar. 
“Konveyer” tushunchasiga izoh berish, konveyer texnologiyasi turlari, ularni qo„llash 
sanoat tarmoqlari va keng qo„llaniladigan sohalar. Mehnat faoliyatning zamonaviy  
shakillarida o„ziga xos xususiyatlar. Guruh usulida ish bajarishning ijobiy va salbiy 
tomonlari. Monotonlik, gipokineziya, charchash sabablari, profilaktik choralar. 
Texnologik jarayonlar va jihozlarni avtomatik boshqaruvining fiziologik va gigiyenik 
xususiyatlari (vaqt yetishmasligi, ruhiy emotsional zo„riqish va boshqalar) profilaktik 
choralar MIT va ergonomika. Masofadan boshqarish ish turining  o„ziga xos 
xususiyatlari, ularning ijobiy va salbiy tomonlari, charchashni oldini olish chora-
tadbirlari. 
      
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
 
 
11 mavzu. Ishlab chikarishda mikroiklim sharoiti. 
     Ishlab chiqarishda mikroiqlim tushunchasi va uning turlari. Asosiy kursatgichlar tasnifi 
(harorat,  nisbiy  namlik,  havoni  harakat  tezligi,  infraqizil  nurlanish),  baholash  usullari. 
Infraqizil  nurlanish,  ishlab  chiqarishda  uning  manbai.  Nurlanish  qonuni,  uning  gigiyenik 
ahamiyati.  Yopiq  xonalarda  va  tashqi  atmosferada  bajariladigan  har  hil  ishlarda 
mikroiqlimning o„ziga xosligi. Issiq va sovuq sexlar. Ayrim mikroiqlim ko„rsatkichlarini 
insonlardagi  modda  almashinuviga  ta'siri  (fizikaviy  va  kimyoviy  termoregulyasiya). 
Asosiy  mikroiqlim  ko„rsatkichlarini  inson  organizmiga  va  uning  faoliyatiga  biologik 
ta'siri.  Adaptatsiya  va  akklimatizatsiya.  Noko„lay  mikroiqlim  (sovutuvchi,  isituvchi) 
sharoitida ishchilarda kasallanish. Mikroiqliminig gigiyenik me'yorlash  prinsiplari. Ishlab 
chiqarish sharoitida noqulay mikroiqlimni oldini oluvchi profilaktik chora-tadbirlar, jamoa 
va  shaxsiy  himoya  vositalari,  mehnat  va  dam  olish  tartibi,  tibbiy  profilaktik  chora-
tadbirlarlar. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q - 3,4,5,8, 14 
12 mavzu. Ishlovchilar organizmiga nokulay mikroiklim sharoitini ta'siri. 
 
Organizmga  ta'siri,  kasb  kasallanishlar.  Ishlab  chiqarish  mikroiqlimini  gigiyenik 
me'yorlar  prinsiplari.  O„tasovqatish  va  o„ta  issib  ketish  bilan  kurashish  vositalari. 
Ultrabinafsha nurlanishi (spektri, manbaisi), biologik ta'siri. Himoya vositalari. Oldini olish 
chora-tadbirlari. 

 
 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
13 mavzu. Ishlab chiqarish changi. 
     Changning  gigiyenik  ahamiyati,  chang  hosil  bo„luvchi  ishlab  chiqarish  korxonalari. 
Chang  hosil  qiluvchi  manba  va  usullar.  Chang  klassifikatsiyasi.  Kondensatsiya  va 
dezintegratsiya  changlari.  Changning  fizik-kimyoviy  tarkibi  va  ularning  gigiyenik 
ahamiyati.  Changlanganlikni  aniqlash  usullari  va  ishlab  chiqarishda  ularni  ko„llanilishi. 
Organizmda  chang  kinetikasi.  Chang  ta'sirida  kelib  chiqadigan  kasb  kasalliklari. 
Changning  spetsifik  va  nospetsifik  ta'siri.  Yuqori  nafas  yullarida  chang  ta'siridan  kelib 
chiqadigan  kasalliklar  (bronxit,  bronxialnaya  astma  va  boshqalar).  Ishlab  chiqarish 
sharoitida  changga  qarshi  kurash  usullari  har  xil  turdagi  changlarga  ruxsat  etilgan 
me'yorlarni    reglamentlovchi  prinsiplar.  Shaxsiy  himoya  vositalari.  Tibbiy  profilaktik 
chora-tadbirlar. 
Adabiyotlar: A - 1,4, Q - 1 Q – 12,13,14. 
14 mavzu. Ishlab chikarishdagi elektromagnit nurlanishlar. 
Elektromagnit  maydonlari  (EMM).  Halq  xo„jaligida  qo„llanilishi.  Nurlanishning 
asosiy  manbalari.  Impulsli  va  doimiy  EMM.  Elekrtomagnit    maydon  kuchlanganligini   
tasnifi. Mehnat  sharoitida har xil chastotadagi EMM o„lchash  usullari  va  uni  gigiyenik  
baholash. O„lchov birliklari. Uzluksiz  va diskrit  EMM. Organizmga   ta'siri. O„ta  yuqori  
chastotali  nurlarni  o„ziga  xos  ta'siri  EMM    ko„rish  organlariga  klinik  holati.  EMM  va 
boshka  fizikaviy  omillarni  kombinatsiyalashgan  ta'siri  (rentgen,  infraqizil  nurlanish, 
yuqori  temperatura  va  boshqalar).  Ishchilarga    ta'sir    etuvchi    noqulay    omillarga  qarshi 
tadbirlar.  Tibbiy-profilaktik  chora  tadbirlar.  Jamoa  va  shaxsiy  himoya  vositalar.  EMM 
radiochastotalar bilan ishlaganda qo„llaniladigan sanitar qonunlar. Ruxsat  etilgan daraja. 
 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
15 mavzu. Lazer nurlarini qo„llanilishida mehnat gigiyenasi. 
Lazer  nurlanishi.  Sanoatda  lazerdan  foydalanish  tarixi.  Lazerni  ishlash  prinsipi. 
Lazer bilan ishlaganda hosil bo„ladigan asosiy va yo„l-yo„lakay noqulay  ishlab chiqarish 
omillari. Ishlovchilar organizmiga umumiy va spetsifik ta'siri. Teri va kuzga ta'siri (kritik 
organlar).  Lazer  moslamalari  bilan  ishlaganda  sanitariya  qonunlar.  Jamoa  va  shaxsiy 
himoya  vositalari. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
16 mavzu. Ishlab chiqarishda shovqin. 
Shovqinning  gigiyenik  va  ijtimoiy  muamolari.  Shovqinning    fizikaviy  tavsifi, 
o„lchash  birliklari.  Ishlab  chiqarish  shovqining  tasnifi.  Asosiy  shovqin  manbalari,  uni 
gigiyenik  baholash  usulllari,  kerakli  bo„lgan  asbob-uskunalar.  Shovqinni  organizmga 
spetsifik  va  nospetsifik  ta'siri.  Shovqin  kasallligi.    Shovqinning  eshitish  organiga  ta'siri: 
moslashish,  toliqish,  professional    karquloqlik  va  karlik.  Shovqinga  qarshi  kurashish 
umumdavlat  muammodir.  Jamoa  va  shaxsiy  himoya  vositalari.  Ishlab  chiqarishda 
shovqinni  gigiyenik  reglamentlash  prinsiplari,  me'yoriy  daraja,    me'yoriy  xujjat.  
Profilaktik  chora  tadbirlar 

 
 
  Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
17 mavzu. Ishlab chiqarish ultratovush va infratovushlarning gigiyenik asoslari. 
     Ultratovush.  Ultratovushni  texnikada,  tibbiyotda  qo„llanish    joylari.  Fizikaviy  tavsifi. 
Ultratovush to„qimlarini havoda  suyuqikda tarqlishi. Ultratovushlarni so„diruvchi termik 
ta'sir. Kavitatsiya  faoliyatini.  Ishchilarga  ultratovushni   ta'sir    etish   yo„llari. Organizmga  
ta'siri.  Ishchilarda  noqulay  ta'sirni  chegaralash  me'yorlari.  Ultratovushlarni  yo„l  qo„ysa 
bo„ladigan  daraja    intensivligi,  asosiy  tibbiy-profilaktik    chora  tadbirlar.  Ishchilar  
o„rtasidagi tibbiy  ko„rik. Infrtovush. Ishlab  chiqarishda  infratovush  manbai  va  ularni  
qo„llanish  joyi.  Fizikaviy  tavsifi.  Organizmga  ta'siri.  Himoyalash  chora-tadbirlari. 
Infratovush  intensivligini  ruxsat  etiladigan  me'yoriy  darajasi.  Ishchilarning  salomatligini 
tibbiy kuzatish. Tebranish - gigiyenik  muammo sifatida. Ishlab  chiqarishdagi  tebranish 
manbalari.  Tebranishni  gigiyenik  tavsifi.  Tebranishni  organizmga  ta'siri.  Patologik 
o„zgarishlarni keltirib chiqaruvchi  ishlab  chiqarish  omillari. Vibratsion kasallik. Jamoa 
va  shaxsiy  himoya  vositalari.    Mehnat  va  dam  olish  tartibi.  Tibbiy  profilaktik  chora 
tadbirlar.  Gigiyenik  reglamentlash    prinsiplari:  tebranish    ruxsat    etilgan      me'yorni  
darajasi, me'yoriy  xujjat. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
18 mavzu.Ishlab chiqarishda tebranish. 
Ishlab  chiqarish  tebranishi  gigiyenik  muammo.  Uning  manbalari.  Tebranishning 
fizik ko„rsatkichlari.  Gigiyenik ta'rifi. Umumiy va mahalliy tebranish. Tebranish mavjud 
ishlab  chiqarish  korxonalari.  Tebranishni  organizmga  uzatish  va  tarqalish  yo„llari. 
Organizmga  tebranish  ta'siri  va  unda  bo„ladigan  o„zgarishlar  .Tebranishni  ta'sirini 
kuchaytiruvchi  omillar,  ularni  reglamentlash  yullari.  Tebranish  kasalligi.  Tebranish 
ta'sirini  oldini  olish  chora-  tadbirlari.  Qishloq  xo„jalik  ishlarida  tebranish  manbalari, 
ularning  miqdoriy  sifatlari, ta'sirini  oldini  olish  chora  tadbirlari.  Gigiyenik  reglamentlash 
prinsiplari, ruxsat etilgan darajalar, me'yoriy xujjatlar. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
19 mavzu. Pestitsidlarni  qo„llanilishida mehnat gigiyenasi. 
    Pestitsid    haqida    tushuncha.  Pestitsidlarni    qo„llanishining    gigiyenik    aspektlari.  
Pestitsidlarni    qo„llash    usullari    va    turlari    ularni  gigiyenik    ahamiyati.  Pestitsidlarni  
tasnifi: qo„llanilishi  bo„yicha  kimyoviy tuzilishi  bo„yicha va  boshqalar. Pestitsidlarning 
salbiy  ta'sir  etishiga  kuyidagi  sharoitlar  muxim  rolni  o„ynaydi:  bevosita  yoki  bilvosita 
(atrof-muhit  ob'ektlari  orqali),  turlarining  xilma  xilligi  (kimyoviy  tuzilishi,  miqdoriga 
qarab).  Umumiy  profilaktik  chora-tadbirlar:  1  sinf  havfli  pestitsidlarni  ishlatilishini 
chegaralash  va  2  sinf  pestitsidlarni  3  va  4  sinf  pestitsidlariga  almashtirish,  qo„llash 
sharoitlarini gigiyenik reglamentlash, mexanizatsiyalashtirish, ishlovchilarni instruktajdan 
o„tkazish,  ShHV  va  maxsus  kiyimlar  bilan  ta'minlash,  maishiy  xonalar  jihozlanishi  va 
mehnat sharoitlari ustidan gigiyenik nazorat o„tkazish, emizuvchi va xomilador ayollarni, 
18 yoshdan kichik bo„lganlarni ishga qo„ymaslik.       
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 

 
 
20 mavzu. Ishlab chiqarishda keng qo„llaniladigan pestitsidlar gigiyenasi va 
toksikologiyasi. 
Pestitsidlarni 
ayrim 
guruhlarini 
gigiyenik 
va 
toksikologik 
tavsifi: 
(simob,fosfoorganik  va  xloroorganik  birikmalar,  karbamitlar  va  boshqalar).  Organizmga 
ta'siri, zaharlanish usullari va sabablari. Pestitsidlarni saqlash va tarqatish, transportirovka 
qilish  va  qo„llashda  xavfsizlik  choralari,  yadoximikatlarga  qo„yiladigan  talablar. 
Urug„larga  ishlov  berishda  mehnat  gigiyenasi.  Pestitsidlar  bilan  ishlashda  sanitariya 
qonunchiligi.  Pestitsidlarni  qo„llash  va  tadbiq  etish  reglamenti:  gigiyenik  me'yorlash. 
Shaxsiy  himoya  vositalari.  Tashqi  muhitni  muxofazalash.  Tibbiy-profilaktik  tadbirlar. 
O„simliklarda  biologik  himoya  vositalarini  qo„llashda  ish  sharoitiga  qo„yiladigan 
gigiyenik  talablar  (entomofaglar,  mikrobiologik  preparatlar,.  feromonlar).  Oldini  olish 
choralari. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 11,.12,13,14. 
21 mavzu. Pestitsidlarni qo„llash bosqichlari va uning ta'siridan saqlash choralari. 
Pestitsidlar bilan  ishlashda 
gigiyenik  mehnat  sharoiti  (transportirovka  qilish,  caqlash, 
tayyorlash  mashina  va  apparatlarni  zararsizlantirish,  pestitsidlarni  qo„llash  va  boshqalar). 
Pestitsidlarni  saqlash,  tashish,  sepish  sharoitlari.  Paxtachilikda  pestitsidlarni  qo„llashda 
gigiyenik  xususiyatlar;  pestitsidlarni  qo„llash  bosqichlari,  ishlovchilarga  ta'sir  etish 
sharoitlari. Pestitsidlarni saqlashda, tashishda va qo„llashda zaharlanish hodisalarini oldini 
olish chora-tadbirlari. Atrof-muhitni muhofazalash. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
22 mavzu.Organik erituvchilar, salbiy ta'sirini oldini olish chora  tadbirlari. 
Organik  erituvchilar:  keng  tarqalganligi,  tasnifi  (uglevodlar  va  ularni  birikmalari, 
spirtlar,  ketonlar,  efirlar  va  boshqalar).  Asosiy  ishlab  chiqarish  korxonalari,  fizik  va 
kimyoviy xususiyatlar zaxarliligi. Toksikokinetikasi, organizmdan chiqish yo„llari. Kasbiy 
zaxarlanish  va  uni  profilaktikasi.  Qichishtiruvchi  gazlar:  xlor  va  uning  birikmalari, 
oltingugurt va azot uning birikmalari. Asosiy ishlab chiqarish korxonalari. Fizik-kimyoviy 
xususiyatlari,  zaxarlilik  va  xavfliligi,  kirish  yo„llari.  Qichishtiruvchi  gazlarda  kasbiy 
zaxarlanish. Chora-tadbirlar. Kanserogenlar: tasnifi, kasbiy kanserogen moddalarni asosiy 
belgilari. Ishlab chiqarishdagi asosiy kanserogenlik xususiyatiga ega bo„lgan zaxarlardan: 
xrom, nikel, berilliy, smolalar, qurum, anilin, arsenit. Asosiy profilaktik choralar.  
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
23 mavzu. Toksikologik tadqiqotlarni o„tkazishni umumiy asoslari. 
Toksikologiya – tasnifi: nazariy, harbiy, klinik, profilaktik (ishlab chiqarish) va bq. 
Ishlab  chiqarish  toksikologiyasi  –  ta'rifi,  turlari  (umumiy  va  xususiy).  Umumiy 
toksikologiya.  Toksikologiya  haqida  tushuncha.  Sog„lomlashtirish  chora  tadbirlari 
tarqibida toksikologiyaning o„rni. Toksikokinetika, metabolizm, dinamikaga ta'sir etuvchi 
omillar,  zararli  moddalarni  zaxarli  ta'siri.  O„tkir  va  surunkali  kasbdan  zaharlanish. 
Zaharlanishning  asosiy  sabablari,  zaharlanishning  alohidalik  ta'sirini  o„ziga  xosligi. 
Kompleks,  kombinatsiyalashgan,  birgalikda  va  ketma-ket  ta'sirlar  haqida  tushuncha. 

 
 
Zaharlanishning  (gonadotrop,  embritrop)  ta'sir  oqibatlari.  Zaharlanishga  moyillik.  Ishlab 
chiqarishda  zaxarlanishlar  allergenlar  sifatida.  Zaharlanish  chora  tadbirlarini  asosiy 
yo„nalishlari.  Toksikometriya  ahamiyati.  Asosiy  ko„rsatkichlari  usullari  va  ta'rifi. 
«Zaharlilik»  va  «xavfliliq»  haqida  tushuncha.  Tasnifi  ruxsat  etilgan  me'yor,  OBUV 
tushunchasi,  ahamiyati.  Ularning  qo„llash  usullari  va  prinsiplari.  O„rtacha  smenalik  va 
maksimal bir vaqtlik konsentratsiya haqida tushuncha. Ishlab chiqarishdagi zaharlanishlar 
ta'siridagi gigiyenik prinsiplar. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling